2001-yil 11-sentyabr voqealari radikal Islomizmning chalkash pozitsiyalarini ma'lum tomonga yo'naltirishga va "haqiqiy" dushmanni qayta belgilaganini tasdiqladi. Ayniqsa voqealarning davom etishi bilan AQSh o'zining tashqi va ichki siyosatida Islom va Terrorizmni qorishtirishi, strategik maqsadlarni ko'zlagan holda Islomiy-Terrorizmni bahona qilib ishlatishida (Iroq urushi) va Sivilizatsiyalar to'qnashuvi nazariyasini kuchaytirib G'arb va Islom dunyosini bir biriga qarama qarshi qo'yishi oqibatida Islomizm o'z pozitsiyasini G'arbga qarshi ishonch bilan yo'naltiradi.
Aynan Islomizmning Amerika va G'arbga qarshi "urush" ochishidan oldin uni tarixiga qisqacha nazar solsak, chunki Islomizmning asl ildizlari AQSh yoki G'arbga qarshi tarzda tug'ilmagan, balki bu mafkura Musulmon jamiyatlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammolarning yechimsiz qoldirilishi va aholining o'zga jamiyatlarga nisbatan qoloqligini his qilishining oqibatidir. Mavzuga chuqurroq yondashsak.
1979-yil Islomizmning qayta tug'ilishida muhim sana hisoblanadi. Shu davrgacha Falastindagi yoki Misrdagi urushlar Anti-Imperialistik ahamiyatga ega bo'lgan bo'lsa, endilikda Islomiy siyosat ochiqdan ochiq mafkura sifatida o'z o'rnini talab qila boshladi. Aynan 1979-yilda dunyodagi siyosiy o'zgarishlarda Islomning sahnaga kelganini ta'kidlash lozim, bu holat Erondagi revolyutsiyadan tortib Saudiya Arabistonidagi Al-Haram masjidini garovga olinishiga ham tegishlidir.
Yaqin Sharqda Isroil hukumatining tobora kuchayishi va ayniqsa "Olti kunlik" urushdan so'ng Arab dunyosida G'arb dunyosiga qarshi noroziliklar kuchaya bordi. Saudiya Arabistonida Ka'ba joylashgan masjidni bir guruh qurollangan talabalar tomonidan garovga olinishi va uni ozod qilinishida Fransuz maxsus qo'shinlarini ishlatilishi (Eslatib o'tamiz Makka shaxriga Musulmonlardan tashqari hech qanday din vakillari kiritilishi mumkin emas) Musulmon dunyosida katta norozilikni keltirib chiqardi. Uni ustiga Eron Homeniyining bu fitnani AQSh tomonidan uyushtirilganligini e'lon qilishi noroziliklarni yanada kuchaytirdi. Pokiston va Livanda AQShning elchixonalariga radikal islomistlar tomonidan o't qo'yilib butunlay kuli ko'kka sovuriladi.
Sovet Isttifoqining Afg'onistonga intervensiyasi ham AQSh uchun ham Arab mamlakatlari uchun juda qo'l keladi. AQSh bu "Jihoddan" ikki strategik maqsadni ko'zlagan edi. Birinchisi Sovet Ittifoqi uchun Afg'onistonda ayanchli "Vetnam" holatini yaratish, ikkinchi Revolutsion Eronning ta'siri ostida butun dunyoda Islomiy qo'zg'alishni yoylishini oldini olish maqsadida Islom dunyosi e'tiborini boshqa masalaga yo'naltirish. Bu ikki maqsad ham to'laligicha amalga oshdi. 1989-yilda Qizil Armi Afg'onistonni tashlab chiqadi, bu holat o'z navbatida Kommunistik tizimning emirilishi, Berlin devorini qulashi va Sovet Ittifoqining parchalanishida ham katta rol o'ynaydi.
Eronga kelsak u o'zining Islomiy revolyutsiyasini chetga eksport qilishni uddasidan chiqa olmaydi (Janubiy Livandagi Hezbolla bundan istisno). Eronning asosiy ko'zlagan mamlakati bo'lmish Iroq uning eng havfli dushmaniga aylanib, u bilan bo'lgan 8-yillik urush Eronni sillasini quritadi va ikki davlat munosabatlarini uzoq yillarga muzlatib qo'yadi.
G'arb mamlakatlari bilan ittifoqdosh bo'lgan Musulmon mamlakatlari uchun Afg'oniston Islomiy radikalizmni "eksport" qilish uchun katta imkoniyat yaratadi. Amerika tomonidan "Yovuz Imperiyaga" va "xudosizlar" bosqiniga qarshi Jihod propogandasi barcha Musulmon mamlakatlaridagi norozilik kayfiyatida bo'lgan aholi uchun nihoyat "Kofirlarga qarshi" qurol bilan kurashish imkoniyatini yaratgan edi. Mag'rib va Mashriqdan kelgan minglab ko'ngillilar Afg'onistondagi Sovet qo'shinlariga qarshi "Muqaddas urushga" kelib qo'shiladilar.
Islomiy radikal guruhlarning Sovet Ittifoqiga qarshi Jihodidan AQShga qarshi Jihodchilarga aylanish jarayoni o'ta murakkabdir. Bu o'z vaqtida ham Islom doktrinasi ham mamlakatlar geostrategiyasi bilan uzviy bog'liq bo'lib, bu jarayonda maxfiy hizmatlar asosiy vositachilik rolini o'ynaganlar. Albatta bu bilan bog'liq ma'lumotlarga ega bo'lish qiyin masala, lekin so'ngi paytlarda matbuotda omma e'tiboriga havola qilingan ma'lumotlarga tayangan holda holis tahlil olib borishning imkoni mavjuddir.
Bugun biz siz bilan Islomizmning shakllanishi va uning Afg'on urushigacha bo'lgan bosib o'tgan davrini ko'rib chiqdik, keyingi maqolamizda Islomizmning qanday qilib Anti-Kommunizmdan Anti-Amerikanizmga aylanishini ko'rib chiqamiz.
Pokistonda Islom payg'ambari Muhammadga qarshi karikatura sifatida suratga olingan filmga noroziliklar sifatida AQSh bayrog'i yondirilmoqda.
