Insoniyat hayvonot dunyosidan ajralib chiqib, ongi
shakllanibdiki, doim taraqqiyot uchun olg`a intiladi. So`nggi 50,000 yil
davomida odamizot o`z yaratuvchisi bo`lgan tabiat va o`z uyi bo`lgan Kurrai
Zaminni tanib bo`lmas darajada o`zgartirib tashladi. Inson, xatto, ona tabiat
yaratishga ojiz bo`lgan kashfiyotlarga qo`l urdi. Bu kashfiyotlarning
aksariyati olamshumul, ba`zilari esa keraksiz edi. Inson siyosat atalmish
boshqarishga yo`naltirilgan tizimni ishlab chiqdi va bu tizimni o`z
kashfiyotlari, ayniqsa harbiy yutuqlari vositasida yuritishni o`rgandi. Natijada
shunday harbiy kashfiyotlar yaratildiki, ular nafaqat janglarda katta
imkoniyatlar berar, balki butun jahon hayotiga ham ta`sir eta olar edi. Shunday
qudratli kashfiyotlardan biri – yadro qurolidir.
Biz oldingi maqolamizda yadro qurolining geosiyosatga kirib
kelishi va yadro poygasi haqida fikr yuritgan edik. Bugun siz bilan yadro
qurollari jahon geosiyosiy hayotiga qanchalik ta`sir etishini ko`rib chiqamiz.
Amerikalik
mashxur geosiyosatchi Kennet Vols o`zining “Tinchlik, barqarorlik va yadro
qurollari” maqolasida jahonda boshlangan yadro davri, yadro qurollarining
tarqalishi va yadro qurollarining geosiyosiy barqarorlikka ta`siri borasida o`z
mulohazalarini bildiradi.
Kennet
Vols jahondagi davlatlar nega yadro quroliga ega bo`lishni xohlashlari borasida so`z yuritib, bir qancha sabablarni
keltirib o`tadi:
Birinchisi, buyuk qudratlar doim boshqa buyuk
davlatlardan ustun bo`lishni istaydilar. Ular yangi yaratilgan qurollarni
zudlik bilan o`zlashtirib, ular vositasida raqiblariga bosim o`tkazishga
intiladilar. AQSH yadro qurolini yaratgandan so`ng SSSR ham yadro va vodorod
bombalari ustida jadallik bilan ish boshlab yuborgani bunga misoldir.
Ikkinchisi, buyuk davlatlar qurshovida qolgan
biror bir davlat o`z xavfsizligidan havotirlanib, yadro quroliga ega bo`lishga
intilishi mumkin. Masalan, Sovet Ittifoqi Yevropa va Amerikaga qadar zarba bera
oluvchi yadro qurollariga ega bo`lgandan so`ng, AQSHning SSSR xujumlariga
yetarlicha javob bera olishidan shubhalangan Buyuk Britaniya o`z yadro qurolini
yaratgan edi.
Uchinchisi, yadro quroliga ega bo`lgan
ittifoqdoshi yo`q, o`zini qudratli ittifoqdoshsiz va himoyasiz xis qilgan
davlat ham muhofaza maqsadida bu qurolga egalik qilishni istaydi. Xitoy,
Hindiston va Pokiston bunday davlatlarga yorqin misoldir.
To`rtinchisi, o`zini doimiy dushmanlar qurshovida
xis qilgan davlat yadro quroliga egalikni da`vo qiladi. Isroil o`zini dushman
arab davlatlari tomonidan o`rab olingan, deya hisoblagani uchun yadro qurolini
yaratgan edi.
Beshinchisi, ba`zi davlatlar butun armiyani
takomillashtirish va zamonaviylashtirishdan ko`ra yadro qurolini yaratish
osonroq hamda arzonroq, deb hisoblaydilar.
Oltinchisi, ba`zi davlatlar faqat himoya
uchungina emas, balki tajovuzkorona siyosatlari uchun ham yadro qurolini
yaratishadi.
Va nihoyat, yadro quroli yaratish orqali biror
davlat xalqaro maydondan joy olishni ko`zlashi mumkin. Masalan, Shimoliy Koreya
yadroviy qudratini kuchaytirish orqali allaqachon xalqaro hamjamiyat e`tiborini
o`ziga qaratib bo`lgan. Ushbu davlat yadro quroli vositasida bosim o`tkazib,
o`z manfaatlarini amalga oshirishga harakat qiladi.
Janob
Vols yadro qurollarining dunyo bo`ylab tarqalishi ortidan kelib chiqishi mumkin
bo`lgan ommaviy qo`rquvning beshta sababini keltirib o`tadi. Bular: 1) yadro
quroliga ega davlatlar undan tajovuzkor maqsadlarda foydalanishi; 2) yadro
quroliga ega davlatlar soni oshgan sari yadroviy urush ehtimolining ham ko`payishi;
3) yangi yadroviy davlatlar bu quroldan qo`rqitish vositasi sifatida
foydalanishi; 4) ojiz davlatlarning kuchlilariga yadro quroli vositasida bosim
o`tkazishga urinishi va 5) yadroviy qurollarning terroristlar qo`liga tushib
qolishi kabi hadiklardir.
Dunyo
har doim yadro qurollarini tajavuzkorona maqsadlarda ishlatilishidan
havotirlanib kelgan. Qo`shma Shtatlar avvaliga SSSR va Xitoyning yadro
qurolidan o`z global qudratlarini oshirish yo`lida foydalanishlari
mumkinligidan qo`rqqan edi. Keyinchalik bunday davlatlar qatoriga Eron, Iroq va
Liviya ham qo`shildi. Bu davlatlarning avtoritar rejimlar tomonidan
boshqarilishi va rejimlar o`z manfaatlarini amalga oshirish yo`lida yadro
qurolidan amalda yoki shantaj yo`li bilan foydalanishdan toymasliklari qo`rquvni
yanada kuchaytirib yubordi.
Dunyo
yadro qurolini ishlatilishidan qo`rqar ekan, yadro qurolidan foydalanish
ehtimoli yuqori bo`lgan davlatlar qanday davlatlar va ularning maqsadlari
aslida nima? Kennet Vols aynan shu savolga ajoyib nazariyani keltiradi. Unga
ko`ra, yadro qurolini asosan mustabid, o`z kuchiga ishonmagan rejimlar istaydi.
Bunday davlatlar qatoriga Saddam Husayn rejimi ostidagi sobiq Iroq, Eron va
Shimoliy Koreyani kiritish mumkin. Bu davlatlar rahbarlari boshqaruvni avtoritar
tarzda olib borishib, o`z hokimiyatlarini yo`qotib qo`yishlaridan qo`rqqanlari
tufayligina yadro quroliga egalik qilib, undan shantaj vositasi sifatida
foydalanishni xohlaydilar. Ayniqsa, hozirgi kunda Koreya yarimorolidagi qaltis
vaziyat va Shimoliy Koreya hukumatining hatti-harakatlari bunga yorqin
misoldir. 2013-yilning 12-fevral kuni oldindan tahmin qilinganidek, Shimoliy
Koreya yadro sinovini amalga oshirdi. Bu xisob bo`yicha uchinchi sinov bo`lib,
oldingi sinovlar Pxenyan uchun ancha qimmatga tushgan edi. Sinovdan so`ng
Shimoliy Koreyaning sobiq hammaslagi, asosiy hamkori va xalqaro maydondagi
himoyachisi Xitoy ham bu sinovni qattiq qoraladi. Xitoyga ko`ra Pxenyanning
bunday amallari toqat qilib bo`lmasdir va nafaqat Sharqiy Osiyo, balki butun dunyoning
barqarorligiga katta xavf tug`diradi. Ko`rinib turganidek, bu safar o`zi
shundoq ham uzoq yillardan beri dunyodan uzilib qolib, og`ir sanksiyalar ostida
kun kechirayotgan Shimoliy Koreya o`zi yolg`iz qoldi. 2013-yil 30-mart kuni esa
Shimoliy Koreyaning Janubiy Koreya va AQSH bilan “urush holati”ga kirishi
tarixda bo`lib o`tgan yadro qurollari orqali po`pisa qilishdagi eng yuqori
cho`qqi bo`ldi. Shimolning qo`shnisi va AQSHga tahdidlari, asosan, fevralda
o`tkazilgan muvaffaqiyatli yadro sinovi ortidan kuchaygani e`tiborga molikdir.
