O'tgan galgi maqolamizda biz siz bilan Islomizmning ildizlari, unga yetaklagan sabablar, qayta tug'ilishi va nihoyat ma'lum kuch sifatida mafkuraviy birlashtirishini ko'rib o'tgandik. Bu birlashtirish AQSh tomonidan Afg'onistondagi Sovet Ittifoqi qo'shinlarini siqib chiqarish maqsadida amalga oshirilgan edi. Lekin AQSh Sovet qo'shinlari Afg'onistonni tashlab chiqqandan so'ng bu harakatni e'tiborsiz qoldiradi, natijada Islomizm ideologiyasi va Musulmon jamiyatlaridagi iqtisodiy-ijtimoiy qiyinchiliklar tufayli avtonom kuch sifatida yashashda davom etdi.
Bugun biz siz bilan aynan o'sha Islomiy-radikal harakatlarning qanday qilib Kommunizmga qarshi jihoddan qaysidir ma'noda qayta tug'ilishiga sabab bo'lgan yaratuvchisi AQShga qarshi Jihodga otlanish jarayonini ko'rib chiqamiz.
Jihod konseptsiyasi
Harbiy lagerlardagi ayrim sobiq Mujohiddinlarning guvohlik berishlari va kundaliklaridagi yozuvlariga ko'ra harbiy lagerlarda asosan ikki turdagi Mujohiddinlar xizmat qilishgan. 1-turdagi Mujohiddinlar asosan Arablarning o'ziga to'q oilalarining a'zolari bo'lib, ularning Afg'onistonga kelishidan maqsadi mustahkam poydevorga asoslanmagan. Bundaylarning xizmat muddati 1 oydan 3 oygacha bo'lgan bo'lib, Afg'on do'ppisi va Kalashnikov bilan qilingan bir nechta surat, pulemetdan otilgan bir magazin o'qdan so'ng ular Mujohiddinlarga g'alaba tilab o'z vatanlariga qaytishgan. Saudiyalik badavlat Shayxlarning farzandlari o'zlarining bahaybat JEEP mashinalarida kelib xizmatini ohirida ushbu mashinasini Mujohidlarga sovg'a sifatida qoldirganliklari holati ham ko'p uchragan. Shunga qaramasdan bu toifadagi Mujohidlarning katta ko'pchilik qismi Afg'onistondagi Islomiy kuchlarni o'zlarining moliyaviy yordamlari bilan 2001-yilgacha ta'minlab kelishgan.
2-turdagi Mujohiddinlar uzoq muddat davomida xizmat o'tagan bo'lib asosan Islomizmni asosiy faollarini tashkil qilganlar. 1-turdagi Mujohiddinlarga qaraganda ularning soni ancha kamchilikni tashkil qilgan, lekin mafkuraviy jihatdan bu toifadagilar ancha sobit bo'lganlar.
Aynan shu ikki toifadagi Mujohiddinlar bilan yaqinlashib ular bilan aloqada qolishga harakat qilganlardan birinchisi Usama Ben Laden bo'lgan. Uning bu to'plagan aloqalar tarmog'i keyinchalik AQSh maxfiy hizmatlari va ommaviy axborot markazlari tomonidan Al-Qoida deb nomlangan, ushbu tarmoqning hech qaysi faoli bunday nom bilan bu guruxni atamagan.
Jihodning hozirgi ko'rinishiga kelishida turli Islomiy guruxlarning Afg'oniston va Pokistonda qorishmasi katta rol o'ynagan. Shu oqimlarning uchtasi bu Jihodning globallashuv darajasiga yetgan mustahkam mafkura bo'lib yetishishida katta ro'l o'ynagan. Bular Vahobiylar, Salafistlar va Musulmon Birodarlar. Vahobiylar Islomning fundamental qonun qoidalarini hayotga tadbiq qiluvchi, konservatorlar bo'lgan bo'lsa, Salafistlar ushbu mafkuraga jangarilik kayfiyatini bergan radikallardir va nihoyat Musulmon Birodarlar esa ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga urg'u berib ularni qurol sifatida ishlatishni amalga oshirgan. Ushbu uchala "qobilyat" yig'ilib, bir paytning o'zida o'ta konservator, jangari va dunyodagi iqtisodiy-ijtimoiy adolatsizlikka qarshi kurashuvchi diniy harakat vujudga keladi. Uning konservatorligi bir paytning o'zida ham Islomni radikalligini eng yuqori darajaga ko'tarishga yordam bersa, boshqa tarafdan faqatgina muqaddas matnlarga ko'r ko'rona bo'ysinuvchi va amal qiluvchi mukammal jangarilarni yetishtirib chiqardi. Bunday jangarilar Islom dunyosiga nisbatan qilinayotgan adolatsizlik, Islomga bo'lgan ishonch va nihoyat u dunyodagi va'da qilinga hayotga to'la iymon keltrirgan holatda kurashga otlanadi va bu kurashda u yaqin odamini o'ldirishdan tortib o'zini o'zi portlatishga ham tayyor.