Aynan Islomizmning Amerika va G'arbga qarshi "urush" ochishidan oldin uni tarixiga qisqacha nazar solsak, chunki Islomizmning asl ildizlari AQSh yoki G'arbga qarshi tarzda tug'ilmagan, balki bu mafkura Musulmon jamiyatlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammolarning yechimsiz qoldirilishi va aholining o'zga jamiyatlarga nisbatan qoloqligini his qilishining oqibatidir. Mavzuga chuqurroq yondashsak.
Tarixga nazar
Islomning ilk tug'ilishi va konseptsiyasi hozirdagi musulmon jamiyatidan kuchli farq qiladi. Fundamental Islom uchun barcha musulmonlar turli millatlardan tashkil topgan bir e'tiqoddagi kishilar emas balki bir diniy millat sifatida shakllangan bo'lishlari va ularni birlashtirib tuyruvchi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy birlik - Halifalik tizimniga ega bo'lishlari lozim. Halifalik tushunchasi esa Islomiy davlat sifatida emas balki tashqi - urush va boshqa dindagilar (kofirlar) dunyosidan saqlanib turuvchi tinchlik uyi (Dar al-Islam) deb hisoblanib, Islomni butun dunyoga haqiqiy din sifatida yoyuvchi kuch vazifasini bajarishi kerak bo'lgan. Bu esa o'z navbatida Halifalikni to'htovsiz ravishda tashqi dunyo bilan urush olib borishga va bu holat butun dunyoni Islomlashtirishgacha davom ettrilishi kerakligini uqtirishga olib keldi. Demak halifalik nafaqat Islomiy mamlakat emas, balki asl Islomni asrab turuvchi Musulmonlarning umumiy ittifoqi bo'lib xizmat qilgan.
Halifalikka qilingan har bir hujum bu Islomga qilingan hujum deb qaralgan. Shunday hujumlarning eng kattasi va Islom dunyosida Islomizmning tug'ilishiga sabab bo'lgan voqea bu Salib Yurishlaridir. Salib Yurishlari, garchi siyosiy va iqtisodiy maqsadlarni o'zida yashirgan bo'lsada sirtdan qaralganda tola to'kisligicha diniy urush bo'lib, Katolik cherkovining Islom dunyosiga ochiqdan ochiq hujumi Musulmon dunyosida "Kofirlarning" ularga dushmanligini to'laligicha tasdiqlagan.
Albatta Islomizmni tug'ilishi siyosiy va mafkuraviy ahamiyat kasb etishiga qaramasdan uning rivojlanishi va eng yuqori cho'qqisiga yetishda asosiy sabablar iqtisodiy-ijtimoiy ekanligini unutmasligimiz lozim. Agar tarixga nazar solsak Islom dunyosi va Musulmonlar jamiyatida hech bir davr Halifalik davrichalik rivojlanish darajasiga yeta olmagan. Tarixda Halifalik o'zining davriga nisbatan so'zsiz ravishda dunyoning eng kuchli davlatlari bo'lgan desak adashmaymiz. Bu rivojlanish nafaqat harbiy sohada, balki ayniqsa ilm-fan, madaniyat va iqtisodiy sohada eng yuqori darajaga erishgan. G'arb katolik cherkovi boshqaruvi ostida qorong'ulikka sho'ng'igan bir paytda Musulmon dunyosida eski Yunon, Misr, Mesopotamiya va Fors sivilizatsiyalarining yutuqlarini o'rganish va riuvojlantirish avjiga chiqqan edi. Moliyaviy tizimda umumiy pul birligini yo'lga qo'yilishi, savdo-sotiqni rivojlanishi, birinchi Chek tizimni yaratilishi bu davlatning gullab yashnashiga sabab bo'ldi. Islomizmni kuchayishini tushunish uchun o'sha davrdagi Halifalikdagi ahvol bilan hozirgi Islom dunyosini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishini solishtirishni o'zi kifoyadir.

Arab Halifaliklarining tarixiy hududlari.
Deyarli barcha Halifalik ostida bo'lgan mamlakatlarda iqtisodiy vaziyatlar dunyoning o'rtacha iqtisodiy ko'rsatkichidan pastda joylashgan bo'lib, uning ustiga yangi globallashgan zamonaviy dunyoda bu mamlakatlarning o'rni juda ham kamdir. Boshqa dunyoning katta sivilizatsiyalaridan farqli o'laroq Islom sivilizatsiyasi o'zining markazlashgan davlatiga va imperiyasidan mosuvodir. Ohirgi Halifalik bo'lmish Usmoniylar Imperiyasining merosxo'ri Turkiya o'zining dunyoviy tizimi va G'arb (kofir) davlatlari bilan yaqin ittifoqdoshligi (NATOga a'zolik) bilan qaysidir ma'noda Islom dunyosiga hiyonat qildi, Halifalikning tarixiy ildizi bo'lmish Saudiya Arabistoni esa o'zining Islomiy emas balki eng avvalo Arab davlati deya ko'radi (Eslatib o'taman, hozirgi kunda Musulmonlarning 80%i Arab bo'lmagan xalqlardir) va u ham o'z navbatida Musulmon dunyosidan ko'ra G'arb dunyosiga yaqinroq ittifoqchidir, bu holat boshqa Fors ko'rfazi mamlakatlariga ham tegishlidir (2005-yildan beri Iroqdagi hukumatga ham). Halifalikning madaniy tayanchi bo'lgan Fors sivilizatsiyasi esa Musulmon dunyosining atigi 10% aholisini tashkil qiluvchi Shia mazhabining qo'rg'oni sifatida o'zining Islomiy davlatiga asos soldi. Qisqa qilib aytganda Arab dunyosidan ajralish uchun Fors dunyosi o'zi uchun yangi o'zlik ya'ni shialikni asos qilb oldi.
Ko'rib turganimizdek bu siyosiy bo'linish va "yo'l boshlovchi va qo'riqchi" kuchni yo'qligi Musulmonlarda unutilganlik hissiyotini uyg'otdi. Hozirgi kundagi hech qanday davlat yoki tashqi kuchlarning to'laligicha tashkilotchiligisiz "Avtonom Jihodlarning" paydo bo'lishi hayratlanarli holat emas. Demak Islomizmning paydo bo'lishidagi birinchi sabab bu "His qilish"dir.
