27-yanvar kuni Shimoliy Koreyaning davlat mediasi mamlakat
rahnamosi Kim Jong Un yuqori lavozimli xavfsizlik amaldorlariga “muhim va
yuroqi darajadagi hisoblarni olish”ni buyurgani haqida xabar tarqatdi va bu
“hisoblar” jahon afkor ommasi tomonidan “uchinchi yadro sinoviga
tayyorgarliklar rejasi” deb aytilmoqda. Janob Kim “Uchinchi yadro sinovi
oktyabrdagi raketa sinovi ortidan AQSH boshliq BMT tomonidan Pxenyanga
qo`yilgan sanksiyalarga nisbatan javob” ekanligini aytgan. Kim Jong Unning bayonotida keltirilishicha,
kelgusidagi yadro sinovlari Shimoliy Koreyaning azaliy raqibi bo`lmish rasmiy
Seulning asosiy dastaklovchisi AQSHga qarshi qaratiladi.
Shimoliy Koreyaning yangi rahbari Kim Jong Un omma oldida
Ma`lumki, Shimoliy Koreya uzoq yillardan buyon o`z
qo`shnilari va AQSHga raketa sinovlari orqali po`pisa qilib keladi. Biroq bu
yo`l bilan Shimoliy Koreya o`z maqsadiga
erishadi deb bo`lmaydi. Pxenyanning ko`r-ko`rona raketalar sinovi orqali
qo`rqitishga va bosim o`tkazishga urinishi xato strategiya. Nega? Tasavvur
qiling, bir davlat o`zining qudratini ko`rsatib qo`yish uchun raketalar
uchirib, sinov o`tkazdi. Agar sinov muvaffaqiyatsiz o`tsa, davlat kuchsiz
ko`rinadi, agar muvaffaqiyatli o`tsa, bu o`sha davlat uchun muammo olib keladi
xolos. Davlatning faqat dushman orttirgani qoladi. Tashqi bosim ortadi,
iqtisodiyot cho`kadi. Hozirgi zamonda tashqi integratsiyasiz biror davlat
rivojlana olmaydi. Biror qurolni mutlaqo mahfiy yaratib, rivojlantirish esa
ancha foydaliroq. Qurol tayyor bo`lganda u oshkor etiladi va atrofdagi
davlatlar talmovsirab qoladi.
Shimoliy Koreya doimo raketalar sinovi orqali qo`shni davlatlarga dag`dag`a qilib keladi
Shimoliy Koreya bo`lsa mana yillardirki oshkora usuldan
foydalanib kelmoqda. Pxenyan tahminiy yillik 28 milliard dollar daromadining
asosiy qismini qurollanishga sarflaydi. Shu sababli mamlakat iqtisodiyoti boshi
berk ko`chaga kirib qolganiga ancha bo`lgan. Agar qiynalib qolsa, AQSH, Janubiy
Koreya, Yaponiya, Rossiya va Xitoy kabi davlatlar bilan muzokara stoliga
o`tirib, ortiq qurollanishni davom ettirmaslikka so`z bergan holda, oziq-ovqat
va boshqa ko`maklarni olib keladi. O`zini biroz tiklab olgandan so`ng, qurollar
ustida ish olib borishni yana davom ettiradi. Shimoliy Korea bu manevrdan ancha
vaqtdan buyon foydalanib kelmoqda. Aslida esa Pxenyan biror qurol ustidagi
tadqiqotlarni muvaffaqiyatli yakunlamagan. Mobodo, biror bir sinovi
muvaqqiyatli chiqsa, bu raketalar AQSH yoki Janubiy Koreyaga qarshi
qaratilganini da`vo qilib, ularni cho`chitishga harakat qiladi. Xaqiqatda esa
bu sinovlar bilan o`z boshiga faqat tashvish orttiradi.
Shimoliy Koreya nega bu strategiyani tanladi, degan savol
tug`iladi. Buni shunday tushuntirish mumkin: SSSR qulagandan so`ng
pushti-panohidan ajralib qolgan shimolliklar iqtisodiyotida daxshatli jarlik
paydo bo`ldi. Ko`pchilik bu inqiroz tez orada hukumatni qulatib, Koreya yarimorolini
birlashishiga sabab bo`ladi deb tahmin qilgan edi. Hukumat esa, tabiiy
ravishda, hokimiyatni o`z qo`lida saqlab qolish uchun har narsaga tayyor edi.
