Ayni kunlarda Janubiy Osiyoni yana bir etnik va diniy muammo daxshatga solmoqda. Bu Birma Rohingyasida kechayotgan musulmon aholining kamsitilishidir. Janubiy Osiyoda ko`plab diniy va etnik ozchilik guruhlar mavjud bo`lib, ular asosan Birmada yashashadi. Bu guruhlarning aniq soni ma`lum bo`lmasada, Rohingya va boshqa guruhlar, ayniqsa, Birma buddistlari o`rdasida uzoq yillik xusumat mavjud. 2012-yilning yozida Rohingyada qaytatdan boshlangan zo`ravonliklar to`lqini kuchayib, xalqaro darajaga chiqdi. BMTga ko`ra Rohingya dunyodagi eng ko`p kamsitilgan guruhlardan biridir.
Madaniyat va demografiya
Rohingya manfaatlarini himoya qiluvchi qator tashkilotlar ushbu guruh o`rta asrlardan beri Birmada yashab kelayotganini da`vo qilishsa ham, hozirgi Rohingya jamoasining tarixi 19-asrga, Britaniya Imperiyasi arzon ishchi kuchi sifatida arablarning immigratsiyasini qo`llab-quvvatlagan paytga borib taqaladi.
Hozirgi kundagi Rohingya aholisi Birmani Arakan to`glari bilan ajratib turuvchi g`arbiy qirg`oqda joylashgan Rahine shtatida istiqomat qilishadi. Statistika ma`lumotlari rohingyalar sonini rasman 800,000 ekanligini ko`rsatishiga qaramay, Rohingya tarafdorlari aslida ularning soni mamlakat ichida 2,000,000, qo`shni davlatlarda 1,000,000 dan ortiqligini aytib, hukumatni ataydan asl raqamlarni yashirib kelishda ayblashadi.
Rohingyada sufiylik va sunniylikning o`ziga xos ko`rinishi mavjud. Ular e`tiqodga katta e`tibor berishadi. O`z jamiyatlarida diniy ta`lim birinchi o`rinda bo`lishini istashgani uchun mamlakatning hamma yerida ham ularni osonlik bilan qabul qilishmaydi. Rohingyaning o`z tili va alifbosi mavjud. Rohingyalar, asosan, qishloq xo`jaligi bilan shug`ullanishadi.
Zamonaviy tarix
Rohingyaning mahalliy hukumat va tashqi davlatlar bilan aloqalari doimo ziddiyatli kechgan. Ikkinchi Jahon Urushida yaponlar Birmani bosib olib, inglizlarni mamlakatdan quvishgan edi. Bu vaqtda Rohingya ham yaponlar, ham Birmadagi boshqa guruhlar tomonidan nishonga olindi, natijada rohingyalarning ko`pchiligi mamlakatdan qochib ketishga majbur bo`ldi. Urushdan so`ng ezilgan rohingyalar ham Raxineda o`z suverinitetlariga ega bo`lish maqsadida bosh ko`tarishdi, lekin bu harakat 1960-70- yillar davomida hukumat kuchlari tomonidan qattiqqo`llik bilan bostirildi.
Shundan so`ng hukumat regionni mamlakatning qolgan xududlaridan ajratib, unga nisbatan alohida siyosat yurita boshladi. Bu siyosat ayni paytda ham davom etmoqda. O`zining arablarga xosligi, alohida tili va islomiy e`tiqodi bilan rohingiyalar avtokratik hukumatning millatchi siyosati qurboni bo`lib kelishmoqda. 1980-yillarda hukumat Rohingyani davlatsiz guruh deya sinflovchi qonun qabul qilib, ularga Birma fuqaroligini berishdan bosh tortgan edi.
Ayni kunlarda Raxineda yashovchi buddaviylar va rohingyalar orasida ziddiyat avjiga chiqmoqda. Bu nizo 2012-yilning iyunida buddaviylar o`z qavmlaridan bo`lgan ayolni zo`rlab, keyin o`ldirilishi rohingyalarning ishi ekanligini da`vo qilishgani va ularga xujum qilishgani ortidan kelib chiqqan edi. Talafotlar ko`lami aniq bo`lmasada, kamida yuzlab Rohingya odamlari o`ldirilgani va o`n minglabi regiondan qochib ketgani tahmin qilinmoqda. Hukumat favqulodda holat e`lon qildi va region boshqaruvini ziddiyatlarga barham berulgincha xarbiylar qo`liga topshirdi. Lekin xalqaro hamjamiyat xarbiylarni rohingyalarga qarshi xarakat qilib, ixtilofni avj oldirishda ayblamoqda. Xuddi shu qaltis vaziyatda hukumat, nafaqat Raxine, balki butun mamlakatdan Rohingyani tamomila quvib chiqarish niyati ekanligini ma`lum qildi.
