Ma`lumki, 12-fevral kuni oldin tahmin qilganimizdek Shimoliy
Koreya yadro sinovini amalga oshirdi. Bu xisob bo`yicha uchinchi sinov bo`lib,
oldingi sinovlar Pxenyan uchun ancha qimmatga tushgan edi. Oldingi ikki
sinovdan so`ng jahon hamjamiyati Shimoliy Koreyani qattiq tanqid qilgan, G`arb
va BMT tomonidan og`ir sanksiyalar kiritilgandi. Xo`sh, bu sinovdan keyingi
vaziyat qanday bo`ladi endi? Shimoliy Koreyaga bosimlar ortadimi yoki Pxenyan
o`zining ochlikdan farzandlarini yeyishga majbur bo`layotgan aholisini ro`kach
qilib yana bir bor jahon hamjamiyatining ko`nglini “eritish”ning uddasidan
chiqadimi? Keling, quyida shularni birgalikda tahlil qilishga harakat qilib
ko`ramiz.
Shimoliy Koreyaning yadro sinoviga nisbatan Xitoyning munosabati tasvirlangan karikatura
Yadro sinoviga qarshi ilk shaxdam qadam janubliklar
tomonidan amalga oshirildi. Kuni kecha Janubiy Koreya Shimoliy Koreya bilan
dengizdagi chegaraga bu mamlakatning istalgan nuqtasiga raketalar vositasida zarba
bera oluvchi jangavor kemalarni o`rnatib chiqdi, deya xabar berdi Janubiy
Koreya Mudofaa Vaziri Kim Min Sok.
Vazirga ko`ra, Janubiy Koreya, shuningdek, 800 km uzoqlikka
ucha oluvchi ballistik raketalar ustidagi ishlarni tezlashtiradi va raketalardan
milliy mudofaa tizimini ishlab chiqadi.
Bu bayonot 12-fevral kuni Shimoliy Koreya tomonidan
o`tkazilgan yerosti yadro quroli sinovi ortidan yangramoqda va bu sinov bir
qancha davlatlar, jumladan, BMT Xavfsizlik Kengashining kuchli e`tiroziga sabab
bo`ldi.
Janubiy Koreyaning yuqoridagi qaroriga munosabat bildirgan
Rossiya Tashqi Ishlar Vaziri Sergey Lavrov: “Shimoliy Koreyaning yadro sinovi
ushbu mamlakatga nisbatan urush ochishda vaj qilib olinmasligi kerak va Koreya
yarimorolini yadrodan xoli hududga aylantirish borasidagi 6 tomonlama
muzokaralar davom ettirilishi lozim,” deb aytgan.
Mudofaa Vazirligining vakili Seulda o`tkazilgan brifingda
Janubiy Koreya tez orada Shimoliy Koreya raketalarini aniqlovchi va yo`q qiluvchi
tizimni ishlab chiqishi haqida ma`lum qilgan.
12-fevral kuni chaqirilgan BMT Xavfsizlik Kengashining
favqulodda yig`inida Shimoliy Koreyaning bu amali qattiq qoralandi va Pxenyanga
qarshi jiddiy harakat olishga da`vat qilindi.
“Xavfsizlik Kengashi a`zolari Kengash rezolutsiyalarini
keskin buzgan ushbu yadro sinovini qattiq qoralashdi,” deb aytdi Janubiy Koreya
Tashqi Ishlar Vaziri Kim Sung Hvon.
AQSHning BMTdagi elchisi Syuzan Raysga ko`ra, Vashington va
uning ittifoqchilari 2006-2009-yildagi yadro sinovlari tufayli Shimoliy
Koreyaga qarshi allaqachon kuchga kiritilgan sanksiyalarni yanada
kuchaytirishga qaror qilishgan.
Shuningdek, Syuzan Raysning fikricha, Pxenyan o`zining yadro
sinovi ortidan izolatsiya va yanada ko`proq bosimlar bilan yuzlashadi.
“Shimoliy Koreya AQSH uchun katta xatar va Vashington zudlik
bilan unga qarshi chora ko`rishi shart,” deya ogohlantirdi yadrovi sinovi
ortidan Qo`shma Shtatlar Mudofaa Vaziri Leon Panetta.
Shimoliy Koreyaga qarshi og`ir zarbalardan biri uzoq vaqt
uni tarafini olib kelayotgan Rossiya tomonidan amalga oshirildi. Rossiya
prezidentining yordamchisi janob Ushakov Shimoliy Koreya yadro sinovi bo`yicha
rasmiy Moskvaning talabini ma`lum qildi. Ushakovga ko`ra “Pxenyan zudlik bilan o`zining
noqonuniy harakatlari va yadroviy dasturiga chek qo`yishi shart”. Janob
Ushakov, shuningdek, shimolliklarni xalqaro yadroviy normalarga so`zsiz amal
qilishga chaqirdi va rus razvedkasi Koreya yarimorolida bo`ladigan har bir
yadro hamda raketa sinovini kuzatishini aytib, ogohlantirdi.
Bundan tashqari Shimoliy Koreyaning sobiq hammaslagi, asosiy
hamkori va xalqaro maydondagi himoyachisi Xitoy ham bu sinovni qattiq qoraladi.
Xitoyga ko`ra Pxenyanning bunday amallari toqat qilib bo`lmasdir va nafaqat Sharqiy
Osiyo, balki butun dunyoning barqarorligiga katta xavf tug`diradi.
“Bu sinov faqatgina bizning birinchi reaksiyamiz edi,” deb
aytgan rasmiy Pxenyanning o`z ismini oshkor qilmagan rasmiysi. Shimoliy Koreya
Tashqi Ishlar Vazirligiga ko`ra yadro sinovi AQSHning “dushmanona” harakatiga
nisbatan o`zini-o`zi himoyalash amali bo`lgan va Vashington bunday
harakatlarini yana davom ettirsa, yadro sinovlari haqiqatga ko`chadi.
Ko`rib turganimizdek, bu safar Pxenyan o`zi yolg`iz qoldi.
Sinovlardan atigi ikki kun o`tdi, lekin tanqidlar, bosimlarning cheki
ko`rinmaydi. Kim Jong Un hukumati bosimlarga dosh berolmay, taqdirga tan
beradimi yoki o`zi tahdid qilganidek yadro urushini boshlaydimi? Bunisini endi
faqat vaqt ko`rsatadi. Voqealar rivojini kuzatib boring va biz bilan birga
bo`ling!
Бир суз билан айтганда Шимолий Кореяни бу ядро синовлари хамда АКШ ва Жанубий Кореяга солаётган тахдидлари оркасида Россия ва Хитойнинг манфаатлари ётибди. Россия ва Хитой, бу иккала иттифокдош давлатлар хеч качон иккала Корея давлатини бирлашишига йул куймайди. Ха, сабаби уша. АКШ ва уни иттифокдошлари бу давлатларнинг бурнини тагига келиши ва минтакада ПРО системасини ёткизиб Хитой ва Россиянинг ядро арсеналини нейтраллаштириш сиёсати.
ОтветитьУдалитьJirinovskiy janoblari aytganday, kommunizm - ich qotishi, demokratiya - ich ketishi. Yer kurrasidagi Isroil-Falastin va Shimoliy-Janubiy Koreya mojarolari hali beri tugamaydi.
ОтветитьУдалитьBMT sanksiyalarni va rezolyutsiyalarni umuman foydasi yo`q. Zudlik bilan diplomatik aloqalarni yo`lga q`oyish zarur.
ОтветитьУдалитьSarlavxa judayam qiziqarli quyilibdi :)
ОтветитьУдалитьPXENYAN YADRO SINOVINI AMALGA OSHIRDI. ENDI NIMA BO`LADI?
Nima ham bulardi? :) Endi voqealar rivoji Xitoyning tashqi siyosatiga chambarchas bog`liq.
Бечора балиқлар нурланиб ўлиб кетишди. Табиатга қанчалик зарар келтирсанг, табиат ҳам сени аяб ўтирмайди. Бу ерда Шимолий Корея ядровий ракетасини портлаттими ёки ускунани ўрнатиб потлатишдими? Агар ускунани ўрнатиб портлатган бўлса зудлик билан у мамлакатга хужум қилиш керак.
ОтветитьУдалитьЯна қизиқарли савол туғилади. Ироқни ядроси бор деб бахона қилиб босиб олган Америка, натижада хеч нима топа олишмади. Бироқ ядроси борлиги маълум бўлган қашшоқ мамлакатга имконият яратяпти. Нефт керакмиди? Аслида бу катта сиёсий ўйин, Шимолий Корея эса қўғирчоқ бўляпти.