Kim Chen Ir hukumati mavjud vaziyatda biror tashqi kuch mamlakat ichkarisiga
suqilib kirib, inqilob ko`tarishidan doimo xavotirlanardi. Janob Kimga tashqi
davlatlarni Shimoliy Koreya ichki ishlariga aralashishdan tiyilishiga sabab
bo`ladigan o`zgacha strategiya zarur edi va hukumat hokimiyatdan ajrab
qolmaslik uchun yadro quroli ustida ish boshlab yubordi. Mana 20 yildirki,
Shimoliy Koreyaning o`zini qiynab bo`lsada yuritayotgan yovvoyi, ojiz va
ahmoqona strategiyasi ish berib kelmoqda.
Uch tomonlama strategiya
Birinchisi- yovvoyi strategiya: shimolliklar varvarlarcha
siyosat yuritib kelishdi. Ikkinchisi-ojiz strategiya: Shimoliy Koreya o`zining
ko`p yillik noto`g`ri siyosati natijasida shu ahvolga kelib qoldiki, mamlakat
iqtisodiyoti cho`kib, tez orada hukumatning o`zi qulaydigandek fikr uyg`otadi
kishida. Uchinchisi-ahmoqona strategiya: aqlan noqis odamga bosim o`tkazishga
urinib ko`rsangiz, u vaxshiylarcha sizga tajovvuz qilishdan toymaydi, bunday
shaxslarning harakatini oldindan tahmin qilib bo`lmaydi, ulardan har neni kutsa
bo`ladi. Pxenyan ham yillardirki, aynan shunday siyosat yuritib kelmoqda, ya`ni
bugun qaysi davlat shimol rejimiga bosim o`tkazishga urinsa, ertaga o`sha
davlat uchun yangi raketa tayyor bo`lib, sinovdan o`tkaziladi va butun davlat
mediasida baralla aytiladi.
Boshlanishida, Pxenyanning yovvoyi strategiyasi Seulni
bombardimon qilishga olib keldi. Shimoliy Koreya chegara bo`ylab artileriyani
to`pladi va janubiy qo`shnisining poytaxtini yer bilan yakson qildi. Garchi
urushda shimolliklar mag`lub bo`lgan bo`lsa ham, Janubiy Koreya va uning
ittifoqdoshlari Pxenyan rejimi ag`darib tashlashdan tiyilishdi. Shimoliy Koreya
yovvoyi strategiyasining keyingi harakati raketalar va yadroviy qurollar ustida
ish boshlash bo`ldi.
Shundan so`ng ko`pgina davlatlar shimolliklarning varvarcha
o`yinida ishtirok etish istagini bildirishdi, biroq Shimoliy Koreya bu o`yinga
bir o`zgartirish kiritdi: o`zini ojiz ko`rsatish. Shimoliy Koreya mamlakatning
jarlikka qulagan iqtisodiyoti, ijtimoiy muammolar, oziq-ovqat taqchilligini
ovoza qila boshladi. O`zining ojizligini ko`rsatish kampaniyasi ochiq-oshkora
olib borilmadi, albatta. Chirigan iqtisodiyot, mamlakatdagi og`ir hayotni
ko`rib turgan biror davlat shimol rejimini ag`darishda xech qanday manfaat
ko`rmasdi. To`g`rida, qulab yotgan uyni tozalab, o`rniga yangisini tiklashga
kimning ham ishtiyoqi bor hozirgi zamonda. Mamlakatni nurab borayotganiga guvoh
bo`lib turgan davlatlarda rejimning o`zi bir kun kelib qulaydi, uni ag`darishga
urinib, boshga ortiqcha tashvish ortirgandan foyda yo`q, qabilada tasavvur
uyg`onadi. Pxenyan uchun xuddi shu narsa kerak edi.
Shimoliy Koreyaning yuqoridagi strategiyalari ikki karra
foyda keltirdi. Pxenyanning harbiy-yadroviy qudrati nelarga qodirligi savol
ostida qolar ekan, ko`pgina davlatlar u bilan muomalada qadamlarini o`ylab
bosishga majbur bo`lishdi. Davlatlarni bir qancha javobi topilmas savollar
qiynardi: agar Shimoliy Koreyaga bosim o`tkazilsayu, unda haqiqatda yadroviy
qurol bo`lsachi? Balki Koreyaning haqiqiy harbiy qudrati xech narsaga qodir
emasdir? U namoyishkorona o`tkazayotgan sinovlar shunchaki o`zini kuchli qilib
ko`rsatish yo`lidagi siyosiy o`yindir? Hozirgi kunda ham g`arb tahlilchilari
Shimoliy Koreyaning asl qudrati va ojizligi borasida aniq bir to`xtamga
kelolganlaricha yo`q.
