Yaqindagina butun dunyo bilan birga biz ham uzoq
vaqtdan beri hayajon va intiqlik bilan kutilgan Sochidagi Qishki Olimpiada
O‘yinlarining ochilish marosimini tomosha qildik. Garchi milliy terma
jamoamizni tuzuq-quruq ko‘rsatishmagan yoki rus sharhlovchisi mamlakatimiz
nomini adashtirib qo‘yib, ko‘plab yurtdoshlarimizni jig‘ibiyron qilganini
hisobga olmasa, marosim ajoyib o‘tdi, deyish mumkin. Lekin biz o‘z uslubimiz va
ana’analarimizdan chetlashmagan holda, bugun siz bilan marosim qanday tashkil
etilgani yoki u haqidagi fikrlar bilan o‘rtoqlashmasdan, umuman, olimpiada
davomida xavfsizlik qay darajada va qanday ta’minlashini ko‘rib
chiqamiz.
08.02.2014
02.02.2014
2014-YIL KELDI. AFG‘ONISTONDAN CHIQIB KETISH ISHLARI QANDAY KETMOQDA?
Ma’lumki, joriy yilda NATO boshchiligidagi
xalqaro qo‘shinning Afg‘oniston hududidan chiqib ketishi yakunlanadi. NATO
tomonidan e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, umumiy miqdorda 218 000 transport
va konteynerlar 2012-yil martidan 2014-yil 31-dekabrigacha bo‘lgan vaqt ichida
Afg‘onistondan olib chiqilishi kerak. Hozirga kelib 80 000 transport va
konteyner olib chiqib ketilgan. 2014-yil chiqib ketishning eng so‘nggi va
asosiy bosqichi bo‘lib, ayni vaqtda qolgan yuklar olib chiqishga
tayyorlanmoqda. BBC ayni jarayon qanday ketayotgani haqida lavha tayyorladi.
31.01.2014
DOLLARNI ALMASHTIRING!
Jahon
Bankining sobiq iqtisodchisi Jastin Yifu Lin dollarning moliya olamidagi
hukmronligini tanqid qilib, u global moliyaviy va iqtisodiy inqirozlarning
asosiy sababchisi ekanligini aytdi. Lin dollarni yagona global valyuta bilan
almashtirishni taklif qildi. Uning fikricha, aynan global valyutani muomalaga
kiritilishi moliyaviy inqirozlar oqibatlarini tugatish va ularning oldini olishning
yagona yo‘lidir.
2014-YILDA DAVLAT TO‘NTARISHI EHTIMOLI YUQORI 40 DAVLAT
So‘nggi vaqtga kelib
demokratik islohotlar o‘tkazish talabi millatlardan millatga, davlatlardan davlatga
zanjir ta’siri natijasida ko‘chib o‘tmoqda. Oxirgi bir necha yilning o‘zidayoq
ko‘plab davlat to‘ntarishlari, inqiloblarga guvoh bo‘ldik va bo‘lmoqdamiz. Inqiloblar
va davlatlar to‘ntarishlari demokratiyani mamlakatga olib kelish bilan birga
xalqaro tizimni izdan chiqishi, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishi
turgan gap. Shu sababli bugungi kunda yetilib kelayotgan inqirozlarni oldindan
aniqlash ham qudratdagi rejimlar, ham xalqaro tizim va munosabatlarning
ishtirokchilari uchun o‘ta muhim hisoblanadi. Siyosatshunos olim Jey Ulfelder matematik
tahlil modeli asosida 2014-yilda davlat to‘ntarish ehtimoli yuqori bo‘lgan 40
davlat ro‘yhatini e’lon qildi.
30.01.2014
HAMID KARZAY: “TERRORCHILIK AMALLARI ORTIDA AQSH TURGAN BO′LISHI MUMKIN”
Ba’zi hollarda AQShni reydlari davomida tinch fuqarolarning o‘limiga
sabab bo‘lishda ayblab keladigan Afg‘oniston Prezidenti Hamid Karzay
endilikda mamlakatda tez-tez sodir bo‘layotgan terrorchilik amallari ortida ham
amerikaliklar turgan bo‘lishi mumkinligiga ishora qildi. Karzayning bu boradagi
shubhalarini afg‘on hukumati tarkibidagi amaldorlardan biri ma’lum qilgan.
29.01.2014
Подписаться на:
Сообщения (Atom)