Islomizmdagi ikkinchi asos bu "Begonalik" bo'lib Islom dunyosining tashqi kuchlar tomonidan bosib olinishi va ekspulatatsiya qilinishi Islomistlaga ularni abadiy dushman sifatida ko'rishga asos bo'lgan desak adashmaymiz. Radikal Islomizm uchun barcha halifalarning yemirilishi (ayniqsa Usmoniylar Imperiyasini) tashqaridan kelgan "kofirlarning" hujumi va fitnalarining oqibati deb qaraladi.
XV-asrda "Buyuk Geografik Kashfiyotlarning" amalga oshirilishi bilan G'arb dunyosining iqtisodiy va harbiy ustunligi borgan sari orta boshladi. Ayniqsa Katolik cherkovining konservatorligiga qarshi kurash va cherkovdagi reformalarni amalga oshirilishi bilan, Angliyani o'zini Katolik cherkovi boshqaruvidan holi deb e'lon qilishi va protestanizmning shiddatli ravishda yoyilishi oqibatida Yevropa siyosiy ustunlik sari asta sekin qadamlarni qo'ya boshladi. Ayniqsa Osiyoga va Amerikaga dengiz yo'llarini ochilishi bilan Yevropa borgan sari Islom dunyosidan iqtisodiy mustaqil bo'lib bordi. O'z navbatida bu holat Yaqin Sharqdagi va Markaziy Osiyodagi savdo yo'llaridagi faoliyatlarni sezilarli darajada pasaytirdi, asta sekinlik bilan Buyu Ipak Yo'li o'z ahamiyatini yo'qota boshladi. O'rta Osiyodagi va Rossiyadagi mo'g'ul davlatlarini tarqoqligi tufayli bu hududlarda Islom yakkalanib tobora o'z tarixiy aloqlaridan uzoqlashib bordi. Bunga Eronning Safaviylar tomonidan shialikka asoslangan davlatni barpo etishi oqibatida Erondan g'arbda bo'lgan barcha hududlarni Sunniy dunyosining boshqa hududlaridan ajralib qolishi ham kelib qo'shiladi. Eron ikki tomon o'rtasida ko'prik rolini o'ynash o'rniga ko'proq kechib bo'lmas to'siqqa aylandi. O'rta Osiyolik xonlarning Hajga boruvchi aholining Rossiya hududidan o'tishi uchun Rus imperatorlaridan ruxsat so'rashlari Eronning naqadar bu mavzuda yopiqligini bilish uchun kifoyadir. O'z navbatida Rossiya G'arb dunyosidan ajralgan holda o'zining Provaslavlikning merosxo'ri sifatida imperiyani sharqqa qarab yoyilishini ta'minlab bordi.

Bulardan tashqari Usmoniylar Imperiyasining ichkarisidagi Turk-Arab raqobati ham bu imperiyani mustahkamligiga shikast yetkazib turdi. Usmoniy halifalar Arab dunyosini urush yo'li bilan bosib olishdan tashqari, Arablarning mahalliy hokimlariga kam ishonch bildirib ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lganlar, bu esa o'z navbatida Panarabizmni mustahkamlanib borishiga sabab bo'ldi. Halifalikning ohirgi yillarida Arablarning Britaniyaliklarga Ittifoqchi va Usmoniylarga (Halifalarga) qarshi harakatlari bu holatning oqibatlaridan biridir.
Bu bo'linishlar va savdo-sotiqning pasayishi Islom dunyosini tobora Millatlarga ajralishishiga, iqtisodiy ahvolni yomonlashishiga olib keldi, ohir oqibat Islom dunyosi chet el mustamlakachilari uchun oson o'ljaga aylandi.
XX-asrdagi 1-jaxon urushidan so'ng ohirgi Halifalikning qulashi Musulmon dunyosini dunyo ishlarida Islom nomi bilan ish olib borishdan mahrum qildi. Islom dunyosi millatlarga asoslangan mamlakatlarga bo'linib ketdi, albatta bu davlatlarning ko'pchiligi tashqi kuchlarning mustamlakalaridan iborat edi. Lekin bu kritik holat 2-jaxon urushidan keyin dunyoning ikki qutbga bo'linishi o'qibatida Islom dunyosida yangi bo'linishlar bilan davom etdi.
"Sovuq Urush"ning boshlanishi bilan Islom dunyosida Kommunistik va G'arb dunyosi manfaatlariga bo'linish yaqqol kuzatildi. Bir tomonda Saudiya Arabistoni va Pokiston Amerikaning eng ishonchli ittifoqchisiga aylangan bo'lsa boshqa tomonda Suriya va Misr kabi davlatlar Sovet Ittifoqining Yaqin Sharqdagi ishonchli hamkorlariga aylandilar. Bundan tashqari O'rta Osiyo, Uyg'uriston va Kavkazdagi Musulmon xalqlarni kommunist mamlakatning teng xuquqli fuqarolariga aylanishi ularning Islom dunyosidan to'laligicha ajralishiga olib keldi. Bu holat 1979-yilgacha davom etadi.
Islomizmning "yo'naltirilishi"
1979-yil Islomizmning qayta tug'ilishida muhim sana hisoblanadi. Shu davrgacha Falastindagi yoki Misrdagi urushlar Anti-Imperialistik ahamiyatga ega bo'lgan bo'lsa, endilikda Islomiy siyosat ochiqdan ochiq mafkura sifatida o'z o'rnini talab qila boshladi. Aynan 1979-yilda dunyodagi siyosiy o'zgarishlarda Islomning sahnaga kelganini ta'kidlash lozim, bu holat Erondagi revolyutsiyadan tortib Saudiya Arabistonidagi Al-Haram masjidini garovga olinishiga ham tegishlidir.
Yaqin Sharqda Isroil hukumatining tobora kuchayishi va ayniqsa "Olti kunlik" urushdan so'ng Arab dunyosida G'arb dunyosiga qarshi noroziliklar kuchaya bordi. Saudiya Arabistonida Ka'ba joylashgan masjidni bir guruh qurollangan talabalar tomonidan garovga olinishi va uni ozod qilinishida Fransuz maxsus qo'shinlarini ishlatilishi (Eslatib o'tamiz Makka shaxriga Musulmonlardan tashqari hech qanday din vakillari kiritilishi mumkin emas) Musulmon dunyosida katta norozilikni keltirib chiqardi. Uni ustiga Eron Homeniyining bu fitnani AQSh tomonidan uyushtirilganligini e'lon qilishi noroziliklarni yanada kuchaytirdi. Pokiston va Livanda AQShning elchixonalariga radikal islomistlar tomonidan o't qo'yilib butunlay kuli ko'kka sovuriladi.