Balki ushbu muvaffaqiyat mamlakatning yosh rahbariga dastak bo`lgandir? Nima
bo`lganda ham, hozircha uning harakatlari tahdid qilishdan nariga o`tmayapti.
Bu hol esa mamlakatning sobiq rahbarlari, ayniqsa amaldagi rahbar Kim Jong
Unning otasi Kim Jong IL davrida ham odatiy hol bo`lgan. Agar urush boshlansa, Shimoliy Koreya
yetkazishi mumkin bo`lgan zarar qanchani tashki etadi? Tahlilchilarga ko`ra,
Pxenyanning o`zi ham harbiy qudratiga u qadar ishonmaydi. Sababi Shimoliy Koreya
shu vaqtga qadar biror qurol ustida ishni tugallamagan. Yadro sinovi
o`tkazilgan bo`lsada, atom bombasini uzoq masofaga tashuvchi raketalar sinovdan
o`tmagan. Shu sababli Shimolning ilk harbiy harakatlarining muvaffaqiyatli
chiqish ehtimoli deyarli nolga teng. AQSH va ittifoqchi davlatlarda raketadan
mudofaa tizimi mavjud ekan, ular birinchi xujumni osonlik bilan qaytaradilar va
shiddat bilan Shimoliy Koreyaga xujum qiladilar. Pxenyanning mudofaa tizimi esa
o`ta abgor holda. U AQSH va boshqa qudratli davlatlarning zamonaviy
qurollaridan o`zini himoya qilolmasligi aniq. Pxenyan rejimi buni juda yaxshi
tushunadi.
Demak, Shimoliy Koreya ayni vaqtda yovvoyi strategiya bilan ishlamoqda.
Ya`ni o`zi qo`rqqan holda dushmanni cho`chitishga urinib, po`pisa qilish
strategiyasini qo`llamoqda. Bu esa Kennet Volsning yuqoridagi nazariyasiga mos
keladi. Bu nazariyani yanada chuqur tahlil qilib, uni hayot bilan tadbiq qilib
ko`rsak, yanada ko`proq o`xshashliklarni ko`ramiz. Eron va Shimoliy Koreyaga
qanchalik bosim o`tkazilgan sari ularning tahdidlari yanada kuchayib boradi.
Buning asosiy sababi ular o`z kuchiga to`la ishonmasligida, yadro qurolini
yagona najotkor deb bilishidadir. Bunday davlatlardan doim ehtiyot bo`lmoq
darkor.
Kennet Vols yadro qurolidan tajovuzkor maqsadda foydalanishdan tashqari
ularni nazorat qilish va saqlash kabi muammolarga ham alohida e`tibor qaratadi.
U “yadro quroliga ega, lekin kambag`al davlatlar yadro qurollarini saqlashdek
o`ta qimmat ishlarga qanday qurblari yetadi va barqarorlik darajasi past
bo`lgan bunday davlatlarda yadro qurollaridan davlat nazoratisiz
foydalanmaslikka qanday kafolat bor?” degan savolni ilgari suradi.
Tan olish kerak, yadro qurolidan tarixda faqat bir marta – Yaponiyada
foydalanilgan. 1945-yildan hozirgi kunga qadar Volsning havotirlari amalga
oshmadi. Biroq yadroviy davlatlar sonining oshishi o`z-o`zidan ularni
nazoratdan chiqib ketish yoki tasodifan portlab ketishi xavfini ham
ko`paytiradi. Shu yerda bir jihatga e`tabor bermoq lozimki, yadro qurollarini
saqlash va nazorat etishga ojiz hisoblanadigan kuchsiz davlatlarning katta
yadro arsenali barpo etishga qurbi yetmaydi, tabiiyki, ularning arsenali kichik
bo`ladi. Kichik arsenalni saqlash va nazorat qilish anchayin osondir.
Yadro
quroliga egalikni istayotgan davlat uchun saqlash va nazorat qilish birinchi
muammo emas. Ular, xattoki, moliyaviy va texnikaviy jihatdan to`liq
ta`minlangan taqdirda ham birinchi navbatda yadro quroli bo`yicha olimlar,
mutaxassislar va muhandislarga ehtiyoj sezadilar.