Ma`lumot uchun: Shimoliy Koreya yadro sinovini yerostida amalga oshirgan. BBCga ko`ra yerosti silkinishi hatto Qozog`istonda ham sezilgan. Shimoliy Koreya va boshqa davlatlar munosabati haqida bundan oldingi maqolamizda qisqacha yoritib o`tganmiz. Keyingi tahlillar ustida ham bosh qotirishga harakat qilamiz.
ОтветитьУдалитьКечирасиз Қозоғистонда хар куни ер силкинишлари содир бўляпти қайси бири Шимолий Кореяники аниқлашибдида.
ОтветитьУдалить"Qozog‘iston seysmologlarining ma‘lum qilishlaricha, Shimoliy Koreyada atom quroli Grinvich vaqti bilan tungi 0257 (Toshkent vaqti bilan ertalab soat 07dan 57 daqiqa o‘tganda) yer ostida sinab ko‘rilgan.
УдалитьSinov natijasida 4.9 balli zilzila sodir bo‘lgan."
BBCning xabari qanchalik to`g`ri yoki noto`g`riligini hali bilmaymiz. Biroq bu xabar agentligi shunday ma`lumot bermoqda. Manbaa: http://www.bbc.co.uk/uzbek/lotin/2013/02/130212_latin_north_korea_test.shtml
Гнать қилма Қозоғистонда 4.9 балл бўлса Хитойда 5.0, Жанубий Кореяда 7, Шиболий Кореяда эса ҳамма нарса текис бўлиб қолиш керак эди.
УдалитьXurmatli Anonim, biz BBC tarqatgan axborotlar xolisligi uchun majburiyatni bo'ynimizga olmaganmiz. Bu masala bo'yicha BBC O'zbek Hizmati ma'muriyatiga murojaat qilishingiz mumkin.
ОтветитьУдалитьBBC дан ўқисак силарни нима керагилар бор. Кўчирмачининг фикрини эшитгандан кўра оригинал фикрни ўқиган яхши эмасми?
ОтветитьУдалитьXurmatli Anonimniy, bu habar emas, tahlil, farqiga bormasdan turib odamlarga hukm o'qimaslikni maslahat berardim. BBCning habari faqat manbaa sifatida berilgan, maqola undan ko'chirma emas
ОтветитьУдалитьУндан бундан эшитган, ўқиган нарсаларингиз ишончли манба бўлмайди. Шунинг учун фикрингизни нималарга асосланиб ёзяпганлигизни кўрсатиш учун тагида манбалар деган ёзув қолдиринг. Шундай сайтлар бор маълумотларни бирон бир сиёсий қарама қаршиликни келтириш учун тарқатади.Так что Шимолий Кореяга бориб бор нарсани ўз кўзларингиз билан кўрмаганлигизни биламиз. Манбалар рўйхати керак.
ОтветитьУдалитьKeyingi safar Shimoliy Koreya Yadro sinovlarida qatnashish uchun alohida taklifnoma jo'natsa borib o'z ko'zimiz bilan ko'rib keyin qo'yamiz manbani, lekin ungacha ancha sabr qilib turishingizga to'g'ri keladi.
ОтветитьУдалитьMaynavozchilik axmoqni zo'r quroli, ayniqsa u Anonim nomi ostida harakat qilsa ;)
Men sizlar bilan tortishayotgan Anonim emasmanku, lekin blogdagi maqolalarga o`quvchilar tomonidan Anonim tarzda sharh qoldirish funktsiyasini o`chirib qo`ysangizlar, kelgusida albatta bunday dil-xiraliklar bo`lmaydi deb o`ylayman. Bunday o`ylashimning sababi, yuqoridagi barcha (Anonim muallifligidagi) sharxlar xuddi bir odam tomonidan yozilganga o`xshab qoladi ekan. Ammo internetda har kim anonim bo`lib yurishga qonuniy huquqi bor. Keyingi maqolalarga o`quvchilar tomonidan fikr bildirilsa yana Anonim bo`lib fikrini yozaverishadi, menimcha u funktsiyani uchirish kerakmikin. Bu meni fikrim albatta.
УдалитьБу демократия нимани хохласам шуни гапираман!!!
ОтветитьУдалить