Sovet Isttifoqining Afg'onistonga intervensiyasi ham AQSh uchun ham Arab mamlakatlari uchun juda qo'l keladi. AQSh bu "Jihoddan" ikki strategik maqsadni ko'zlagan edi. Birinchisi Sovet Ittifoqi uchun Afg'onistonda ayanchli "Vetnam" holatini yaratish, ikkinchi Revolutsion Eronning ta'siri ostida butun dunyoda Islomiy qo'zg'alishni yoylishini oldini olish maqsadida Islom dunyosi e'tiborini boshqa masalaga yo'naltirish. Bu ikki maqsad ham to'laligicha amalga oshdi. 1989-yilda Qizil Armi Afg'onistonni tashlab chiqadi, bu holat o'z navbatida Kommunistik tizimning emirilishi, Berlin devorini qulashi va Sovet Ittifoqining parchalanishida ham katta rol o'ynaydi.
Eronga kelsak u o'zining Islomiy revolyutsiyasini chetga eksport qilishni uddasidan chiqa olmaydi (Janubiy Livandagi Hezbolla bundan istisno). Eronning asosiy ko'zlagan mamlakati bo'lmish Iroq uning eng havfli dushmaniga aylanib, u bilan bo'lgan 8-yillik urush Eronni sillasini quritadi va ikki davlat munosabatlarini uzoq yillarga muzlatib qo'yadi.
G'arb mamlakatlari bilan ittifoqdosh bo'lgan Musulmon mamlakatlari uchun Afg'oniston Islomiy radikalizmni "eksport" qilish uchun katta imkoniyat yaratadi. Amerika tomonidan "Yovuz Imperiyaga" va "xudosizlar" bosqiniga qarshi Jihod propogandasi barcha Musulmon mamlakatlaridagi norozilik kayfiyatida bo'lgan aholi uchun nihoyat "Kofirlarga qarshi" qurol bilan kurashish imkoniyatini yaratgan edi. Mag'rib va Mashriqdan kelgan minglab ko'ngillilar Afg'onistondagi Sovet qo'shinlariga qarshi "Muqaddas urushga" kelib qo'shiladilar.
ARTE fransuz-nemis telekanalida aks ettirilgan Afg'on-Sovet urushidagi ko'ngilli "Jihodchilar" xaritasi.
Vashington nazarida Afg'on urushi ikki tomonlama g'alaba qisqa qilib aytganda tengi yo'q ishbilarmonlik bo'lib tuyuladi. Vetnam urushidan farqli ravishda bu urush AQShning o'sha davrdagi ichki va tashqi siyosatiga hech qanday zarar yetkazmaydi. Hech qanday AQSh armiyasi, Amerika soldatlarning o'limi, urushdagi qaror qabul qilinishidagi ikkilanishlar va AQSh ichkarisidagi qarshiliklar bu urushga yot holatlar edi. Bularni o'rniga Afg'oniston urushida o'z o'zidan "erkin jangchi" nomi ostida qo'liga qurol olib "Yovuz Imperiyaga" qarshi urush olib boruvchi Amerikaga begona soqollilar jang qilar edi. Ular hech qanday siyosiy ahamiyatga ega emaslar, AQSh uchun ularning taqdirini qizig'i yo'q, urushdagi yo'qotishlar uchun hech qanday tashvish qilinmaydi aksincha o'lganlarni Musulmonlar uning jannatga tushishiga ishonib xursandchilik ila ohirgi yo'lga kuzatadilar. Bunday befarqlikning markazida AQSh tomonidan bir nechta ko'ngillilarni o'ziga jalb qiluvchi markazlar ochiladi, AQShning harbiy lobbiylari bu markazlarga katta miqdorda mablag'lar ajratadilar, ularga Erondagi shialikni kuchayishidan va Fors ko'rfazida hokimyatni qo'ldan berishdan cho'chigan shayxlar ham kelib qo'shiladi. Bu markazlar Yaqin Sharq va boshqa Arab mamlakatlarining Islomiy universitetlaridagi talabalarni o'ziga jalb qilib Afg'onistonga jo'natishda juda katta rol o'ynaydilar. Bu Sovet Ittifoqiga qarshi urush AQSh uchun arzimagan mablag' evaziga amalga oshiriladi. Umumiy hisobda bu mablag'lar yiliga o'rtacha 1,2 milliard AQSh dollarini tashkil qilib bu mablag'ning yarmi Fors ko'rfazi mamlakatlari tomonidan ajratilgan.
Bunday ajoyib geostrategik taktika AQSh uchun hech qanday havfga ega emas edi. AQSh rejasi bo'yicha Sovet Ittifoqi butunlay mag'lubiyatga uchragandan so'ng Jihodchilarni moliyalashtirishni to'htatish ularni yo'q bo'lishiga olib kelishi kerak edi. Lekin AQShning Jihod mafkurasini instrument sifatida ishlatilishi bir paytning o'zida Islom dunyosiga yangi umidlarni bahsh etgan edi, ya'ni Halifalikni qayta qurish ambitsiyasini. Shunday qilib AQShning navbatdagi be'tiborligi natijasida makon va markazga ega bo'lmagan havfli dushman yuzaga keldi va bunday biryoqlama strategiya bahosini AQSh 2001 yil 11-sentyabr voqealari va Afg'on, Iroq urushlari davomida to'lashga majbur bo'ladi va hozirgu kunda ham to'lashda davom etmoqda.Islomiy radikal guruhlarning Sovet Ittifoqiga qarshi Jihodidan AQShga qarshi Jihodchilarga aylanish jarayoni o'ta murakkabdir. Bu o'z vaqtida ham Islom doktrinasi ham mamlakatlar geostrategiyasi bilan uzviy bog'liq bo'lib, bu jarayonda maxfiy hizmatlar asosiy vositachilik rolini o'ynaganlar. Albatta bu bilan bog'liq ma'lumotlarga ega bo'lish qiyin masala, lekin so'ngi paytlarda matbuotda omma e'tiboriga havola qilingan ma'lumotlarga tayangan holda holis tahlil olib borishning imkoni mavjuddir.
Bugun biz siz bilan Islomizmning shakllanishi va uning Afg'on urushigacha bo'lgan bosib o'tgan davrini ko'rib chiqdik, keyingi maqolamizda Islomizmning qanday qilib Anti-Kommunizmdan Anti-Amerikanizmga aylanishini ko'rib chiqamiz.
Maqoladan g'arbparastlik isi kevotti.
ОтветитьУдалитьsitata:
"o'z navbatida Halifalikni to'htovsiz ravishda tashqi dunyo bilan urush olib borishga va bu holat butun dunyoni Islomlashtirishgacha davom ettrilishi kerakligini uqtirishga olib keldi."
:)))))
Davlat juni bilan shahsiy junni aralashtirmen :)) yani Islomiy halifalik bilan Hizbut Tahrirni "Xalifalik" g'oyalarini aralashtirmen.
Lekin sayt uchun rahmat ajoyib sayt bo'pti, aynan shunaqa uzbek tilidagi analitik tahliliy maqolalar juda kam hozirda (deyarli yo'q) boshlanishiga kamchiliklarbo'ladi hamma narsada, Boshqalarga o'hshab yarim yo'lga keganda tashab ketmiysizlar dib umid qilaman. Ishlarizga omad.
Menimcha bir jumlani yolg'iz o'zini qirqib olib uni instrument sifatida ishlatish holis baholashga kirmaydi, agar paragrafni umumiy o'qilsa bu jumlaning nimaga ishlatilganini darhol tushunsa bo'ladi. Marxamat:
Удалить"Fundamental Islom uchun barcha musulmonlar turli millatlardan tashkil topgan bir e'tiqoddagi kishilar emas balki bir diniy millat sifatida shakllangan bo'lishlari va ularni birlashtirib tuyruvchi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy birlik - Halifalik tizimniga ega bo'lishlari lozim. Halifalik tushunchasi esa Islomiy davlat sifatida emas balki tashqi - urush va boshqa dindagilar (kofirlar) dunyosidan saqlanib turuvchi tinchlik uyi (Dar al-Islam) deb hisoblanib, Islomni butun dunyoga haqiqiy din sifatida yoyuvchi kuch vazifasini bajarishi kerak bo'lgan. Bu esa o'z navbatida Halifalikni to'htovsiz ravishda tashqi dunyo bilan urush olib borishga va bu holat butun dunyoni Islomlashtirishgacha davom ettrilishi kerakligini uqtirishga olib keldi. Demak halifalik nafaqat Islomiy mamlakat emas, balki asl Islomni asrab turuvchi Musulmonlarning umumiy ittifoqi bo'lib xizmat qilgan."
Saytimizda ko'p marta ta'kidlaganim kabi "Islom" bilan "Islomizmni" yoki "Islom dunyosi" bilan Islom sivilizatsiyasi so'zlarini chalkashtirmaslik lozim. Yuqorida siz bergan jumla ham shu mantiqdan, ya'ni fundamental Islom mantig'iga ko'ra deb e'tirof qilingan. Agar Halifalikning ilk davrida Islom hozirgi ko'rinishda bo'lgan desak xato qilamiz. Xizbut Tahrir yoki boshqa fundamental Islomga qaytish tarafdori bo'lgan uyushmalar aynan o'sha davrdagi Halifalik tuzumiga qaytishni ta'kidlashadi. Demak shu tomondan masalaga yondashsak javob: "Ha o'sha davrda Halifalik to'htovsiz ravishda kengayishni va butun dunyoga Islomni yoyishni oldiga maqsad qilib olgan edi" buni hech qanday ajablanarli joyi yo'q, chunki barcha ideologiyalarning ohirgi g'alabasi ular butun dunyoni egallashi bilan belgilanadi, shu jumladan Islomizm ham.
ps: G'arbparastlik deganda qaysi ma'lumotlarni yoki gaplarni nazarda tutdingiz??
"Fundamental Islom uchun barcha musulmonlar turli millatlardan tashkil topgan bir e'tiqoddagi kishilar emas balki bir diniy millat sifatida shakllangan bo'lishlari..."
УдалитьMana shu gap g'irt fundamental islomga teskari gap! Islomda millat degan tushunchani o'zi yo'q, Islom fundamenti bo'lgan Quron va Sunnatda arablar yoki biror millat alohida takidlanmagan, Ilgarigi sultonliklar yoki Saudiyani tashqi siyosati islomga etalon emas, Barcha musulmonlarni yagona birlashtirib turadigan narsa bu etiqod arabchilik emas.
"Agar Halifalikning ilk davrida Islom hozirgi ko'rinishda bo'lgan desak xato qilamiz. Xizbut Tahrir yoki boshqa fundamental Islomga qaytish tarafdori bo'lgan uyushmalar aynan o'sha davrdagi Halifalik tuzumiga qaytishni ta'kidlashadi"
Manam islommi hozirgi ko'rinishi ilk davrdagi halifalik dimadim, va shu bilan birga Hizbut Tahrirni xalifaligi fundamental islomga qaytishmas, umuman u davrdagi halifalikdan uzoq narsa, halifa saylashdan tortib boshqaruv finksiyasigacha u fundamental islomiy halifalikga g'irt teskari... va buni shunaqa chalkashtirib yo teskari talqin qilish aynan g'arb manbalarida ko'p uchriydi.
Islomni (sizni nazdizda islom idealogiyasini) butun dunyoga yoyish digani bu halifalik tuzib to'hto'vsiz ravishda urush olib borish diganimas, hozirda eng ko'p musulmonlar yashiydigan Indoneyziya va malayziyaga hech kim qilish ko'tarib bormagan.
Islom idealogiyasi, uni yoyish, fundamental islom, islomdagi halifalik kabi tushunchalarni holisroq manbalardan ham o'qishni maslahat beraman. Sizdan hech kim diniy bilim talab qimayapti lekin tushunchalarni teskari talqin qilish odammi chalg'itvoradi.
PS: Komentariya funksiyasiga qarab qo'yila operadan komment qilomayapman, explorerda yozganim chiqmayapti, judayam murakkab qivoribsila, komment qoldirish qiyin bo'votti manda. oldindan rahmat
Noname "diniy millat" tushunchasiga yahshilab e'tibor berishingizni so'rardim. Ya'ni millat uning qoni bilan emas dini bilan ajratilganligini. Boshqacha qilib aytganda barcha musulmonlarni bir uyushma, millat, birodar deb atalishini.