Kennet
Vols “butun dunyo havotirda ekan, yadro quroliga ega davlatning o`zi ham bu
borada qanday o`ylaydi?” degan savolga ham o`z munosabatini bildirib o`tadi.
Volsning fikrlashicha, yadroviy davlat qurollarning xavfsiz saqlanishi va
istalmagan holda ishlatilishidan doim havotirlanib turadi. Chunki bunday
rejimlar ham yadro qurollaridan tajovuzkorona foydalanish dunyoviy inqirozga
olib kelishini yaxshi bilishadi. Ular yadro urushi nafaqat insonlar yoki tabiat
uchun xavfli ekanligi, balki butun jahon siyosiy muvozanatini ham izdan
chiqarib yuborishini anglashadi. Shu sababli ular ham yadro qurollarini doimiy
kuchli nazoratda ushlab turishga intilishadi. Bu holat 1961-yilda bo`lib o`tgan
Kuba Inqirozida yaqqol ko`zga tashlangan edi. O`shanda yadro qurollarining
nazoratdan chiqib ketishi va yadroviy urush boshlanib ketishidan qo`rqqan ikki
buyuk mamlakat rahbarlari Jon Kennedi bilan Mixail Xrushchev ziddiyatga zudlik
bilan yakun yasashga majbur bo`lgan edilar.
Hozirgi
kunda yuz berayotgan Koreya Inqirozi ham bu holga misol bo`ladi. Ya`niki,
Shimoliy Koreya qanchalik yadro quroli bilan AQSH va Janubiy Koreyaga tahdid
qilmasin, po`pisasini amalda bajarishga shoshilmayotir. Sababi Pxenyan rejimi
o`ylamasdan tashlangan har qanday qadam og`ir oqibatlariga olib kelishini
yaxshi anglaydi.
O`z
navbatida qudratli AQSH ham Shimoliy Koreyaning tahdidlariga munosib javob
qaytarib, harbiy intervensiya uyushtirish orqali tavakkal qilishni istamayapti.
Buning ham asosiy sababi Shimoliy Koreya yadro quroliga egalik qilishidadir.
Vashington ushoqqina yarimorolda boshlangan urush zanjir effekti shaklida
tezlik bilan butun dunyoga tarqalib, global termoyadro urushini keltirib
chiqarishini xohlamaydi.
Vols,
yadro quroliga egalik qilishga intilayotgan davlatlar yuz kelishi mumkin
bo`lgan muammolar haqida mushohada qilarkan, qurol yaratish jarayonida davlat
tashqi bosimga uchrashi haqida gapirib o`tadi. Kennet Volsga ko`ra, yadro
quroli yaratish jarayoni ikki bosqichga bo`linadi. Birinchisi, dastlabki
bosqich bo`lib, bunda yadro quroli yaratishni imkoni bo`lmaydi. Ikkinchisi,
yuqori bosqich bo`lib, bu bosqichda yadro qurolini yaratishni imkoni mavjud
bo`ladi, lekin davlatning o`z maqsadiga yetgan-yetmaganini aniqlash mushkul
kechadi.
Barcha
yadro quroliga ega davlatlar yuqoridagi ikki bosqichdan o`tishgan. Lekin dunyo
tarixida bir davlatning yadro quroliga egalik qilishini istamagan davlatlar
tomonidan aynan o`sha davlatga bosim o`tkazilganlik holatlari ko`p kuzatilgan.
Odatda bunday bosimlar bir-biriga qarama-qarshi davlatlar orasida kuzatiladi. Bosim
o`tkazuvchi yoki xujumkor davlat yadro quroliga egalik qilishga intilayotgan
davlat keyinchalik xavf tug`dirmasligi uchun shunday yo`l tutadi.
1981-yilning
iyun oyida Isroil Eronning yadro zavodlaridan biriga xujum qilgan edi. Xujum
sababi esa Isroil va Arab davlatlari hamda Eron o`rtasidagi ziddiyat bilan
bog`liq edi. Isroil Eron yadro quroliga ega bo`lgan so`ng tajovuzkor kuchga
aylanishi oldini olish maqsadida xujum uyushtirishga qaror qiladi.
