Bugun biz sizlarni ajoyib, lekin g`amgin
bir sayohatga chorlamoqchimiz. Qanday sayohat ekan deysizmi? Bu Suriyaning
yaqin o`tmishiga qisqa nazar. Ushbu maqolamiz oldingilaridan farq qiladi. Biz
uslubimizga biroz yangilik qo`shishga qaror qildik, ya`ni karikaturalar. Hayron
bo`layotgan bo`lishingiz mumkin: “Geosiyosatga yumorning nima aloqasi bor?” Biz
karikaturalar orqali ayni damdagi Suriya inqirozining asl ildizlarini ko`rsatib
berishga urindik.
28.02.2013
22.02.2013
Xaritalar Uzra: Dunyodagi AQSh harbiy bazalari
Hammamizga ma'lumki Sovet Ittifoqini parchalanishi bilan dunyodagi Geopolitik kuchlar nisbati keskin darajada o'zgardi. Ayniqsa AQSh uchun dunyoga hukmronlik qilish uchun haqiqiy imkoniyat tug'ildi.
Lekin voqealar AQSh siyosiy mutahassislari o'ylagandan ko'ra biroz chigalroq tus oldi. Agar dunyoda ilgari ikki qutbga ajralgan Sharq va G'arb kuchlari raqobat qilgan bo'lsa, bugungi kunda dunyo ko'pqutbli, bir biriga ishonchsiz va o'ta ehtiyotkor kuchlar asosida qurildi. AQShning itisodiy va harbiy salohiyatini hisobga olgan holda ko'p mamlakatlar unga o'zlarini ittifoqdosh qilib ko'rsatgani bilan, boshqa tomondan dunyodagi Anti-Amerikanizmni kuchaytirishga o'z hissalarini qo'shdilar. Natijada "egasiz", "ko'rinmas" va "boshqaruvsiz" kuchlardan tashkil topgan terrorizm vujudga keldi.

EHTIYOT BO`LING, III JAHON URUSHI! SABAB: “MOVIY OLTIN”!
Bilamizki, bo`lib o`tgan ikki jahon urushi butun
insoniyatning yaqin tarixida o`zining daxshatli izini qoldirdi. Bizning
kunimizga kelib uchinchi jahon urushi haqida vahimalar avj olmoqda. Sovuq Urush
davrida o`zining cho`qqisiga chiqqan bu kabi ovozalar, asosan, Sobiq Ittifoq va
AQSH o`rtasida bo`lishi mumkin bo`lgan hamda dunyoni ostin-ustin qilib
yuboradigan “buyuk urush” haqida edi. SSSR qulagandan so`ng ikki gigant davlat
jangi turli davlatlar o`rtasida kelib chiqadigan yadro urushlariga ko`chdi.
Keyinchalik uchinchi jahon urushi sabablaridan biri deya neft tilga olina
boshlandi. Lekin tabiatning eng oliy ne`mati, butun kurrai zamin mavjudiyati
tayanchi bo`lgan suv doimo masalaning ikkinchi tomoni bo`lib keldi. Hozirgi
kundagi ziddiyatlarning asosi sifatida
yonilg`i-energetika zahiralari uchun kurash, xalqaro terrorizm, regional
qarama-qarshiliklar va boshqalar ko`rib kelindi. Bu ziddiyatlarni bariga yechim
topish mumkin. Energetika zahiralari tanqisligini muqobil yo`llar, terrorizmni
qurol bilan, davlatlararo kelishmovchiliklarni diplomatiya orqali xal etish
mumkin. Lekin navbat suvga kelganda insoniyat hali beri uning tanqisligini
bartaraf etishga ojiz ko`rinadi. Keling, birgalikda suv geosiyosatda qanday
o`rin tutishini tahlil qilib ko`ramiz.
15.02.2013
PXENYAN YADRO SINOVINI AMALGA OSHIRDI. ENDI NIMA BO`LADI?
Ma`lumki, 12-fevral kuni oldin tahmin qilganimizdek Shimoliy
Koreya yadro sinovini amalga oshirdi. Bu xisob bo`yicha uchinchi sinov bo`lib,
oldingi sinovlar Pxenyan uchun ancha qimmatga tushgan edi. Oldingi ikki
sinovdan so`ng jahon hamjamiyati Shimoliy Koreyani qattiq tanqid qilgan, G`arb
va BMT tomonidan og`ir sanksiyalar kiritilgandi. Xo`sh, bu sinovdan keyingi
vaziyat qanday bo`ladi endi? Shimoliy Koreyaga bosimlar ortadimi yoki Pxenyan
o`zining ochlikdan farzandlarini yeyishga majbur bo`layotgan aholisini ro`kach
qilib yana bir bor jahon hamjamiyatining ko`nglini “eritish”ning uddasidan
chiqadimi? Keling, quyida shularni birgalikda tahlil qilishga harakat qilib
ko`ramiz.
Shimoliy Koreyaning yadro sinoviga nisbatan Xitoyning munosabati tasvirlangan karikatura
12.02.2013
Geopolitika va Din: Sivilizatsiyalar To'qnashuvi
1993-yildan beri Amerikaning Garvard Universiteti professori Samuel Xantington o'zining Sivilizatsiyalar To'qnashuvi haqidagi ilmiy ishlarini himoya qilib keladi. Uninng fikricha biz mafkuralarga asoslangan ikkiqutblik dunyodan sivilizatsiyalarga asoslangan ko'pqutblik dunyoga o'tganmiz va bundan keyingi dunyodagi bo'lib o'tadigan to'qnashuvlar ana shu sivilizatsiyalarning bir biri bilan to'qnashishi va raqobati asosida kelib chiqadi.
