2012-yil, yanvar - Liviya qurollari bilan isyon
Malining shimoliy sahrolaridagi yuzlab janglarda chiniqqan
tuareglar Liviya fuqarolar urushi paytida Muammar Kaddafiy himoyasi uchun
uning omborlaridan qo`lga kiritgan qurollari bilan Mali shaharlarini
bosib ola boshladilar. Polkovnik Kaddafiy hayotlik chog`ida Shimoliy Afrikadagi
ko`plab jihodiy guruhlarni qo`llagan edi. Tuareglar uzoq vaqt davomida Mali hukumatining
og`riqli nuqtasi bo`lib kelishdi, yaxshi qurollanmagan Mali armiyasi bilan
1960, 1990-yillar va 2006-yilda to`qnashuvlar yuz berdi.
Tuareglar Azavad Ozodligi Uchun Milliy Harakatni tashkil
etishdi. Azavad ular tomondan Shimoliy Mali yerlarini nomlanishidir. Ular
jihodiy guruh hisoblanmish Ansoriddin bilan ittifoq tuzib, Mali shimolidagi
shaharlarni birin-ketin bosib ola boshladilar.
Shimol Isyoni Mali hukumati uchun kutilmagan hol bo`ldi.
Liviyadan qaytgan tuareglar to`satdan xujumlarni boshlab yubordi. Ularni
qo`lida og`ir qurollar, minomyotlar, tankka qarshi raketalar bor edi.
Kaddafiyning ag`darilishi butun Shimoliy Afrikadagi
geosiyosiy vaziyatni o`zgartirib yubordi.
Tuareg isyonchilari
2012-yil, 22-mart – Malida davlat to`ntarilishi
Davlat to`ntarishiga 2004 va 2010-yillarda AQSHda
tayyorgarlikdan o`tgan kapitan Amadu Haya Sanogo boshchilik qildi. Armiya
isyoniga hukumatning tuareglarga qarshi harakatdagi uquvsizligi sabab bo`ldi.
Janob Tour shimol inqiroziga qarshi o`z vaqtida javob
harakatlari ko`rsatmaganligi, armiyaga e`tibor bermaganligi va natijada 7000
minglik qo`shinga ega bo`lishiga qaramay mamlakat shimoli yovvoyi qabila
jangarilari qo`liga tushib qolganlikda ayblandi.
Amadu Tourni o`zi ham 1991-yildagi davlat to`ntaruvi ortidan
ilk bora hokimiyatga kelgan edi.
Kapitan
Amadu Haya Sanogo
2012-yil, 6-aprel – Isyonchilar shimoliy hududlar mustaqilligini e`lon qilishdi
Tuareg isyonchilari martdagi davlat to`ntarishidan so`ng
yanada ko`proq hududni bosib olishga muvaffaq bo`lib, shimolda mustaqil Azavad
davlati tashkil etilganligini e`lon qilishdi. Fransiya hududiga teng bu davlat
tuareglar va Ansoriddin tomonidan boshqariladigan bo`ldi.
Biroq ko`p o`tmay ittifoqchilar o`rtasida ihtilof yuzaga
chiqib, Ansoriddinning islomiy ekstremistlari tuareglarning o`zini shimoldan
haydab chiqardi.
Dunyo esa bu yerlar terroristlar uchun navbatdagi “jannat”ga
aylanib qolishdan xavotirda edi.
2012-yil, 12-aprel – mamlakatning yangi yo`lboshchisi qasamyod qildi
Sanksiyalar va xalqaro tanqidga duch kelgan kapitan
Amadu Haya Sanogo keyinchalik mamlakatda adolatli saylovlarni tashkil etadigan
muvaqqat hukumat tuzishga rozi bo`ldi.
12-aprel kuni bir vaqtlar diktaturaga qarshi kurashgani uchun
qamoqqa tashlangan faol, 70 yoshli Dionkounda Troare muvaqqat hukumat rahbari
sifatida qasamyoq keltirdi.
Lekin shunga qaramay mamlakatdagi mavjud vaziyat
o`zgarishsiz qoldi, harbiy xuntaning ta`siri kuchli bo`lib, hukumat yolg`iz
o`zi shimolni qaytarib olishga ojizlik qilardi.
Kapitan Sanogo (o`ngda) Dionkounda Troareni tabriklamoqda
2012-yil, 26-27-iyun - Gao jangi
Sobiq ittifoqchilar bo`lmish tuareglar va Ansoriddin jangarilari o`rtasida Gao jangi boshlandi.
Aprel oyida Ansoriddin tomonidan o`zlari mustaqilligini e`lon qilgan Azavaddan haydab chiqarilgan tuareglar yana bir bor Gaoda islomistlardan mag`lubiyatga uchradi. Ansoriddin jangarilari Gao, Timbuktu va Kidal kabi asosiy shaharlarni egallab, shimolda to`la nazoratni qo`lga kiritdi.
Ansoriddin nazoratidagi hududlar (qizil doirada ko`rsatilgan), deyarli Fransiya maydoniga teng
2012-yil, iyun – Islomistlar Shimoliy Malida shariat qoidalarini joriy etishdi
Islomiy jangarilar Ansoriddin, Mujao va Islomiy Mag`ribdagi
al-Qoida kabi terroristik guruhlar nazorati ostida Malining shimoliy shaharlari
bo`ylab qattiqqo`l shariat qoidalarini o`rnatishdi.
Yosh bolalarni majburlab askarlarga aylantirish, jinoyati
uchun qo`l-oyoqni kesish, qamchilash boshlandi; ayollar o`ranib yurishga
majburlandi; musiqa va chekish butunlay taqiqlandi.
Qadimiy Timbuktu shahridagi maqbaralar esa islomga zidligi bahonasi bilan jangarilar tomonidan buzib tashlandi.
Shu paytgacha 14 ta tana a`zolarini kesish jazosi rasman ro`yxatga olingan. Suratdagi Mokar Tour qurol o`g`irlashda ayblangan
2012-yil, iyul – Minglab yerliklar qochoqqa aylandi
O`n mingdan ziyod mahalliy aholi islomistlar o`rnatgan
zo`ravon rejim tufayli uylarini tashlab keta boshladilar.
Uzoq davrlardan beri
erkinlikda yashab kelayotgan aksariyati musulmon bo`lmagan yerliklar shafqatsiz
shariat qoidalariga chiday olishmadi va qochoqqa aylanishdi.
Mavritaniyadan qo`nim topgan Malilik qochoqlar
2012-yil, 17-avgust – Mahalliy yoshlar bosh ko`tarishdi
Mamlakatdagi parokandalik, boshboshdoqliklar va diniy
ekstremistlarning shafqatsiz rejimiga qarshi mahalliy yoshlar qo`llariga qurol
olishdi.
Armiyadagi betartiblik tufayli hanuzgacha shimolni qaytarib
ololmagan hukumat yuzlab ko`ngilli yoshlarni quchoq ochib kutib oldi, ularni
qurol-yarog` va oziq-ovqat bilan ta`minlay boshladi.
Mahalliy yoshlar harbiylar yordamida tayyorgarlik o`tamoqda
2012, 12-oktyabr – Intervensiya borasida xalqaro muzokaralar boshlandi
Ilk bora Mali inqiroziga chek qo`yish maqsadida xalqaro
muzokaralar boshlandi.
BMTning Xavfsizlik Kengashi Mali hukumatining so`rovi bilan
Fransiya boshchiligida jangarilarga qarshi intervensiya borasida rezolyutsiya
qabul qildi va reja 45 kun ichida amalga oshirilishi e`lon qilindi.
Jangarilar deyarli 600,000 kv km hududni egallab olishdi
2012-yil, 11-dekabr - Mali Bosh Vaziri iste`fo berdi
Bosh Vazir Cheik Modibo Diarra o`z uyida armiya askarlari
tomonidan xibsga olindi. Diarraning majburiy iste`fosi xalqaro intervensiya
orqali jangarilarni yakson qilish borasidagi rejalarni savol ostiga qo`ydi.
Diarraga "mamlakat inqiroz yoqasida turgan bir paytda shaxsiy manfaatlarini ustun ko`ganlik" aybi qo`yilgan. Xalqaro tahlilchilar Bosh Vazirning xibsga olinishi mamlakatda hukumat
mavjudligiga qaramay, asosiy qudrat harbiy xuntada ekanligini ta`kidlashmoqda.
Bosh Vazir Diarra televidenie orqali ist`efosini e`lon qilmoqda
2012-yil, 20-dekabr – BMTda intervensiya uchun ovoz berildi
BMT Xavfsizlik Kengashida minglab afrikalik askarlarni
Maliga kiritishga ijozat beruvchi rezolutsiya uchun yashirin ovoz berish
o`tkazildi.
Malining sobiq kolonisti Fransiya tomonidan taklif qilingan
rezolyutsiyaga ko`ra xalqaro qo`shin qachonki Mali armiyasi mamlakatni himoya
qilishda chorasiz qolgandagina kiritilishi ko`zda tutilgan edi.
Ansoriddin jangarilari
2013-yil, 10-yanar – Jangarilar xujumga o`tishdi
Shimolni nazorat qilib turgan islomistlar Mali hukumati yerlariga
qadar suqilib kirishga muvaffaq bo`lishdi.
Konna – hukumat va islomistlar hududi o`rtasidagi so`ngi
qishloq ham jangarilar tomonidan egallab olindi.
Mali armiyasi xech qanday
qarshilik ko`rsata olmadi. Xavfsizlik Kengashi favqulodda yig`in chaqirishga
majbur bo`ldi, yig`inda Afrika kuchlari yordamida jangarilar harakatiga chek
qo`yish uchun xalqaro intervensiya boshlashga qaror qilindi.
Muvaqqat hukumat rahbari Dionkounda Troare Fransiya
prezidenti Fransua Ollandga yordam so`rab noma jo`natdi.
Konna yaqinidagi Mopti qishlog`i. Bu yerda hukumat askarlari deyarli ko`zga tashlanmaydi. Jangarilar uchun tayyor "o`lja"
2013-yil, 11-yanvar – Fransiya xalqaro intervensiyaga qo`shildi
Fransiya islomiy jangarilarga qarshi xavo xujumlari boshladi,
biroz o`tib mahalliy qo`shinlar bilan birgalikda quruqlikda ham harakat
boshladi.
Allaqachon mamlakat
markazini qo`lga kiritib, poytaxt Bomakoga tahdid solib turgan jangarilarga
qarshi ayni vaqtda fransuz hukumati Malidagi qo`shini sonini 800 dan 2,500 ga
oshirdi.
Fransiya xavo kuchlari jangarilar yerlarini bombalamoqda
2013-yil, 16-yanvar – Jangarilar Jazoirda garovgirlik amalini sodir etdi
Fransuz intervensiyasiga javob tariqasida jangarilar qo`shni
Jazoir hududidagi In Amenas gaz zavodida so`nggi yillardagi eng katta xalqaro garovgirlikni
amalga oshirdi.
To`rt kunlik qamal paytida 38 nafar garovdagi shaxs va 29
jangari xalok bo`ldi. Jazoir hukumati kuchlari 20-yanvar kuni zavoddagi
jangarilarning so`nggi nuqtasini yo`q qildi. Ozod etilgan asirlarning aytishicha,
jangarilar ularning tanasiga portlovchi uskunalarni bog`lab qo`ygan v abo`ysunmaganlarni
ayovsiz otib tashlagan.
In Amenas Jazoirdagi to`rtincha eng katta gaz zavodi bo`lib, Britaniyaning BP, Norvegiyaning Statoil va Jazoirning Sonatrach milliy neft kompaniyalari tomonidan boshqariladi
Комментариев нет:
Отправить комментарий