24.10.2012

G'arb investorlarning Afrika yerlarini "istilo" qilishi.

2000-yildan beri Afrika qit'asining 5%i, aniqroq qilib aytganda, 70 million gektar yer xorijiy oligarxlar, shayxlar va agrobiznes korporatsiyalar tomonidan sotib olingan yoki ijaraga olib bo’linganligi tahmin qilinadi. Natijada esa - keng ko'lamda afrikalik fermerlar o'z joyidan majburan haydalmoqda, ekosistemalar vayron bo’lmoqda va Afrika uchun bo'ladigan yangi kurashda jon saqlash uchun kurashayotgan uyushmalar yo’q qilinishiga sabab bo’lmoqda. Xalqaro Yer Koalitsiyasiga ko’ra, Britaniya kompaniyalari nochor mamlakatlardagi 3 million gektardan ortiq yerga, boshqacha qilib aytganda, Birlashgan Qirollikdagi umumiy fermerlik yerlarining 2/3 qismiga teng keladigan yerga egalik qilish huquqini sotib olgan.
Dunyo resurslarining samarali iste’molini targ’ib qiluvchi Greyn - nodavlat tashkilotining chamalashicha, investorlar bu yerlarga 5-15 milliard dollar sarflashgan. 2015-yilga kelib bu summa 2 barobar ortishi kutilmoqdaligini ham aytib o’tishdi.
2012-yil iyunda istefolar fondi menedjerlari keyingi ulkan investitsiya imkoniyatlarini ochuvchi : Afrika fermerlik yerlarini sotib olish masalalarini muhokama qilish uchun Londonda sammitga yig’ilishdi.
 O’z navbatida, 60ta turli xil xalqaro hayriya jamg’amalari koalitsiyasi esa mehmonxona tashqarisiga yig’ilib, koliniyalashtirish tizimidan keyingi juda katta tezlikda Afrika yerlarining “istilo” qilinishini to’xtatishlarini pensiya fondlarida talab qildilar.

ActionAid maslahatchisi Tim Rayzning aytishicha: “Investorlar qit’adagi ekositemani vayron qilishmoqda, bu esa global tarzda ochlik va qashshoqlikni oshirmoqda. Hozirgi kunga kelib, to’yib ovqat yemaydiganlar soni dunyo bo’ylab 1 milliradga yetgan. Aholi o’zini oziqlantirishi uchun yer mahalliy uyushmalar qo’lida qolishi kerak”.

2008-yilda Britaniyadagi Biofuel kompaniyasi Tanzaniyadagi Maga qishlog’ining chorak qismini moliyaviy badal to’lash, 700ta ishchi o’rinlarini yaratish, suv quvurlari, maktablar, tibbiy klinikalar va yo’llar qurib berish va’dasini bergan holda egalik qilishni boshlashdi. Keyinchalik kompaniya bankrotga uchragani sababli, qishloq aholisi nafaqat ishsiz, balkim yersiz ham qolib ketdi.

 Shunday "istilolar"ning qurbonlaridan biri bo'lmish Omot smli yigitning aytishicha, u va uning oilasi Anuak qabilasidan (Efiopiya). 10 avloddan beri ular shu o’rmonda istiqomat qilishmoqda. “Bu yerlar otamga tegishli edi. Atrofdagilarning barchasi bizniki. 2 kunlik yo’l. Qachon otam o’limidan oldin u bizga bu yerlarni tashlab ketmasligimizni uqtirgandi. Va biz va’da berdik. Biz bu yerlarni xorijliklarga berolmaymiz. Ilgarilari biiz asal sotar edik, ammo 2 yil oldin bir kompaniya kelib daraxtlarni kesishni boshladi va asalarilar ketib qolishdi. Asalarilarga esa qalin o’rmon kerak. Fermerlik xo’jaligi paydo bo’lgach, hayvonlar yo’qolib qoldi. Hozirda bizda sotish uchun faqat baliq bor. Kompaniya botqoqliklarni quritib bo’lgach, bizda shu baliqlar ham qolmasa kerak”.

2011-yilda Fortune jurnali tomonidan boyligi 12 milliard dollardan ziyodga baholangan saudiyalik shayx Muhammad Huseyn Ali Al Amoudining Efiopiyada ulkan plantatsiya va konlari mavjud. Ushbu neft magnati Saudia Arabistonini oziq-ovqat mahsulotlari (asosan dukkakli o’simliklar) bilan ta’minlash maqsadida, Efiopiyadagi Gambella viloyatida 10,000 gektar yerni guruch yetishtirish maqsadida 60-yilga sotib oldi. Va kelgusida bu yerlarning maydonini kungaboqar va makkajo’xori yetishtirish uchun 250,000 gektarga yetkazish uchun xohish bildirgan.

Omotning aytishicha, Amoudiga qarashli Saudi Star kompaniyasining uning o’rmonida bo’lishga umuman haqqi yo’q. Shuningdek, hech kim ularga tegishli yerlarda kanal qazish uchun ruhsat so’ramagan.
 “Bizning madaniyatimizda begona joyga borish bu g’ayrioddiy tuyg’u. Turli xil odamlar bilan uchrashasan va kelishmovchilik yuzaga keladi. Biz o’zimizga tegishli hududda qolishimiz kerak. Ular bizlarni majburlamaguncha, biz ketmaymiz. Xudo bu makonni bizga xadya etgan” – deydi Omot.

 Xulosa qilib aytganda, puldor oligarxlarning Afrikadagi yerlarni juda katta tezlik bilan egallab olishlari mahalliy aholining begona joylardagi rezervatsiyalarga ko'chirilishiga, o’z yerlaridan mahrum bo’lishlariga va ularning huquqlari poymol qilinishiga, investorlar tomonidan qurilayotgan zavod-fabrikalar oqibatida atrof-muhitning ifloslanishiga, aholining och qolishiga sabab bo’lmoqda. Kezi kelganda shuni ham aytib o’tish kerakki, kapitalizm xizmati sababli, Afrika qit’asida amalda qo’llanilayotgan “rezervatsiyalash” programmasi ko’p sonli tub aholini istiqomat qiladigan joyidan haydamoqdaki, bu harakat kommunistlar – Stalin, Mao va Pol Pot davrida ham kuzatilmaganligi ahamiyatga molik.
 Afritorial.com saytidan bir jumla: Afrika xalqi, bizlar darxol uyg’onishimiz va yerni isloh qilish uchun tezlik bilan harakat qilishlarimiz kerak, o’z xalqimizni merosidan mahrum qilinishiga yo’l qo’ymaylik. Biz g’aflat uyqusiga ketamiz va uyg’ongach hattoki bizning tug’ilish huquqimizni ham sotib olganlarini ko’ramiz.Bizga kerak bo’lsa biz hukumat va mahalliy hokimiyatdan bizlarni sotib yubirmasliklarini talab qilishimiz shart.

Muallif: Arastu

Комментариев нет:

Отправить комментарий