Geosiyosatda biror davlat va uning aholisi o`rganilayotganda asosiy rol o`ynaydigan narsa bu uning joyi-geografiyasidir. Agar bu nazariya haqiqat bo`ladigan bo`lsa, unda biror davlatning tashqi siyosatini chuqurroq anglab yetish birmuncha osonlashadi. Ushbu nazariyani amaliyotga ko`chiradigan bo`lsak, tarixda ikki marta va zamonaviy dunyoda bir marta o`zining mavjudligini e`lon qilgan Isroil tajriba uchun eng yaxshi davlatdir. Tajriba davomida biz Isroil 3000 yil davomidagi tashqi siyosatining asosiy prinsiplarini ko`rib chiqamiz.
Qulaylik uchun tajriba davomida Levant (O`rta Yengizining sharqiy sohillari)da yashovchi barcha yahudiylarga nisbatan “Isroil” so`zini ishlatamiz. Har doimgidek, geosiyat uch me`zonni ko`rib chiqishni talab qiladi: Isroilning ichki geosiyosati; Isroil va unga qo`shni davlatlarning geosiyosiy munosabatlari; Isroil va unga qo`shni bo`lmagan (ayniqsa, “Buyuk Davlatlar”) davlatlarning geosiyosiy munosabatlari.
Isroil insoniyat tarixida uch marta o`z mavjudligini e`lon qilgan. Birinchi mavjudlik Joshua bosqinidan keyin e`lon qilingan va u Isroil ikki qirollikka bo`linib ketguncha (Bobil mil. avv. VI asrda Iudiya qirolligini bosib oladi va Bobil qirolligi tashkil topadi) davom etadi. Ikkinchi Isroil davlati mil. avv. 540-yilda bobilliklarni mag`lub etgan forslar tomonidan qaror topdiriladi. Ikkinchi davr mobaynida mil. avv. IV asrda yunonlar Fors davlatini, shu bilan birga Isroilni ham bosib olishadi, mil. avv. I asrda esa hudud rimliklar tomonidan ishg`ol etiladi.
Ikkinchi Isroil davlati o`z umri davomida buyuk imperiyalar orasidagi kichik o`yinchiga aylanadi. Bu hol esa Rim Imperiyasi tomonidan Yahudiy vassaligi yakson etilgandan so`ng o`z nihoyasiga yetadi.
Uchinchi bor Isroilni 1948-yilda sanoqsiz qiyinchiliklardan omon qolgan oz sonli yahudiylar mustaqil davlat deya e`lon qilishadi. Bu safargi tiklanishning zamirida Britaniya Imperiyasining zaiflashuvi yotar edi.
O`z ilk 50 yilida Isroil AQSH va Sovet Ittifoqi o`rtasidagi qarama-qarshilikda asosiy rol o`ynadi, ikki davlat harakatlarida garov sifatida yashab keldi. Boshqa so`z bilan aytganda, o`zining oldingi ikki davri singari bu safar ham, Isroil, mustaqillik, tashqi bosimlar va buyuk qudratlarning ambitsiyalari orasida jon saqlashga tinimsiz urindi.
Qirol Dovud davrida Isroil Sinaydan, Damashqni o`z ichiga olgan holda, Yevfratgacha kengayadi. Bu davrda ba`zi qirg`oqbo`yi hududlar: hozirgi Xayfaning bir qismi va Yaffaning janubi (hozirgi Tel-Avivning shimoli) ham bosib olinadi. Bu qirg`oqbo`yi hududning shimolida finikiyaliklar joylashib olishadi, janubi esa falastinliklar tomonidan egallanadi. Bir narsani tushunib olish kerakki, Isroilning hududi vaqt o`tishi bilan o`zgarib turgan. Masalan, Iuda davrida Asmoniya Negevni emas, Golanni o`z ichiga olgan. Muhtasar qilib aytganda, Isroilni aniq bir hududiy chegarasi xech qachon mavjud bo`lmagan.
Shu sababli, xech qachon Isroilning tarkibiy qismi bo`lmgan hududlardan boshlagan ma`qul. Sinay yarimoroli xech qachon Isroil tarkibida bo`lmagan. O`z qirg`oqlari bo`ylab Isroil, xech qachon hozirgi Livandagi Litani daryosining shimolidan u yoqqa o`tmagan. Dovud davridagi buyuk bosqinlarda ham, Golan tepaliklarini hisobga olmaganda, Damashqdan uzoqroq hududlar egallanmagan. Isroil Iordan daryosining ikki tomoniga ko`p marta kengayishga harakat qilgan, lekin Iordaniya sahrosini ichkari qismigacha yetib borolmagan. Arab yarimorolining janubiy qismlarini xech qachon qo`lga kiritmagan.
Isroil, asosan, uch qismdan tashkil topgan. Birinchisi, shimoliy tog`li region bo`lib, Germon tog`ining yalangliklaridan to Quddusning janubigacha bo`lgan hududlarni o`z ichiga oladi.
Isroilga yagona xavf shimoldandir. Bu tomonda biror tabiiy himoya mavjud emas. Yagona himoya chizig`i-bu Litani daryosidir, lekin daryoni osonlik bilan kechib o`tsa bo`ladi. Shunga qaramay, bu yo`nalishdan ayni paytda Isroilga biror jiddiy xavf tahdid solmaydi. Shimoliy qirg`oqbo`yi hududi O`rtayer havzasidagi savdo uchun juda muhimdir.
Dengizdan sharq tomon savdo yo`li huddi shu shimoliy hudud orqali o`tadi. Shuning uchun ham, hech kim savdo aloqalari ostin-ustin bo`lishidan manfaatdor emasligi sababli, shimoliy hududda (biror favqulodda holatni hisobga olmagan holda, albatta) yaqin-orada konflikt kelib chiqishi ehtimoli nolga tengligini bashorat qilish mumkin.
Bundan tashqari, savdo zonasi sifatida, bu hudud ancha boydir va bu faktor o`ziga tashqi “yirtqichlar”ni jalb qiladi. Isroil, shu “yirtqichlar”ni biri sifatida doimo shimolda o`z ta`sirini kengaytirishga harakat qiladi. Bu harakat esa manfaatlar to`qnashgan hududda Isroilni hududiy konfliktlar girdobiga tortib ketish mumkin. Nazariy jihatdan, yuqoridagi sabab shimoldan “domino effekti” boshlanishiga turtki berishi mumkin, lekin bu Isroil barqarorligini izdan chiqarib yuboradigan darajada bo`lmaydi.
Shimoliy-sharqda xavf soladigan bir qo`shni mavjud-Suriya, aniqroq qilib aytganda Damashq hukumati. Suriya ko`p aholili va bu yo`nalishdan dengizga chiqish imkoniga ega emas. Uning shimoliy hududlari o`tib bo`lmas tog`lar bilan o`raglan. Shu sababli Suriya shimolga qarab harakatlana olmaydi, lekin Kichik Osiyodagi kuchlar janubga osongina kirib kelishi mumkin. Suriyaning sharqiy tomoni Yefratgacha sahro bilan to`silgan. Shuning uchun ham Suriya dengizga chiqish imkoniyatini qo`lga kiritishga doimo harakat qiladi. Levantning boy shaharlariga esa g`arbiy yo`nalishdan borish mumkin. Suriyaning yana bir muqobil manfaati janubiy Levantga kirib borishdir. U yerga olib boruvchi yo`l Isroil tomonidan nazorat qilinadi.
Ko`rinib turganidek, Suriya Isroil bilan qarama-qarshiliklarga borish uchun yetarlicha sababga ega. Keling, mobodo Isroil va Suriya (shu qatori qo`shni davlatlar ham) manfaatlar atrofida o`zaro urush girdobiga tortilsa, hududda qanday vaziyat yuzaga kelishini, geosiyosiy tahlillarga asoslanib, ko`z oldimizga keltirib ko`ramiz. Agar Suriya Isroilga xujum qilgudek bo`lsa, xujum Herman tog`i va Galili dengizi (O`lik dengiz ) oralig`idagi 40 kmga cho`zilgan hudud orqali bo`lgan bo`lardi. Shuningdek, suriyaliklar Galili dengizining janubidan ham hujum qilishlari mumkin. Agar hujum asosiy yo`nalish bo`ylab qilingudek bo`lsa, u holda, Suriya kuchlari Golan Tepaliklarini oshib o`tishlari kerak, so`ngra Galili pastqamliklarini. Galili muhofaza uchun ajoyib joy, hujum uchun esa, aksincha, ancha mushkulliklar tug`diradi. Bundan tashqari, mobodo, Suriya Galili hududini qo`lga olib, uni nazorat eta boshlasa-bu haqiqiy jang boshlanganidan darak beradi.
O`lik dengiz qirg`og`iga yetib olish yoki Quddus tomon harakatlanish uchun Suriya pasttekisliklar bilan qoplangan maydondan o`tish kerak. Bu joy hal qiluvchi jang maydoniga aylanadi. Shuningdek, bu maydon Megido shahriga darvoza vazifasini o`taydi. Lekin Megido yetib olish uchun Suriya qattiq jang qilishiga to`g`ri keladi, bundan ham mashaqatlisi-pasttekisliklar bilan to`lib-toshgan maydonda qo`shinni bir joyga to`plashdir.
Bu hududda Isroil strategik muammolarga duch kelishi mumkin. Agar urush boshlansa, u janubiy qo`shnilardan bo`ladigan tahdidlarga ro`baro` bo`ladi. Uning sharqida tor chiziqda, zich aholiga ega Iordaniya sharqi turadi. Shimolda dengiz savdo hududi mavjud. Suriya Germon-Galili chizig`i orqali harakat qiladi.
Yana turli yo`nalishlardan bir vaqtda hujumlar bo`lishi xavfi ham bor. Qo`shinlarni joylashtirish va ular orasidagi koordinatsiyalarning darajasiga bog`liq ravishda bu hol, Isroilni bir qancha muammolar bilan yuzlashtiradi. Shunga qaramay isroilliklarda ichki chiziqlarda jang qilishda katta imkoniyatlar bor. Tashqi chiziqda harakat qilayotgan Misr va Suriyada qo`shinlarni bir hududdan boshqasiga ko`chirishda katta qiyinchiliklar tug`ilishi mumkin. Ichki chiziqda turgan Isroilda bir frontdan boshqa frontga tezlik bilan ko`chish imkoni mavjud bo`lib, bu imkoniyat qiyin vaziyatda qolgan raqiblarni yanchib tashlashga olib kelishi mumkin.
Bu yerda, shuningdek, multi-front urushda bo`ladigan boshqa bir muammo ham mavjud. Bu muammo ittifoqchi davlatlar manfaatlarini o`zaro mos kelmasligidir. Misrda doimo Levantga va uni o`z qirg`oqbo`yi hududiga aylantirishga qiziqish unchalik katta bo`lmagan. Shu sababdan, Misrning Sinay orqali shimolga hujum qilishi juda ham ehtimoldan uzoq. Misrning Isroil-Suriya urushiga tortilmasligi esa Suriya uchun juda katta zarba bo`ladi. Rasmiy Damashqning nuqtai-nazariga ko`ra, uchun Iroildan ham ko`ra xavfli narsa-bu Isroil ta`siridagi Misrdir. Shularni hisobga olgan xolda, aytish mumkinki, Isroilga ikki taraflama hujumning bo`lishi ehtimoldan uzoq, bo`lgan taqdirda ham bu Isroil uchun xalokatli bo`lmaydi. Isroilning ichki chiziqlardagi ustunligi hujumlarni chippakka chiqaradi, ya`ni Isroil urushda g`olib chiqadi.
Isroil O`rtayer dengizining sharqiy qirg`og`I, Levantda joylashgan. Ko`rganimizdek, Isroil ichki muammolardan holi bo`lgan paytlarda Levantda dominant qudrat bo`lishga harakat qiladi. Shu sababli Isroil asosiy zahiralarini quruqlikdagi qo`shinlar ta`minlash va kuchaytirishga ajratadi, dengiz kuchlariga esa nisbatan kamroq. Umuman olganda shusiz ham Isroil qudratli dengiz kuchlariga ega, lekin u hech qachon O`rtayer dengizida asosiy o`yinchi bo`la olmagan. U xech qachon butun qudratini dengizga qaratmagan.