Mavjud siyosat
Nizolar va BMTning Rohingyani dunyodagi eng kamsitiladigan etnik guruhlardan biri deya e`lon qilishi ortidan xalqaro medianing diqqat-e`tibori bu regionga qaratildi. Garchi Birma hukumati 1970-yillardagi Rohingya ozodlik harakatini bostirishga muvaffaq bo`lgan bo`lsa ham, ayni damda hududda hali ham ayirmachi-jangari guruhlar faol. Bundan tashqari, xalqaro inson xuquqlari tashkilotlari va guruhlari Raxine shtatini musulmonlar avtonomiyasiga aylantirish taklifi bilan chiqishmoqda.
Bu omillar va hukumatning Rohingyani mamlakatdan quvib chiqarish to`g`risidagi qarorlari hamda ularga fuqarolik berishni rad etishi rohingyalar orasida yana bir bor ozodlik harakatlarini yangidan uyg`onishiga turtki berishi mumkin. Boshqa guruhlarga o`xshamasligi, hukumatning ayirmachi siyosati, buddaviylarning zo`ravonliklari toqati-toq bo`lgan Rohingya yetakchilarini Roxingyani alohida mustaqil, xech bo`lmaganda yarim-avtonom boshqaruvga ega davlat sifatida ajratib olish uchun ayirmachi harakatlarni boshlab yuborishlariga olib kelishi xech gap emas.
Agar nizolar avj olishda davom etsa, u milliy darajadan mintaqaviy darajaga chiqib qoladi. Natijada Janubiy-Sharqiy Osiyo Millatlari Assosatsiyasi (ASEAN) va uning qoshidagi Inson Xuquqlari Kengashi ham ziddiyatga aralashishiga to`g`ri keladi. Agar ASEAN liderlari ham ixtilofga barham berishning uddasidan chiqa olmasa, unda mojaroga xalqaro kuchlar aralashishi va vaziyat yanada chigallashib ketishi, ayniqsa, eng xavotirlidir.
Muhim sanalar
700-800: Hozirgi Raxineda ilk musulmon manzilgohlari paydo bo`ldi.
1890-yillar: Birma Britaniya koloniyasi. Inglizlar Raxineda qishloq xo`jaligini rivojlantirish maqsadida arab migrantlarini olib keldi.
1942: Yaponlar Birmani egallab, Britaniyani chiqib ketishga majbur qilishdi.
1942-1945: Raxine buddaviylari va yapon bosqinchilari tomonidan Rohingyaga qarshi tizimli zo`ravonliklar olib borildi. Minglab rohingyalar qo`shni davlatlarga qochib ketdi.
1962: Birm hukumati Rohingya ayirmachi kuchlariga qarshi xarbiy harakat boshladi.
1978: Birma hukumati Rohingyani Bangladesh va boshqa hududlardan kelgan noqonuniy muhojirlar to`dasi deya ularni xaydab chiqarishga qaratilgan “Qirol Ajdar Operatsiyasi”ni boshladi. Xalqaro bosim natijasida operatsiya to`xtatildi.
1982: Rohingyalar rasman fuqarolikla ega bo`lmagan shaxslar deya e`lon qilindi.
1991: “Qirol Ajdar Operatsiyasi” qaytatdan boshlandi. Xalqaro hamjamiyat yana operatsiyani to`xtatib qolishga muvaffaq bo`ldi.
2012: Raxineda buddaviy ayol zo`rlab, o`ldirildi. Xun sifatida buddaviylar o`nlab rohingyalarni qatl qilishdi. Xarbiylar bilan yaqin aloqada bo`lgan buddaviy rohiblar o`z Rohingyaga qarshi ommaviy yurishlar qilishga erishishdi. Ushbu yurishlarda minglab inson xalok bo`ldi, o`n minglab rohingyalar qochoqqa aylandi. Zo`ravonliklar hali ham davom etmoqda.
Комментариев нет:
Отправить комментарий