Ko'pchilik izlanuvchi va olimlar bu fikrni xatoligi bilan bir paytda insoniyat uchun juda havfli ekanligini ta'kidlashlariga qaramay hozirgacha bu ilmiy qarash dunyo ommasi tomonidan qiziqish bilan kuzatib kelinmoqda. Chunki dunyo mamlakatlari orasidagi iqtisodiy va siyosiy tengsizlik ularning ommasida radikal qarashlani shakllantirib, har bir millatda natsionalizmni kuchayishiga olib keldi. Yevropa va g'arbning rivojlangan davlatlari jamiyatlarida radikal o'ng partiyalarning hokimyatga chiqishini kuzatgan bo'lsak rivojlanayotgan va kambag'al mamlakatlar jamiyatlarida diniy yoki milliy o'zlikni radikal tarzda himoyalash va boshqalarninkidan ustun qo'yishni kuzatamiz.

10.02.2013
Geopolitika va Din: Dunyo dinlari
Geopolitika va Din turkumidan berib borilayotgan ko'rsatuvlarimizni sizga taqdim etishda davom etamiz.Bugungi sizga havola qilmoqchi bo'lgan ko'rsatuvimiz dunyodagi hozirda mavjud dinlar, ularning yoyilish hududlari, sig'inuvchilarning soni va faolliklari haqida eng umumiy ma'lumotlarni beradi. Aynan din va millat tushunchasi hozirgi kun geopolitik tizimida muhim rol o'ynab kelmoqda. Lekin aksariyat hollarda dinlar ma'lum siyosiy kuchlarning harakat qilish vositasiga ham aylanishi mumkin. Bunday muammolarni chuqur
anglab yetish uchun esa avvalambor dunyodagi dinlar haqida eng asosiy ma'lumotlarni bilib qo'ygan ma'qul.
anglab yetish uchun esa avvalambor dunyodagi dinlar haqida eng asosiy ma'lumotlarni bilib qo'ygan ma'qul.
07.02.2013
SURIYAGA XORIJIY INTERVENSIYA UYUSHTIRILADIMI?
Ayni vaqtdagi Fransiya Qurolli Kuchlarining Mali shimolidan
islomiy jangarilarni haydab chiqarish operatsiyasi va ikki haftacha oldin
Jazoirda yuz bergan gaz fabrikasini garovga olinishi Liviyada polkovnik
Kaddafiyning hokimiyatdan ag`darilishiga sabab bo`lgan xorijiy intervensiya
natijasi ekanligi ko`pchilikka sir emas. Shuningdek, bu voqealar va 2012-yil
martidagi Mali davlat to`ntarishi o`rtasida o`zaro bog`liqlik mavjud. Oldingi
maqolalarimizda ma`lum qilganimizdek, Muammar Kaddafiyga xizmat qilgan va uning
o`limidan so`ng Mali shimoliga qaytib kelgan, polkovnik omborlaridan
qurollangan minglab tuareglar bu hududni islomiy jihodchi guruh-Ansoriddin
bilan bosib olgan edi. Mali armiyasi hukumatni bee`tiborlikda ayblab,
to`ntarish uyushtirdi. Bu to`ntarish aslida intervensiya bo`lib, isyonchi
xarbiylar G`arb va AQSH qudratlari tomonidan dastaklangan edi. Ular Mali
xarbiylari qo`li bilan ekstremistlar va tuareglarni “tinchitmoqchi” bo`lishdi,
biroq xarbiylar ishonchni oqlolmadilar. Natijada, G`arbning o`zi joriy yilning
boshlanishida Shimoliy Afrikada navbatdagi “salb yurishi”ni boshlashga majbur
bo`ldi.
06.02.2013
Geopolitika va Din - Islom
Haqiqatdan ham so'ngi yillarda ayniqsa 11-sentyabr 2001 yil voqealaridan keyin Islom dunyodagi ko'pchilik mamlakatlarda havf soluvchi kuch va terrorizmning uzluksiz sherigi sifatida qarab kelinmoqda. Lekin aslida Islom qanday din? va unga sig'inuvchilar orasida qanday umumiylik, farq va qarama qarshiliklar mavjud? kabi savollarga biz javob berishga harakat qilib ko'ramiz.
01.02.2013
YOVVOYI, OJIZ VA AHMOQONA: SHIMOLIY KOREYACHA STRATEGIYA
27-yanvar kuni Shimoliy Koreyaning davlat mediasi mamlakat
rahnamosi Kim Jong Un yuqori lavozimli xavfsizlik amaldorlariga “muhim va
yuroqi darajadagi hisoblarni olish”ni buyurgani haqida xabar tarqatdi va bu
“hisoblar” jahon afkor ommasi tomonidan “uchinchi yadro sinoviga
tayyorgarliklar rejasi” deb aytilmoqda. Janob Kim “Uchinchi yadro sinovi
oktyabrdagi raketa sinovi ortidan AQSH boshliq BMT tomonidan Pxenyanga
qo`yilgan sanksiyalarga nisbatan javob” ekanligini aytgan. Kim Jong Unning bayonotida keltirilishicha,
kelgusidagi yadro sinovlari Shimoliy Koreyaning azaliy raqibi bo`lmish rasmiy
Seulning asosiy dastaklovchisi AQSHga qarshi qaratiladi.
Shimoliy Koreyaning yangi rahbari Kim Jong Un omma oldida
Подписаться на:
Сообщения (Atom)