Ikkinchi Jaxon urushining asosiy g'oliblaridan biri bo'lmish Sovet Ittifoqining bu urushni mag'lubiyat bilan tark etishi bejiz emas albatta. O'z oldiga faqat dushmanni yo'q qilishni maqsad qilib qo'ygan va unga qarshi nafrat bilan sug'orilgan ong egasi bo'lmish jangarilarni na Sovet aviatsiyasi va na tanklari yo'q qila olmadilar. O'z navbatida Islomistlar bu g'alabani tarixda Halifalikning Sosoniylar ustidan qozonilgan g'alabasiga tenglashtirdilar. Bu g'alaba Halifalikka Sharq eshiklarini ochib uni ikkinchi ulkan imperiya Vizantiyaga yuzma yuz keltirgan bo'lsa endilikda Jihodchilar hozirgi Vizantiya bo'lmish AQSh va G'arb dunyosiga qarshi Jihodga tayyorlana boshladilar.
Xalqaro Jihodning G'arb dunyosiga qarshi yo'nalishiga bir nechta voqealar sabab bo'lgan edi. Dastlab AQSh tomonidan Afg'onistondagi jangarilarni hech qanday yo'nalishsiz tashlab qo'yilishi; Afg'on urushida 10 yil davomida xizmat qilib o'z yurtlariga qaytgan jangarilarning ko'pchiligi, bu mamlakatlaridagi iqtisodiy-ijtimoiy muammolar va ijtimoiy tengsizliklarga duch keldilar, uni ustiga urushga otlanish paytidagi kabi ularga e'tibor yo'qolgan edi. Natijada bu jangarilar o'z o'zidan hech qanday tashqi buyruqsiz mahalliy partizanlarga aylanadilar. Afg'onistondagi jangarilar esa mahalliy etnik urushlar va diniy mazhablar orasidagi to'qnashuvlarga g'arq bo'ldilar.
Xalqaro maydonda Jihodning Anti-Amerikanistik kayfiyat olishida ikki bosqich ajratiladi. Birinchi bosqich 90-yillarning o'rtalarigacha davom etib unda Islomistlar asosan mahalliy aholini Jihodga undash, partizanlik urushlarini olib borish bilan shug'ullanadilar va ularning deyarli barcha operatsiyalari natijasiz yakunlanadi. Bosniya, Misr va Jazoirdagi Islomiy harbiy harakatlarning barchasi AQSh va G'arb qo'shinlari tomonidan bostiriladi. 1993-yilda AQShning Jaxon Savdo Markaziga uyushtirilgan birinchi terroristik portlash ham rejadagi natijani bermaydi. Rejaga ko'ra 680 kgli portlovchi modda joylashtirilgan avtomobil vositasi shimoliy bino ostiga joylashtirilishi va portlash natijasida shimoliy bino uning egizagi bo'lmish janubiy bino ustiga qulashi, natijada minglab aholini o'limi bilan yakun topishi lozim edi. Lekin hisob kitobning puxta qilinmaganligi sababli bino qulamaydi.
Ikkinchi bosqich 2001 yil 11-sentyabrgacha davom etib ushbu voqea uning eng yuqori cho'qqisi bo'lgan. Bu davrda Islomistlarning aholini umumiy ravishda Xalqaro Jihodga chorlashi behudaligi tufayli, asosiy e'tiborni terrorni kuchaytirishga va kuchli taasurot qoldirishga urinishlarni kuzatishimiz mumkin. Lekin voqealar Jihodchilar o'ylaganidan boshqacha tus ola boshladi. Falastinda Muqaddas jihod nomi ostida rejalashtirilgan urush amalga oshmadi, Isroildagi terroristik hujumlar harbiylardan ko'ra ko'proq tinch aholini o'limiga sabab bo'ldi. Natijada nafaqat G'arbda balki Musulmon jamiyatlarida ham Jihodchilarga bo'lgan ehtiyotkorlik va nafrat oshib bordi.
Keyingi maqolamizda biz qanday qilib jihodning butunlay Jismoniy mag'lubiyatga uchragaligi haqida batafsil ma'lumotlar berishga harakat qilamiz.

Sobiq Sovet Ittifoqi qo'shinlariga qarshi kurashuvchi Mujohiddinlar (Pokiston, 1987-yil)
Jihod konseptsiyasi
Jihod - Islom doktrinasida markaziy konseptsiya bo'lib, lekin tarix davomida uning turli maqsadlarga yo'naltirilgan holatda ishlatilishi ko'p marta kuzatilgan. Jihod so'zining lug'aviy ma'nosi g'ayrat qilish, harakat qilish demakdir, Musulmon kishi uchun aslida bu so'z qalbning harakati ya'ni Alloh vasliga yetish uchun qilingan amallar va harakatlardir. Shu sababdan ham ko'pchilik ulamolar terroristik guruhlar tomonidan Jihod so'zini ishlatilishiga qattiq qarshilik ko'rsatadilar, ular uchun jihod insonni qalbida kechishi lozim, tashqi harakatlarida emas va ayniqsa u tashqi kuchlarga qarshi zo'ravonlik qilishga emas balki qalb ichidagi kurashga asoslangan bo'lishi kerak. Shunga qaramasdan bugungi kunda Jihod so'zi butunlay diniy falsafadan, diniy faollikdagi kurashni anglatuvchi terminga aylanib bo'ldi. Hatto Musulmonlar orasida ham Jihod so'zi qandaydir salbiy tus ola boshladi, g'arb mamlakatlari esa Jihod so'zini to'g'ridan to'g'ri terrorizm bilan bog'lab yuborishdi.
