Shu kecha
kunduzda jahon matbuotining asosiy mavzusi Shimoliy Koreyaning Janub bilan
barcha aloqalarni uzib, “urush holati” e`lon qilishi bo`lib qolmoqda. Xo`sh, bu
holni jiddiy qabul qilish kerakmi yoki shunchaki navbatdagi asossiz
tahdidlardan birimi?
Pxenyan markaziy maydoniga yig`ilgan talabalar va askarlar mamlakat dushmanlari omon qolmasligini aytishmoqda
Pxenyan
Janubiy Koreya bilan eng so`nggi aloqa – to`g`ridan-to`g`ri telefon aloqasini
uzib, Janub va AQSHning Gavayi, Guam hamda Yaponiyadagi harbiy bazalarini yakson qilishga
tayyorligini ma`lum qilmoqda.
Pxenyan Janub Koreya va AQSHning Gavayi, Guam hamda Yaponiyadagi harbiy bazalarini yakson qilishini ma`lum qilgan
Juma kuni mamlakat rahbari
Kim Jong Un yuqori martabali generallar talabalar va askarlarning oldida qo`llarini musht qilgancha, “dunyoning qaysi
burchagida bo`lmasin, Shimoliy Koreya dushmanlari” “qurolsizlantirilishi va
ayovsiz yo`q qilinishi” ni ta`kidlagan.
Pxenyan markaziy maydonida mamlakat dushmanlariga qarshi sovetcha tartibda ommaviy namoyish bo`lib o`tganiga qaramay, mamlakatning boshqa hududlarida urush kayfiyati sezilmayotganligi, odamlar odatdagidek ishga borib kelayotganliklari to`g`risida xabarlar tarqatilmoqda.
Markaziy maydonga o`n minglab shimolliklar jamlanishgan
Shimolning
qo`shnisi va AQSHga tahdidlari, asosan, fevralda o`tkazilgan muvaffaqiyatli
yadro sinovi ortidan kuchaygani e`tiborga molikdir. Balki ushbu muvaffaqiyat
mamlakatning yosh rahbariga dastak bo`lgandir?
Nima bo`lganda ham, hozircha
uning harakatlari tahdid qilishdan nariga o`tmayapti. Bu hol esa mamlakatning
sobiq rahbarlari, ayniqsa amaldagi rahbar Kim Jong Unning otasi Kim Jong IL
davrida ham odatiy hol bo`lgan.
So`nggi
kunlarda AQSH yarimorol bo`ylab B-2 rusumidagi bombardimonchi samalyotlar
ishtirokida harbiy-o`quv mashg`ulotlarini o`tkazib kelayotgani ham matbuotdagi
asosiy mavzulardan biriga aylangan edi.
B-2 bombardimonchi samalyotlari bir necha kundan buyon regionda faollashib qolgan edi
Shimoliy Koreyaning da`vo qilishicha,
bu mashg`ulotlar Koreya yarimorolida yadroviy urush keltirib chiqarishga
urinishdan o`zga narsa emas.
Garchi urush
e`lon qilinishi ortidan o`zaro o`q almashilmagan bo`lsada, Shimoliy Koreya
tomonidan quruqlikda keskin faollik amalga oshirilayotgani qayd etilmoqda.
Shimoliy Koreya tomonidan quruqlikda keskin faollik amalga oshirilayotgani qayd etilmoqda.
Shimolning 60 yillik tahdidlari
Janubiy Koreyani kunpaya-kun qilish
haqidagi tahdidlar Koreya Xalq Demokratik Respublikasi tomonidan 60 yildan
buyon davom ettirilib kelinayotgan odatiy holdir.
Lekin hozirgi kundagi ochiqdan-ochiq
tahdid ilk bor kuzatilmoqda.
“Musiqa doimgidek, lekin bu safar ancha
baland,” deydi Xorijiy Aloqalar bo`yicha Konsullik xodimi Skot Shneyder.
AQSH va Janubiy Koreyani yadroviy qurol
bilan nishonga olish borasidagi tahdidlar uzoq yillar davomida bu darajagacha
borib yetmagan edi.
KXDRning sobiq rahbarlari bu darajadagi
tahdidga yetib borolmaganliklarini asosiy sababi – ularning davrida Shimolda yetarlicha
imkoniyat bo`lmaganligidadir. Masalan, marhum dohiy Kim Jong ILning davrida Shimoliy
Koreya toshqinlar, ommaviy ocharchilik, qashshoqlik, iqtisodiyotning izdan
chiqishi kabi muammolardan katta zarar ko`rgan. Bundan tashqari harbiy sohada
ham sezilarli muvaffaqiyatga erishilmagan.
Tahdidlarning
asosiy sababi nima?
Ko`pchilikka ma`lum, Pxenyan yadro
qurolini sinagandan so`ng BMT Xavfsizlik Kengashi va qator davlatlar tomonidan
keskin tanqidga uchradi va uning bir qancha harakatlariga sanksiya qo`yildi
yoki amaldagilari kuchaytirildi. Shimoliy Koreya hukumatining da`vo qilishicha,
yadroviy qurolga egalik qilish uning huquqidir.
Shimol nimani istaydi?
Kuzatuvlar va shimolliklarning
kayfiyatiga ko`ra esa, KXDR AQSHni regiondan chiqarib tashlab, butun
yarimorolni Kimlar sulolasi qo`li ostiga birlashtirishni istamoqda.
Biroq bu istakning amalga oshish ehtimoli
nolga teng. Nazariy jihatdan fikrlaganda ham, Shimoliy Koreya butun yarimorol
nazoratini qo`lga olishdan oldin avvalo iqtisodiy qoloqlikdan chiqishi, hukumatning
o`zi saqlanib qolishi (sababi nazorat qilishni aynan shu hukumat istamoqda,
agar KXDRda hokimiyatga yangi kuchlar kelsa, ular ham bu ishni davom ettirishi
hali nomal`um), Xitoy ta`siridan chiqishi (ma`lumki Xitoy KXDRning asosiy
homiysi hisoblanadi) va nihoyat, janubliklarni bo`ysundirishiga to`g`ri keladi.
Shimol tahdidlarining kuchayishiga uning
deyarli yolg`iz qolib ketganligi ham sabab bo`layotgani ehtimoldan holi emas.
Sovet Ittifoqi Pxenyanning suyangan tog`laridan biri edi. Uning doimiy
homiylaridan biri – Xitoy ham yadro sinovidan so`ng o`zini chetga ola boshladi.
Shu sababli Shimoliy Koreya hukumati yarimorol nazoratini qo`lga olishdan ham
ko`ra, o`zini mavjudligini saqlab qolish uchun tinmay urinmoqda.
Kim Jong Un haqida nimalarni bilamiz?
Avvaliga barchaning ko`ziga g`arbcha
ta`lim ko`rgan rahbar sifatida ko`ringan yangi dohiy Shimoliy Koreyada
islohotlar o`tkazishi haqida umidlar uyg`ongan edi. Lekin vaqt o`tishi bilan u
ham odatiy Shimol rahbarlaridan farq qilmasligi ma`lum bo`ldi.
O`z faoliyatini bir qancha iqtisodiy
islohotlardan boshlagan yosh rahbar o`tgan yilning avgust oyidan boshlab harbiy
sohaga e`tiborni keskin oshirdi. Shimolda odatdagi harbiy siyosat davom
ettirildi.
Kim Jong Un urush ochishgacha borib
yetdi: xo`sh, endi u birinchi bo`lib o`q uzadimi yoki raqiblarini kutadimi?
Jahondagi qator tahlilchilarning
tashvishlanishicha, Kim Jong Un o`z harakatlarini anglab yetmayapti yoki
mamlakatda uzoq vaqt rejimga hizmat qilgan qudratli shaxslar parda ortidan yosh
rahbarni boshqarishmoqda.
Bu esa Shimoliy Koreya harakatlarini oldindan
bashorat qilish har doimgidan-da mushkulligini anglatadi.
Bugun Shimoliy Koreya hukumati tomonidan tarqatilgan va izoh berilgan
suratlarga ko`ra, AQSHning qaysi nuqtalariga raketa zarbalari berilishi
o`rganib chiqilmoqda.
Suratlar hukumatga qarashli Rodong gazetasida e`lon qilindi. Ularda mamlakat rahbari Kim Jong Un generallar
o`rtasida turgancha xaritalar va diagrammlar vositasida AQSHning qaysi
nuqtalariga zarba berishga qaror qilayotgani tasvirlangan.
Suratlardan ma`lum
bo`lishicha, asosiy nishonlar sifatida Gavayi, Vashington, Los-Anjels, Austin
va Texas tanlanishi mumkin.
Kim Jong Un yuqori darajali harbiylar bilan favqulodda yig`in o`tkazgan
Mamlakat rahbariga ko`ra raketa zarbalari har qanday vaqtda berilishi mumkin
Shimollik genaral ortida turgan xaritada raketalarning ehtimoliy nishonlari keltirilgan
Yuqoridagi suratdan kelib chiqib, Alabama Universiteti tadqiqotchilari eskizlarni xaritaga solishga urinib ko`rishdi
O`z
navbatida Vashington bu harakatlarni jiddiy qabul qilishini va har qanday
holatga tayyor ekanligini ma`lum qilgan.
Ko`pchilik
mutaxassislarning nazdida, Rodong ro`znomasida tarqatilgan materiallar Shimoliy
Koreyaning navbatdagi po`pisasidan o`zga narsa emas. Ularning so`zlariga ko`ra,
shimolliklarda uzoq masofaga uchuvchi raketalar mavjud emas.
Boshqalarning
fikricha, gap Shimoliy Koreya haqida ketganda biror narsani to`la ishonch bilan
aytib bo`lmaydi. Bu mamlakat dunyoning o`rganilmagan qismlaridan biri.
Shimollilar va ularning hukumatidan har narsani kutish mumkin. Shu sababli
jahon navbatdagi siyosiy va harbiy inqirozga tayyor turmog`i lozim.
Комментариев нет:
Отправить комментарий