Shimolliklar aytib o`tilgan ikki taktikani
mukammallashtirish uchun uchinsini qo`shishdi. Pxenyan o`zini aqlan nosog`lom
odamdek ko`rsata boshladi: o`zi ham natijasi haqida biror tasavvurga ega
bo`lmagan qurollar ustida tajribalar boshladi, qo`shnilari va boshqa davlatlarga
bir necha bor tahdid qildi, biror sababsiz Janubiy Koreya kemalarini cho`ktirib
yubordi.
Shu sababli Shimoliy Koreya uzoq yillardan buyon o`zining
yovvoyi, ojiz va ahmoqona strategiyasi bilan yashab kelmoqda, u bilan
munosabatdagi eng yaxshi yo`l uning jig`iga ko`p tegmaslik va hukumat tuzumiga
e`tibor bermaslik bo`lib qolmoqda.
Ehtiyotkor yadro dasturi
Shimoliy Koreya o`zining abadiy yadro dasturiga ega. Aslida
Pxenyan biror qurolni oxirigacha yetkazmagan, lekin buni xech kim isbotlab
berolmaydi, faqat tahmin qilish mumkin. Shimolliklarning oldindan tahmin qilib
bo`lmas siyosatidan xar narsa kutsa bo`ladi. Bugun-erta ular yadro qurolini
tayyorlab, xech qanday sababsiz qo`shni davlatlarga urush ochib yuborishi ham
xech gapmas. Shu tufayli, AQSH, Rossiya, Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya
muntazam shimolliklarni muzokaralar stoliga taklif etib, ularni biror
ahmoqgarchilik qilib qo`ymaslikka da`vat etib kelishadi.
Qiziq tomoni, Shimoliy Koreya shu paytgacha po`pisalardan
boshqa biror e`tiborga loyiq yoki xavf tug`diradigan harakat sodir etmadi. Koreya
Urushidan buyon qator sinovlar o`tkazib, yon-atrofidagi davlatlarga dag`dag`a
qilib kelgan bo`lsada, xalqaro reaksiyaga sabab bo`ladigan biror ish qilishdan
o`zini tiyib keldi. Buning sababi Pxenyan harbiy qudratiga o`zi ham
ishonmasligi yoki yadroviy dasturni hali oxiriga yetkazmaganligida bo`lishi
mumkin.
Xitoy nuqtayi-nazari va Eron ustozi
Pxenyan bilan aloqalarda uzoq yillardiki qiziq bir holat
odat tusiga kirib qolgan: AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreya shimolliklarni
xovuridan tushirish uchun odatda Xitoyga murojaat qilishadi. Bu esa juda
g`alati holat, chunki Xitoy ayni vaqtda Janubiy va Sharqiy dengizlar tufayli
AQSH hamda uning mintaqadagi ittifoqchilari bilan sovuq munosabatda.
Joriy yilning boshida dengizdagi kemalar harakati tufayli
Xitoy-Yaponiya munosabatlari deyarli dushmanona tus oldi. Pxenyanning yadro
qurolini sinash haqidagi bayonoti esa Vashington va Tokioni yana bir bor Xitoy
poyiga bosh urishiga sabab bo`lishi mumkin. Shimoliy Koreya ayni sinov AQSH va
uning “xamtovoqlari”ga qarshi qaratilishini oshkora aytar ekan, undan har
narsani kutish mumkinligini biladigan Yaponiya hamda AQSH bo`lishi mumkin bo`lgan
inqirozni oldini olish uchun Xitoyning har qanday shartiga rozi bo`lishlari
turgan gap. Bundan esa Xitoy-Yaponiya o`rtasidagi ziddiyatli orollar masalasini
ham kimning foydasiga hal bo`lishini tahmin qilsa bo`ladi.
Mavjud vaziyatdan Xitoy qay yo`sinda foydalanib qolishini
tahmin qilish mushkul. Shimoliy Koreya va Xitoy bir vaqtlar yagona lagerda
bo`lishgani va SSSR qulagandan so`ng aloqalarni yashirincha davom ettirishgani
hammaga ma`lum, lekin so`ngi paytlarda Xitoy ham “Shimol Boshog`rig`i” hal
etilishini istayotganini kuzatish mumkin. Nima bo`lganda ham, ayni vaqtda Pekin
uchun manfaatlarni amalga oshirib olish uchun qulay fursat keldi.
Shunga e`tibor qilish lozimki, so`ngi yillarda yovvoyi, ojiz
va ahmoqona-Shimoliy Koreyscha strategiyani ba`zi davlatlar ham o`zlashtirib
olishmoqda. Eron eng yaxshi shogirddir. Xuddi Shimoliy Koreya kabi natijasiz
yadroviy dastur bilan o`zini kimligini ko`rsatishga urinmoqda, qo`lida iPad
tutgan yoshlari bilan o`zini iqtisodiy ojiz, inqirozga botgan davlatdek tutmoqda.