So'ngi davrlardagi Musulmon dunyosining mustamlaka qilinishi, milliylikka asoslangan (dinga emas) mamlakatatlarning paydo bo'lishi va zamonaviy davrga moslashishni qiyinlashuvi oqibatida Islom ulamolari Jihod so'zini ijtimoiy birlashtiruvchi qurol sifatida ko'p bora ishlatdilar, natijada jihod Islomiy-Huquqiy normalar bilan aniq qilib belgilab qo'yildi. Unga ko'ra Jihod ikki hil bo'ladi, Himoya va Hujum Jihodi. Himoya Jihodi asosan Islom dunyosining qaysidir qismiga "Kofirlar" tomonidan hujum qilinganda Musulmonlarni ularga qarshi umumiy safarbarlikka chaqiruvchi chaqiriq bo'lib u asosan Islom ulamolari tomonidan Fatvo berish orqali amalga oshiriladi. Hujum Jihodi esa Islomni dunyoga yoyish uchun birinchi marta Halifaliklar tomonidan ishlatilgan va hozirgi kunda ham Islomizmning asosiy mafkuraviy qurollaridan biridir. Bu ikki safarbarlik bir biridan otlanishga qarab farq qiladi. Hujum Jihodi asosan hohishga qarab amalga oshiriladi va uni amalga oshiruvchi kishilar Islomga bo'lgan ishonchining kuchliligi tufayligina bu harakatga ko'ngilli bo'lib kiradilar. Himoya Jihodi esa nafaqat Islom dinini himoyasi balki Islom dunyosini (hududini) va Musulmon aholisining himoyasidir. Bu farq ikki Jihodning kuchini solishtirishga imkon bermaydi, chunki ikki holatda ham Jihodga otlanuvchi kishi kuchli mafkuraviy poydevor bilan sug'orilgan bo'lib, unda material boylik yoki karera kabi "dunyoviy" vajlarga umid yo'q, ya'ni u bu yo'lida o'limdan ham qaytmaydigan askardir (zamonaviy armiya soldatlaridan farqli o'laroq).
Afg'on Jihodi
Afg'onistonga Sovetlar interventsiyasi birinchi navbatda Himoya Jihodini yuzaga keltiradi. Boshqa dinlardan farqli o'laroq Islomda umumiy boshqaruvchi (masalan Katoliklar uchun Rim Papasi) mavjud emas. Qaysidir Islom ulamosining ma'lum asoslarga tayangan fatvosi barcha musulmonlar (asosan sunniylar) uchun "qonun" tusiga kirishi mumkin.
Sovetlarning Afg'onistonga kirishi Salafistlar, Vahobiylar va Musulmon Birodarlar uchun o'zlarining o'rinlarini mustahkamlashda va ma'lum oqim sifatida tan olinishlari uchun imkoniyat yaratdi. O'z mamlakatlarida Fundamental Islomiy Davlatlarni qurishni oldiga maqsad qilib qo'yib olgan bu harakatlar 70-yillarning ohiriga borib mahalliy hukumatlar bilan kelishmovchiliklarni yuzaga keltira boshladilar. Arab mamlakatlarning "kofirlar" (AQSh) va "dahriylar" (SSSR) bilan ittifoqlarini va ularni Musulmon dunyosini hoinlari sifatida qoralash orqali bu harakatlar o'zlari tomonga aholining sezilarli qismini qaratib oldilar, ular orasida dunyodagi eng boy oilalar qatoridan joy olgan hayrihoh shayxlar ham o'rin olgan edi.
Aynan Afg'onistonga Sovetlarning intervensiyasi bu mamlakatlardan aholining eng radikal qismini "dahriylar tomonidan hujumga uchragan "Islomiy yurt"ga Jihod qilishga jo'natadilar. Bu o'z navbatida Arab mamlakatlari hukumatlari uchun ulardan osonlik bilan qutulishga imkon bergan bo'lsa, AQSh uchun Eronda boshlangan Anti-Amerikanizm kayfiyatini Islom olamida Anti-Kommunizm kayfiyatiga aylantirishiga yordam berdi. Ikki tomon uchun ham Afg'oniston "qutqaruvchi" kema rolini o'ynadi. Arab mamlakatlari nafaqat o'zlarining radikal aholisidan qutulibgina qolmay, o'z navbatida ularning Jihodi orqali AQSh bilan aloqalarni mustahkamlab oladilar, jumladan o'sha davrdagi Misr armiyasi bunday operatsiyalar orqali armiyadagi texnologiyani zamonaviylashtirib olishga muvaffaq bo'ldi. Misr, Liviya, Marokash, Jazoir, Tunis, Yaqin Sharq, Iroq kabi mamlakatlardan minglab Islomistlarga to'la samoletlar dastlab Makka shaxriga hajga, undan so'ng Peshavorga qarab yo'l oladilar.
Lekin Arab hukumatlarining taxminlaridan farqli o'laroq ushbu radikal islomistlar Afg'onistondagi urushda tirik qoladilar. Nafaqat tirik qoladilar, balki Pokiston va AQSh mahfiy xizmatlari tomonidan tashkil qilingan maxsus harbiy bazalarida kuchli tayyorgalik darslari oladilar, AQSh va Pokistonning zamonaviy qurollarini tubdan o'rganib chiqib, urushdagi harbiy operatsiyalaridan kuchli harbiy tajriba orttiradilar, shuningdek partizanlik, hufiyalik, axborot propogandasi va terror qilish kabi uslublarni mukammal egallaydilar. Uni ustiga barcha turli Arab mamlakatlaridan yig'ilgan islomistlar, Pokistonlik radikallar va Afg'onistonlik fundamentalistlar bir joyga yig'ilgan holda oldingilardan ham radikalroq va kattaroq ambitsiyalarga ega bo'lgan Islomizmni vujudga keltiradilar.
Ushbu harbiy lagerlarda Afg'on urushi davomida tayyorgarlik ko'rgan Islomistlarning soni hozirgacha aniq emas. Chunki bu urush davomida AQSh va Pokiston Afg'onistondagi Mujohiddinlariga ko'rsatilgan yordamni faqat yashirin tarzda yetkazishgan. Shu sababdan ham barcha harbiy lagerlar mahalliy aholining ko'zidan uzoqroqda va mahalliy administratsiyani qo'li yetmaydigan Afg'oniston va Pokistonning tog'li hududlariga joylashtirilgan edi. Bu hududlarda na Sovetlar va na Pokistonliklar o'zlarining to'liq nazoratiga ega emas edilar. Shunga qaramay Pokiston mahfiy hizmati 10 000 - 12 000 orasidagi chet ellik Mujohiddinlarni ro'yxatdan o'tkazganini keyinchalik e'lon qilgan.
Al-Qoidaning xalqaro tarmoqda tashkil qilinishi
Harbiy lagerlardagi ayrim sobiq Mujohiddinlarning guvohlik berishlari va kundaliklaridagi yozuvlariga ko'ra harbiy lagerlarda asosan ikki turdagi Mujohiddinlar xizmat qilishgan. 1-turdagi Mujohiddinlar asosan Arablarning o'ziga to'q oilalarining a'zolari bo'lib, ularning Afg'onistonga kelishidan maqsadi mustahkam poydevorga asoslanmagan. Bundaylarning xizmat muddati 1 oydan 3 oygacha bo'lgan bo'lib, Afg'on do'ppisi va Kalashnikov bilan qilingan bir nechta surat, pulemetdan otilgan bir magazin o'qdan so'ng ular Mujohiddinlarga g'alaba tilab o'z vatanlariga qaytishgan. Saudiyalik badavlat Shayxlarning farzandlari o'zlarining bahaybat JEEP mashinalarida kelib xizmatini ohirida ushbu mashinasini Mujohidlarga sovg'a sifatida qoldirganliklari holati ham ko'p uchragan. Shunga qaramasdan bu toifadagi Mujohidlarning katta ko'pchilik qismi Afg'onistondagi Islomiy kuchlarni o'zlarining moliyaviy yordamlari bilan 2001-yilgacha ta'minlab kelishgan.
2-turdagi Mujohiddinlar uzoq muddat davomida xizmat o'tagan bo'lib asosan Islomizmni asosiy faollarini tashkil qilganlar. 1-turdagi Mujohiddinlarga qaraganda ularning soni ancha kamchilikni tashkil qilgan, lekin mafkuraviy jihatdan bu toifadagilar ancha sobit bo'lganlar.
Aynan shu ikki toifadagi Mujohiddinlar bilan yaqinlashib ular bilan aloqada qolishga harakat qilganlardan birinchisi Usama Ben Laden bo'lgan. Uning bu to'plagan aloqalar tarmog'i keyinchalik AQSh maxfiy hizmatlari va ommaviy axborot markazlari tomonidan Al-Qoida deb nomlangan, ushbu tarmoqning hech qaysi faoli bunday nom bilan bu guruxni atamagan.
Ben Ladenning ushbu lagerlardagi Musjohiddinlarni aloqalarini yig'ishda va keyinchalik ularni virtual dunyoda kuchaytirishi, uning kuchli kommunikatsiya bilimi egasi ekanligini bildiradi. Lekin 80-yillarda yangidan paydo bo'lgan Halifalikni qayta qurish fikri Ben Ladendan emas balki uning diniy ustozi bo'lmish Abdulloh Azzam tomonidan olg'a suriladi. U o'zining "Mususlmonlar uchun birinchi farz: o'z yerlarini himoya qilish" deb nomlangan kitobida "Musulmonlarning Jihodi Afg'onistondagi g'alaba bilan tugamasligi lozim, u har bir kishi uchun farz bo'lib qolishi shart. Afg'on jihodi bu faqat boshlanishi, bizning kurashimiz Falastindan Andoluziyaga, Filippindan O'rta Osiyoga, Birmadan Eritireyagacha yetib boradi" deya ta'kidlaydi. Aynan Abdulloh Azzamni hozirgi global Jihod mafkurasining asoschisi desak adashmaymiz.
1989-yilning fevral oyida Sovet Ittifoqi Afg'onistonni tashlab chiqqandan so'ng ham Afg'onistonga ko'ngilli Mujohiddinlarni kelishi davom etdi. Abdulloh Azzam Pokistonning Peshovar shaxri masjidlaridan birida yangi kelgan ko'ngillilarni viloyatlar bo'ylab yoyishga boshchilik qilar edi. Shu yilning noyabr oyida unga qarshi suiqasd uyushtirilib u voqea joyida vafot etadi. Bu suiqasdan 1 yilcha oldin, Pokistonni Jihodchilarni qabul qilib oluvchi mamlakatga aylantirgan, diktator Muhammad Zia ul-Haqga ham qarshi suiqasd uyushtiriladi. Aynan shu ikki shaxs Afg'onistondagi Jihodning asosiy ustunlaridan biri bo'lganlar, ularning suiqasdi hech bir guruh tomonidan tan olinmaydi. Ushbu masala hozirgacha katta jumboq bo'lib qolmoqda, lekin ko'pchilik mutaxassislarning fikricha ushbu suiqasdlar Afg'onistondagi Islomistlarni tarqatib yuborish maqsadida AQSh maxfiy xizmatlari tomonidan amalga oshirilgan. Hozirgacha hech qanday aniq dalil ashyolar yoki ma'lumotlar bu voqeaga doir mavjud emas.

Lekin nima bo'lganda ham Abdulloh Azzamning o'limi oqibati Falastinda, Arab yarimorolida, Misrda, Tojikistonda, Dog'istonda, Chechenistonda, Kashmirda, Jazoirda, Filippinda va Albaniyada global jihod mafkurasi keng yoyilib bir qancha fuqarolar urushiga sabab bo'ldi, shu bilan birga uning o'limi Jihodning Anti-Kommunizmdan Anti-Amerikanizm yo'nalishiga o'tishda birinchi burilish bo'ldi.
Jihodning G'arbga qarshi yo'naltirilishi
Jihodning hozirgi ko'rinishiga kelishida turli Islomiy guruxlarning Afg'oniston va Pokistonda qorishmasi katta rol o'ynagan. Shu oqimlarning uchtasi bu Jihodning globallashuv darajasiga yetgan mustahkam mafkura bo'lib yetishishida katta ro'l o'ynagan. Bular Vahobiylar, Salafistlar va Musulmon Birodarlar. Vahobiylar Islomning fundamental qonun qoidalarini hayotga tadbiq qiluvchi, konservatorlar bo'lgan bo'lsa, Salafistlar ushbu mafkuraga jangarilik kayfiyatini bergan radikallardir va nihoyat Musulmon Birodarlar esa ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga urg'u berib ularni qurol sifatida ishlatishni amalga oshirgan. Ushbu uchala "qobilyat" yig'ilib, bir paytning o'zida o'ta konservator, jangari va dunyodagi iqtisodiy-ijtimoiy adolatsizlikka qarshi kurashuvchi diniy harakat vujudga keladi. Uning konservatorligi bir paytning o'zida ham Islomni radikalligini eng yuqori darajaga ko'tarishga yordam bersa, boshqa tarafdan faqatgina muqaddas matnlarga ko'r ko'rona bo'ysinuvchi va amal qiluvchi mukammal jangarilarni yetishtirib chiqardi. Bunday jangarilar Islom dunyosiga nisbatan qilinayotgan adolatsizlik, Islomga bo'lgan ishonch va nihoyat u dunyodagi va'da qilinga hayotga to'la iymon keltrirgan holatda kurashga otlanadi va bu kurashda u yaqin odamini o'ldirishdan tortib o'zini o'zi portlatishga ham tayyor.
Ikkinchi Jaxon urushining asosiy g'oliblaridan biri bo'lmish Sovet Ittifoqining bu urushni mag'lubiyat bilan tark etishi bejiz emas albatta. O'z oldiga faqat dushmanni yo'q qilishni maqsad qilib qo'ygan va unga qarshi nafrat bilan sug'orilgan ong egasi bo'lmish jangarilarni na Sovet aviatsiyasi va na tanklari yo'q qila olmadilar. O'z navbatida Islomistlar bu g'alabani tarixda Halifalikning Sosoniylar ustidan qozonilgan g'alabasiga tenglashtirdilar. Bu g'alaba Halifalikka Sharq eshiklarini ochib uni ikkinchi ulkan imperiya Vizantiyaga yuzma yuz keltirgan bo'lsa endilikda Jihodchilar hozirgi Vizantiya bo'lmish AQSh va G'arb dunyosiga qarshi Jihodga tayyorlana boshladilar.
Xalqaro Jihodning G'arb dunyosiga qarshi yo'nalishiga bir nechta voqealar sabab bo'lgan edi. Dastlab AQSh tomonidan Afg'onistondagi jangarilarni hech qanday yo'nalishsiz tashlab qo'yilishi; Afg'on urushida 10 yil davomida xizmat qilib o'z yurtlariga qaytgan jangarilarning ko'pchiligi, bu mamlakatlaridagi iqtisodiy-ijtimoiy muammolar va ijtimoiy tengsizliklarga duch keldilar, uni ustiga urushga otlanish paytidagi kabi ularga e'tibor yo'qolgan edi. Natijada bu jangarilar o'z o'zidan hech qanday tashqi buyruqsiz mahalliy partizanlarga aylanadilar. Afg'onistondagi jangarilar esa mahalliy etnik urushlar va diniy mazhablar orasidagi to'qnashuvlarga g'arq bo'ldilar.
