10.04.2013

Alloh nomi bilan... Jihodning mag'lubiyati - Mardonavor kurashdan Terrorga (3 qism)

Oldingi maqolalarimizda islomizmning paydo bo'lishi va uning xalqaro harakatga aylanishi, yo'nlaishlari haqida ma'lumotlar berishga harakat qilgan edik. Bugungi maqolamizda biz XX-asr ohiri va XXI-asr boshlarida dunyoda Islomiy hokimiyatni o'rnatishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan xalqaro Jihodning qanday qilib jismoniy ravishda mag'lub bo'lish jarayoni haqida tahlillarimizni havola qilmoqchimiz. 


AQShning Oregona shtatida Nasroniy, Yahudiy va Musulmonlar yig'ilgan holda Terrorizm va Islomning nomutanosibligini ta'kidlash maqsadida namoyish o'tkazishmoqda. 


1990-yilda Saddam Husayinning Quvaytni egallashi Islomistlarni ikki guruhga ajratadi. Bir tomonda asosan o'ziga to'q oiladan chiqqan va jamiyatda muhim vazifalarni egallagan, "zamonaviylashgan" musulmonlar, boshqa tomonda esa asosan inqilobiy ruhdagi kambag'al oilalar a'zolari, katta shaxarlarning tashlandiq kvartallarning intelegentsiyalari. Saudiya Arabistoni qiroli Abdulazizni Saddam Husayindan himoyalanish maqsadida AQSh va G'arb mamlakatlari qo'shinlarini Arabiston yarimoroliga kiritishi radikal islomistlar nazarida tuzatib bo'lmas xato bo'ldi. Nasroniy va Yahudiylarning Saudiya Arabistonida bemalol harakatlanishi radikal Islomistlar uchun qabul qilib bo'lmas sharmandalik edi, shu voqeadan boshlab Saud oilasi Islomning ikki muqaddas shaxarlarini (Makka va Madina) himoyachisi degan nomga nomusnosib deb topiladi va bu qirollik oilasining obro'si tushib ketadi, ayniqsa Ben Laden uchun. Islomistlar uchun AQSh va G'arbning Arabiston Yarimoroliga kiritilishi, so'ngra Iroqqa hujum qilishi Sovet ittifoqining Afg'onistonga kirishi bilan barobar edi, ya'ni "kofirlarning" Islom yeriga bostirib kirishi deya qaraldi. Bu esa o'z navbatida radikal Islomistlar tomonidan Himoya Jihodiga chorlashga olib keldi. Salafistlar va Musulmon Birodarlar bu vaziyatdan foydalanib Arabiston yarimorolida tartibsizliklarni keltirib chiqarishga harakat qiladilar. Ben Laden payg'ambar Muhammadning o'lim to'shagida yotgan paytidagi "Nasroniylar va Yahudiylarni Arabiston yarimorolidan quvib chiqaringlar" degan jumlasidan foydalanib aholini jihodga chorlaydi. Lekin Saudiya Arabistonining qattiqo'l repressiyalari va bu mamlakatdagi iqtisodiy sharoitning yahshiligi tufayli Jihodga chorlash hech qanday natija bermaydi. Saudiya Arabistoni esa AQSh harbiy bazalarini o'z hududida saqlashda davom etadi va davom etmoqda.


1992-yilda Qobulni Afg'onlar koalitsiyasidan tuzilgan Mujohiddinlarni qo'liga o'tishi bilan Afg'onistondagi jihod nazariyasiga nuqta qo'yiladi. Abdulloh Azzamning halok bo'lishi bilan Falastindagi jihod boshi berk ko'chaga kirib qoladi, Hamas guruhining Falastin ma'muriyati bilan qarama qarshiliklari esa bira to'la bu hududlardagi Muqaddas urushlarni davom ettirish umidini yo'qqa chiqaradi. Tojikiston, Checheniston, Bosniya, Misr, Jazoir va Kashmirlarda yangi Jihod frontlarini ochilishiga qaramasdan, ulardan hech biri ko'zlagan natijaga erisha olmaydi.