Levant va Isroil buyuk qudratlarni doimo o`zlariga ohanrabodek tortib kelishgan. Tarixdan ma`lumki, biror O`rtayer imperiyasi to Levantni o`z nazorati ostiga olmaguncha o`zini xotirjam xis qilmasdi. Rim yoki Karfagen bo`ladimi yoda O`rtayerning shimoli va janubiy qirg`oqlarini boshqarish istagida bo`lgan boshqa kuch doimo Levantda o`z bandargohi bo`lishga ehtiyoj sezardi. Qo`l ostida Levant bo`lmagan biror Imperiya dengizdagi bir tomonlama yo`lga qaram bo`lib qolgan bo`lardi. Bu bir tomonlama yo`ldan esa qo`shinlarni olib o`tish esa ancha mushkul. Shuningdek, bunday yo`llarda yana bir katta muammo, bir vaqtlar Rim imperiyasining asosiy tashvishiga aylangan, qaroqchilik ham mavjud bo`ladi. O`z vaqtida bu muammoni yechimini topishga harakat qilishgan. Butun dengiz qo`l ostida bo`lmagan imperiyalar uchun osongina muhofaza qilsa bo`ladigan qisqa masofali suv hududlari ayni muddao bo`lgan. Gellespont (hozirgi Dardanell) bog`ozi esa ana shunday muqobil yo`llardan biri bo`lgan. Uni kesib o`tib, Turkiyaning janubi orqali bemalol Levantga va undan ham janubroqqa borish mumkin edi.
Shu yerda yana bir narsani ko`rib o`tish kerak. Agar O`rtayer imperiyalari Levantni ta`sir doirasiga olmasdan, o`z holiga tashlab qo`yishsa, bu sharqdagi kuchlarning maydonga kelishi, pirovardida, ular Levant portlarini o`z qo`llariga olib, O`rtayerdagi quratlar bilan dengiz uchun jiddiy raqobatga kirishishlari mumkin. Qisqa qilib aytganda, Levant va Isroilni o`z ta`sir doirasida tutib turish O`rtayerda asosiy o`yinchi bo`lish istagidagidagi har qanday kuch uchun juda muhimdir.
Shimoldagi aholi va janubiy sahrolardagi cho`ponlar orasida keskin farq mavjud. Qirg`oqbo`yi aholisi boy, lekin jangari emas. Ijtimoiy bo`linish geografik bo`linish ortidan yurmaydi. Masalan, qirg`oqbo`yi aholisi mamlakatning qolgan qismiga qaraganda ancha kosmopolitan (xilma-xil). Ular ko`proq O`rtayerdagi va dunyoning boshqa qismidagi xamkorlar bilan savdo aloqalarini olib borishni ma`qul ko`rishadi. Ularning yashash sharoitlari yuqori, odat-an`analari ancha yevropachalashgan. Shu sababli bu hudud aholisi va qolgan aholi orasida azaldan bir-biridan begonalashish va ishonmaslik tendensiyasi mavjud. Bu esa Isroil regional beqarorlikdan holi emasligidan darak beradi.
Huddi sh yerda yana bir muhim narsa-diplomatiyani tilga olib o`tish kerak. Isroilning asosiy qo`shnilari Misr, Suriya va Iordaniyadir. Iordaniya katta ahamiyatga ega bo`lmagan qo`shni, Suriya va Misrning manfaatlari esa bir-birinikidan keskin farq qiladi. Misrni sinay tomondan ko`ra o`zining janubiy va g`arbiy hududlari ko`proq qiziqtiradi. Suriya beqarorlik kuchli bo`lgan davlat bo`lgani sababli doimo tashqi yordamga ehtiyoj sezadi. Ultra darajadagi xavfli holatlardagina Misr va Suriya bir-birlarini qo`llashlari mumkin. Isroil esa janubiy-g`arbiy chegaralari xavfsizligini ta`minlash uchun Misr bilan aloqalarni yaxshilashdan manfaatdor.
Keling, endi zamonaviy Isroilga yuzlanamiz. Zamonaviy Isroil regional qudrat-Usmoniylar imperiyasi va global qudrat-Buyuk Britaniya o`rtasidagi o`zaro munosabatlar tufayli yuzaga keldi. O`z qudrati cho`qqisiga erishgan paytda Usmoniylar Bolqon orqali Markaziy Yevropaga, O`rtayer orqali Levant va Misr tomon kengayishga harakat qildi.
Britanlarga ko`ra esa, O`rtayer dengizi, ayniqsa, uning sharqiy qismi Hindistonga o`tish uchun asosiy dengiz yo`li edi. Shu qatorida Gibraltar va Suvaysh ham ular uchun muhim edi. Suvayshning muhimligi shunda ediki, u Sharqiy O`rtayerda, Britaniya imperiyasining manfaatlari yo`lidagi asosiy g`ov-Usmoniylar imperiyasi yaqinida joylashgan edi. Bu Birinchi Jahon Urushi davomida Usmoniylarning halokatiga olib keldi. O`sha paytda inglizlar nima qilib bo`lsada Usmoniylarning kuchsizlanishi yoki umuman yo`q bo`lib ketishishiga erishish istagida edi. Lekin Britaniya yakka o`zi buning uddasidan chiqishi dargumon edi. Buni yaxshi tushungan inglizlar Usmoniylarning ichidan parchalab tashlash uchun mahalliy kuchlar bilan ittifoq bo`lishga urinishardi. Bunday ittifoqdoshlardan biri-Arab yarimorolidagi Beduin qabilalari edi. Qolganlari bir qancha anti-turk kelishuvlariga roai bo`lgan, Levantdan Fors Qo`ltig`igacha cho`zilib ketgan arablar edi. Uchinchi ittifoqdosh Isroilni qayta tashkil topishiga umid qiladigan kuchlar edilar. Bu ittifoqdoshlar inglizlar uchun juda kam ahamiyat kasb etardilar, Britaniya ular bilan faqatgina Usmoniylar parokandaligiga erish uchun hamkorlik qilardi.
Ikkinchi Jahon Urushidan Britaniya katta talofatlar bilan chiqdi. U, Falastinni o`z ichiga olgan holda, o`zining ilgarigi global qudratini qaytarib ololmadi. Urushdan keyin maydonga chiqqan ikki qudrat: AQSH va Sovet Ittifoqi Sharqiy O`rtayer uchun tengsiz raqobatga kirishishdi. Ularning hech biri Britaniyaning saqlanib qolishishini xohlamas edilar.
AQSH ham, Sovet Ittifoqi ham Isroilning tiklanishini Levantdagi o`z ta`sirlarini oshirish yo`li sifatida ko`rishdi. Sovetlar o`z mafkuralariga yaqinligi uchun Isroil ustidan nazorat qilishga umid qilishayotgan bir paytda, amerikaliklar o`z davlatlarining tashkil topishidagi yahudiylarning roli tufayli huddi shuni hayol qilishar edi. Xech biri asosiy narsaga e`tibor berishmadi: ular Levant muhimligini tushunishsa ham, uni asosiy jang maydoni sifatida ko`ra olishmadi.
Bir paytlar shafqatsiz Devid Ben Gurion hukumati tomonidan Yahudiylar birligi masalasi o`rtaga tashlanganda, Isroil qo`shnilarining tahdidlari yomg`iri ostida qoldi. Lekin bular shunchaki po`pisalar edi, xolos. Misol uchun, shimoliy qo`shni, Livan birlashmagan va Damashq ta`siri ostida edi. U amalda Isroil uchun biror tahdid ko`rsata olmas edi. Iordan daryosining sharqiy tomonida joylashgan Iordaniyani esa Isroildan ko`ra hududdagi arablar-falastinliklar ko`proq qiziqtirardi. Bundan tashqari iordaniyaliklar Isroil bilan yashirin aloqa o`rnatgan edilar. Misr xaqiqiy tahdid bo`lishi mumkin edi, lekin Sinayni kesib o`tishga qurbi yetmas va uning Isroilning yo`q qilish haqidagi da`vatlari realdan ko`ra ko`proq ritorik edi. Suriya esa Isroilning parokanda bo`lishini eng ko`p istaydigan davlat bo`lishiga qaramay, bunga yolg`iz o`zining kuchi yetmas edi.
Tashkil topishidan to Kemp Devid Kelishuvigacha Isroil Misrni o`ziga strategic tahdid deb bildi. Shu sababli u harbiy qudratdan ko`ra ichki barqarorlikni ta`minlash uchun milliy xavfsizlikka katta e`tibor berdi. Lekin u bir vaqtda armiyani ta`minlash, iqtisodiy imkoniyatlarni oshirish yoki urushga tayyorgarlik ko`rishishni uddasidan chiqa olmas edi. Xuddi shu faktor Isroilni uni qurollantirishdan manfaatdor bo`lgan buyuk qudratlar bilan hamkorlikka kirishishga majbur qildi.
Misr bilan Kemp Devid shartnomasi asosida dushmanlikni tugatilishi Isroilni yangi davrga olib kirdi. Misr o`zining an`anaviy pozitsiyasiga qaytdi, Iordaniya muhim kuchga emas edi, Livan haligacha parokanda, faqatgina Suriya Isroil uchun yagona xavf edi. Biroq Isroil bemalol Suriyaga bas kela olar edi.
Kemp Devid natijasida Isroil deyarli Dovud modeli ko`rinishini oldi. Birlashgandan keyin qo`shni davlatlardan deyarli tahdidlarga uchramadi.
Isroil insoniyat tarixida uch marta o`z mavjudligini e`lon qilgan. Birinchi mavjudlik Joshua bosqinidan keyin e`lon qilingan va u Isroil ikki qirollikka bo`linib ketguncha (Bobil mil. avv. VI asrda Iudiya qirolligini bosib oladi va Bobil qirolligi tashkil topadi) davom etadi. Ikkinchi Isroil davlati mil. avv. 540-yilda bobilliklarni mag`lub etgan forslar tomonidan qaror topdiriladi. Ikkinchi davr mobaynida mil. avv. IV asrda yunonlar Fors davlatini, shu bilan birga Isroilni ham bosib olishadi, mil. avv. I asrda esa hudud rimliklar tomonidan ishg`ol etiladi.
Ikkinchi Isroil davlati o`z umri davomida buyuk imperiyalar orasidagi kichik o`yinchiga aylanadi. Bu hol esa Rim Imperiyasi tomonidan Yahudiy vassaligi yakson etilgandan so`ng o`z nihoyasiga yetadi.
Uchinchi bor Isroilni 1948-yilda sanoqsiz qiyinchiliklardan omon qolgan oz sonli yahudiylar mustaqil davlat deya e`lon qilishadi. Bu safargi tiklanishning zamirida Britaniya Imperiyasining zaiflashuvi yotar edi.
O`z ilk 50 yilida Isroil AQSH va Sovet Ittifoqi o`rtasidagi qarama-qarshilikda asosiy rol o`ynadi, ikki davlat harakatlarida garov sifatida yashab keldi. Boshqa so`z bilan aytganda, o`zining oldingi ikki davri singari bu safar ham, Isroil, mustaqillik, tashqi bosimlar va buyuk qudratlarning ambitsiyalari orasida jon saqlashga tinimsiz urindi.
Qirol Dovud davrida Isroil Sinaydan, Damashqni o`z ichiga olgan holda, Yevfratgacha kengayadi. Bu davrda ba`zi qirg`oqbo`yi hududlar: hozirgi Xayfaning bir qismi va Yaffaning janubi (hozirgi Tel-Avivning shimoli) ham bosib olinadi. Bu qirg`oqbo`yi hududning shimolida finikiyaliklar joylashib olishadi, janubi esa falastinliklar tomonidan egallanadi. Bir narsani tushunib olish kerakki, Isroilning hududi vaqt o`tishi bilan o`zgarib turgan. Masalan, Iuda davrida Asmoniya Negevni emas, Golanni o`z ichiga olgan. Muhtasar qilib aytganda, Isroilni aniq bir hududiy chegarasi xech qachon mavjud bo`lmagan.
Shu sababli, xech qachon Isroilning tarkibiy qismi bo`lmgan hududlardan boshlagan ma`qul. Sinay yarimoroli xech qachon Isroil tarkibida bo`lmagan. O`z qirg`oqlari bo`ylab Isroil, xech qachon hozirgi Livandagi Litani daryosining shimolidan u yoqqa o`tmagan. Dovud davridagi buyuk bosqinlarda ham, Golan tepaliklarini hisobga olmaganda, Damashqdan uzoqroq hududlar egallanmagan. Isroil Iordan daryosining ikki tomoniga ko`p marta kengayishga harakat qilgan, lekin Iordaniya sahrosini ichkari qismigacha yetib borolmagan. Arab yarimorolining janubiy qismlarini xech qachon qo`lga kiritmagan.
Isroil, asosan, uch qismdan tashkil topgan. Birinchisi, shimoliy tog`li region bo`lib, Germon tog`ining yalangliklaridan to Quddusning janubigacha bo`lgan hududlarni o`z ichiga oladi.
Ikkinchi hudud: hozirgi Tel-Avivning shimolidan Xayfagacha cho`zilgan.