УдалитьHalifalik davri deganda umumiy Halifalikni qayta tuzish nazarda tutildi, masalani detallariga e'tibor qaratilmadi.
Men Islomni yoyish uchun urush olib borish kerak yoki borilyapti degan gapni yozmaganman. Menimcha bu borada sizga holislik yetishmayapti, maqola tolaligicha neytral holatda yozilgan, keltirilgan gaplar u yoki bu tashkilotning maqsadi nimaligini aytib o'tgan. Agar Islomni butun dunyoga yoyilishi faqat tinch yo'l bilan amalga oshirilgan desak unda holislikdan ancha yiroqlashib ketamiz, buni teskarisi ham shu xolatni keltirib chiqaradi. Nima bo'lganda ham maqola "g'arbparast" degan hukmingiz oqilona emas, boisi maqola g'arb mamlakatlari manfaatini himoya qilmagan, g'arbda yuz berayotgan har bir voqeani Islomga tahdid qilib olish esa umuman Sivilizatsiyalar To'qnashuvi nazariyasining nog'orasiga o'ynashdir.
ps: Men ham operadan qoldiraman doim menimcha internetingizda muammo bo'lsa kerak
Umuman shu Islom dini bo'lmasa shu dinyo biroz bolsayam tinch bo'lardi jonga tegdi bu jihodchialar. allaqayerdagi yo'q va hayoliy jannatni deb hammani tinchligini buzvoti. Qanaqa halifalik? Islomni qatga yetgan bolsa osha yerda qoloqlik va zulmat hukm suradi. Isroil va AQSHga omad!!
ОтветитьУдалитьXuda uradi sizdi dustim islomni xaqorat qilmang.Isrolga va Amerkaga ulim
Удалить... Afsus! O'zbek tilida shunaqa gaplarni yozishsa! O'zbekistonda aholini 80%-90% islom diniga ishonadi ogayni!!! Diniga hiyonat qilgandan yana nimani kutish mumkin! "Isroil va AQSHga omad!!" mish! Manimcha blog da nima haqida gap ketvotganini umuman tushinmiydiganlayam ko'p!
УдалитьHammani tinchligini buzvotgan ichki ishlariga aralashvotgan o'sha Isroil AQSH bo'ladi. Islomdan uzoqlashib ketib nomigagina "musulmon" bo'ganlar uchun islom qoloqlik va zulmat. Asl islom ilm beshigi, o'zbekga o'hshiz qani etingchi islom kemaguncha shu O'zbekiston hududidan birorta olim chiqqanmi? nomini bilasizmi birortasini? Maqtanib yuradigan ajdodlarilarni shu islom tarbiyalab bermadimi?
УдалитьArablardayam huddi shu to'p to'p yashiydigan qoloq qabilalar edi. Islom keldi, islomga amal qilish boshlandi kuchga to'lgan ikki qudratli imperiyani (Vizantiya, Fors) siqib chiqardi. Islomdan uzoqlashish boshlangandan kegin eski holiga qaytib yotibti arablayam.
Etib o'tilganidek Islom tarbiyalamadi, kuchli imperiya, Xalifat tayorladi olimlani. Ula islomni qur'ondan, xadisdan o'rgangan bo'lishsa ilm fanni fors, yunon olimlaridan o'rganishgan. Ya'ni buni islomga axamiyati unchalik bog'liqmas. Qadimiy yunonla, rimlikla, vavilonlikayam musulmon bo'magan lekin yetarlicha olim ulamolariyu chiroyli shaharlair bo'gan.
УдалитьAnonim:
УдалитьSizdagi tushuncha qanday paydo bulgan bilmadimku ammo mening nazarimda islom o'sha siz aytayotgan "yunonlardan ilm o'rgangan" olimlarimizga, ajdodlarimizga e'tiqod bergan, ilm olish uchun hatto Chin yurtiga borish kerakligini uqtirgan, yaxshilikni yovuzlikdan ajratib bergan, jaholatdan taffakkurga yetaklagan! Bu tushuncham sayoz yoki mustahkam ekanligini o'zim tushunganday tasvirlab beraman:
1) Islomni qabul qilganlar ko'proq o'zlikdan chekinib, savob (islomda har bir musulmon uchun farz amallar) ish haqida o'ylay boshlaydi.
2) Islomni yoyish avvallari mol-u davlat maqsadida (arab xalifaligining ikki daryo oralig'iga yurishi) amalga oshirilgan bo'lsa, keyinroq vaqt o'tgani sari islomning asl mohiyati yuzaga chiqa boshladi.(O'qing Bedil "To'rt unsur", "Irfon", A. Avloniy (1910), M. Behbudiy (1909), Fitrat (1915) asl islom ma'nosi risolalari, B. Mashrab va Navoiy lirikasi)
3) Dunyoda hech qaysi din insonni yomon amalga, tajovuzga boshlamaydi. Aynan ushbu nuqtayi nazardan islom har bir holatga izoh beraoladigan va mukammal bayon qilingan dindir. (uning izmidagi xalq boshlig'i birovni haqqidan qo'rqar (Umar r.a. eslab o'tish joiz) shu bilan birga adolatda ish tutar ( amir temurni eslang) boshqa kam sonli millatni ham dinni ham hurmat qilar (buyuk akbarni eslang) va shu bilan yangi xususiyat tolerantizmni qalbida uyg'otar.., bu jadval davom ettiraversa buladi)
"... qo'shni qishloq olimidan, o'z qishlog'im ahmogi yaxshi" ushbu qabiladagi siyosatni yurgizgan xalqlar yetarlicha aziyat chekkanligiga tarix shohiddir. Ne-ne hukmdorlarning ma'naviy qashshoqligi, uzoqni ko'ra bilmasligi, o'zaro ixtiloflar hamda ilm-ma'rifat, yangiliklarga bee'tibor bo'lganligi uchun butun xalq tovon to'lagan. (O'rta Osiyo 3 xonlgi bunga chiroyli misol bo'la oladi) Siz esa ISROIL va AQSH siyosatda tutgan yo'lni ma'qullamoqdasiz, balki, buncha so'z ta'sir qilmas sizga, Ch.Aytmatovning ajoyib sifat bergan sizdek insonlarga - MANQURT...
