16.11.2012

Ahmadinajod, Gitler, Saddam va “Murosa Analogiyasi”

  Siyosatchilar 1930-yillarda va 2000-yillarning boshida mamlakatida xotirjamlikni qaror toptirish harakatiga tushib qolgan Adolf Gitler hamda Saddam Husaynlar orasidan analogiya(o`xshashlik)lar topishni xush ko`radilar. Endi bu ikki diktatorni ichidan Eron prezidenti Mahmud Ahmadinajot ham joy oladigan ko`rinadi.


  2011-yilning noyabr oyida Xalqaro Atom Energiyasi Agentligi (IAEA) direktori Yukiya Amano Eron yadroviy dasturining asl tabiati borasida juda kam shubhalar qolganligini ma`lum qildi. 2012-yil avgustining o`rtalarida IAEA tomonidan chiqarilgan boshqa bir xisobotga ko`ra Eron uranni boyituvchi sentrafugalar sonini ikki baravarga ko`paytirgan. Bu xisobotlar G`arb va Isroil tomonidan Eron yadroviy dasturiga qarshi siyosiy munozaralarni qaytadan avj oldirilishiga sabab bo`ldi. Eronning qudrati yadro bombasi yaratishgacha yetganiga ishonilar ekan, siyosatchilar va tahlilchilar Eronni to`xtatib qolish uchun turli xarbiy muqobil yo`llar haqida bosh qotirmoqdalar. Eronni tinchlantirishga urinishdan deyarli naf yo`q, tarix buni allaqachon isbot qilib bo`lgan.

Mahmud Ahmadinajod


  Eron o`z dasturini davom ettirgan bir paytda butun Fors ko`rfazi bo`ylab urush shamoli kezar ekan, kelishuv borasidagi umidlar ham so`nib bormoqda.

  Ko`plab mashxur G`arb siyosatdonlariga ko`ra kelishuv haqida bir tarixiy saboq mavjud: Diktator bilan hech qachon kelishib bo`lmaydi! Agar bu nazariya noto`g`rib bo`lganda edi, Fashistlar Germaniyasi Ikkinchi Jahon Urushini boshlamagan bo`lardi. Kelishuv, tinchlantirish, muzokara bunday hollarda ish bermaydi, bu haqida tarix o`z so`zini aytib bo`lgan. Shu sababli 1930-yillar mezonlari bilan o`lchansa, hozirda Eronga qarshi urush ochish uchun to`la asos mavjud, xech bo`lmaganda xavo hujumlari. Radikal siyosatchilar tili bilan aytganda, urush do`zax, lekin kelishuv undan battarroqdir.

  Ikkinchi Jahon Urushidan keyin o`tgan tartibsiz o`n yilliklar davomida Atlantikaning har ikki qirg`og`ida kelishuvlar va diplomatik muzokaralar bilan qorishib ketgan bir qancha shu kabi holatlar yuzaga keldi.
Shunday xalqaro holatlar haqida so`z borar ekan bir qancha amerikacha misollar yodga tushadi. 1950-yilda prezident Garri Truman Shimoliy Koreyani Janubiy Koreyaga xujum qilishda ayblab, buni “xuddi Gitler Avstriya va Chexoslavakiya chegaralarini kesib o`tganda butun dunyoga mag`rurona qaragandek” holat bilan qiyoslagan edi.

  O`zining Vyetnamdagi urushini ximoya qilar ekan, pezident Lindon Jonson: “Biz Myunxenda Gitlerdan bir narsani o`rgandik: g`alaba agressiyaning ishtaxasini yanada ochar ekan xolos.” degan edi.

