Bundan to`rt yil oldin 4-noyabr kuni amerikaliklar o`z
prezidentlarini saylash uchun ovoz berayotgan bir paytda Isroil qo`shini va
buldozerlari Hamas tomonidan qurol-yarog` kontrabandasi uchun yaratilgan
yashirin yerosti tunnellar tarmog`ini yo`q qilish uchun G`azo bo`lgasiga
bostirib kirdi. Sobiq Misr prezidenti Husni Muborak vositachiligida erishilgan
sulh barbod bo`ldi. Hamas javob tariqasida bir necha hafta davomida Isroil
hududini minomyot va raketalar bilan
o`qqa tutib turdi. Natijada 2008-yil 27-dekabrda Isroil Kest Lid Operatsiyasini
boshladi. Operatsiyasining ilk yetti
kuni davomida G`azo xavodan kuchli bombardimon qilindi, keyin 15 kunlik
quruqlikdan xujumlar olib borildi. Bir qancha Hamas yetakchilari va 100 lab
jangarilar yo`q qilindi. Isroil Mudofaa Vazirligining o`sha paytda hisobot
berishicha 10 nafar Isroil askari va 3 fuqarosi xalok bo`lgan; 1,166 nafar
nobud bo`lgan falastinlikdan 709 tasi jangari bo`lgan.
Qudratga kelish
2006-yil Hamasning o`z mafkuraviy raqibi Fatah ustidan saylovlarda g`olib chiqishi bilan boshlangan edi. Falastin siyosatining secular hamda ko`proq pragmatik tomonida turuvchi Fatah o`zaro kelishmovchiliklar, Isroil bilan muzokaralardagi xatolar tufayli allaqochon kuchsizlanib qolgan edi. Hamasning muvaffaqiyati har ikki fraksiya o`rtasida bir necha oyga cho`zilgan kichik fuqarolar urushiga olib keldi va nihoyat, 14-iyunda Hamas G`azo boshqaruvini Fatahdan butunlay tortib olishga erishdi. 11 kundan so`ng Isroil askari Gilat Shalt Hmas tomonidan o`ldirildi va yana ikki nafari o`ldirildi. Shu tariqa Isroil bilan yangi dushmanlik davri boshlandi.
2006-yilning 12-iyulida Hizbulloh Isroil shimoliga kirib, ikki askarni o`ldirdi. Bu yurish bir oyga cho`zilgan Ikkinchi Livan Urushiga sabab bo`ldi. Keyinchalik ma`lum bo`lishicha Hizbulloh bu ziddiyatga yaxshi tayyorlangan, qo`shini va qurollarini saqlash hamda tashish uchun tunnellar tizimini barpo etgan ekan. Hizbulloh Isroilni hayratga solib, janglarda anti-tank raketalar, zamonaviy bombalar va Hayfagacha yetib boorish imkoniga ega o`rta-uzoqlikdagi raketalardan foydalandi. Isroilning tayyor emasligi Hizbullohning ramziy g`alabasiga sabab bo`ldi. 1973-yildan buyon biror arab harbiy harakati Isroilga qarshi bunchalik effektiv jang qilmagan edi. bu g`alaba butun mintaqaga aks-sado berdi. Shu paytgacha Isroilning xarbiy qudrati haqidagi ovozalar shubha ostiga olindi. Isroil oddiy, nodavlat jangari guruh tomonidan yengilgan edi.
Ayni bu vaqtda Hamas G`azoda kuchli iqtisodiy-siyosiy izolatsiya o`rnatgan guruh tashkil qildi va bu guruh Hamasni mintaqada legal siyosiy kuch sifatida tan olishlari uchun dunyoga murojaat qila boshladi. Biroq bu murojaatlarning ko`pi e`tiborsiz qoldirildi. Shundan so`ng Hamas Hizbulloh namunasiga e`tibor qaratdi.
Hizbuloh Erondagi qudratli kuchlardan yordam olardi. Hamasda esa bunday homiy yo`q edi. Husni Muborak, Bashar al Assad, Hoshimiylar qo`l ostidagi Iordaniya va Saudlar oilasi ta`siridagi boshqa Ko`rfaz davlatlarining hammasi Hamasni siquvda ushlab turishni istashardi. Ular falastinliklarga xayrihohliklarini namoyishkorona ko`rsatib, Isroilni ayblasalar ham, aslida, falastinlik qochoqlar va Hamas kabi radikal guruhlarni o`z rejimlariga xavf sifatida ko`rishardi.
Hamas o`zini dastaklashlarini so`rab davlatlarga murojaat qilishni boshlagandan so`ng Eron Isroilning yonginasida unga qarshi xarbiy kuch yetishtirish imkoniyatini ko`rdi. Saudiya va Hamas o`rtasidagi aloqalar shiddat bilan kuchayyotganligining guvohi bo`lgan Tehron guruhni moliyaviy va xarbiy ta`minlashni o`z qo`liga oldi. Eronning Islomiy Inqilobiy Qo`shini Hamas bilan guruhning arsenalini boyitish ustida ish boshlab, G`azo bo`ylab jangarilar va qurollarni tezkor tashish maqsadida tunnellar tizimini barpo etdi. Tez orada Isroil bunga e`tabor qaratdi, natijada 2008-yilning so`ngida Kest Lid Operatsiyasi boshlandi.
Kest Lid Operatsiyasi
Hamas Kest Lid davomida og`ir strategik muhitda harakat qildi. Ikkinchi Livan Urushida Hizbulloh Litanni daryosining janubidagi deyarli aholi yashamaydigan hududdan Isroilga raketa otgan edi. Shu sababli katta shaharlar javob hujumlaridan deyarli zarar ko`rmagan edi. G`azo esa aholi zich joy bo`lib, Hamasda urush tufayli ommaning quvvatlovini yo`qotish xavfi katta edi. Shuningdek aholining zichligi Isroil Armiyasi uchun ham qiyinchilik tug`dirar edi.Operatsiya davomidagi muzokaralarda Misr asosiy rol o`ynadi. Misr Rafah chegara hududidan Sinayga falastinlik qochoqlar oqib kelishiga va Hamas huddi shu yerdan o`tgan qurollar kontrabandasini qaytadan boshlashiga yo`l qo`ymaslik uchun sulh matnini o`zi tayyorladi. O`sha paytda muholifatda bo`lgan Musulmonlar Birodarligi partiyasi Muborakni musulmonlarga qarshi chiqib, Isroilga yon bosganlikda aybladi, lekin Hamas baribir Isroil va Misr tomonidan siqib qo`yildi.
Mintaqaning qolgan davlatlari mojaroga to`g`ridan-to`g`ri aralashishdan o`zlarini tiyishdi. Turkiya ichki muammolarini ro`kach qildi, Saudiya ochiq-oydin o`zini chetga oldi. Iordaniya xech narsa bo`lmagandek Isroil bilan yashirin hamkorligini davom ettirdi. AQSH endi saylovlardan qutilgan va Iroqdan chiqib ketish rejasini tuzish bilan band edi. Hamasning Ko`rfazbo`yi homiylari ham G`arb bilan yashirin aloqalarda band edilar.
Eron hammasidan mustasno edi. Arab davlatlari Hamasni yolg`izlatib qo`ygan bir paytda Eron guruhni qo`llashda davom etdi. Garchi AQSH tan olmagan bo`lsa ham Iroq allaqachon Eronning ta`siriga tushgan, Livanning janubida Eron ko`magi ostida Hizbulloh qaytadan kuchga kirayotgan va Eronning qudrati G`arbiy Afg`onistongacha yetib brogan edi. Falastin hudida qudratli xarbiy kuchni yaratish Eron yadroviy dasturiga qarshi bo`lgan Isroilga qarshi Tehronning navbatdagi qadami edi.
2009-yilning yanvari, ayni Kest Lidning o`rtasida Isroil o`z ichiga anti-tank raketalari, 40 km uzoqlikka uchuvchi Fajr-3 raketalarini olgan 120 tonna qurol-yarog` Erondan G`azoga jo`natilishi rejalashtirilayotgani haqida ma`lumotlarni qo`lga kiritdi. Eron yuki Port Sudan yetib keldi va Isroil Misrning janubiy bo`ylab Sinayga tomon harakatlanayotgan 23 yuk mashinasni xavodan o`qqa tutdi. Isroil yordamni yo`q qilgan bo`lsa ham Eron Hamasni qurol bilan ta`minlashdan voz kechmadi. Kest Lid davomida Tel-Aviv va Quddusga otilgan Eronning Fajr raketalari buning isboti edi.
Hozirgi ziddiyatning geosiyosiy tabiati
Ayni kunlarda Hamas-Isroil mojarosi avjiga chiqqan. Isroil Kest Lid vaqtidagidan ko`ra murakkab vaziyat bilan yuzma-yuz turibdi.
Mojaroning boshi Misrdan boshlanadi. Uzoq vaqt bosim ostida bo`lgan Musulmonlar Birodarligi muholifat partiyasi Arab Bahoridan so`ng Misr siyosiy boshqaruvini o`z qo`liga oldi. Musulmonlar Birodarligi bilan mafkuraviy hamnafas bo`lgan Hamas ham shu yo`ldan borishga qaror qildi. Suriyada fuqarolar urushi boshlanib, Eronning Levantdagi pozitsiyasi savol ostida qolgan bir paytda Hamas Suriya-Isroil homiyligidan chiqib, yangi qadam tashlashga qaror qildi. Endi u o`z faoliyatini mintaqada Musulmonlar Birodarligi ta`sirini o`stirish va butun Arab dunyosi bo`ylab islomiy kuchlarni birlashtirishga bag`ishladi.
Misrning og`ir iqtisodiy ahvoli, shaharlardagi namoyishlar va Musulmonlar Birodarligining xarbiy hamda maxfiy hizmat apparatlari bilan nomunosib aloqalari Sinay yarimorolida yangi xarakatlar kelib chiqishiga sabab bo`ldi.
Suriyada urush boshlangan ekan Isroil o`z shimolidagi dushman bo`lishga qodir bir davlatdan xalos bo`ldi. Biroq Hizbullohni bosimda ushlab turish uchun Isroil ortiq Damashqqa suyanolmaydi, Levantning bo`linib ketishi esa islomiy kuchlarning kuchayishiga katta imkoniyat beryapti. Suriya va Livanda o`z o`rnini saqlab qolishga urinayotgan Eron regiondagi harakatini keskin oshirdi, bu hol esa Tehronni Isroilga yanada qarshi qilib qo`ydi.
Isroilning sharqi, Iordan daryosi bo`yida joylashgan Hoshimiylar Qirolligi (Iordaniya)da ham vaziyat keskin tus olmoqda. Sharqiy Qirg`oqda yashovchi qabilalar bilan birlashgan islomiy kuchlar qirolni taxtdan ag`darish uchun ochiqdan-ochiq da`vatlar qilishyapti. Bu ziddiyatlar bilan qo`shilgan hozirgi kundagi G`azo inqirozi esa mintaqa barqarorligini batamom izdan chiqarib yuborishi xech gapmas.
Qo`shma Shtatlar mojaroni diplomatik yo`l bilan hal qilish fikrida sobit turibdi. Suriya inqirozidan xulosa qiladigan bo`linsa, Vashingtonda O`rta sharqdagi biror ziddiyatga ochiq aralashishdan o`zini tiyib turganligini ko`rish mumkin. Buning o`rniga AQSH Turkiya va Misrdek mintaqadagi qudratli davlatlar vositasida ta`sir o`tkazishga ko`proq moyillik bildirmoqda. Bunga erishish uchun AQSH Misrga nisbatan moliyaviy va xarbiy ko`makni bekor qilish orqali bosim o`tkazishi mumkin. Turkiya masalasiga kelsak, Anqaraning o`zida konfliktda vositachi vazifasini bajarishga mayl bor.
Saudiya Arabistoni allaqachon falastinliklarni dastaklashdan voz kechgan bo`lsa ham, ayni paytda ar-Riyod yangi xavf- Musulmonlar Birodarligi mintaqaviy ta`sirini oshishi bilan yuzma-yuz turibdi. Mintaqadagi siyosiy islomning faollashuvi dinni qattiqqo`llik bilan siyosatdan uzoqlashtirib turgan monarxiya uchun katta xavfdir. Shu sababli qirol oilasi Musulmonlar Birodarligi ta`siriga tushib borayotgan Hamasdan o`zini uzoqroq ushlab turishni ma`qul ko`rmoqda.
Ayni damda Eron o`zining mintaqaviy ta`sirini saqlab qolish uchun zo`r berib kurashyapti. Kest Lid Operatsiyasi bilan bir paytda Eron G`arbit Afg`onistondan to O`rtayergacha bo`lgan hududni o`z ta`sir doirasiga olishga muvaffaq bo`lgandi. Lekin AQSH boshchiligidagi iqtisodiy kampaniya Eronni og`ir ahvolga solib qo`ydi. Fuqarolar urushi tufayli kuchaygan Suriyadagi sunniy muholifati G`arb, Turkiya va Ko`rfaz davlatalriga tayangan holda Eron ta`siridagi Livan Hizbullohi va Iroqdagi Eron pozitsiyalariga xavf solish darajasigacha borib yetdi. Mintaqadagi har bir davlat o`zini himoyalsh tashvishiga tushib qolgan ekan, Eron Levantdagi jangarilar,ayniqsa, falastinlik jangarilarga ortiq suyanolmaydi. Lekin Eronda Isroilga qarshi turish uchun falastinlik jangarilarni saqlab qolishdan o`zga tanlov yo`q.
Agar Hamas Eron tomonidan uzoq va o`rta masofadagi raketalar bilan dastaklanmaganda Tel-Aviv hamda Quddusga hujum qilish qudratiga ega bo`lmagan bo`lardi. Bu yo`l bilan Eron barchani e`tiborini Suriyadan olib Isroilga qaratishga muvaffaq bo`ldi. Eron 2006-yilda ham Hizbullohni Hayfaga xujum qilishi uchun Zelzal raketalari bilan ta`minlagandi. Kest Lid paytida raketalar yetishmovchiligidan qiynalgan Hamas qo`lida ayni vaqtda Eronning Fajr-5 raketalarining katta arsenali mavjud.
Hamas hozirgi kunda xech bo`lmaganda 2006-yil Hizbullohnikidek ramziy g`alabaga erishishga urinyapti. Isroilning g`alabadan yagona maqsadi Hamasning barcha raketa arsenalini yo`q qilib tashlash va Misr chegarasi orqali G`azoga qurollarning yashirin kirib kelishiga batamom chek qo`yishdir. Isroil-G`azo kofliktining strategik tabiatidan kelib chiqib tahmin qilish mumkinki, Mudofaa Ustuni Operatsiyasi kelajakda Isroil geosiyosiyatini o`zgartirib yuboradigan xarbiy kampaniyalarning faqat boshlanishi bo`lishi ehtimoldan xoli emas.
Комментариев нет:
Отправить комментарий