Kennet
Vols yadro quroli yaratayotgan davlatlarga tashqi bosim birinchi bosqichda
o`tkazilishi zarurligini ta`kidlaydi. Uning fikricha esa, bunday harakat o`ta
xavflidir. Sababi, agar xujum qilayotgan davlat xujum davomida yadroviy davlat
potensialini butkul yo`qqa chiqara olmasa, u holda kelajakda xujumkor davlat
katta xavf bilan yuzma-yuz keladi. Yadro quroli yaratayotgan davlat xujumdan
omon qolib, yadro quroliga ega bo`lgandan so`ng xujumkor davlatdan o`ch olishi
xech gap emas. Shu sababli ham xujumkor davlat agar xujum muvafaqqiyatsiz
chiqqudek bo`lsa, xujumni yana takrorlashi yoki o`sha davlatni bosib olib,
nazoratini to`liq qo`lga olishi zarur.
Shuningdek,
Vols, agar yadroviy davlat juda kam miqdorda bo`lsa ham yadro quroliga egalik
qilayotgan bo`lsa, u holda bu davlatga tashqi bosim yoki xujumni ma`qullamasligini
ta`kidlaydi. Sababi bunday holda yadroviy davlat qo`l ostidagi oz sonli yadro
quroli bilan ham katta zarar yetkazishi mumkin. Yadro qurollari kichik
bo`lsada, katta kuchga ega. Buni Ikkinchi Jahon Urushi so`ngida Yaponiyaning
Nagasaki va Xirosima shaharlari misolida ham ko`rishimiz mumkin. Bu ikki
shaharni butkul vayron qilgan atom bombalari oddiy bombardimonchi samalyotga
joy bo`lgan edi.
Xo`sh,
Kennet Volsning nazariyasi amaliyotda qanday ishlaydi? Avvalo, Isroilni Eronga
xujumini ko`rib chiqish lozim. Isroil Eron hali birinchi bosqichdaligadayoq
xujum qilgan edi. Shuning uchun Eron Isroilga javob zarbasi qaytarishga ojizlik
qildi. Eronning hozirgi kundagi yadro quroli yaratishga intilishi va Isroilga
doimiy dushmanlik kayfiyatidaligi shu xujum bilan bog`liqdir. Agar Eron yadro
qurolini qo`lga kiritgudek bo`lsa, birinchi navbatda Isroilga zarba berishi
turgan gap.
Lekin
ehtiyotkorlik xujumi har doim ham kerakli natijani bermaydi. Isroilning Iroqqa
xujumi arab dunyosida yadro quroliga egalik qilish uchun harakatlarni kuchayib
ketishiga turtki berdi xolos. Saddam Husayn esa arab davlatlaridan yordam ola
boshladi.
AQSHning
2003-yil mart oyida Iroqqa bostirib kirishi (garchi zamirida boshqa manfaatlar
yotsada)ga ham Saddam Husayn rejimining yadro quroli yaratishga harakatlari
sabab qilib ko`rsatilgan edi.
Ayni
vaqtdagi Eron va G`arb qudratlari munosabatining darz ketishiga ham uranni
boyitish yo`lidagi urinishlar sabab bo`lmoqda. AQSH va g`arb davlatlari Eron
hali yadro quroliga ega bo`lmasidan oldin uni to`xtatib qolishga harakat
qilishmoqda.
Savol
tug`iladi: Vols ta`kidlagandek, oz miqdorda bo`lsa ham yadro quroli mavjud
davlatlarga tashqi bosim yoki xujum uyushtirilsa manzara qanday bo`lar edi? Bu
savolga javobni yana hozirda davom etayotgan Koreya Inqirozida ko`rishimiz
mumkin. Shimoliy Koreya yadroviy harakatlari uchun shu vaqtgacha faqatgina
sanksiyalar bilan jazolanib kelayotgan edi. 2013-yilning fevral oyida o`tkazilgan
yadroviy sinov ortidan Shimoliy Koreya yadro quroliga ega ekanligini isbotladi.
Pxenyan AQSH va Janubiy Koreyaga urush
ochishga qadar borib yetgan bo`lishiga qaramay, qarshi tomon dastlabki qadamni
tashlashga shoshilmayotir. Garchi Shimoliy Koreyaning yadroviy arsenali,
qudrati, yadro bombalarini yetkazish imkoniyatlari savol ostida bo`lsada, AQSH
va Janubiy Koreya o`zlari tomonidan oshirilgan ilk tajovuzkorlik og`ir
oqibatlarga olib kelishini yaxshi tushunishadi. Chunki yadro quroliga oz
miqdorda bo`lsa ham ega davlatga xujum qilinsa, u davlat o`z qurollarini saqlab
qolishdan ko`ra, ularni dushmanga qarshi ishlatishni ma`qul ko`radi. Bu esa
yana bir bor termoyadro urushiga sabab bo`lishi mumkin.
Kennet
Volsning fikricha, yadro qurollari ojiz davlatlarni qudratli davlatga
aylanishiga yordam bermaydi. Yadro qurollari ojiz davlatlarga faqatgina po`pisa
qilish imkonini berishi mumkin xolos. Biroq aynan shu imkoniyat qudratli
davlatlarni yadro quroliga ega kuchsiz davlatlar bilan hisoblashib ish
tutishiga majbur qilishi mumkin. Qo`shma Shtatlar Qurollar Nazorati va
Qurolsizlantirish Agentligining sobiq direktori Uilyam Foster bundan 40 yilcha
muqaddam: “Biz yadro qurollarini dunyo bo`ylab tarqalishini ko`rib chiqar
ekanmiz, keng tarqalgan yadroviy qudrat bizning buyuk qudratimizni vayron
qilishi mumkinligidan ko`z yummasligimiz zarur,” deb ogohlantirgan edi.
Buyuk
davlatlar doimo yadro quroliga ega kichik davlatlarning bosimidan
xavfsirashadi. Shu sababli ham 1991-yili AQSH Quvayt bahonasida yadro quroliga
egaligi tahmin qilingan Iroqqa harbiy intervensiya uyushtirgan edi. Biroq,
odatda, qudratli davlatlar yadro quroliga egaligi aniq bo`lgan davlatlarga
xujum qilishdan tiyilishadi. Buning sabablari yuqorida keltirilgan.
90-yillarning o`rtalarida Mark Din Millot shunday degan edi: “Regional
davlatlarning (ojiz demoqchi) qo`lidagi yadro qurollari AQSHning Sovuq Urushdan
keyingi dunyodagi harbiy harakatlariga katta to`siq bo`lishi mumkin”.
Yaratilganidan
buyon yadro qurollari insoniyatning hayoti va taqdirini shakllantirayotgani
xech kimga sir emas. Yadro qurollari – bu faqatgina qirg`in quroli emas, balki
dunyodagi barqarorlik va tinchlikni ham saqlab kelayotgan qudratli kuchdir.
Yadro qurollarining bunday kuchini 1983-yildayoq Edvard Luttvak e`tirof etib:
“Biz yadro qurollarining daxshatli qudrati tufayli 1945-yildan buyon biror
jahon urushisiz, mustahkam tinchlikda yashab kelmoqdamiz,” degan edi.
Luttvakning e`tirofini keyinchalik Robert Art va Kennet Volslar ham
tasdiqlashdi: “AQSH va Rossiya yoki NATO va Varshava Pakti o`rtasidagi urush
ehtimoli nolga teng, sababi tomonlar o`rtadagi ziddiyat global yadroviy urush
tomon ko`tarilib ketishi mumkinligidan xavfsirashadi”.
Biroq
yuqoridagi fikrlarga ham qarshi chiquvchilar talaygina. Ularning fikricha,
yadro qurollari dunyodagi barqarorlikni ta`minlamaydi, aksincha dunyo
mavjudiyatiga xavf soladi, xolos. Bu boradagi ilk fikrlar 40 yilcha muqaddam
yangray boshlagan edi. AQSHlik siyosiy arbob Jonatan Shel o`zining “Yer
taqdiri” asarida quyidagicha yozadi: “Biz belni mahkam tutib, yer yuzini yadro
qurollaridan tozalamas ekanmiz, u holda abadiy uyquga cho`mamiz va barchasi
tugaydi,”
Bu
fikrlardan so`ng kishida ikkilanish paydo bo`ladi: yadro qurollari
barqarorlikni saqlovchi qudratmi yoki insoniyat hayotiga rahna soluvchi xavf?
Bu savolga javob topish uchun esa yadro qurollari geosiyosatga o`z ta`sirini
o`tkaza boshlagandan boshlab to hozirga qadar o`tgan davrni tahlil qilib
chiqmoq lozim.
Ma`lumki Ikkinchi Jahon Urushi Birinchi Jahon Urushidan atigi 21 yil
o`tib sodir bo`ldi. Bu ikki urush insoniyat tarixi davomida bo`lib o`tgan
barcha urushlardan-da daxshatliroq edi. Bu omil va ikki jahon urushi
o`rtasidagi muddatning qisqaligi butun dunyoda urushlar davomiyligidan
qo`rquvga sabab bo`ldi. Nafaqat oddiy xalq, balki tajribali siyosatchilar ham
kurrai zaminning abadiy yo`q bo`lishiga sabab bo`ladigan Uchinchi Jahon Urushi
ehtimolidan xadiksiray boshladilar. Ikkinchi Jahon Urushidan so`ng dunyoda ikki
qutbli qudratlar paydo bo`lishi va bu qudratlar o`zaro raqobatda ekanliklari
bunday vahimalarni yanada kuchaytirdi. Ko`pchilik allaqachon Uchinchi Jahon
Urushi yaqin o`n yilliklarda boshlanishiga qattiq ishonib qolgandi. Biroq butun
dunyoni igna ustida yashashga majbur qilgan ikki qutbli kuchlar muvozanati
hamma o`ylagandek bo`lib chiqmadi. Aynan ikki qutbli tizim dunyoni bo`lishi
mumkin bo`lgan va butun insoniyat umriga chek qo`yadigan urushdan dunyoni asrab
qoldi. Bu haqida Kennet Vols quyidagicha fikr bildiradi: “Ikki qutbli tizimning
ikki ajoyib tomoni bor. Bularni ikki qutbli va ko`p qutbli tizimlarni
solishtirib ko`rganda payqash mumkin. Birinchisi, ko`p qutbli dunyoda juda ko`p
qudratlar mavjud bo`ladi. Bu qudratlar o`zi yolg`iz rivojlanolmay, manfaati mos
kelgan boshqa kuchlar bilan ittifoqqa kirishadi. Natijada dunyoda bir qancha
manfaatdor lagerlar paydo bo`ladi. O`z-o`zidan bu lagerlar bir-biri bilan
raqobatga kirishadi. Shu tariqa dunyoda bir qancha qarama-qarshi lagerlar paydo
bo`ladi. Bu qudratlarning boshqasiga xujum qilish ehtimoli katta bo`lib, ular
xohlagan vaqtda urushlarga sabab bo`lishi mumkin. Ikki
qutbli dunyoda esa o`z-o`zidan faqat ikki buyuk qudrat mavjud bo`ladi. Ularning
o`zaro raqobati esa, asosan, harbiy kuch orqali namoyon bo`ladi. Ular doimo
yangi va qudratli qurollarga ehtiyojmand bo`lib, shu tufayli yadroviy
qurollanish o`zining eng yuksak cho`qqisiga yetdi. Ikki qutbli tizimda
tomonlarning bir-birini harbiy kuch bilan bosib olishi deyarli imkonsiz bo`lib,
shuning uchun AQSH va SSSR urush boshlashga jur`at etisholmaydi.
