Afg'oniston, bu mamlakatni nomini tilga olishimiz bilan ko'zimiz oldiga urushlar, zo'ravonliklar va albatta giyohvand moddalar keladi. Lekin aslida Afg'onistonni shu darajada jaxolatga botishida faqat afg'onlarni ayblash juda ham noto'gri bo'lgan bo'lardi. Afg'onistonning buyuk imperiyalar va qudratli davlatlar orasida "talash" bo'lib kelayotganiga mana deyarli 100 tildan oshdi. Bunda afg'on millatining yagona aybi uning strategik nuqtada joylashgan mamlakatda yashab kelayotganligidir. Lekin shuni unutmaslik lozimki, tashqi davlatlar tomonidan bir nechta bor hujumga uchrashiga qaramasdan Afg'oniston shu davrgacha uzoq davr mobaynida mustamlaka qilinmagan, xujum qilgan davlatlar bu hududda uzog'i bilan 10-15 yil o'z ta'sirlarini ushlab turisha olishgan, bunga afg'on xalqining urushlardagi tajribasi, chet elliklarga nisbatan doimiy dushmanlik qarashi, konservatorligi va albatta chetdan keluvchi strategik maqsadlarni ko'zlovchi "yashirin" madadlar sababdir.
7-oktyabr 2001-yil Afg'onistonga AQShning qiruvchi samoletlari birinchi bomba gilamlari bilan hujumni boshladilar. 1979-1989 yillar orasidagi Sovet armiyasi interventsiyasi, keyinchalik fuqarolar urushi vayronagarchiliklari va nihoyat tolibonlarning qattiqo'l rejimi ostida ezilayotgan afg'on xalqi uchun bu urush faqat adolatsizlik tuyg'usini va g'arb dunyosiga bo'lgan nafratni kuchaytirishga xizmat qildi. AQSH urushning boshlanishidayoq juda ham katta xatoga yo'l qo'ydi, lekin afsuski bu urushdagi ohirgi xato bo'lib qolmadi. Keyinchalik Buyuk Britaniya va boshqa g'arb davlatlarining bu koalitsiyaga qo'shilishi natijasida dunyoda g'arbga qarshi ideologik muhit paydo bo'ldi, tarixdagi boshqa mafkuraviy urushlardan farqli o'laroq bu jangda G'arbning dushmanlari aniq tuzilmaga ega emasligi ular bilan jang qilishni yanada qiyinlashtirdi. Bu safargi dushmanning "yuzi" (uniformasi) yo'q edi, u goh paranjiga o'rangan ayol s, goh 10 yasharlik bola, goh dehqon goh cho'pon va goh mulla ko'rinishlarida namoyon bo'lar edi. Bu safargi dushman g'alaba uchunmas balki kurash uchun urush olib borar edi, unda ishonch bor edi, bu ishonch shunchalik kuchliki u hatto o'zini qurbon qilishga ham tayyor, bu esa har qanday kuchli aniqlikdagi samoletdan otiladigan bombadan ham havfliroqdir. Bunday dushmanni tug'ilishiga esa asosiy sababchi g'arb davlatlarining aynan o'zidir, o'zlarining dunyoqarashi va mantiqlaridan kelib chiqqan holda dunyoga nazar tashlash, boshqa xalqlar va millatlarning urf-odatlarini hisobga olmagan holda o'zlarining yashash tarzini ularga singdirishlariga urinish faqatgina bunga qarshi zo'ravonliklar bilan javob qaytarishga sabab bo'ldi.
G'arb dunyosi Afg'on urushida ko'p xatoliklarga yo'l qo'ydi, lekin men bugun shulardan asosiy birinchi 10-likni aytib o'tmoqchiman.
Birinchi xato, AQSHning Afg'onistonni yoppasiga bombardimon qilinishi, shu jumladan begunox afg'onlarni ham. Bu esa Ben Laden uchun katta muaffaqiyat olib keldi. AQShning hujumidan oldin Afg'onistondagi kuchlar juda ham tarqoq edi, bir tomonda Ben Laden, bir tomonda Mulla Umar va boshqa tomonlarda, O'zbek, Tojik darg'alari, aynan Agg'onistonga umumiy hujumdan keyin bu kuchlarning hammasi tashqaridan kelgan bosqinchiga qarshi umumiy kuch bo'lib birlashishdi. Giyohvandlik moddalari savdosidan keladigan pulga tayangan holda, radikal Islomiy kuchlar AQShning Ben Laden va Al-Qoidaga qarshi boshlagan urushini g'arb dunyosining musulmonlarga qarshi urushi ekanliga ko'pchilikni ishontirishga erishdilar, natijada dunyoning turli burchaklaridan musulmonlar G'arbga qarshi kurash olib borish maqsadida Afg'onistonga ko'nglli askar bo'lib qo'shildilar.
Ikkinchi xato, Vashingiton Afg'onistonda umuman mazkur hududga mos kelmaydigan odatiy urush olib bordi, bu esa uning Vetnam urushidan yetarlicha saboq olmaganini ko'rsatadi. Aslida esa bu urush ikki qo'shin orasida emas balki qo'shin va qo'zg'olonchilar orasidagi urush edi. NATO va AQShning yuqori texnologiyaga ega qurollari Qobul bozoridagi beliga bomba o'ragan va paranji ostidagi tolibonni aniqlashga umuman moslashmagan va bunday nomutanosiblik deyarli barcha urush davomida kuzatildi. Qurol-aslahalar shunchalik zamonaviylashgani sari afg'onlar ham shunchalik chiniqib tajriba orttirib bordilar, natijada oddiy afg'on dexqonidan 10 ta amerikalik askaridan ayyorroq va ehtiyotkorroq bo'lgan tutqich bermas isyonchi yaratildi.
Uchinchi xato, urush olib borish uchun tanlangan tayanch nuqta, ya'ni Pokiston. Hammamizga ma'lum Pokiston dunyodagi birinchi va yagona yadro quroliga ega bo'lgan musulmon mamlakat, uning Hindiston bilan Kashmir hududidagi mojarolar oqibatida Hind millatiga qarama qarshi o'laroq Musulmon-Pokiston milliy mafkurasi paydo bo'lgan. Aynan shu mafkura Pokistonliklarning Hindistonliklardan yagona va kuchli farqini bildiruvchi omildir. Undan tashqari aynan Tolibonlarning guruhlariga asos solinishida va ularning diniy va harbiy tayyorgarligida Pokiston mahfiy hizmatlarining ro'li eng kattadir.Vashingitonni Islomiy radikalizm kuchaygan hudduddan turib Islomiy radikalizmga qarshi urush olib borishi axmoqlikdan boshqa narsa emas. Agar G'arb davlatlari urushni O'rta osiyo hududidan turib olib borish haqida sal chuqurroq o'ylab ko'rganlarida hozirgi holat ancha boshqacha tus olgan bo'lardi. Chunki O'rta osiyodagi barcha hukumatlar Islomiy radikalizmning ashaddiy dushmanlaridir va ular bilan hech qanday murakkab munosabatlarga ega emas. Shu o'rinda Amerikaliklarning Islomga bo'lgan munosabatini ham hisobga olib o'tishi kerak. Oddiy Amerikalik uchun Islom so'zi butun radikalizmni va musulmon zo'ravon konservatorni anglatadi, aslida haqiqatdan shundaymi? Bu narsa xududiy nomlanishlarga ham tegishli, O'rta osiyo mamlakatlarida -iston qo'shimchasini o'ziyoq hatto AQSH mutahassislari uchun ham bu davlatlar orasida qandaydir diniy yoki milliy umumiylik bor degan fikrni yaratadi. Bu esa bu mutahassislarning bu hudud bilan va aholining madaniyati, urf-odatlari bilan yahshi tanishmasligini, natijada esa yanglish uslublarni qo'llanilishi sababini tushuntirib beradi.
To'rtinchi xato, AQSH o'zining harbiy kuchlariga va NATO qo'shinlariga haddan tashqari ishonch bildirib boshqa kuchlarni mensimasdan ish olib bordi. O'zining chalkash deklaratsiyalari bilan nafaqat Musulmon dunyosida balki butun dunyoda o'ziga nisbatan nafratni oshirdi. Musulmon dunyosi esa G'arb dunyosiga nisbatan haqiqiy urush kayfiyatini o'zida mujjasam qildi. Natijada AQSH va G'arb bilan munosabat o'rnatishga barcha davlatlar havfsirab yondashadigan bo'ldi. Chunki "aniq maqsadlar" orqasida doim yashirin maqsadlarning yotishi AQSh va G'arb tashqi siyosatida oddiy holga aylanib qoldi.
Beshinchi xato, AQSh Afg'onistonda giyohvandlik moddalarini yetishtirilishiga qarshi jiddiy kurash olib bormadi, aksincha uni e'tiborsiz qoldirgan holda yoki bo'lmasam NATO qo'shinlarining bu savdoga aralashishiga yo'l qo'yib berib giyohvandlik moddalarini yetishtirishni 20 barobarga o'sishiga sababchi bo'ldi. Shu o'rinda eslatib o'tish joizki AQSh hujumidan oldingi Afg'onistonni boshqargan Tolibonlar hukumati giyohvand moddalar yetishtirish va savdosini qa'tiy ravishda taqiqlab, 1999 yilda 4500 tonna yetishtirilgan giyohvandlik moddasini 2001-yilga kelib 185 tonnaga tushirishga muaffaq bo'lgan edilar. G'arb intervensiyasi esa bu masalani deyarli ochiq qoldirdi, natijada giyohvand moddalari jangarilar uchun asosiy moliyaviy manbaga aylandi, shu jumladan bangilar sonining oshishi va afg'on jamiyatining bu zahar bilan izdan chiqishi Afg'on xalqida bosqinchi chet elliklarga nisbatan nafratni yanada kuchaytirdi.
Oltinchi xato, AQShning asosiy hujumlarni Afg'onistonning yirik shaxarlariga qaratishi va boshqa xududlarni nazardan chetda qoldirishi, shu jumladan Pokistonning Vaziriston viloyatini. Albatta bu hayratlanarli hol, chunki Tolibonlar harakatining asoschilari bo'lmish SRU va Pokiston mahfiy hizmatlari bu jangarilarning asosiy tayyorgarlik maktablari va yashirin qarogohlari Qobulda emas balki Afg'oniston va Pokistonning tog'li hududlaridagi yashirin bazalarda joylashganligini bilishar edi. Oddiygina Ben Laden ham Pokistondagi yashirin qarorgohida paytida o'lim topgan. Demak bundan xulosa chiqarish unchalik qiyin emas edi. Nahotki AQSHning strategik mutahassislari shu darajada axmoq bo'lishsa?
Yettinchi xato, G'arbning madaniy va ijtimoiy jihatidan O'rta asrlar davriga mos keladigan jamiyatga Demokratiya va Inson huqulariga asoslangan Fuqarolik jamiyatini qurishiga urinishi. Ayni paytda esa Hamid Karzayni qo'g'irchoq prezident sifatida hukumat tepasiga chiqarib qo'yilishi. Afg'oniston hali ham urug' aymoqchilik va qabilachilik asosiga qurilgan jamiyatdan iborat, bu yerda nafaqat demokratiyani o'rnatishga urinish hatto bu haqda gapirish ham befoyda. Agar g'arbning haqiqatda ham Afg'onistonni demokratik davlatga aylantirish hohishi bo'lganda bu jarayonni bosqichma bosqich olib borish lozim edi. Bu bosqichdan o'tish uchun esa Afg'onistonda yagona hurmatga sazovor hukumat bo'lmish qirol oilasi vakili Zahir Shoxni muvaqqat hukumatining boshlig'i qilib tayinlash kerak edi.
Sakkizinchi xato, AQSH va G'arb davlatlarining Afg'onistonga qutqaruvchi emas balki bosqinchi sifatida kirib kelishi. Ya'ni G'arb askarlarini aholiga havfsirash va dushmancha nazar bilan qarashi, aholi va askarlar orasidagi aloqani yo'qligi, G'arbning go'zal va insoniy aqidalarini aholi orasida yoyish o'rninga o'zlarining "Qal'alari" bo'lmish harbiy bazalarida pulemetlar orqasiga yashirinishidir. Adfg'onistondagi g'arb harbiy bazalarida hatto ichimlik suvi ham plastik butilkalarda Yevropa va AQShdan keltiriladi, harbiylarga mahalliy aholi bilan har qanday aloqa ta'qiqlangan. Ustiga ustak G'arbning asosiy siyosati qurbonlar sonini nolda ushlagan holda harbiy tehnologiyaga tayanib urushda g'olib chiqish edi. Uchuvchisiz samoletlar, zirhli harbiy avtomobillar, uzoqni ko'zlovchi raketalar bu urshda insoniylikni yo'qqa chiqardi. Afg'onlar uchun G'arbliklar yarim robot va yarim odamdan tashkil topgan qotillar tasavvurini hosil qildi. Bundan tashqari harbiy tehnikalar va kiyim boshlar umuman afg'on urushiga nomutanosib edi. Jangarilar qo'lida AK-47 va bir ikkita granata bilan juda ixcham va tez harakat qila olardilar, AQSh askarlari esa shu darajada texnika bilan yahshi ta'minlangan edilarki natijada bu narsa ularni jang davomida ko'p narsalarga bog'liqlikni keltirib chiqardi, jang paytida esa GPSga qarab radioda aloqada qolish faqat o'lim bilan yakun topishi aniq. Bunday holat g'arb askarlarini mustaqil harakat qilishiga yo'l bermadi va ko'pchilik operatsiyalar hech qanday natijasiz yakun topdi. AQSh va G'arb hukumatlari bu borada Afg'onistonni jiddiyga olmagani aniq, 2004-yilda Afg'onistonda G'arb askarlarining umumiy soni 20 000 kishidan iborat edi. Hududi deyarli Fransiya hududi bilan, aholisi deyarli O'zbekiston aholisiga teng malakatni 20 000 kishilik askar bilan (uni ustiga bu Afg'oniston, bu davlat mana 35 yildirki urush ichida yashab kelmoqda, aholisining urushdagi tajribasi deyarli har qanday soldatdan ham kuchliroqdir) nazorat qilishni o'ylashlik... Undan tashqari bittagina tarixiy saboqni eslashni o'zi kifoya edi, Sovet Ittifoqi Afg'onistonni 100 000 kishilik qo'shin bilan ishg'ol eta olmagan edi, hatto u bilan chegaradosh bo'lishiga qaramasdan. Shunday omillardan ko'z yumishlik axmoqlik emasmgi?
To'qqizinchi xato, AQShning Afg'onistonga bombalar bilan kirib kelishi. AQSh Afg'onistonga urush boshlaganda, bu mamlakat endigina fuqarolar urushidan chiqqan, undan oldin esa Sovet qo'shinlari tomonidan vayron qilingan edi. Shunday bir vayrona davlatda AQSh o'zining harbiy qudratini (yadro qurolini hisobga olmagan holda) maksimal darajada sinab ko'rdi desak xato bo'lmaydi. Albatta shu o'rinda AQShning ichki siyosatidagi harbiy industriyani boshqaruvchi lobbylarning rolini unutmaslik lozim. Shu 11 yil ichida AQSh Afg'onistondagi urushda harbiy harajatlarga 500 mlrd $ sarflagan bo'lsa, insonparvarlik yordamlariga atigi 125 mlrd $ sarf etdi, lekin bu raqamlar ham aldovchi. Chunki urushning dastlabki kunlaridan 2004-yilning ohirlarigacha AQSh insonparvarlik yordamlarini minimum darajada ushlab turdi. Undan tashqari berilgan moddiy yordam ham Afg'onistonning katta shaharlariga yo'naltirildi, natijada mazkur mamlakatdagi kuchli korrupsiya tufayli bu pullar Afg'on administratsiyasida qo'ldan qo'lga o'tib deyarli havoga uchganday yo'q bo'lib ketdi. Bunday axmoqona pul sochishni o'rniga G'arb davlatlari Afg'onistonning chekka, tashlab qo'yilgan hudulariga e'tiborlarini qaratgani ularga ko'proq foyda bergan bo'lar edi. Chunki jangarilarning ko'pchiligi shunday chekka hududlardagi og'ir sharoitli qishloq va ovullardan yetishib chiqadi. Bu pullarni Afg'on qishloqlariga elektr energiyasi, gaz tizimlarni o'rnatishga sarflaganda Afg'on halqi rivojlanishni boshqa tomonini ko'ra bilgan bo'lar edi, chunki chekka qishloqlarda afg'onlar sovuq havodan jon berishmoqda.
O'ninchi xato, AQShning shu regiondagi mamlakatlar bilan munosabatlarini yomonlashtirishi. Agar hozirda O'rta Osiyo xaritasiga qarasak deyarli Afg'onistonni o'rab olgan barcha mamlakatlar AQShga dushman nazari bilan qarovchi mamlakatlardir. Lekin bu holat yangi, bundan 10-15 yil oldin ahvol AQSh uchun bu darajada og'ir emasdi. Afg'onistonga hujum boshlagan AQSh urushning dastalbki yillarida bu hududdagi davlatlar bilan yaqindan aloqa qilib siyosiy muvozanatni saqlab keldi. Lekin 2004-2005 yillarga kelib G'arb Sobiq Sovet ittifoqi respubliklarida "rangli revolyutsiyalar" uyushtirishni boshladi. Shu jumladan O'rta Osiyo va Kavkazda ham. Bu urinishlar AQSh uchun Ukraina, Gruziya va Qirg'izistonda muaffaqiyat bilan tugagan bo'lsa boshqa hukumat kuchlari mustahkam o'rnashib olgan mamlakatlarda boshi berk ko'chaga kirib qoldi. Jumladan O'rta Osiyoning eng qudratli davlati bo'lmish O'zbekistonda AQSh o'z tayanchini yo'qotdi. Yuqorida aytib o'tilgan davlatlardagi "rangli revolyutsiya" uzoq muddatli mevalar bermadi. Rossiyaning Abxaziyani kuch ishlatish yo'li bilan egallashi, Ukrainada Rossiya qo'llab quvvatlagan hukumatni o'rnatilishi, O'rta osiyoda Rus va Xitoy hukumatlarining yahshilab o'rnashib olishi AQShning nomaqbul strategik manevr olib borganidan dalolat beradi. Uni ustiga Afg'onistonning qo'shnilari bo'lmish Xitoy, Eron va Pokiston ham AQShni birnchi raqamli dushmanlar ro'yhatiga kiritib qo'ydi desak xato bo'lmaydi. Shunday xolatda AQSh Afg'onistonda siquvga olingan holatda g'alab qozona oladimi? Albatta yo'q.
Yuqorida sanab o'tilganlar Afg'onistondagi ohirgi urush davrida yo'l qo'yilgan eng katta xatolardir. Bu urushning umumiy hisobi 1 trln AQSh dollaridan oshib ketdi, lekin natija umuman qoniqarli darajada emas. Tolibonlar hali ham mavjud, radikal Islom hali ham butun O'rta Osiyoga havf solib turibdi, AQShning Afg'onistonga hujumi bu muammolar ustiga yana giyohvandlik moddalari yetishtirish va savdosi muammosini qo'shishga hizmat qildi holos.
Endi asosiy savol tug'iladi, AQSh nimaga Afg'onistonga hujum qildiyu, nimaga endi bu hududdan chiqib ketishni e'lon qildi? Asl maqsad Ben Ladenni yo'q qilishmidi (hatto bu ishning bahosi 1 trln $ bo'lsa ham)? Nahotki AQSh bu davlatni shundayligicha tashlab chiqib ketsa, ertaga qaytadan 11/09 qaytarilishidan havfsiramaydimi?
Albatta bu savollarga javob berish murakkab, davlatlarning asl maqsadlarini bilish juda ham qiyin ayniqsa hozirgi informatsiya davrida. Lekin bu borada fikrlar ham yo'q emas, bu haqda biz sizlarga keyingi, Yangi Buyuk O'yinga bag'ishlangan maqolamizda batafsil ma'lumotlar beramiz.

Комментариев нет:
Отправить комментарий