Misr Isroilning qudratli qo`shnilaridan biridir. Avvaliga dushman bo`lgan ikki mamlakat deyarli 40 yilldan beri tinch yashab kelishmoqda. 1973-yildagi Yom Kippur jangi ortidan imzolangan 1978-yildagi Kemp-Devid tinchlik kelishuviga ko`ra Misr Sinayda tinchlikni saqlab turish uchun ma`lum miqdorda qo`shin saqlab turishi mumkin edi. Strategik jihatdan bu kelishuv Sinay yarimorolini Misr-Isroil o`rtasidagi buffer zonaga aylantirdi.
Kelishuvga ko`ra yarimorol neytralitetligiga qarab 4 zonaga bo`lingan. Bu zonalardagi qo`shinlar miqdori ham belgilab qo`yilgan. Misr Suvaysh kanali bo`yidagi A zonaga mexanizatsiyalashgan yoki piyoda qo`shinlarni olib kirish xuquqiga ega. B zonada qurolli qo`shinlar munisipal politsiya va chegara nazorati kuchlari darajasiga pasayadi. 1,600 nafar xalqaro tinchlikparvar kuchlar C zonaning sharqidagi 32 ta bazada xizmat qilishadi. Isroil D zonada cheklangan qo`shin saqlab turishi mumkin.
Vaqti-vaqti bilan Isroil Misrning jangarilar va kontrabandachilarga qarshi kurashishi uchun A zonaning sharqida qo`shinlar sonini oshirishga ruhsat berib turadi. 2011-yilda Husni Muborakning hokimiyatdan qulatilishi ortidan boshlangan boshboshdoqliklarni bartaraf etish uchun Isroil Burgut Operatsiyasining bir qismi o`laroq 2,500 askar va 250 ta zirxli tehnikani B hamda C demilitirizatsiya zonalariga kiritishiga rozi bo`lgan edi. Keyinchalik Burgut Operatsiyasi 5-avgustda chegara postlaridan biriga qilingan jangarilar xujumiga javob tariqasida boshlangan Sinay Operatsiyasi bilan qo`shib olib borilgandi.
Har ikki operatsiyadagi umumiy kuchlar soni 2500 dan ortiq askar, 300 dan xarbiy tehnikani tashkil qilgan edi. Isroil shuningdek, C zonaga xalqaro tinchlikparvar kuchlarni joylashtirilishiga ham rozi bo`lgan edi. Bu yon bosishlari shuni anglatadiki, Isroil Sinay konfliktida aralashishdan o`ziga naf ko`rmaydi. Lekin yarimoroldagi tichlik u uchun juda zarur.
Sinaydagi so`ngi jangarilik harakatlarining ko`pchiligida Isroil yoki yarimoroldagi isroilliklar sayyohlar nishonga olindi. Bunday harakatlar davom etar ekan, 14-noyabr kuni Isroil Hamas yetakchilaridan biri bo`lgan Ahmad Jabariyning o`ldirilganligini e`lon qilishidan biroz oldin Rafah chegara shaharchasidan Isroil janubiga to`rt raketa otildi. Bular Qassam va Grad turkumidagi raketalar ekanligiga ishonilar ekan, Isroil Misrga bu kabi tahdidli kuchlarni tag-tomiri bilan yo`q qilib tashlash uchun Sinayda qo`shinlar sonini ko`paytirishga yana bir bor ruhsat berishga majbur bo`ldi.
Yangi keltirilgan Misr Armiyasi qismlarining ko`pchiligi G`azo-Misr chegarasi bo`ylab joylashtilirib chiqildi. Razvedkaga ko`ra Rafahdagi chegara hududlari va yashirin yerosti tunnellari G`azo sektoriga noqonuniy narkotik moddalar hamda qurollarni olib kirishda asosiy yo`l vazifasini o`tagan. Hozirda Misr qurolli kuchlari chegara bo`ylab blokpostlar o`rnatib chiqishgan va Sinaydagi tranzit harakatlarini sinchkovlik bilan kuzatishmoqda. Shuningdek, uzoq vaqtdan beri Misrni G`azodan falastinlik qochoqlarning oqib kelishi, buni ortidan vaziyat izdan chiqib ketishi mumkinligi tashvishga solib kelar edi. Endilikda chegaralar yopilib, qattiq nazorat o`rnatildi. Bundan tashqari Misr jangarilardan qasos olish uchun Isroilning sinayga kirish ehtimolidan ham qattiq tashvishga tushmoqda. O`z navbatida Misr qo`shinlarining bu darajada chegaraga yaqinlashishi Isroilga ham yoqmaydi. Biroq mavjud vaziyatda Isroil Misr qo`shini o`ziga tahdid sifatida ko`rmasligi haqiqatga yaqinroq.

2008-yildagi Kest Lid Operatsiyasi (bu operatsiya paytida Misr chegaralarni berkitib qo`ygan, xatto falastinliklar bilan o`q almashgan ham edi)ga o`xshamagan holda, 15-noyabrda Misr chegaralar yopilmasligini, yaralangan odamlar Misr hududiga o`tishi mumkinligini e`lon qilgan edi. Lekin ulkan qochoqlar oqimidan qo`rqqan Misr o`z insonparvarlik qarashlarini o`zgartirib, 16-noyabr kuni chegarani yopib qo`ydi.
Agar Misr chegarani ochiq saqlasa, Isroil falastinlik jangarilarni Misrga o`tib ketishining oldini olish maqsadida G`azodagi Misr bilan chegaradosh Filadelfi hududiga qo`shin jo`natishga majbur bo`ladi. Bu esa so`ngi yarim asr davomida ikki davlat qo`shinlarining birinchi bor juda yaqin masofada turib qolishini anglatib, regiondagi barqarorlik muvozanatini izdan chiqib ketish xavfini oshiradi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий