Shimoliy
Afrikadagi eng qudratli armiyalardan biri bo‘lgan Aljir qurolli kuchlari Xitoy
artilleriyasi va uchuvchisiz dronlari bilan qurollanish orqali o‘z kuchini
yanada oshirmoqchi.
Joriy
oyning boshlarida Defence Weekly’da Aljir poytaxti tashqarisida harakatlanayotgan
o‘ziyurar PLZ 45 zambaraklarinining surati e’lon qilingan edi. Aljir qurolli
kuchlari uchun yangilik bo‘lgan bu zambarakni 50 ga yaqin harbiy transportdan
iborat bo‘lgan konvoy Blidadagi Markaziy Naqliyot Bazasiga kuzatib qo‘yganligi
ma’lum qilingandi.
To‘liq
nomi Norinko PLZ 45 bo‘lgan bu o‘ziyurar zambaraklar 1990-yillarda eksport
uchun yaratilgan bo‘lib, Saudiy Arabistoni va Quvaytga sotilgan. Zambarak
daqiqasiga 2-5 ta snaryadni 24-39 km masofaga yetkazish imkoniga ega. Shuningdek,
alohida tashuvchi transport bilan ta’minlangan.
Shu bilan
birga, Aljir Xitoyning Sianglong uchuvchisiz dronlarini sotib olishni ham
rejlashtirmoqda. Bundan oldinroq paydo bo‘lgan xabarlarga ko‘ra, masofadan
boshqariluvchi dronlar o‘tgan yilning yozida Aljirning janubiy Tamanrasset
hududida muvaffaqiyatli sinab ko‘rilgan.
Sianglong (Ulkan ajdar) droni Gujou Aviatsiya
Korporatsiyasi tomonidan yaratilgan bo‘lib, ilk bor Xalq Ozodlik Armiyasi Havo
Kuchlari tarkibida sinab ko‘rilgan. Droning umumiy uzunligi 14, balandligi 5,
qanotlari uzunligi 25 metrni tashkil qiladi. 750 km/soat tezlik bilan 10 soat
uchish imkoniga ega.
Aljir Mudofaa
Vazirligi bayonotiga ko‘ra, Xitoydan 90 ta jangavor dronlar sotib olinadi. Shuningdek,
Aljir hukumati Birlashgan Arab Amirliklaridan o‘rta masofaga uchuvchi dronlar
sotib olishni ham rejalashtirgan. Mahalliy El Vatan gazetasining yozishicha, Rossiyadan
30 ta E95 dronlarini sotib olish borasida ham muzokaralar o‘tkazilmoqda.
Aljirning
qo‘shnilari Liviya va Malida bo‘lib o‘tgan va hanuz tinchimagan voqealar
mamlakat hukumatini tashvishga solib qo‘ygan. Shu tufayli, Aljir havodagi
ustunlikni qo‘lga kiritishga intilmoqda.
Aljir
qidiruv-razvedka imkoniyatini oshirish maqsadida shu turdagi qator uskuna va
uchoqlar sonini ko‘paytirishga zo‘r bermoqda. Hozirda 12,000 aljirlik askarlar
mamlakatning Mali, Liviya va Niger bilan chegaralarini qo‘riqlashmoqda.
Mamlakatning 2014-yilga mo‘ljallangan
byudjetida harbiy harajatlar oshirilganini ko‘rish mumkin. Ma’lumotlarga
qaraganda, 2017-yilga borib harbiy harajatlar davlat byudjetining 6 foizini
tashkil etadi.
Eslatib
o‘tish joiz, DUNYONING7 TOBORA HARBIYLASHAYOTGAN DAVLATI nomli maqolamizda Aljirni harbiylashayotgan davlat qatoriga
qo‘shgan edik.
Этот комментарий был удален автором.
ОтветитьУдалить