Misrda jihodistlar asosan politsiya, harbiylar, Koptlar va turistlarni mo'ljal sifatida ko'z ostiga oladilar. Lekin bu zo'ravonliklar juda qisqa davr 1995-yilgacha davom etadi. Asosiy baza bo'lmish Afg'onistondan uzilib qolgan Misrlik jihodchilar 1992-yilda Misr hukumati tomonidan kuchli repressiyaga uchraydilar, ularning asosiy yig'ilish maskani bo'lmish Embaba kvartalida hukumat keng ko'lamli reydlarni o'tkazadi. Shu voqeadan so'ng Qohiralik jihodchilar shaxarni butunlay tashlab chiqib mamlakat janubiga, Nil daryosini yuqori qismlariga partizanlik harakatlarini amalga oshirish uchun chekinadilar. Davlat mazkur regionni havfsiz deb e'lon qilib turistlarga bu hududga kirishni ta'qiqlab qo'yadi. Shu asnoda o'z kuchini yo'qotgan Misrlik jihodchilar mamlakatga iqtisodiy zarar yetkazish orqali uni qulatish taktikasiga o'tib oladilar. Lekin hududdagi mahalliy aholini asosiy yashash manbai bo'lmish turizmning bo'gib qo'yilishi va hukumatning bu hududlarga ijtimoiy e'tibori kamaygani tufayli, mahalliy aholi jihodchilarni yashash sharoitlarni og'irlashtirganlikda ayblab, ularga qarshi kurashga kirishib ketadi. Natijada qishloq hududlaridagi jihodchilar hukumatning hech qanday aralashisiz mahalliy aholi tomonidan haydab chiqariladi. Ohirgi umidini Misrdagi butun islomiy kuchlarni biriktirish orqali Jihod qilishga tikkan jihodchilar bu borada ham to'siqlarga ucharydilar. Chunki mamlakatning asosiy Islomiy harakatlaridan biri bo'lmish Musulmon Birodarlar asosan o'rtamiyona aholi va hunarmandlardan tashkil topgan bo'lib, ular uchun qo'lga qurol olib jihod qilish fikri shunchalar yiroq ediki, buning uchun ularda na hohish va na birlashtiruvchi maqsad yo'q edi. 1996-yildan boshlab Misr hukumati partizan Jihodchi kuchlariga tinimsiz zarbalar beradi. Hatto Jihodchilarni o'zi ham zo'ravonlik harakatlar orqali natijaga erishishga shubxa bildira boshlaydilar. 1997-yildagi Gama Islamiya harakatining o'nlab turistlarni vahshiylarcha qatl qilishi Misrdagi jihodchilar haqidagi tasavvurlarni butunligicha salbiy tomonga burib yubordi. Aholining hukumat bilan hamkorlikka kirishishi oqibatida Misr umumiy ravishda Jihodchilardan tozalandi, garchi Islomizm saqlanib qolgan bo'lsa ham u endi zo'ravonlikni emas balki ijtimoiy tengsizlikni kamaytirishga qaratilgan mahalliy harakatlarga aylandi.

Bosniyadagi Jihodchilar strategiyasi umuman boshqa tusga ega bo'lib, ular uchun Bolqon yarim oroli asli Musulmon yeri bo'lib, kofirlar uni egallab olgandirlar. Shundan kelib chiqib Jihodchilar bu hududda Himoya Jihodini qo'llay boshlaydilar. Lekin Jihodchilar orasida hech qanday Bosniyaliklar bo'lmagan (Afg'oniston va Pokistonda Bosniyalik ko'ngillilar bo'lmagan) va Bosniyaliklarning Islomi Salafistlarning "Sof Islomidan" farq qilib mahalliy odatlar ta'sirida ancha o'zgargan edi. Jihodchilar Bolqon yarimorolidagi etnik urushlarni Diniy urushlarga aylantirish uchun ko'p harakatlar qiladilar, Serblar tomonidan qilingan geontsidlarni Islomga qarshi hujum deb e'lon qilib, Serblarni yangigina uzilgan boshlari bilan Jihod propogandasi uchun rasmlar qiladilar. Bunday zo'ravonlikdan cho'chigan va "Sof Islom" konseptsiyasini o'ziga yot bilgan Bosniyalik aholi Jihodchilarga qo'shilishdan bosh tortadi. Afg'onistondagi kabi chetdan keluvchi moliyaviy yordamning yo'qligi va bu safargi dushmanlar (Yevropa va AQSh) ulardan to'laligicha ustunligi Jihodchilarni mag'lubiyatga yuz tutishlariga olib keladi. Ohir oqibat qolgan qutgan Jihodchilar Albaniyaga chekinib u yerda so'ngi marta Jihod hurujini amalga oshiradilar, lekin Alban hukumati yaqqol ustunlikni qo'lga olgan holda ularni qo'lga olib Saudiya Arabistoni va Misr hukumatlariga xalqaro jinoyatchi sifatida sotib yuboradi
Bolqon yarimorolidagi Jihod Islomistlar uchun moddiy mag'lubiyat bo'lgan bo'lsa ham Islomizmning Yevropalashtirilishida katta rol o'ynaydi. Moviy ko'zli va Sariq sochli Jihodchilar keyinchalik Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniyadagi Yevropoid aholini Islomizmga tortishda katta ahamiyat kasb etgan.

Jazoirda Jihodchilarning harakati qisqa lekin unumli bo'ladi. 1989-yilda yaratilgan Islom Salom Fronti, tezlik bilan o'ziga hayrihoh aholini atrofida yig'ishga erishadi. Bu ko'ngillilarning asosiy qismi shaxarlarda yashovchi ishsiz yoshlar (ko'p hollarda oliy ma'lumotli) va aholining kambag'al qatlamlaridan tashkil topgan edi. Lekin huddi boshqa musulmon mamlakatlaridagi kabi Jihodchilar zo'ravonlikka urg'u beradilar, ayniqsa ularni vahshiyliklarni namoyishkorona oshkor qilishlari xalqning qo'llab quvvatlashini yo'qqa chiqardi. Jazoirlik mahfiy xizmatlar zudlik bilan bu harakatlarga massiv ravishda o'z hufiyalarini kiritadilar. Aynan shu hufiyalarning qatnashuvi bilan Fransiyada Islom Salom Fronti nomi bilan terroristik harakatlar amalga oshiriladi. Natijada Fransuz respublikasi Jazoirdagi Jihodchilar harakatini yo'q qilish uchun barcha sayi harakatlarni amalga oshiradi. 1996-yilga kelib Islom Salom Fronti faqat ko'zga ko'ringan liderlarining a'zoligi bilan mavjudligini saqlab qolgan edi. Jazoir hukumati aynan shu yili ohirgi repressiv to'lqinni jo'natadi. Ko'pchilik Jihodchilar qo'lga olinadi, kamchiligi Sahroi Kabirdagi ko'chmanchi arab qabilalariga qo'shilishga muvaffaq bo'lib keyinchalik Mag'rib Islomiy Al-Qoidasining faollariga aylanadilar.

Sobiq Sovet hududidagi Jihodlar boshqa hududlardan farqli ravishda zudlik bilan kuchli repressiyalar bilan bostiriladi. Hukumat propogandalarining yordamida mahalliy aholida Islomizmga qarshi kuchli salbiy taasurot uyg'otiladi. O'rta Osiyo mamlakatlarida Islomizmni to'g'ridan to'g'ri giyohvandlik natijasidagi harakat deya ko'rsatiladi, undan tashqari soqol qo'yib, salla o'rab, qurol ko'targan Jihodchilar mahalliy aholida qo'rquv hissini uyg'otar edi. Chechenistonda tashqi kuchlarni qo'llab quvvatlashiga qaramasdan Rossiya o'zining eng zamonaviy va ommaviy qirg'in qurollari bilan hujumni qa'ttiyatlik bilan davom ettiradi. Chechenistondagi urush bora bora Muqaddas urushdan Mustaqillik harakatiga aylana bordi. Ikkinchi Chechen urushidan so'ng bu hududda Jihodchilar havfi batamom bartaraf etildi. Qodirovning hukumatga keltirilishi esa Jihodchilar harakatini chechen milliyligi ostida yo'qolib kelishiga olib keldi.