Eron o`zini kambag`al ko`rsatish rolini Shimoliy Koreya singari yoki undan
o`tqazib o`ynayaptimi-yo`qmi-bunisi noma`lum, lekin rasmiy Tehronda xech
bo`lmaganda Shimoliy Koreyadagidek ocharchilik muammosi mavjudmas.
Qo`shimcha sifatida Eron ahmoqona strategiyadan ham
foydalanmoqda. Butun forslarni o`limiga sabab bo`lsa ham, Tehron yadroviy
urushni boshlab yuborishi xech gap emas. Bu Islomiy Respublika o`zining
siyosati tufayli butkul jahon xaritasidan o`chib ketadimi yoki xalqaro
maydondagi asosiy kuchga aylanadimi-bunday farazlarning adog`i yo`q.
“Yovvoyi, ojiz va ahmoq bo`lish” strategiyasi haqiqatda
yovvoyi, ojiz va ahmoq davlatlarga xos. Qo`lidan biror ish kelmaydigan rejimlar
yashab qolish uchun shu kabi yo`lni tanlashadi. Boshida bu strategiya ish
berishi mumkin: ular jahon siyosatidagi asosiy mavzuga, xalqaro
munosabatlardagi muhim o`yinchiga aylanishadi, har kim ular bilan o`ylashib
muomala qiladi, xattoki buyuk qudratlar ham, biroq bir kun kelib ularning asl
holatlari oshkor bo`lganda boshi berk ko`chaga kirib qoladilar. Chunki ular haqiqatda
yovvoyi, haqiqatda ojiz va haqiqatda ahmoqdirlar, bunday rejimlar boshqaruvga
noloyiqlar.
Diplomatiya xalqaro munosabatlar mo`jizasidir. Diplomatik
yo`l bilan har qanday muammoni ziddiyatga bormay hal qilish mumkin. Diplomatiya
ayni vaqtda kichik, qashshoq, o`z qobig`iga biqinib olgan shimolliklar uchun
eng zarur narsa. Hozirgi zamon urushlarni, ayniqsa, yadroviy urushlarni
ko`tarmaydi. 21-asrdagi urushlar birinchi navbatda urushni boshlagan tomonning xalokatiga
sabab bo`ladi. Shimoliy Koreya va Eron kabi davlatlar bu haqiqatni
tushunmayapti yoki tushunishni xohlamayapti. Zero ular buni anglab yetganda kech
bo`lgan bo`lishi mumkin…
Muallif faqatgina o'z dunyoqarashiga tayanib taxlil qilishga harakat qilibdi.
ОтветитьУдалитьbir yoqlama tahlil qilibsizda yoki Aqsh, gárbcha uslubdagi maqoladan o'girib qoýaqolibsiz
ОтветитьУдалитьAvvalo ishlash uslubimiz haqida to'xtalib o'tsak: Geopolitika.UZ muharrirlari yoshlar bo'lib, biz hali o'zimizni yetuk tahlilchi deb hisoblashimizga ancha bor. Ma'lumki, o'zbek siyosiy maktabi hali mavjud emas yoki rivojlanmagan, shu sababli biz maqolalarni yozishda G'arb tahlilchilarining ishlarini asos qilib olishga majburmiz. Ishlarimizdan G'arb "isi" kelib turishi ham shundan. Blog qaysidir tahlilchininb ishlarini ommaga tarqatish uchun emas, balki geosiyosiy maydonda o'zini "charxlash" maqsadida bo'lgan yoshlar uchun tajriba maydoni sifatida tashkil etilgan. Biz geosiyosatni o'rganish jarayonida yiqqan bilimlarimizni siz bilan baham ko'rishga qaror qildik. Albatta, biz uchun har qanday sharh: xoh maqtov, xoh tanqid bo'lsin bizga ilhom bag'ishlaydi, o'z ishimizga jiddiy yondashishga undaydi, kimdir bizning loyihamizga befarq emasligidan darak beradi. Shuning uchun biz, Geopolitika.UZ jamoasi kelajakda, Siz Aziz O'quvchilarimizni chuqur mushohada qilishga undaydigan maqolalar e'lon qilishga harakat qilamiz va ishimizga munosabatlarni kutib qolamiz.
ОтветитьУдалитьXurmat bilan,
Temur Amirov
Albatta gap yuq nima bulganda ham geosiyosiy xabarlarni ozbek tilida oqish yaxshi ijodlarizga rivoj.
ОтветитьУдалить