Turk Qurolli Kuchlari (TQK) to`satdan boshlanishi mumkin bo`lgan urushga tayyorligini ma`lum qildi. Uning rejasiga ko`ra havo, quruqlik va dengiz kuchlari bir vaqtda harakatlanadi va jangavor harakatlarda 2-Armiya faol rol o`ynaydi.
Suriya va Turkiya o`rtasidagi ziddiyatlar avjiga chiqqan bir paytda TQK bo`linmalari faollashganligi yaqqol ko`zga tashlanmoqda.
Maxsus Kuchlar ishtiroki ham ko`zda tutilgan ushbu rejaning limitlari urush paytida tuziladigan hukumat direktivasi tomonidan belgilab beriladi. Bu direktiva, shuningdek, urush paytida ko`zlangan siyosiy va harbiy maqsadlar va dushman xududiga qancha masofaga kirib borish hamda dushmanning qaysi regionlari qo`lga olinishini ham aniqlab beradi.
Ayni paytda TQK terrorizmga qarshi ko`plab operatsiyalarni olib bormoqda va Turkiyaga bo`ladigan har qanday tahdidni (qo`shni davlatlardan bo`ladiganlarini ham o`z ichiga olgan holda) bartaraf etish imkoniyatiga ega. Suriya ichidagi parokandalik bilan parallel ravishda kuchlar muvozanati o`zgarishi va ikki davlat o`rtasida ziddiyatlar o`zining cho`qqisiga chiqishi bilan TQK o`z harakatchanligini keskin oshirdi. So`ngi razvedka ma`lumotlariga qaraganda Turkiya qo`lida Suriya armiyasi soni va potensiali haqida deyarli barcha ma`lumotlar mavjud.
Yuqorida ta`kidlangan 2-Armiyaga harbiy xarakatlar davomida to`rt yulduzli general Galip Mendi qo`mondonlik qiladi. Maxsus Kuchlardan chiqqan general Mendi joriy yilning avgustida OXK (Oliy Xarbiy Kengash) tomonidan general Servet Yorukning o`rniga 2-Armiya qo`mondoni etib tayinlangan edi. Shuni qo`shimcha qilish mumkinki, general Mendi o`zining 4-darajasiga shu yili Suriya xujumiga uchrashi ehtimoli kuchli bo`lgan Hatay chegara hududidagi xizmatlari ortidan erishgan. Yana bir general Xoqon Atinch Armaniston bilan chegaraga yaqin joylashgan Agrida xizmat qilayotgan bir paytda Hataydagi Mexanizatsiyalashgan Piyoda Qo`shin qo`mondi etib tayinlandi. Ehtimoliy urush davomida olib boriladigan xar qanday operatsiyada general Mendi ham, general Atinch ham muhim rol o`ynashadi. Yana bir muhim qism Iskandarun Dengiz Bazasi bo`lib, ayni paytda unga kontr-admiral Nejat Atilla boshchilik qilmoqda. Kommandor Semih Kosuchoglu esa Havo Kuchlari uchun Operatsiyalar rahbari lavozimidan 7-Asosiy Havo Kuchlari qo`mondoni lavozimiga olindi.
Bir qancha muddat oldin Suriya hukumatining chegarada TQKning yuqori darajada tayyorgarlik ko`rayotgani haqida hisoboti e`lon qilingan edi. Unga ko`ra kamida 250 ta tank va qo`shimcha 60 ta tank chegara bo`ylab joylashtirib chiqildi. Shuningdek ushbu kuchga artilleriya bo`linmalari ham biriktirildi. 55 ga yaqin F-16 samalyotlari boshqa bazalardan Diyorbakir va Malatya-Erhachdagi havo bazalariga safarbar qilindi. Bunga qo`shimcha ravishda dengiz qo`shinlari ham chegara yaqiniga keldirildi. Infraqizil va ultrabinafsha nurlar orqali nishonni poylaydigan Stinger raketalari ham chegara regionlariga olib kelindi.

Tajribali qo`mondonlar

Suriya chegarasidagi xarbiy harakatlar

Комментариев нет:
Отправить комментарий