Tojikistondagi Fuqarolar urushini Muqaddas Islomiy urushga aylantirishga urunishlar zoe ketadi. Asosan Leninobod fraksiyasi tomonidan boshqarilib kelgan bu mamlakat Sobiq Sovet ittifoqidagi eng kambag'al mamlakatlardan biri bo'lib, mustaqillik e'lon qilingandan ko'p o'tmay mamlakat fuqarolar urushiga sho'ng'ib ketadi. Bir tomonda Rossiya o'zining 201-diviziyasini kiritish bilan boshqa tomonda O'zbekiston Leninobod Fraktsiyasi liderlarini va Tojikistonlik o'zbek generallarini qo'llab quvvatlagan holda urushga o'z ta'sirlarini o'tkazishga harakat qiladilar. Urushning cho'zilib ketishi va ohirgi yillarida urushdan ko'ra bu hududni narkotrafik zonaga aylanishi, urushga chek qo'yish lozimligini talab qiladi. Rossiya va O'zbekiston urushga chek qo'yishni talab qilib chiqadi va Ko'lobiylar fraktsiyasidan bo'lmish Imomali Rahmonov prezidentlikka keltiriladi. Fuqarolar urushi tugaydi. Ko'p o'tmay sobiq Islomistlarga qarshi repressiyalar boshlanadi.