  1990-1991-yildagi Ko`rfaz Urushi vaqtida prezident J.V. Bush: “Kelishuv ish bermaydi. 1930-yillarda guvoh bo`lganimizdek, hozir ham biz Saddam Husaynni o`z qo`shnilariga tahdid qiladigan tajovuzkor diktator qiyofasida ko`rib turibmiz.” deya bayonot bergan edi.
  2002-yil 12- sentyabrda prezident Jorj Bush BMTga murojaatida yana bir “Murosa Anologiyasi”ni ishlatdi: “O`z vaqtida (1991-yilda) Saddam Husaynni to`xtatib qolish o`rniga u bilan murosa qilinganda edi, u keyinchalik butun dunyo osoyishtaligi va barqarorligini xavf ostiga qo`ygan bo`lardi. Yaxshiyam, tajovuz o`z vaqtida to`xtatib qolindi”.
  Milliy Xavfsizlik Maslahatchisi Kondoliza Rays 2003-yil 16-fevral kuni NBCda qilgan chiqishida: “Biz har kimga zolimlar biror murosaga javob qaytarmasliklarini eslatib turishimiz lozim. Ular faqat bosimga javob qaytaradilar xolos. 1930-1940-yillarda biz zolimlar bilan bilan murosa qilib katta xato qilganimiz xaqiqat bo`lganidek, hozir ham bu xaqiqat o`z mantig`ini yo`qotmagan” degan edi.

  “Murosa Anologiyasi” atamasi Birinchi Jahon Urushidan keyin, 1920-yillarda Germaniya bilan tinchlikni qaytadan tiklash strategiyasi davomida ilk bor qo`llanilgan.

  Lekin 1930-yillardagi voqealar bu atamaning ma`nosini o`zgartirib yubordi. 1956-yildagi Suvaysh Inqirozi paytida bir qancha ziddiyatlar ko`tarildi. O`sha paytdagi premyer-minister Antoni Eden yozganidek, “Murosa Sabog`i” faqatgina tajovuzkor despotning ishtaxasiga ishtaxa qo`shadi xolos. Boshidanoq diktatorning kuchini kesib qo`yish juda muhim.

  1982-yili Falklend orolida boshlagan urushini oqlar ekan, Margaret Tetcher: “Agressorlar xech qachon g`olib chiqmasliklari shart va xalqaro qonun tantana qilishi lozim” deya xitob qilgan edi.

  11-sentyabr voqealaridan keyin bu kabi munosabatlar yana yuzaga chiqdi. Teraktdan bir qancha kunlardan so`ng Tashqi Ishlar Kotibi Jek Strov Vakillar Palatasi a`zolarini “30-yillar tajribasidan xulosa chiqaring, uning natijalari nimaga olib kelganligini hammamiz yaxshi bilamiz” deya ogohlantirgan edi.

  1945-yildan keyin Uinston Cherchil Ikkinchi Jahon Urushi “keraksiz urush” bo`lgan degan edi. Tarixchilar bu urushning asosiy sababchilari deb Bosh Vazir Nevil Chemberlin va tarafdorlarini ko`rishadi. Ularning fikricha Chemberlin va uning “jamoa”si Gitlerga yon bosishgan hamda uning o`zboshimchaliklariga vaqtida munosib javob qaytarishmagan. Tarixchilarga ko`ra, Chemberlin kabineti Fashizm balosiga yetarlicha baho bermagan, Gitlerning asl niyatlari haqida omma o`rtasida tushuntirish olib bormagan va qayta qurollanishda xato qilgan, bularning barchasi urushga olib kelgan.

  1960-yillarda topilgan yangi xujjatlar shuni ko`rsatdiki, urushgacha bo`lgan britan siyosati bo`linib ketgan omma fikri, Buyuk Tushkunlik asoratlari va imperiyaning tashqi muammolari tufayli boshi berk ko`chaga kirib qolgan edi. Fashistlar bilan murosa yagona mantiqiy chora, birdan-bir yo`l edi.

   Xo`sh, yuqoridagilardan qanday xulosaga kelish mumkin? Diktatorlarni doimo bosim ostida saqlab, ularning harakatlariga munosib javob qaytarib turish kerakmi? Yoki ular bilan murosa qilishmi? Balki ularga doimo qarshi bo`lish noto`g`ri qadam bo`lar? Balki ular bilan murosa qilish og`ir vaziyatlarga olib kelar? Ko`rib turganimizdek, tarix doimo o`z so`zini aytadi. Lekin uning so`zlari doimo xaq bo`lib chiqadimi? Ehtimol, tarix doimo xaqdir, faqat biz uning so`zlarini tushunib ololmasmiz? Tarix saboqlarini anglab, undan to`g`ri xulosa chiqarganimizda edi, hozirgi avtoritar hukmdorlar, diktatorlar bilan qanday munosabat qilish kerakligiga bosh qotirib o`tirmas edik. Bunisini endi vaqt ko`rsatadi…

1 комментарий: