31.01.2014

2014-YILDA DAVLAT TO‘NTARISHI EHTIMOLI YUQORI 40 DAVLAT

So‘nggi vaqtga kelib demokratik islohotlar o‘tkazish talabi millatlardan millatga, davlatlardan davlatga zanjir ta’siri natijasida ko‘chib o‘tmoqda. Oxirgi bir necha yilning o‘zidayoq ko‘plab davlat to‘ntarishlari, inqiloblarga guvoh bo‘ldik va bo‘lmoqdamiz. Inqiloblar va davlatlar to‘ntarishlari demokratiyani mamlakatga olib kelish bilan birga xalqaro tizimni izdan chiqishi, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishi turgan gap. Shu sababli bugungi kunda yetilib kelayotgan inqirozlarni oldindan aniqlash ham qudratdagi rejimlar, ham xalqaro tizim va munosabatlarning ishtirokchilari uchun o‘ta muhim hisoblanadi. Siyosatshunos olim Jey Ulfelder matematik tahlil modeli asosida 2014-yilda davlat to‘ntarish ehtimoli yuqori bo‘lgan 40 davlat ro‘yhatini e’lon qildi.

 Click to enlarge. Data source: Jay Ulfelder coup forecasts for 2014. (Max Fisher/Washington Post)
Ulfelder so‘nggi uch yil mobaynida dunyodagi deyarli har bir davlatdagi siyosiy vaziyatni o‘rganib chiqib, o‘zining matematik modeliga solib chiqdi. Olim model ishonchliligini oshirish uchun 1960-yildan 2010-yilgacha bo‘lgan davlat to‘ntarishlarga solishtirib chiqdi.
 The 40 countries most at risk for a coup in 2014 (Jay Ulfelder)
Ro‘yhatdan asosan Afrika davlatlari o‘rin olgan. Biroq ro‘yhat davlat to‘ntarishi sodir bo‘lishini emas, balki dunyodagi inqirozlar yuz berish ehtimoli eng yuqori bo‘lgan davlatlar reytingini o‘zida namoyon etgan. Masalan, ro‘yhat boshidagi Gvineyada davlat to‘ntarishi ehtimoli 50 foizdan ham past, ya’ni 26,5 foizdir. Bundan bilish mumkinki, hatto ro‘yhat boshidagi davlatda ham joriy yil davomida inqiroz boshlanishi ehtimoli anchayin kam.

Ro‘yhatdagi Afrika regioniga mansub bo‘lmagan eng reytingi baland davlat sifatida Tailand ko‘rsatilgan. Undagi xavfli ehtimol 10,9 foizga tengdir. Bunga sabab o‘tgan yildan beri davom etayotgan hukumatga qarshi namoyishlardir.

1. Gvineya
2. Madagaskar
3. Mali
4. Ekvatorial Gvineya
5. Niger
6. Gvinea-Bissau
7. Sudan
8. Markaziy Afrika Respublikasi
9. Janubiy Sudan
10. Tailand
11. Somali
12. Afg‘oniston
13. Kongo Demokratik Respublikasi
14. Pokiston
15. Gaiti
16. Misr
17. Chad
18. Ekvador
19. Mavritania
20. Kamerun
21. Togo
22. Myanmar
23. Lesoto
24. Kongo Respublikasi
25. Efiopia
26. Fil Suyagi Qirg‘og‘i
27. Iroq
28. Nigeria
29. Aljir
30. Papua Yangi Gvineya
31. Svaziland
32. Ruanda
33. Nepal
34. Angola
35. Burkina Faso
36. Liviya
37. Mozambik
38. Gruziya
39. Gabon
40. Yamen



Комментариев нет:

Отправить комментарий