Ba’zi hollarda AQShni reydlari davomida tinch fuqarolarning o‘limiga
sabab bo‘lishda ayblab keladigan Afg‘oniston Prezidenti Hamid Karzay
endilikda mamlakatda tez-tez sodir bo‘layotgan terrorchilik amallari ortida ham
amerikaliklar turgan bo‘lishi mumkinligiga ishora qildi. Karzayning bu boradagi
shubhalarini afg‘on hukumati tarkibidagi amaldorlardan biri ma’lum qilgan.
Karzayning da’vo
qilishicha, amerikaliklar uning qudrati va Afg‘onistondagi barqarorlikni izdan
chiqarish orqali mamlakatni o‘z ta’sirlari ostida saqlab turishga urinmoqda. Biroq
prezidentning bunday da’volarini oshkor qilgan amaldor Karzay AQShni ayblashda
biror ishonchli asosga tayanolmasligini tan olgan.
Afg‘on rahbarining bu
bayonotiga izoh bergan AQSh vakillari ayblovni qat’iy ravishda rad etib, afg‘on
hukumati qudratini mustahkamlash uchun milliardlab dollar sarflanayotgan bir
paytda uni ojizlantirishga urinish mantiqsizlikdan boshqa narsa emasligini
ta’kidlashmoqda. AQShning Afg‘onistondagi elchisi Jeyms Kanninghem Karzayning
da’volari reallikdan uzilib qolgan konspiratsion (fitnaviy) qarashdan boshqa
narsa emasligini aytgan.
Tahlilchilarning fikricha,
Karzayning ayni shu vaqtga kelib bunday ayblovni ilgariga surayotgani sabab
2014-yildan keyin AQSh harbiylarining mamlakatda qolishiga doir xavfsizlik
shartnomasini imzolamaslikka vaj qidirayotganligida bo‘lishi mumkin. Shuningdek,
Karzay Tolibon bilan tinchlik o‘rnatish maqsadida AQShdan uzoqlashishga harakat
qilayotgan bo‘lishi mumkinligi haqida ham fikrlar bildirilmoqda.
Afg‘on
hukumati AQShni terrorchilik amallari niqobi ostida Tolibon va boshqa jangari
guruhlar bilan hukumat o‘rtasidagi aloqalarni yanada keskinlashtirib,
mamlakatda beqarorlikni kuchaytirishga urinishda ayblamoqda. Karzayning
aytishicha, 17-yanvar kuni Livan restoranida sodir bo‘lgan terrorchilik amali
o‘ta yuqori taktika va qurollar vositasida “xorijiy maxfiy hizmatlar” tomonidan
amalga oshirilgan, Tolibon yoki boshqa guruhlar bunday aktni sodir etish imkoniga
ega emas.
O‘z
navbatida AQSh rasmiylari 12 yil davomida Afg‘onistondagi vaziyatni o‘nglash
uchun harakatlar olib borilib, yana barqarorlikni izdan chiqarishdan ma’no
yo‘qligini ma’lum qilishgan. Ularning fikricha, AQSh bilan 2014-yildan so‘ng
uchun xavfsizlik shartnomasini imzolash Afg‘oniston uchun muhim ahamiyatga ega.
Комментариев нет:
Отправить комментарий