Xalqaro maydonda Jihodning Anti-Amerikanistik kayfiyat olishida ikki bosqich ajratiladi. Birinchi bosqich 90-yillarning o'rtalarigacha davom etib unda Islomistlar asosan mahalliy aholini Jihodga undash, partizanlik urushlarini olib borish bilan shug'ullanadilar va ularning deyarli barcha operatsiyalari natijasiz yakunlanadi. Bosniya, Misr va Jazoirdagi Islomiy harbiy harakatlarning barchasi AQSh va G'arb qo'shinlari tomonidan bostiriladi. 1993-yilda AQShning Jaxon Savdo Markaziga uyushtirilgan birinchi terroristik portlash ham rejadagi natijani bermaydi. Rejaga ko'ra 680 kgli portlovchi modda joylashtirilgan avtomobil vositasi shimoliy bino ostiga joylashtirilishi va portlash natijasida shimoliy bino uning egizagi bo'lmish janubiy bino ustiga qulashi, natijada minglab aholini o'limi bilan yakun topishi lozim edi. Lekin hisob kitobning puxta qilinmaganligi sababli bino qulamaydi.
1993-yildagi Nyu-York shaxridagi Jaxon Savdo Markaziga qilingan terroristik hujum qurbonlari xotirasiga atab barpo qilingan yodgorlik.
Ikkinchi bosqich 2001 yil 11-sentyabrgacha davom etib ushbu voqea uning eng yuqori cho'qqisi bo'lgan. Bu davrda Islomistlarning aholini umumiy ravishda Xalqaro Jihodga chorlashi behudaligi tufayli, asosiy e'tiborni terrorni kuchaytirishga va kuchli taasurot qoldirishga urinishlarni kuzatishimiz mumkin. Lekin voqealar Jihodchilar o'ylaganidan boshqacha tus ola boshladi. Falastinda Muqaddas jihod nomi ostida rejalashtirilgan urush amalga oshmadi, Isroildagi terroristik hujumlar harbiylardan ko'ra ko'proq tinch aholini o'limiga sabab bo'ldi. Natijada nafaqat G'arbda balki Musulmon jamiyatlarida ham Jihodchilarga bo'lgan ehtiyotkorlik va nafrat oshib bordi.
Keyingi maqolamizda biz qanday qilib jihodning butunlay Jismoniy mag'lubiyatga uchragaligi haqida batafsil ma'lumotlar berishga harakat qilamiz.
JIHOD TO QIYOMATGACHA DAVOM ETADI. INSHOLLOH BUTUN DUNYO SHOHID BULADI KOFIR KARIMOFGA KADAFINING KUNI TUSHADI QANCHA QUOL-ASLOHA JAMLAMSIN FOEDA BERMAEDI. DUNYODA EN KUCHLI KUFR AQSH MAGLUB BULGANDAN SUNG, BU KICHIK MURTAD KARIMOF UCH OEDA QATL QILINADI INSHOLLOH.HALQ SHOHID BULADI INSHOLLOH.
ОтветитьУдалитьIltimos bunday fikrni bildirmang, ongli ravishda aytish mumkinki sizdaki radikallik hissi hech qanday muammoga javob bo'la olmaydi va yolg'iz islom bayrog'i ortiga yashirinishingiz sizning ma'nan qoloqligingizni bildiradi.(Insholloh ma'nosi "allohni yaratish" Naozibi lah, balki in shaa allah deb uch so'zda aytilishi lozim, bunda agar Alloh xoxlasa degan ma'no keladi.) Islomni noto'g'ri talqin qilish bu o'sha yuqorida qayd qilingan jihodchilarning eng birinchi qurolli.. Afsuslarkim, bunga ko'r-ko'rona ishonayotganlar ham kam emas. Axir ochiq oydin ravshanku qadimiy xalifalikni tiklab bo'lmaydi, ehtimol islom davlatlari birgalikda konfederatsiya tuzishlari mumkindur, lekin zamonaviy davlat bo'lmay turib hech qachon tinch totuv yashb bo'lmaydi
ОтветитьУдалитьANONIMNIE.Senga bir gaeri din hujum qilsa nima qilasan, ayolu bola-chaqanga tjovuz qilsa nima qilasan.UXX n-g tergov izolyatirlarida,qamoqhonalarida senig aka-uka,opa singilaringga tajovuz bulyapti.terorchi degan qushtinoq ostida,agar sen uzingni MUSLMON bulsang ular sening aka-ukang,opa singlaring.Sen uchun har kim uz dini iemonini himoya qilsa radikal buladi sening fikring aeni gaeri din fikri.Radikal degan atama 99% islomga qarshi garb tomonidan ishlatilaigan suz.Hech esindan chiqarmaki har ikki dunyoda utinchi va oxiri dunya daham dindan aziz ulug hech nars yuq.http://www.youtube.com/watch?v=OlT3ARuUSGc