Uchinchisi, Quddus bilan Iordan daryosi o`rtasidagi hududni o`z ichiga oladi.
Qisqa qilib aytganda, Isroil Sinay va Tel Avivgacha bo`lgan hududlarni o`z ichiga olgan Negevning barcha qismlarini nazorat etadi. Tarixdan uning hududi goh kengaygan, goh kichrayganb, lekin aytib o`tilgan uchqism, odatda, Isroilning asosiy tarkibi bo`lib kelgan.
Isroil uch tomondan yaxshi himoyalangan. Sinay sahrosi uni Misrdan pana qiladi. Umuman olganda, Sinay o`ziga misrliklar e`tiborini unchalik jalb qilmaydi. Sharqiy Sinay bo`ylab qo`shinni olib o`tish ular oldiga bir qancha jiddiy muammolarni ko`ndalang qo`yadi. Misr Sinay shimolidan qirg`oqbo`yi tekisliklari tomon tez harakatlana olish imkoniga ega bo`lishiga qaramay, Sinaydan qo`shin olib o`tish doimo qiyin va befoyda bo`lib kelgan. Shu sababli ham, biror tashqi kuch Misrni gij-gijlasa ham, Isroil janubiy-g`arbdan biror tahdidga uchramaydi.
Isroil janubiy-sharqdan himoyalangandek ko`rinadi. Eylat-Aqabaning janubiy-sharqiy sahrolari, haqiqatan, o`tib bo`lmaydigandir. Kichikroqlarini hisobga olmaganda, biror katta kuch bu yo`nalishdan Isroilga kirib kela olmaydi. Arab yarimorolidagi qabilalar bu tabiiy to`siqni yengib o`tishga yoda Isroilga xavf sola oladigan tahdid bo`la olish qudratiga ega emaslar.
Sharqiy tomon ham Iordan daryosi sharqidan 30-50 kilometr o`tib boshlanadigan sahro bilan himoyalangan. Isroil uzoq vaqtdan beri Yahudiya va Samariya (hozirgi-G`arbiy Qirg`oq)ni nazorat qilib kelar ekan, Iordan daryosining g`arbiy qirg`og`i ham uning siyosiy, ba`zi paytda harbiy boshqaruvi ostidadir.
Dengizdan sharq tomon savdo yo`li huddi shu shimoliy hudud orqali o`tadi. Shuning uchun ham, hech kim savdo aloqalari ostin-ustin bo`lishidan manfaatdor emasligi sababli, shimoliy hududda (biror favqulodda holatni hisobga olmagan holda, albatta) yaqin-orada konflikt kelib chiqishi ehtimoli nolga tengligini bashorat qilish mumkin.
Shimoliy-sharqda xavf soladigan bir qo`shni mavjud-Suriya, aniqroq qilib aytganda Damashq hukumati. Suriya ko`p aholili va bu yo`nalishdan dengizga chiqish imkoniga ega emas. Uning shimoliy hududlari o`tib bo`lmas tog`lar bilan o`raglan. Shu sababli Suriya shimolga qarab harakatlana olmaydi, lekin Kichik Osiyodagi kuchlar janubga osongina kirib kelishi mumkin. Suriyaning sharqiy tomoni Yefratgacha sahro bilan to`silgan. Shuning uchun ham Suriya dengizga chiqish imkoniyatini qo`lga kiritishga doimo harakat qiladi. Levantning boy shaharlariga esa g`arbiy yo`nalishdan borish mumkin. Suriyaning yana bir muqobil manfaati janubiy Levantga kirib borishdir. U yerga olib boruvchi yo`l Isroil tomonidan nazorat qilinadi.
Ko`rinib turganidek, Suriya Isroil bilan qarama-qarshiliklarga borish uchun yetarlicha sababga ega. Keling, mobodo Isroil va Suriya (shu qatori qo`shni davlatlar ham) manfaatlar atrofida o`zaro urush girdobiga tortilsa, hududda qanday vaziyat yuzaga kelishini, geosiyosiy tahlillarga asoslanib, ko`z oldimizga keltirib ko`ramiz. Agar Suriya Isroilga xujum qilgudek bo`lsa, xujum Herman tog`i va Galili dengizi (O`lik dengiz ) oralig`idagi 40 kmga cho`zilgan hudud orqali bo`lgan bo`lardi. Shuningdek, suriyaliklar Galili dengizining janubidan ham hujum qilishlari mumkin. Agar hujum asosiy yo`nalish bo`ylab qilingudek bo`lsa, u holda, Suriya kuchlari Golan Tepaliklarini oshib o`tishlari kerak, so`ngra Galili pastqamliklarini. Galili muhofaza uchun ajoyib joy, hujum uchun esa, aksincha, ancha mushkulliklar tug`diradi. Bundan tashqari, mobodo, Suriya Galili hududini qo`lga olib, uni nazorat eta boshlasa-bu haqiqiy jang boshlanganidan darak beradi.
O`lik dengiz qirg`og`iga yetib olish yoki Quddus tomon harakatlanish uchun Suriya pasttekisliklar bilan qoplangan maydondan o`tish kerak. Bu joy hal qiluvchi jang maydoniga aylanadi. Shuningdek, bu maydon Megido shahriga darvoza vazifasini o`taydi. Lekin Megido yetib olish uchun Suriya qattiq jang qilishiga to`g`ri keladi, bundan ham mashaqatlisi-pasttekisliklar bilan to`lib-toshgan maydonda qo`shinni bir joyga to`plashdir.
Bu hududda Isroil strategik muammolarga duch kelishi mumkin. Agar urush boshlansa, u janubiy qo`shnilardan bo`ladigan tahdidlarga ro`baro` bo`ladi. Uning sharqida tor chiziqda, zich aholiga ega Iordaniya sharqi turadi. Shimolda dengiz savdo hududi mavjud. Suriya Germon-Galili chizig`i orqali harakat qiladi.
Yana turli yo`nalishlardan bir vaqtda hujumlar bo`lishi xavfi ham bor. Qo`shinlarni joylashtirish va ular orasidagi koordinatsiyalarning darajasiga bog`liq ravishda bu hol, Isroilni bir qancha muammolar bilan yuzlashtiradi. Shunga qaramay isroilliklarda ichki chiziqlarda jang qilishda katta imkoniyatlar bor. Tashqi chiziqda harakat qilayotgan Misr va Suriyada qo`shinlarni bir hududdan boshqasiga ko`chirishda katta qiyinchiliklar tug`ilishi mumkin. Ichki chiziqda turgan Isroilda bir frontdan boshqa frontga tezlik bilan ko`chish imkoni mavjud bo`lib, bu imkoniyat qiyin vaziyatda qolgan raqiblarni yanchib tashlashga olib kelishi mumkin.