Jihoddan Terrorizmga


1996-yil Xalqaro Jihodning yakuniy bosqichi bo'ladi, lekin Islomizmga ancha sho'ng'igan jihodchilar bor imkoniyati bilan harakatlarini davom ettiradilar. Endilikda ularning kurashini asosini Terrorizm tashkil qila boshlaydi. Butun dunyo bo'ylab bir qancha portlashlar yuz berishda davom etadi. Portlashlarning asosiy qismi AQSh, G'arb mamlakatlari va ularning ittifoqchilariga qaratilgan edi, shu jumladan Musulmon davlatlariga ham. Bu terroristik aktlar markazida Ben Ladenning shaxsini roli juda kattadir. Asli kelib chiqishi Saudiya Arabistonilik bo'lgan va Al-Qoida tarmog'ining asoschisi, u barcha eski Afg'on mujohidlari bilan aloqlarni saqlagan holda Xalqaro terrorizmni yoyishga muvaffaq bo'ladi.
Har hil mamlakatlardagi mahalliy musulmon aholini umumiy jihod uchun safarbarlikka olib chiqishning uddasidan chiqa olmagan radikal islomistlar dunyoda ularning kuchi va ta'siri keng yoyilganligi taasurotini qoldiruvchi, katta tomoshalarga boy - terrorga e'tibor qaratadilar.
Bu terroristik harakatlar dastalb jonsiz vositalar orqali amalga oshiriladi. Bino ostidagi parkingdagi avtomobil vositasi, metroda unutib qoldirilgan quti va boshqa vositalar terrorizmning dastlabki uskunalaridan bo'ldi. Bu aktlarni amalga oshiruvchilarning asosiy ko'pchiligi eski afg'on mujohidlari yoki islomiy talabalardan tashkil topgan edi. Ularga maqsad qilib AQShni yo'q qilish yoki dunyoda Islomiy davlat o'rnatish kabi yuksak marralar ko'rsatilar edi, lekin oddiy bir mujohiddin uchun bunday maqsadlar haqiqatdan uzoqligi va tez amalga oshmasligi tufayli ularga har birining kelib chiqishiga qarab mahalliy maqsadlarni marra qilib belgilana boshladi. Masalan musulmon mamlakatlarni islomiylashtirish, keyinchalik bir Halifalik ostida birlashtirish va hakozo.
Lekin bu uslublarning hammasidan ham u dunyoning saodati haqidagi va'dalar, islomistlarni o'zini o'zi qurbon qilishgacha olib boruvchi omil bo'lib xizmat qiladi. Islomda dastlab o'z jonini biror maqsad yo'lida qubon qilish Shialarning Assasin mazhabidan kelib chiqqan bo'lib, bizning asrimizga kelib 80-yillardagi Iroq-Eron urushida Eronlik shialar orasidan o'z armiyasiga yo'l ochish maqsadida Iroqning minalashtirgan hududida o'zini qurbon qilish holatlari ko'p kuzatilgan. Keyinchalik bu amaliyot Hezbolla guruhi tomonidan Livanning janubidagi to'qnashuvlarda qo'llanilgan. Afg'onistonda Sovetlarga qarshi urush davrida o'z o'zini portlatishlar deyarli bo'lmagan, dushmanga tik qarab borish strategiyalari qo'llanilgan bilan, o'z joniga qasd qilishni bu yo'li kuzatilmagan edi. Keyinchalik o'zini o'zi portlatish amaliyoti Yaqin Sharqdagi Shialardan Sunniy Arablarga ko'chib o'tadi.
1996-2001 yillar orasida dunyoda o'zini o'zi portlatuvchi kamikadze musulmonlar bir qancha terroristik harakatlarni amalga oshiradilar. Bu o'z joniga suiqasdlar Islomistlarning qanchalik darajada mafkuraviy va harbiy jihatdan boshi berk ko'chaga kirib qolganin bildirar edi. Arab va Musulmon mamlakatlaridagi iqtisodiy-ijtimoiy ahvolni o'ta yomonligi hamda bu mamlakatlarni egallab olgan siyosiy boshqaruvchilarning o'ta avtoriterligi (ko'pchiligi monarxiya), shaxsiy erkinlikni kesib qo'yilganligi, kelajakka ishonchni yo'qligi, ustiga ustak "kofir" mamlakatatlar bo'lmish AQSh va Isroilning kuchga to'la va agressiv armiyalarining hujumlari oldida ohirgi chora o'zini o'zi shaxid qilish bo'lib qolgan edi go'yo. Bunday kamikadzelar harakatiga qaramasdan na AQShda, na g'arb mamlakatlarida va na Musulmon mamlakatlarida katta siyosiy o'zgarishlar yuz bermadi, aksincha mahalliy hukumatlar aholiga tashqi kuchlarning havfi kattaligini pesh qilgan holda o'zlarining boshqaruv kursilariga mustahkamroq o'rnashib oldilar (deyarli barcha musulmon mamlakatlari Diktatorlik rejimiga aylandi), G'arb dunyosida esa Musulmonlarga nisbatan nafrat, Islom dunyosidan esa havfsirash yuzaga keldi (buni tovonini G'arb mamlakatiga immigrant bo'lib kelgan yosh musulmonlar, Iroqliklar va Afg'onistonliklar to'laydilar) va nihoyat Isroil-Falastin to'qnashuvlariga chek qo'yish imkoni tug'ilgan bir paytda, Hamas Islomiy guruhining o'ta darajada radikallashishi oqibatida Isroil o'z tinchligini havf ostida deb baholab, Falastinga nisbatan havfsirash bilan yondashishda davom etadi.
Falastin va Isroil orasidagi 2000-yillardagi aloqalarni taranglashishi ikki tomon boshqaruvchilarining siyosiy maqsadlarining ham oqibatidir. Bir tomonda Yosir Arofatning va uning atrofidagi siyosiy arboblarning obro'si Falastinliklar orasida tinimsiz ravishda tusha boshladi. Mazkur guruh korrupsiyaga uchragan va ayni paytda Isroilning o'z hududini administrativ yo'l bilan kengaytirishga hech qanday qarshilik qila olmayotgan iqtidorsiz siyosatchilar sifatida ko'rina boshladi. Isroilni bosqinchi dushman va muzokaralarga yopiq hukumat qilib ko'rsatish Arofatga o'z obro'sini tiklab olishga imkon yaratishi mumkin edi. Isroil tomonida o'z navbatida Ariel Sharon 2001-yildagi fevral oyida o'tkazilishi mo'ljallangan saylovlarda o'z partiyasini g'olib chiqishini ta'minlash uchun Falastin boshqaruvchilar bilan to'qnashuvlarni keskinlashtirishni ko'zda tutmoqda edi. Ikki tomon ham ommaviy axborot vositalar orqali radikal va xalqchil (populist) axborotlarni tarqatishda davom etadilar. Bunday taranglashuv 2000-yilning sentyabr oyida Iuresalim shaxridagi Katta Masjid oldidagi to'qnashuvlar bilan bira to'la urush xolatiga aylanadi. Shu bilan "Ikkinchi Intifada" boshlanadi.
Oldingi Intifadalardan farqli o'laroq, bu to'qnashuvlarda qurbonlar sonini 3-4 barobar ko'pchilikni tashkil qildi. Ikki tomon ham siyosiy sabablarga ko'ra to'qnashuvlarda chekinishga yo'l qo'ymaydi, bir tomonda Falastinliklar umumiy ravishda Isroilga qarshi qo'zg'olon ko'targan bo'lsa boshqa tomonda Isroil armiyasi AQSh yordami bilan jixozlangan eng so'ngi texnologiyada yuqori bo'lgan qurollar bilan oddiy fuqarolarga qarshi jang qiladilar.
Arab dunyosining va boshqa musulmon davlatlarning bu voqealar oldida qo'l qovushtirib qarab turishi va jaxon miqyosidagi ommaviy axborot vositalarida Falastinlik qurbonlar soniga be'tiborlik ko'rsatilishi, butun musulmon dunyosida alamzadalik kayfiyatini kuchaytiradi. O'zining ham iqtisodiy ham harbiy sohasidagi G'arb davlatlariga qaramligidan hech bir Islomiy (Sunniy) mamlakat bu urushda musulmonlarga yordam qo'lini cho'za olmaydi.