Kechirasizku lekin man xali na Isroil va na AQSH xaqida gapirdim, birovni manqurt diyishdan oldin o'ylab kegin gapirin
УдалитьSizning o'sha AQSH va Isroilga ko'r ko'rona omad tilashingiz ostida huddi shunday ma'no chiqmoqda, yoki boshqa niyyat bilan so'zlamoqdamisiz? Sovetlashtirish davrida sizdek ma'naviy qoloqlar, "tegishli joylarga" ko'pdan ko'p "xalq dushmanlari" haqida ma'lumot bergan "siyosiy xushyorlarni" deb mustamlakaga yoki sovet tili bilan "tenglar ichida teng" bo'lganmiz...
УдалитьPatriotizmim uchun uzr so'rayman, ammo bo'layotgan xodisalarga chuqur nazar bilan anglab borish barchaga farz hisoblanadi. Bugun o'sha davlatlar afg'onistonga, ertaga pokistonga kelsa, biz qarsak chalib emas, balki, xushyor aql va kuchli diplomatiya bilan kutib olish kerak nazarimda..
Allah barchamizni ko'plab ofatlardan saqlasin.
Man sizga yana bir marta etvomman AQSH va Isroil xaqida man yozmadim, uni yozgan odamga etasiz, mani boshqa odam bilan adashtirdiz, lekin yana mani adresimga xaqorat bilan yozsez shunga yarasha manam javob berama, iltimos xurmatti saqlilik
УдалитьDunyoni, insoniyatni bo'lgan bu dinla, ko'p vaziyatlada xayotimizda qiyinchiliklayam tug'diradi. Xo'sh agar insoniyatda din digan narsa bo'masa unda nima bo'lardi? G'arb va sharq tin yasharmidi? Balki bu davlatlani rivojlanishigayam kotta ta'sir qigan bo'lardi, yani xozirgi rivojlangan davlatla o'rnida boshqa davlatla bo'larmidi? Siz bu hqada nima dip o'ylisiz? Biror tahminiz bormi?
ОтветитьУдалитьDinmas, shu dinlardan o'zini maqsadida foydalanvotganlar urush qilib hamma joyni buzvotti. Hech bir samoviy din odamlani o'ldirishga urish qilishga targ'ib qimagan. Lekin o'z maqsadi yo'lida dindan foydalanim laqmalani qo'girchoq qilishadi. Agar din bo'magandan urush va notinchlik qilish uchun biror vosita o'ylab topishardi bu aniq
УдалитьDin bu manfaatlarga xizmat qiluvchi vosita holos. Afsuski oddiy omma buni tushunib yetmaydi, natijada dinni turli maqsadlarda ishlatish tarixda ko'p kuzatilgan
УдалитьMani savolim umuman boshqa narsa xaqida, siz chummadiz. Man xozirgi kundigi radikalla yoki terroristla xaqida gapirmadim, umuman tarixdan olib gapirdim. Ya'ni yevropa va Osiyo, Islom va katolik dunyosi xaqida. Bu ikki dunyo tarixdan bo'linib qogan va xaligacha bir biri bilan ziddiyatda, madaniyatlarimiz, yashash tarzmimiz xamma xamma narsa bir biridan farq qilib kegan, bunda dinni o'rni bor dip o'yliman, davlatlani tarixda qoloqlashib qolishidayam dinni o'rni bor, xayotimizni har bir qismida ta'siri bor va bo'gan. Shu ta'sirla bo'maganida nima bo'lardi digan faraz bor shu xaqda so'radim
ОтветитьУдалитьSizni juda yaxshi tushundim. Man etmoqchi bo'gan narsa o'sha ziddiyat keb chiqishida asosan siyosiy maqsad bo'gan din nifoq solish uchun vosita bo'gan, misol uchun halifalik yerlarida jizyasini to'lab hristian va yahudiylar ham bemalol tinch yashiyvurgan, (zato ula musulmon to'liydigan zakot to'lamagan). Ziddiyat chiqarish uchun dindan foydalanish efektivniyroq shunga ko'pincha din vosita bo'gan. Siz etgandek din bo'lmaganda tinch bo'ladi diyishiz absurd. Din bo'maganda boshqa vosita topilardi masalan millatchilik... o'zimizdan misol 1990, 2010 yildagi bitta dindagi qirg'iz uzbek fojeasini o'zizam bilasku, millatchilik bo'masa boshqa narsa topiladi, mana pastda yozishgan maqola, bir millat bir dindagi ikki korea davlati orasidagi ziddiyat... Muammo dindamas o'sha ziddiyat keltirib chiqarvotganlada va ulani nog'orasiga o'ynavotganlarda... u hoh Papa bo'ladimi, hoh Halifa, yo diktatormi yoki demokrat buni farqi yo'q.
УдалитьYuqorida etgan gaplarizzi boshqa so'zla bilan yana yozibsiz, lekin chunmaganiz ko'rinib turipti, man Islomni niqob qiganla xaqida yoki umuman urush xaqida gapirmadim!!! Oddiy misol, Islom bo'maganida Xalifalik bo'msidi, chunki ulani birlashtiradigan mafkura bo'masidi, shuni o'zida xozirgi dunyo boshqacharoq bo'lardi, qaysidir mamlakatla balki umuman paydo bo'masidi. Albatta dinni maqsad qilib ko'rsatishgan aslida niyatlari siyosat bo'gani bilan, lekin Islom dinini o'rniga boshqa narsani maqsad qilib ko'rsatishganidachi? Demak xalqam boshqalayam shunga qarab ergashardi, boshqa narsala o'zgarardi. siz umuman boshqa narsala xaqida gapiribsiz. Man aniq nima dimoqchiligimmi chuntirib beromadim
Удалитьo'sha siz aytayotgan din bo'lmaganda, albatta boshqacha vaziyat yuzaga chiqardi, yoki siz buyuk dinlar paydo bo'lguncha hamma tinch totuv yashagan deb o'ylaysizmi? Ossuriya, Mitaniya, Bobil, Misr, hattoki Yunoniston polislari.. ularning bosqinchilikdan maqsadlari nima edi? albatta hukmron doiralarning ochko'zliklari va katta xom ashyo bazasiga bo'lgan ehtiyoj. Hozirgi davrda ham huddi shu holat davom etmoqda, faqat endilikda bahonalar kuchli dalil qilsa "arzigulik" manbalar bilan niqoblanmoqda, ana shu bahonalar orasida buyuk dinlar ham mavjud. Nafaqat islom balki barcha dinlarda birlik yo'q. Hozirgi davrda ularning tub mohiyatini anglash ancha murakkab ishga aylangan. Birgina Xristianlik 2 yirik oqimga ajragan bo'lsada, yana bir qancha sektalarga bo'linib bormoqda. Savol tug'iladi nega bo'linyapti (Martin Lyuter qilgandek reformatsiyadan katta farq qiladi bu harakatlar) va kimlar qo'llayapti? o'yalaymanki bu savollarni yecha olgan odam urushlarni to'xtib qolish kuchiga ham qisman egalik qiladi. Xullas bularning barchasi siyosiy o'yinlar va yangi ko'rinishdagidek istilochilik harakatlari belgisidir.