Bu yerda, shuningdek, multi-front urushda bo`ladigan boshqa bir muammo ham mavjud. Bu muammo ittifoqchi davlatlar manfaatlarini o`zaro mos kelmasligidir. Misrda doimo Levantga va uni o`z qirg`oqbo`yi hududiga aylantirishga qiziqish unchalik katta bo`lmagan. Shu sababdan, Misrning Sinay orqali shimolga hujum qilishi juda ham ehtimoldan uzoq. Misrning Isroil-Suriya urushiga tortilmasligi esa Suriya uchun juda katta zarba bo`ladi. Rasmiy Damashqning nuqtai-nazariga ko`ra, uchun Iroildan ham ko`ra xavfli narsa-bu Isroil ta`siridagi Misrdir. Shularni hisobga olgan xolda, aytish mumkinki, Isroilga ikki taraflama hujumning bo`lishi ehtimoldan uzoq, bo`lgan taqdirda ham bu Isroil uchun xalokatli bo`lmaydi. Isroilning ichki chiziqlardagi ustunligi hujumlarni chippakka chiqaradi, ya`ni Isroil urushda g`olib chiqadi.
Isroil geografiyasi va Konvergensiya (manfaatlar) Zonasi
Ilk Isroil davlati 5 asrdan ortiq yashaganligi xayratlanarli emas. Qiziqarlisi va mushohada qilib ko`rilishi kerak bo`lgan tomoni shundaki, qanday qilib Isroil ossurlar va Iudiya, keyinroq Bobil tomonidan mag`lub etildi. Buni tushunish uchun Isroilning geografik joylashuvini kengroq o`rganib chiqish lozim.Isroil O`rtayer dengizining sharqiy qirg`og`I, Levantda joylashgan. Ko`rganimizdek, Isroil ichki muammolardan holi bo`lgan paytlarda Levantda dominant qudrat bo`lishga harakat qiladi. Shu sababli Isroil asosiy zahiralarini quruqlikdagi qo`shinlar ta`minlash va kuchaytirishga ajratadi, dengiz kuchlariga esa nisbatan kamroq. Umuman olganda shusiz ham Isroil qudratli dengiz kuchlariga ega, lekin u hech qachon O`rtayer dengizida asosiy o`yinchi bo`la olmagan. U xech qachon butun qudratini dengizga qaratmagan.
Levant va Isroil buyuk qudratlarni doimo o`zlariga ohanrabodek tortib kelishgan. Tarixdan ma`lumki, biror O`rtayer imperiyasi to Levantni o`z nazorati ostiga olmaguncha o`zini xotirjam xis qilmasdi. Rim yoki Karfagen bo`ladimi yoda O`rtayerning shimoli va janubiy qirg`oqlarini boshqarish istagida bo`lgan boshqa kuch doimo Levantda o`z bandargohi bo`lishga ehtiyoj sezardi. Qo`l ostida Levant bo`lmagan biror Imperiya dengizdagi bir tomonlama yo`lga qaram bo`lib qolgan bo`lardi. Bu bir tomonlama yo`ldan esa qo`shinlarni olib o`tish esa ancha mushkul. Shuningdek, bunday yo`llarda yana bir katta muammo, bir vaqtlar Rim imperiyasining asosiy tashvishiga aylangan, qaroqchilik ham mavjud bo`ladi. O`z vaqtida bu muammoni yechimini topishga harakat qilishgan. Butun dengiz qo`l ostida bo`lmagan imperiyalar uchun osongina muhofaza qilsa bo`ladigan qisqa masofali suv hududlari ayni muddao bo`lgan. Gellespont (hozirgi Dardanell) bog`ozi esa ana shunday muqobil yo`llardan biri bo`lgan. Uni kesib o`tib, Turkiyaning janubi orqali bemalol Levantga va undan ham janubroqqa borish mumkin edi.
Isroil shuningdek, sharqqa qarab, bu Tigris-Yefrat havzasi bo`ladimi yoki Eron, harakatlanayotgan har qanday qudrat uchun ham muhimdir. Bunday maqsaddagi kuch Levantdagi portlarni qo`lga kiritgan taqdirdagina o`zini xavfsiz sezadi. Aleksandr boshchiligidagi makedonlar, Levant va Turk portlarini boshqargan qudrat, bu portlar orqali keladigan ta`minot yordamida Osiyoning ichki hududlariga olish imkoniga ega bo`lishini isbotlagan edilar. Shu sababli Levantni qo`lga kiritish ham sharqiy kuchlar uchun ham juda muhim. Levant egallansa, g`arbdan keladigan kuchlarni yo`li to`siladi va xavfsizlik ta`minlanadi.
Levant shuningdek, Isroilning shimoli yoki janubidagi imperiyalar uchun ham muhim bo`lgan. Agar o`z vaqtida Misr Nil havzasi orti va Shimoliy Afrikaning sharqiy hududlarini istab qolganda, avvalo, Sinayni kesib o`tib, so`ngra dengiz yo`llarini egallash uchun shimoliy qirg`oqbo`yiga tomon harakatlangan bo`lardi. Kichik Osiyodagi Usmoniylar imperiyasi o`z qudrati cho`qqisiga chiqqan paytda, tabiiy ravishda, unda O`rtayerning sharqiy qirg`oqlarini nazorat ostiga olish uchun janubga tomon harakatlanish ehtiyoji paydo bo`lgan. Xulosa qilib aytganda, Levant qit`alar kesihgan chorraxa, Isroil esa xuddi shu manfaatlar to`qnashgan chorraxada joylashgan.
Yuqoridagi sabablar tufayli Isroil sharqiy Yarimsharning konvergensiya hududi nomiga sazovordir. O`rtayerni egallashga yoki sharqqa kengayishga urinayotgan Yevropa qudrati bo`ladimi, Hindikushdan to O`rtayergacha bo`lgan hududlarni ta`sir doirasiga olish istagidagi sharq yoda sharqqa qarab harakatlanayotgan Shimoliy Afrika, qo`yingki, janubga kirib kelishni xohlaydigan shimoliy qudrat bormi-hammasi Isroilda to`qnashadi.