ОтветитьУдалитьhttp://www.youtube.com/watch?v=dNMGmFL7gEs&NR=1&feature=endscreen
Bu dunyoviy ishlarga dinning niqob qilinish holatlaridir. Nima bo'lganda tarixdan ma'lum kuch va zulm bilan bunga erishib bo'lmaydi, (Gandichilikni eslang, "... o'ng yuzingga ursa, chap yuzingga ham tutib ber" to Alloh bergan mashaqqatlarga sabrimizni sinamagungacha va hukmron doira o'z ishlarini anglab yetmagungacha, tinch islohot yoli eng maqbulidir, zero noumid shaytondir) Radikalik bu nafaqat g'arbda balki yerning har bir burchagida yashayotgan qavm va dinlarga mansub, jamiyatda bo'lish bo'lish ehtimoli yuqori insonlar guruhi, ammo ular asl musulmon emas, Islom hech qachon insonni ne bo'lganda ham qon to'kishga, g'azabga berilib aqldan ketishga undamaydi. (Abu Nasr Forobiy "Fozil odamlar shahri") Albatta, hozir zamon o'zgacha ta'kidlaganingizdek holatlar bu mening or nomusimga tegishi mumkin, bu bilan men jahlga berilishim va eng yomoni yana bir musulmonga qarshi to'qnashishga majbur bo'laman, valek insonlar taqdirini (qanday bo'lishini va amalariga yarasha jazo berishni) faqat Alloh hal qiladi. Kuchli jamiyat, qudratli ittifoqlar, tinch islohotlar va parlamentar islohotlar ummumiy manfaatlar negizida birlashadi. Hamma hohlaganidek davlatning ravnaqi davom etadi, Islom bayrog'i bardavom bo'lajak(In shaa Allah)
ОтветитьУдалить1. Лугавий хатолар. 2. Нотугри фикрлар ва макола эгасининг хар томонлама фикрламагани яккол куриниб турибди. Диний эмас дунёвий куз карашда хам сезиларли даражадаги нотугри фикрлар. Маслахат: жиходчиларни, аввало максадини кейин ижтимоий турмуш тарзини яхшилаб урганинг ана ундан кейин бунака окилона фикрларингиз узгаради кейин жамоатчиликка такдим этинг. (Уларни ижобий томонини ёритинг деганим эмас, албатта.) Бир карашда кулгили, саёз фикрларингизни хам хурмат киламан, чунки сизни етарли далил, ишончингиз бор. "якинларидан тортиб хатто узини портлатиш/жонига суйикасд килишга хам тайёр, :)" бу эса хамир учидан патир ёки денгиздан томчи. Яхшилаб урганинг геосиёсатчи. Бунака асоссиз гаплариз билан махфий ёки сиёсий кучларга хизмат килишингизни билдириб куйишингиз шарт эмас! :-)
ОтветитьУдалитьAqillimisan shunaqa? balki o'zin kimlagadur xizmat qilarsan? Sandakla to'lib ketti xozi internetda
УдалитьKimgadur hizmat qivottilar deb bo'lmaydiku, lekin o'sha hizmat qivotanganlani manbalaridan ko'p foydalanarkanla maqolalarida shulani tasiri seziladi.
УдалитьMan maqola muallifini nazarda tutdim
УдалитьAvvalambor Muhiddin va boshqa saytimiz o'quvchilariga (ismlaringizni bilmayman uzr) bizga bildirgan e'tiborlari uchun kattadan katta raxmat. Quyida berilgan bir nechta savollarga javob berishga harakat qilib ko'raman (Diniy yoki holis bo'lmagan fikrlar va ayblovlar bundan mustasno, chunki bunday fikrlar e'tibor qilishga arzimaydi deb hisoblayman).
УдалитьMuhiddinga:
1. Lug'aviy xatolar: agar iloji bo'lsa ko'rsatib o'tsangiz, to'g'irlashga harakat qilaman, men na filolog va na til bo'yicha mutahassis emasman, shunday ekan lug'aviy, orfografik xatolar bo'lishi tayin. LEKIN uni maqolani qadrsizlantirish uchun ishlatishingiz shartmidi??
2. "Noto'g'ri fikrlar" - qaysi fikrlar, nimasi bilan noto'g'ri va qaysi nuqtai nazardan noto'g'ri? Izoh bersangiz.
"Maqola egasining har tomonlama fikrlamaganligi yaqqol ko'rinib turibdi" - qayerda buni ko'rdingiz, shunday jumlalalarni ko'rsatib bersangiz.
"Diniy emas dunyoviy kuz qarashda ham sezilarli darajadagi noto'g'ri fikrlar" - bu gapni avvalam aytibsiz, yana takrorlabsiz, kommentariyangiz jaxl ustida yoki ta'kidlash maqsadida yozilmaganiga ishonchingiz komilmi?
"Маслахат: жиходчиларни, аввало максадини кейин ижтимоий турмуш тарзини яхшилаб урганинг ана ундан кейин бунака окилона фикрларингиз узгаради кейин жамоатчиликка такдим этинг. (Уларни ижобий томонини ёритинг деганим эмас, албатта.)" Maslahatingiz uchun avvalo raxmat, lekin Jihod konseptsiyasini kelib chiqishida va Islomizmni rivojlanish tarixi haqida o'tgan maqolamda yozib qoldirganman umumiy va qisqa qilib. Lekin bir narsani unutmaylik, bu yerda menda jihodchilarni va musulmon jamiyatidagi Islomizmni kuchayishini ikir chikirigacha sotsiologik sabablarini yoritib bera olmayman, CHUNKI bu geopolitika haqidagi sayt, ya'ni kuchlar nisbatini va ular orasidagi raqobat, sabab, hujum, oqibatlarni o'rganuvchi fan. Agar kimdir bitta oddiy musulmon jamiyatidagi kishini Islomizmga berilib Jihodchiga aylanish jarayonini o'rganishga qiziqish bo'lsa o'ylaymanki unday odamlar uchun internetda sotsiologik va psixologik analizlar yetarli. Bizni ishimiz esa Jihodni yoritib berish, yuqoridagi maqolalarda Jihod na qoralangan va na oqlangan, bu bir fotosurat holos, agar shu konseptsiyani qo'llab quvvatlovchi kishi bu maqolani o'qisa uning uchun bu maqola "Anti-Jihod" tarzda yozilgan bo'lib ko'rinadi, lekin haqiqiy Anti-Jihod kishi bu maqolani o'qisa u meni Jihodchilarga nisbatan o'ta yumshok diagnostika qo'yganligimda ayblashi tayin. Boisi bu maqola hech tomonga og'ilmasdan yozilgan va men bunga vijdonim oldida ham, shu davrgacha dunyoga yoyilgan ma'lumotlar oldida ham kafolat beraman. Agar oramizda Geopolitikani tubdan tushunib yetgan va bu fanda tarafkashlik yoki oq-qora degan terminlar mavjudligini tushunadigan bo'lsa, unda maqola ularga manzur bo'lishi aniq.
Qolgan gaplaringiz kechirasizu puch ma'noli va tor doiradagi xulosalar bo'libdi, ayniqsa bilmasdan turib hukm chiqarishingiz meni unga e'tibor qaratmaslikka undadi. Shunday ekan, agar kimnidir qo'lidan kelsa haqiqiy GEOPOLITIK bahs-munozara qilsin, meni yoki saytimizni hech qaysi tomonga qarashli yoki qarshi deb ko'rsatilishi bema'nilikdan boshqa narsa emas. Maqolalarning hammasi analiz, kimlarningdir "geopolitik ambitsiyalarini" ushalmaydigan orzu qilib ko'rsatgan bo'lsa, unda ayb saytda yoki muallifda emas, balki vaziyat shunday
Xursand Abdullayev, teroristlarni Savdo markazini portlatishdan asosiy maqsad nima edi? bu ishni ularga qanday + taraflari boriydi va bu bilan ular nimaga erishdi? O'sha egizaklani protlashi AQSH va Al-Qaidaga qanday plyus (+) va minus (-) olib keldi? AQSHga faqat zarar Al-Qaidaga faqat foyda bo'magandur...
ОтветитьУдалитьNoname, agar savolingiz haqiqatda bu voqeani asl sabablarini bilishga qiziqish bo'lsa, unda albatta saytimizni kuzatib borish jarayonida aynan shu masalaga bag'ishlangan maqolani bir kun kelib o'qiysiz. Biz ko'pchilik emasmiz, hamma voqealarga oydinlik kiritishga va analiz qilishga bizda vaqt ham imkoniyat ham yo'q. Bundan tashqari biz o'zimizni bunday media kasliga duchor bo'lgan voqealar analizidan saqlanamiz, chunki ular yetarlicha analiz qilingan va har kim o'ziga yarasha xulosani chiqargan.
УдалитьLekin savolingiz 11 sentyabr voqealarini terroristik harakat emasligi yoki AQSh tomonidan uyushtirilgan degan gumonlarni ilgari surib meni bu boradagi fikrlarim bilan qopqonga tushirmoqchi bo'lsangiz unda adashasiz. Holis savolga albatta holis javob topiladi, maqsadni ko'zlab berilgan savol esa o'sha maqsadga yetkazadi, ya'ni har kim hohlaganini ko'radi!
Qanaqa qopqon? Bundan manga nima foyda? Yurakni kengroq qiling. Man bu borada sizni fikrizga qiziqdim, manda bu haqda aniq malumot yo'q, aniqrog'i malumot juda ko'p va bir birga qarama qarshi shunga shu narsa haqida sizni qarashlarizga qiziqdim, har holda siz mandan ko'ra yaxshi bilasiz bu haqda...
УдалитьAgar mani gaplarimdan biror g'alizlik bo'lgan bo'sa sizdan uzur so'riyman, man to'ri manoda so'radi, Shu haqda biror tahliliy maqola yozsez judayam hursand bo'lardim mani anchadan beri qiziqtiradi shu narsa.
piching, kesatiq, so'z o'yini qilib birovni asabiga tegadigan bekorchimasman, qiziqqan narsammi so'radim. Balki hato to'nda so'ragandurman buning uchun sizdan uzur so'riyman. Sizga nisbatan aslo shahsiy adovatim yo'q. Sizni ilmizni hurmat qilaman, va yozganlarizga qiziqaman shunga saytizni o'qiyman... bo'masa o'qimasdim. Bazi fikrlarizga qo'shilmasligim mumkin lekin, man o'zimmi sizdan ustun qo'yib sizga piching qimiyman, man o'zim bilgan doiradaman va bu borada bilganlarim ko'pamas, qiziqganlarimmi so'radim halos. Uzur hato so'ragan bo'sam