Удалитьbiz musulmon bo'lb turb u xaqida kam biliwimizga sabab nma,oldinlari,avalari biz mualim soniy degan kitobni masjidlarda o'qb o'rganar edik undan tashqari hadislarni ham hozr masjidga borganiyam qo'rqadi lekin musulmonmiz diyishadi bizga qanaqa sharoit borki biz undan foydalanmayapmiz,nma faqat islom universitetida o'qiylikmi din xaqida ungacha nmala qlsek o'qisek buladi
ОтветитьУдалитьMaqolani o'qib chiqdim, qoldirilgan commentlarni ham. Bu mavzuda juda ko'p va xo'p baxs munozaralar bo'lgan.
ОтветитьУдалитьBiror nimani o'rganmoqchi bo'lsam, eng chuqur tubigacha o'rganishga xarakat qilaman. Din haqida shaxsiy fikrim shudayki din Odob-axloq majmuyi xolos. Insonlarda shunga(dinga) extiyoj tug'ilgan va sekin asta yaratilgan, rivojlangan.
Shudoq ham odamlar bir-biri bilan yaxshi munosabatda aloqa qilsa bo'ladi, hamma narsani murakkablashtirgandan ko'ra.
gapizga 100% qöshilaman. Birinchidan insonda ilohiy narsalaga moyillik bor, bu insoniyatni qonida bor. Odamla qayoda yashamasin, qaysi davrda yashagan bömasin nimagadur ishonib, sig'inib kegan.
УдалитьInsondagi eng kuchli tuyg'ulardan biri bu shubxasiz ISHONCH. Ishonch bo'lmasa biror nima qilish qiyin yoki qilib bo'lmaydi. Yana bir achchiq ammo kimlar uchundir foydali haqiqat inson yolg'onga ko'proq ishonadi, bu ham bizni qonimizga singib ketgan. Orzu qilamiz, nimalarnidur yaratamiz, nimlargadur erishamiz.
УдалитьJuda ko'p buganakan bu bahslaga,lekin man fikr bildirmoqci bumoqciligim.Din rostan kopinca inqiroziy xolatlarni bartaraf etiw vositasi sifatida baholaniwini hammamz bilamiz.Etiwganlaridiy dinni aybdor qiliw yo uni vosita sifatida baholaw xato.Mana xristian dini uwa davrdagi Rim imperiyasi manfaatlari ucun tula qonli vosita sifatida foydalanildi,asl maqsadi ham uwa davrning siyosiy qarawlarini amalga owiriw vositasi bolfi.Islomam xuddi wunaqa deb hisoblayman.Negaki xec kim,xatto qotilam(uzru qupolroq misol ucun) Ollohdan najot sorawini yaxwi bilamiz.Ammo dindan doim siyosiy yo'lda foydalaniwadi,buni xeckim inkor etolmidi.
ОтветитьУдалитьMan bugungi islomiy ideologiyadan ahmoqona yo'lda foydalanvotganlarni xec twunmiman.Xec bir din qotillikni targ'ib qiliwmagan.Ammo xozir nega odamla bunaqa tubanli botqog'iga botib ketiwyapti.
Qudratli davlatlarni kop gapiriwgan bu saytdagi maqolalarda.Odatda mavjud tahlillar.Mani etmoqci boganim din buyica buyoda bahslawib uzimizni kursatiwimiz wartmas.Balki bugungi soxta dindorlarni farqlaw,cunki islom dini hamma dinni hurmat qiliwi,xec kimi islomga zurlab qabul qilmasligini bilamiz,wuning ucunam bahslawmasdan,maqsad bulgan muammolarni tahlil etiw lozim deb hisoblayman.Yigitla yaxwi maqola yoziwgan,yecimlari doimiy mavjud fikrla.
Man davlatimiz manfaatidan kelib ciqib,xalqimiz ravnaqini owiriw,vatanimizni A.Temur davrinikidiy buyuk buliwini ta'minlaw ucun nima qiliw kerak degan masala buyica ilmiy fikrlarni urtaga tawlab,bu buyica aniq fikrlar haqida suhbat qiliw xalqimiz manfaati ucun foydali deb bilaman.Uylawimca sayt tawkilotcilarining maqsadiyam xalqni siyosiy jixatdn fiktrini kengaytiriw deb uyliyman.Wuning ucun xalq siyosiy ongini owiriwni,bugungi dunyodagi mavjud muxim,davlatimiz ucun tegiwlilarini suhbatini uyuwtiriw lozim deb hisobliman.
Raxmat oldinda.
orfografik xatolarim ucun uzr soriman,wuncaki birinci marta fikr bildiriwim,wunga ayrim xatolar bulgan bosa uzr oldindan
ОтветитьУдалитьДин агар сиёсийлашса, билингки у энди дин эмас. Айрим Ғарб давлатлари диний экстремизмни ўзлари доимо махфий йўллар билан ташкил этадилар ва рағбатлантириб борадилар. Ислом дини ичига нифоқ солиш ва уни турли қарама қарши фирқаларга бўлиб юбориш уларнинг асосий стратегияси. Уруштириб қўйиб, кейин ўзи бу вазиятдан фойдаланади. Ўт қўйиб ўзи ўт ўчирувчи вазифасини бажаради. Айрим Ғарб сиёсатчилари шахмат ўйини каби дунё манзарасини ўзлари ташкил қиладилар. Бир нарсага қатъий ишонаман. Агар Ғарб (АҚШ) астойдил хохласа дунёда экстремизм хам якун топади. Лекин у буни хохлармикан
ОтветитьУдалить