Ikkinchisi, ko`p qutbli dunyoda kuchlarning ko`pligidan kim kimga dushman,
kimning qo`lidan nima keladi, kim kimga xavf tug`dirishi mumkin kabi savollar
doimo noaniq qoladi. Qudratlar bir-biri haqida to`liq ma`lumotga ega
bo`lmaydilar va bu ularning, xatto tekshirib ko`rish uchun ham, bir-birlariga
xujum qilib ko`rishga undashi mumkin. Demak, ko`p qutbli dunyoda urush yuzaga
kelish ehtimoli anchayin yuqori. Ikki qutbli dunyoda esa kimning kimga dushman
eganligi haqidagi savolga o`rin ham qolmaydi. Kuchlar tizimida faqatgina ikki
qudrat mavjud ekan, dunyoning qaysi burchagida sodir bo`lmasin, har bir
o`zgarishning ularga aloqasi bo`ladi. Jahonning biror hududida yuz bergan
kichik o`zgarish ham ularning ham ichki ham tashqi salohiyatiga ta`sir etishi
mumkin. Shuning uchun ikki qutbli dunyoning qudratlari dunyoda yuz berayotgan
har bir hodisani nazorat ushlab turishga intilishadi. Ko`rinib turibdiki, ikki
qutbli dunyoning qudratlari o`ta ehtiyotkor va ular biror ziddiyatning kelib
chiqishiga yo`l qo`yishmaydi”.
Ko`rib turganimizdek, Kennet Vols Ikkinchi Jahon Urushidan
keyin bo`lish ehtimoli o`ta yuqori bo`lgan daxshatli urushning bo`lmaganligiga
sabab sifatida ikki qutbli tizimni ko`rsatadi. Yadro quroli esa bu tizimga
barqarorlikni saqlab turishda yordam beradi. Demak biz so`nggi 70 yilga yaqin
vaqt davomida yadro qurollarining sharofati bilan deyarli osoyishta hayot
kechirmoqdamiz.
Lekin faqat shu bilan ko`ngil tinchimaydi. Bir soniya
ichida kurrai zaminni o`z o`qidan chiqarib yuborishga qodir bo`lgan daxshatli
kuch mavjud ekan insoniyat xotirjam kun kechira olmaydi. Bundan tashqari
davlatlar o`rtasidagi yashirin raqobatni kuchayib borishi (yashirin raqobat esa
ochiqchasidan ko`ra ancha xavfliroqdir), siyosiy hayotda Shimoliy Koreya yoki
Eron kabi tajovuzkor kuchlarning paydo bo`lishi, yadro quroliga ega davlatlarda
ichki barqarorlikni izdan chiqishi (masalan, Pokiston) kabi omillar yadro
qurolidan foydalanish ehtimolini yanada kuchaytiradi. Shunday ekan, biz yadro
qurolidan voz kechishimiz zarurmi yoki uni tinchlik posboni sifatida
avaylashimiz lozimmi?
Bularni xamasiga aybdor Adolf Gitler va uning axmaqona siyosati dunyodagi kuchlar muozanatini mana shu korinishga olib keldi
ОтветитьУдалитьИмпериялизмнинг кузойнаги билан ядро дунёсига карабсиларда.
ОтветитьУдалить"Shimoliy Koreya ayni vaqtda yovvoyi strategiya bilan ishlamoqda. "
ОтветитьУдалитьКунимизда айёёрона мустамлакачилик маданий дипломатия ва акл кучи деб номланса, уз худудларини куриклаш учин килинган харакат ёввойи стратегия деб аталади. Инсонлар бошкалашиш кечирмокда.
Geopolitika.uz borgan sari maqolalarilaga tanqidla ko'payib borvotti, chunki ga'arb geopolitiklari yozgan maqolalani tarjimasi xolos, xammasiyammas, lekin ko'pi shunchaki tarjima va bir ikki og'iz o'z fikrizni qo'shgan bo'lishiz mumkin xalos
ОтветитьУдалитьтугри бу фикрга манам кушиламан узбеклани фикрини гарб томонга иликлаштиришга характ киляпсила холос
ОтветитьУдалитьbu hudnsizlaga qarshi jihod farzdir!bu saytga kirish harom!
ОтветитьУдалитьHey harom bo'sa pishirib qo'yiptimi sizga? Borib o'zizga xalol joyizda o'tirib jihodizzi davom ettirin unda
УдалитьAmerika, Garb, Isroil yana "oppoq" bo'lib qolaveribtida a ?
ОтветитьУдалитьYer yuzida Amerika bo'lmasagina butun dunyo tinch va osoyishta yashaydi.
Bu albatta meni shaxsiy fikrim.