Ichki geosiyosat
Isroil geografik jihatdan uch xil tabiatli aholi yashaydigan uch regionga bo`lingan. Qirg`oqbo`yi hududlari asosan savdo bilan shug`ullanadi. Bu joylar savdogarlar, sanoatchilar va kosmopolitanlar makonidir. Shimoli sharq tepaliklardan iborat bo`lib, nazorat qilish qiyin bo`lgan Litanni daryosi hududi va Suriyaga yaqin. Bu yerda asosan dehqonlar va jangchilar yetishib chiqadi. Janub esa sahrodan iborat bo`lib, cho`ponlar va jangarilar vatanidir. Quddus uchinchi region bo`lib, qolganlariga nisbatan ko`proq nazorat ostidadir.
Shimoldagi aholi va janubiy sahrolardagi cho`ponlar orasida keskin farq mavjud. Qirg`oqbo`yi aholisi boy, lekin jangari emas. Ijtimoiy bo`linish geografik bo`linish ortidan yurmaydi. Masalan, qirg`oqbo`yi aholisi mamlakatning qolgan qismiga qaraganda ancha kosmopolitan (xilma-xil). Ular ko`proq O`rtayerdagi va dunyoning boshqa qismidagi xamkorlar bilan savdo aloqalarini olib borishni ma`qul ko`rishadi. Ularning yashash sharoitlari yuqori, odat-an`analari ancha yevropachalashgan. Shu sababli bu hudud aholisi va qolgan aholi orasida azaldan bir-biridan begonalashish va ishonmaslik tendensiyasi mavjud. Bu esa Isroil regional beqarorlikdan holi emasligidan darak beradi.
Huddi sh yerda yana bir muhim narsa-diplomatiyani tilga olib o`tish kerak. Isroilning asosiy qo`shnilari Misr, Suriya va Iordaniyadir. Iordaniya katta ahamiyatga ega bo`lmagan qo`shni, Suriya va Misrning manfaatlari esa bir-birinikidan keskin farq qiladi. Misrni sinay tomondan ko`ra o`zining janubiy va g`arbiy hududlari ko`proq qiziqtiradi. Suriya beqarorlik kuchli bo`lgan davlat bo`lgani sababli doimo tashqi yordamga ehtiyoj sezadi. Ultra darajadagi xavfli holatlardagina Misr va Suriya bir-birlarini qo`llashlari mumkin. Isroil esa janubiy-g`arbiy chegaralari xavfsizligini ta`minlash uchun Misr bilan aloqalarni yaxshilashdan manfaatdor.
Isroil va Buyuk Qudratlar
Bir vaqtlar Bobil, Eron, Makedoniya, Rim, Turkiya va Britaniya Isroilni o`z siyosiy nazoratlari ostiga olishgan edilar. Ularning har biri Isroilni harbiy kuch yordamida boshqarishgan, lekin biror qo`shni davlat bunday boshqaruvchilik maqomiga ega bo`la olmagan. Bu o`zgarmas qonuniyatdir: Isroil o`z qo`shnilariga bemalol bas kela oladi. Uzoqroqdagi buyuk qudratlar esa imperial o`yinlarni boshlaydigan bo`lishsa esa, bu Isroil uchun xaqiqiy tahdiddir. Isroil bunga qarshi tura olmaydi.
Isroilning muammosi shundaki, geografik joylashuvi uni tashqi kuchlar manfaatlari doirasiga tashlab qo`yadi. Shu sababli ham u xarbiy manfaatlaridan ko`ra ko`proq diplomatic manfaatlarga e`tabor qaratishi lozim. Toki u global manfaatlar hududi ekan xech qachon xatoga yo`l qo`ymasligi kerak. Agar u diplomatiyada biror xatoga yo`l qo`yar ekan buning natijasi Isroil uchun ancha xalokatli bo`ladi.
Isroil uch ko`rinishda mavjud bo`lishi mumkin. Birinchisi, to`la mustaqil davlat. Bu ko`rinishga qachonki uning atrofida biror hududiy yoki tashqi qudrat mavjud bo`lmaganda erishadi. Buni Dovud modeli deb atash mumkin. Ikkinchisi, biror imperial tuzumning bir qismi (rasman ittifoqdosh, avtonom yoki satraplik ko`rinishida bo`ladimi) bo`lib yashash. Bu ko`rinishda Isroil o`z mavjudligini saqlab qolishi mumkin, lekin ichki va tashqi siyosatda mustaqillik to`la qo`ldan boy beradi. Bu ko`rinish Fors modeli deb ataladi. Va nihoyat, uchinchisi, Isroil globalizatsiya, ommaviy ko`chish va migratsiya natijasida butunlay yo`q bo`lib ketadi. Bu Bobil modeli deyiladi.
Agar Isroil tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak u gegemon kuchlar bilan yuzlashmagan davrlari juda kam bo`lgan. Shu juda kam davrni hisobga oladigan bo`lsak, Isroil ma`lum vaqt Dovud modelida yashagan, lekin Fors va Bobil modellari ko`proq dominantlik qilgan.
Isroilning zamonaviy geosiyosati
Britanlarga ko`ra esa, O`rtayer dengizi, ayniqsa, uning sharqiy qismi Hindistonga o`tish uchun asosiy dengiz yo`li edi. Shu qatorida Gibraltar va Suvaysh ham ular uchun muhim edi. Suvayshning muhimligi shunda ediki, u Sharqiy O`rtayerda, Britaniya imperiyasining manfaatlari yo`lidagi asosiy g`ov-Usmoniylar imperiyasi yaqinida joylashgan edi. Bu Birinchi Jahon Urushi davomida Usmoniylarning halokatiga olib keldi. O`sha paytda inglizlar nima qilib bo`lsada Usmoniylarning kuchsizlanishi yoki umuman yo`q bo`lib ketishishiga erishish istagida edi. Lekin Britaniya yakka o`zi buning uddasidan chiqishi dargumon edi. Buni yaxshi tushungan inglizlar Usmoniylarning ichidan parchalab tashlash uchun mahalliy kuchlar bilan ittifoq bo`lishga urinishardi. Bunday ittifoqdoshlardan biri-Arab yarimorolidagi Beduin qabilalari edi. Qolganlari bir qancha anti-turk kelishuvlariga roai bo`lgan, Levantdan Fors Qo`ltig`igacha cho`zilib ketgan arablar edi. Uchinchi ittifoqdosh Isroilni qayta tashkil topishiga umid qiladigan kuchlar edilar. Bu ittifoqdoshlar inglizlar uchun juda kam ahamiyat kasb etardilar, Britaniya ular bilan faqatgina Usmoniylar parokandaligiga erish uchun hamkorlik qilardi.
