21.05.2013

JANUBIY KOREYA CHEGARA OROLLARINI MUHOFAZA QILISH UCHUN ISROIL RAKETALARIDAN FOYDALANMOQCHI


Janubiy Koreya Sariq dengizda joylashgan orollarini Shimoliy Koreyaning ehtimoliy xujumlaridan himoya qilish maqsadida Isroilning o`ta aniqlikdagi raketalarini joylashtira boshlagani haqida yakshanba kuni Seuldan ismi ma`lum qilinmagan harbiy rasmiylardan biri habar bergan.

Yeongpyeong Shimoliy Koreya qirg`oqlaridan atigi 11 km uzoqlikda joylashgan


“O`nlab Spike rusumidagi raketalar va raketa tashuvchilar chegaradagi Bayengyong va Yeonpyeong orollariga joylashirildi. Bu raketalar Shimoliy Koreyaning yer ostidagi arsenallari yo`q qilib, xavodagi dushman raketalarini deyarli xatosiz urib tushirishi mumkin,” deydi rasmiy.

Sun`iy yo`ldosh bilan bog`langan Spike raketalarini parvoz radiusi 20 km, og`irligi esa 70 kgni tashkil qiladi. Yeongpyeong esa Shimoliy Koreya qirg`oqlaridan atigi 11 km uzoqlikda joylashgan.

Isroilning Spike raketasi nishonni o`ta aniqlikda urib tushirishga qodir

Rasmiylar, shuningdek, Shimoliy Koreya Bayengyong va Yeonpyeong orollarining shimoliy-g`arbiy sohili tomon 12 km radiusli, 76,2 millimetrli qirg`oqbo`yi muhofaza qurollarini va har biri 20 km radiusga ega  bo`lgan 122 mmli turli raketalarni joylashtirib chiqqanini ham ma`lum qilmoqdalar.

Xabarlarga ko`ra, Spike raketalari aslida 2012-yilning so`ngiga qadar o`rnatib bo`linishi kerak bo`lgan, lekin sinovlar tufayli amallar yarim yilga kechiktirilgan.

Shimoliy Koreya yakshanba kuni Koreya yarimorolining sharqiy qirg`og`idan dengizga qarata uchta qisqa masofali raketalarni otgan. Bu hodisa aprel oyida Pxenyan tomonidan o`rnatilgan o`rta masofali Musudan va Rodong rusumidagi raketalarni olib ketilishidan ikki xafta o`tib sodir bo`lmoqda.

Shimoliy Koreya hozircha yakshanba kungi o`t ochishga doir izohlar bermagan. Janubiy Koreyalik ekspertlar va rasmiylarga ko`ra esa Pxenyan yana harbiy mashqlar o`tkazayotgan yoki Seulning raketalarga oid yangi qadamlariga javoban yana tahdid qilayotgan bo`lishi mumkin.

3 комментария:

  1. shimoliy korea hayotda urush qilmaydi .quruq gap hammasi .dux yetmaydi

    ОтветитьУдалить
  2. Geopolitika.uz maqolalarilani qiziqish bilan o'qiymiz, xammasi yaxshi joyida lekin nega oyda yilda bir marta yozasila maqolalani? Dunyoda slaga yetarlicha xodisala bo'mayaptimi? Deyarli har kuni kirib tekshiraman xaliyam eski maqola turgan bo'ladi, bunaqada o'quvchilani qiziqishi kamayib ketadi silani saytga, borib borib odamla kirmi qo'yishi mumkin, odamlani esidan chiqib ketishi mumkin...

    ОтветитьУдалить
  3. Avvalambor e`tibor uchun katta rahmat! Tan olish kerak, so`nggi paytlarda blog uchun vaqt ajratolmayapmiz. Blog biz uchun asosiy ish emas, oddiy talaba bo`lganimiz va ayni vaqtda o`qish yakunlanayotgani uchun vaqtinchalik qisqa xabarlar bilan cheklanib turmoqchimiz. Yana ikki haftadan so`ng Geopolitika.Uzda bir qancha o`zgarishlar amalga oshirishga harakat qilamiz. Katta rahmat!

    Hurmat bilan,
    Timur Amirov

    ОтветитьУдалить