2001-yil 11-sentyabr voqealari aynan shunday umumiy adolatsizlik kayfiyati cho'qqisiga chiqqan davrda amalga oshiriladi va uning asosiy tashkilotchilaridan biri deb gumon qilingan Usama Ben Laden Musulmon dunyosida go'yoki Falastin uchun o'ch olgan qahramon sifatida namoyon bo'ladi, garchi Ben Laden uchun Arabiston yarimorolidagi geopolitik o'zgarishlar Yaqin Sharqdagiga qaraganda muhimroq bo'lgan bo'lsada. Arab-Musulmon dunyosida bu voqealar birinchi navbatda o'ch olish bo'lib qaralgan bo'lsa, vaqt o'tishi bilan bu hujum qurbonlarining sonini ko'pligi va vahshiylarcha tinch aholiga hujumni amalga oshirilganligi tufayli, Musulmonlar orasida bu terroristik hujum Islomistlar tomonidan emas balki AQShning o'zi tomonidan amalga oshirilgan degan taxminlar yaratila bo'shladi. Ko'pchilik bu taxminni o'z navbatida Ben Ladenni dastlab SRU va FBR xizmatlari bilan yaqin aloqada bo'lganligi bilan oqlasa, yana boshqalar hujum qilingan binoda Musulmonlar ko'pchilikni tashkil qilganigiga urg'u berar edilar.




2001-yil 11-sentyabrda AQSh hududiga uyushtirilgan terroristik hujumlar. 

Jihodning tanazzuli


11-sentyabr voqealaridan keyin dunyo Jihodchilarining jismoniy tarzda deyarli yo'q bo'lishiga asosan ikki voqea kuchli  ta'sir ko'rsatdi.

Birinchi: 11- sentyabr voqealaridan keyin ko'pchilik mamlakatlar o'z hududlarida joylashgan har qanday islomiy guruhlarni xalqaro terrorchi guruhlar ro'yhatiga qo'shishga muvaffaq bo'ladi. AQShning "jahldorligidan" foydalangan ko'pchilik Arab-Musulmon mamlakatlari (katta ko'pchiligi diktatorlik va totalitar tizim) bu vaziyatdan foydalanib o'z hududlarida faoliyat olib borayotgan hukumat bilan ziddiyatda bo'lgan (Islomga aloqador yoki aloqador bo'lmagan) ko'pchilik nodavlat jamiyatlar, siyosiy partiyalar va muholif uyushmalarni "terroristik" guruxlar va uyushmalar sifatida baholashga va ularga qarshi ochiqchasiga repressiyalar olib borishga muvaffaq bo'ladilar. Natijada bu davlatlarda aholida nafaqat Jihod yoki Islomizmga, hatto Islomga ham ehtiyotkorlik bilan yondashish vujudga keladi. Bu esa Jihodchilarni yangi faollarni to'plashida juda katta to'siqlarni keltirib chiqaradi. Musulmon olamining katta qismida Terrorizm va zo'ravonlik qattiq qoralanadi, aynan shu ikki mexanizm jihodning asosiy harakat vositasi bo'lib qo'llanilganligi tufayli, jihodchilarga bo'lgan umid, ularga bo'lgan nafratga aylanadi.
Ikkinchi: 11-sentyabr voqealaridan so'ng AQSh va G'arb mamlakatlari Xalqaro Terrorizmni Islom va Musulmon dunyosi bilan bog'lagan holda ulkan propoganda mashinalarini ishga soladilar. Bush administratsiyasi bunday vaziyatdan foydalangan holda AQSh manfaatlariga zid tarzda siyosat olib boruvchi va har qanday kelishuvni rad qiluvchi mamlakatlarga qarshi siyosiy siquvlarni kuchaytira boshladi. AQSh prezidenti o'zining bayonatlarining birida Xalqaro terrorizmga tayanch bo'lgan mamlakatlar  ro'yxatini e'lon qiladi, unga ko'ra Shimoliy Koreya, Kuba, Eron, Iroq, Liviya, Sudan va Suriya xalqaro terrorizmni qo'llab quvvatlovchi mamlakat sifatida ko'rsatilgan edi. Ben Laden va uning oilasini hamda 11-sentyabrdagi samoletlar boshqaruvini qo'lga olgan 19 terroristdan 15 tasining vatani bo'lmish Saudiya Arabistonining nomi bu ro'yxatdan o'rin olmagan edi, bundan tashqari Jihodchilarni qo'llab quvvatlashda markaziy rolni o'ynagan Pokiston ham bu davlatlar qatoridan joy olmagan edi. Bu esa AQShning aynan shu voqealar orqali o'ziga raqib deb hisoblagan mamlakatlar ustidan nazorat o'rnatishga harakatini yaqqol ko'rsatib bergan. Bayonatni Bush "Har bir qi'tadagi mamlakatlar hozir bir qarorga kelishlari shart: yo ular biz bilan yoki terroristlar bilan" degan jumla bilan yakunlaydi. Albatta bu ro'yxatdagi mamlakatlarning ko'pchiligi bunday tahdidni kuchli tanqid bilan qarshi oladilar (Shimoliy Koreya, Kuba, Eron va Iroq), lekin qolgan mamlakatlar uchun mamlakatlar hududidagi Islomistlarni AQSh hamkorligi bilan yo'q qilish ularga ma'qul tushgan fikr sifatida qabul qiladi. O'z hududida Islomiy radikalizm kuchayishidan havfsiragan Suriya, Liviya va Sudan mamlakatdagi terrorchilarga va dunyodagi terrorizmga qarshi kurashda AQSh bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildiradi. Shu bilan bir qatorda Rossiya, Turkiya, Xitoy, Mag'rib mamlakatlari, Misr va Hindiston ham bu chaqiriqqa ijobiy ravishda javob berib, Terrorizmga qarshi kurash nazariyasini o'z hududlaridagi separatist qo'zg'olonchilarga qarshi qaratadilar (Rossiya-Shimoliy Kavkazga, Turkiya-Kurd separatistlariga, Xitoy-Uyg'uristondagi separatistlarga, Mag'rib mamlakatlari-Islomiy muholifatchi partiyalarga, Misr-Musulmon Birodarlar va boshqa Islomiy guruhlarga, Hindiston-Pokiston tashqi siyosatiga va Hindistondagi radikal musulmonlarga).

Shunday qilib bir paytlar Afg'on tuprog'iga yig'ilib, ulkan ideologik kuchga aylanib keyinchalik o'z vatanlarida Jihod markazlarini yaratgan jihodchilarni bartaraf qilish uchun mahalliy hukumatlarga ulkan imkoniyatlar ochiladi. Undan tashqari AQSh boshchiligidagi butun G'arb dunyosidagi Jihodchilar tarmoqlari fosh qilinib birin ketinlik bilan ularni ildizlari quritiladi.
Voqealarning rivojlanishi bilan Jihodchilar jismoniy kuch sifatida bartaraf qilinadi. Ularning eng birinchi maskani bo'lmish Afg'oniston yana bir bor ular uchun ohirgi maskanga aylanadi. Lekin Sovetlarga qarshi urushdan farqli o'laroq bu safargi urush Jihodchilar uchun o'ta o'limga boy bo'ladi. 80-yillar texnologiyasi bilan qurollangan va hech qanday tashqi yordamga ega bo'lmagan (ayrim badavlat shayxlardan tashqari) jihodchilar endilikda dronlar va eng ohirgi texnologiyalar bilan qurollangan professional armiyalarga qarshi jang olib borishlariga to'g'ri kelardi. Bunday tengsizlikni oqibatida esa Jismoniy Jihod asta sekinlik bilan bu dunyodan chekinib informatika dunyosidagi Virtual Jihodga aylana boshladi. Tez orada eski harbiy lagerlarda amaliyotlarni o'tagan jihodchilar o'z kompyuterlari orqali dunyoning eng katta informatsion bazalari vositasida dunyoga Jihod nazariyasini yoyishga o'tib ketishadi. Bu galgi urush ilgarigi janglardan butunlay farq qilgan holda, aholini jismoniy emas balki ongini mafkuraviy og'dirishga qaratilgan bo'ladi.

Biz aynan shu Jihod va Islomizm propogandasi mavzusida keyingi maqolamizda batafsil ma'lumot berishga harakat qilamiz.

9 комментариев:

  1. salom adminlar maqolalariz juda
    zor agar iloji bolsa masonlar va dunyoni boshqaradigan yashirin tashkilotlar haqida ham malumot bersangiz Qashqirlar makoni degan turk seryalida ularni kop qiralarini ochib tashlagan.......

    ОтветитьУдалить
    Ответы
    1. Seriallarning asosiy maqsadi iloji boricha ko'p tomoshabinlar yig'ish, odamlarga haqiqatni ochish emas. Ayniqsa odamlarni shunaqa yashirin fantaziya va fitnalar o'ziga ko'proq jalb qiladi. Bizning saytimiz geopolitikaga asoslangan, dalil va isbotlarsiz fikrlar haqida maqola yozish bizni prinsiplarimizga to'g'ri kelmaydi

      Удалить
    2. Yevro parlament deputati, Italiyalik jurnalist, olim Julietto Kieza ning bu boradagi (11-sentyabr voqealari va mujohiddinlar) fikrlari "ZERO" kitobi asosida suratga olingan "9/11: Расследование с нуля" (ingilizchasiga "ZERO An Investigation Into 9-11") hujjatli filmi haqida nima deysiz? Ushbu film, hususan janob Julietto Kiezaning fikrlari qanchalar haqiqadga yaqin?

      Удалить
  2. dalilsiz va isbotsiz narsa yozish sizning prinsipingizga tugri kelmasa 2001yil 11sentyabr haqidagi uydirmalarni nega ezdingiz

    ОтветитьУдалить
    Ответы
    1. "uydirma" deganda nimani nazarda tutganingizni keltirib o'ting, albatta javob berishga harakat qilaman

      Удалить
  3. канака Усама Бен Ладен канака террор гарчи эгизак биноларга хужум уюштириш Бен Ладен операцияси булса нима учун 2001 йил 11сентябрь куни шу эгизак бинода ишловчи 40минг нафар АКШ фукароси ва яхудийлар шу куни ишга бормади
    шундогам АКШ операциялари улдирган миллионлаб инсоннинг котили мусклмонлар деган тухматга одамларни ишонтириш учун ГОЛЛИВУД киностудиялари килган ва килаетган харакатлар етиб ортади
    сизга яна бир асосий эслатма ГЕОПОЛИТИКАнинг тинмай гарб ва АКШ томонга огаетганини сездириб куяетгани учун борган сари укувчиларини тез суратда йукотиб боряпти

    ОтветитьУдалить
  4. musulmon birodarlaga maslaxat; iloji boricha vaqtilani bunaqa narsalani o'qishga sarflamela, bu insonlar xammasi o'lim talvasasi kelganda xaqiqatni bilvoladi, jon oluvchi farishtalar jonlarini sug'urib ovotganda bilvolishadi va bu bilishi unga foyda keltirmidi, va qani endi ortga qaytsamu yaxshi amallar qilsam diydi.

    ОтветитьУдалить
  5. яхшиси бундай Жиход пиходлар тугрисида умуман езмаганингиз макул уша гарбга буйсинувчи хомийларизга айтинг ОДАМЛАР ИШОНИШМАЯПТИ ЯХШИСИ БОШКА ВАЗИФА БЕРИНГЛАР деб
    иложи булса дунедаги эээээнг разил,конхур ва ифлос давлат АКШ ва унинг малайлари булган ГАРБ далатларининг асл башарасини очувчи маколалар езинг

    ОтветитьУдалить
  6. туппа тугри ушбу гапларга мен хам 100% кушиламан АКШ усириб куйса хам сог булинг АКШ ака каерингизни укалаб куяй деявериш сизга ярашмайди

    ОтветитьУдалить