Bunday strategiya ish berdi. Fransiya bilan kelishuv ostida Usmoniylar provinsiyasi bo`lgan Suriya Germon tog`i va dengiz o`rtasidan o`tuvchi chiziq orqali ikkiga bo`lib tashlandi. Shimoliy qism Fransiyaga berilib, Suriya va Livan tashkil qilindi. Janubiy qism Britaniya tasarrufiga o`tib, Falastin deya nomlandi.
Ikkinchi Jahon Urushidan Britaniya katta talofatlar bilan chiqdi. U, Falastinni o`z ichiga olgan holda, o`zining ilgarigi global qudratini qaytarib ololmadi. Urushdan keyin maydonga chiqqan ikki qudrat: AQSH va Sovet Ittifoqi Sharqiy O`rtayer uchun tengsiz raqobatga kirishishdi. Ularning hech biri Britaniyaning saqlanib qolishishini xohlamas edilar.
AQSH ham, Sovet Ittifoqi ham Isroilning tiklanishini Levantdagi o`z ta`sirlarini oshirish yo`li sifatida ko`rishdi. Sovetlar o`z mafkuralariga yaqinligi uchun Isroil ustidan nazorat qilishga umid qilishayotgan bir paytda, amerikaliklar o`z davlatlarining tashkil topishidagi yahudiylarning roli tufayli huddi shuni hayol qilishar edi. Xech biri asosiy narsaga e`tibor berishmadi: ular Levant muhimligini tushunishsa ham, uni asosiy jang maydoni sifatida ko`ra olishmadi.
Bir paytlar shafqatsiz Devid Ben Gurion hukumati tomonidan Yahudiylar birligi masalasi o`rtaga tashlanganda, Isroil qo`shnilarining tahdidlari yomg`iri ostida qoldi. Lekin bular shunchaki po`pisalar edi, xolos. Misol uchun, shimoliy qo`shni, Livan birlashmagan va Damashq ta`siri ostida edi. U amalda Isroil uchun biror tahdid ko`rsata olmas edi. Iordan daryosining sharqiy tomonida joylashgan Iordaniyani esa Isroildan ko`ra hududdagi arablar-falastinliklar ko`proq qiziqtirardi. Bundan tashqari iordaniyaliklar Isroil bilan yashirin aloqa o`rnatgan edilar. Misr xaqiqiy tahdid bo`lishi mumkin edi, lekin Sinayni kesib o`tishga qurbi yetmas va uning Isroilning yo`q qilish haqidagi da`vatlari realdan ko`ra ko`proq ritorik edi. Suriya esa Isroilning parokanda bo`lishini eng ko`p istaydigan davlat bo`lishiga qaramay, bunga yolg`iz o`zining kuchi yetmas edi.
Tashkil topishidan to Kemp Devid Kelishuvigacha Isroil Misrni o`ziga strategic tahdid deb bildi. Shu sababli u harbiy qudratdan ko`ra ichki barqarorlikni ta`minlash uchun milliy xavfsizlikka katta e`tibor berdi. Lekin u bir vaqtda armiyani ta`minlash, iqtisodiy imkoniyatlarni oshirish yoki urushga tayyorgarlik ko`rishishni uddasidan chiqa olmas edi. Xuddi shu faktor Isroilni uni qurollantirishdan manfaatdor bo`lgan buyuk qudratlar bilan hamkorlikka kirishishga majbur qildi.
Uning birinchi pushti panohi Sharqiy O`rtayerda Isroildan baza sifatida foydalanish istagida bo`lgan Sovet Ittifoqi bo`ldi. Isroil sovetlar ta`siriga tushib qolsa o`z mustaqilligini yo`qotishini yaxshi tushinar va bundan himoyalanish uchun o`zining ilgarigi qudratini tiklashga urinayotgan Fransiya bilan ham do`stona aloqalarga kirishdi. Aljirda saqlanib qolishga harakat qilayotgan va arablar bilan doimiy qarama-qarshiliklarda bo`lgan Fransiya Isroilni tabiiy ravishda o`z ittifoqdoshi sifatida ko`rdi. 1956-yildagi Suvaysh inqirozidan keyin Isroil ham Fransiyani o`zining mustaqilligini cheklash niyatida bo`lmagan ittifoqdosh sifatida ko`ra boshladi. Lekin Aljir Urushida Fransiyaga sodiq qolgan Isroil 1967-yildan keyin undan uzoqlasha boshladi.
1967-yilgacha Isroil AQSH bilan jiddiy munosabatlarga kirishmagan edi. AQSH esa Sovet Ittifoqini O`rtayerdan uzoqroqda tutib turishdek strategik manfaatga ega bo`lgani uchun doimo Isroil, shuningdek, bilan ittifoqqa kirishishni xohlar edi. Ammo sovetlar ham qarab o`tirishmadi, ularning sayi-harakatlari natyijasida 1960-yillarga kelib Suriya va Iroq o`z siyosatlarini o`zgartirishdi va sovetlardan qurol ola boshlashdi.
Misr bilan Kemp Devid shartnomasi asosida dushmanlikni tugatilishi Isroilni yangi davrga olib kirdi. Misr o`zining an`anaviy pozitsiyasiga qaytdi, Iordaniya muhim kuchga emas edi, Livan haligacha parokanda, faqatgina Suriya Isroil uchun yagona xavf edi. Biroq Isroil bemalol Suriyaga bas kela olar edi.
Kemp Devid natijasida Isroil deyarli Dovud modeli ko`rinishini oldi. Birlashgandan keyin qo`shni davlatlardan deyarli tahdidlarga uchramadi.
Hozirda Isroil uchun asosiy xavf-bu O`rtayerda yoki Afg`onistondan O`rtayergacha bo`lgan hududlarda yakkahukmronlikni da`vo qiluvchi biror buyuk qudratdan kelishi mumkin. Sovet Ittifoqining qulashidan beri o`tgan davr mobaynida bunday nafsi hakalak otgan qudrat ko`zga tashlanmadi. Biroq 21 yil juda katta muddat emas. Isroil Dovud modelini saqlab qolishi mushkuldir. Bu manfaatlar to`qnashgan hudud doimo kutilmagan xodisalar sodir bo`ladi. Uning kelajaki qanday bo`lishini faqat vaqt ko`rsatadi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий