Rossiya Qirg`iz Armiyasini qayta qurollantirish uchun 1 mlrd va Tojik Armiyasi ehtiyojlari uchun 200 mln AQSH dollari ajratmoqchiligi haqida xabarlar tarqaganiga ko`p bo`lgani yo`q. Aniqroq qilib aytilsa, Qirg`iziston 1.1 mlrd, Tojikiston 200 mln oladi.
Rossiya Mudofaa Vazirligi 2013-yilning mart oyigacha Qirg`izistonga beriladigan xarbiy anjomlar ro`yxatini tasdiqlashi, brinchi partiya yozgacha Qirg`izistonga jo`natilishi kerak.
Aytish mumkinki, Bishkek hozirda har qanday turdagi yengil qurollarga muhtoj. Atambayev hukumati shuningdek, zirhli transportlar, boshqa turdagi transport vositalari, vertolyotlar, ko`chma gospitallar, minamyotlar va sun`iy yo`ldosh uskunalarini sotib olishni relashtirmoqda. Kelishuv yana Rossiya xarbiy maktablarida qirg`iz xarbiylarining malakasini oshirishni ham ko`zda tutadi.
Rejaga ko`ra 200 mln dollar Tojikistonda yangi xavodan mudofaa tizimini yaratish va armiyani xarbiy anjomlar bilan ta`minlashga sarflanadi.
Ma`lum bo`lishicha, Tojikiston 201-rus xarbiy bazasi uchun Moskvadan 250 mln dollar olish umidida bo`lgan. Moskva tojik fuqarolarining Rossiyada ishlashi va yashashi oid shartlarni soddalashtirishga rozi bo`lgani hamda gidroelektrostansiyalar qurulishiga mablag` ajratish borasida o`ylab ko`rishga va`da berganligi sababli tojik tomoni 200 mlnga rozi bo`lgan.
200 mln dollar Dushanbedagi rus xarbiy bazasi uchun to`lanadigan bir yillik to`lov miqdoriga tengdir. Bu shuni anglatadiki, Rossiya 2014-yilda NATOning Afg`onistondan chiqib ketishi ortidan mintaqada ko`tarilishi mumkin bo`lgan tahdidlardan o`zini saqlash hududdagi o`z pozitsiyasini mustahkamlamoqchi hamda AQSHning o`rnini egallashni ko`zlamoqda.
Rossiya, shuningdek, Qirg`iziston janubida KXSHT xarbiy bazasini barpo etish maqsadida muzokaralarga kirishish uchun hozirlanmoqda. Xarbiy bazani tashkil etishdan asosiy maqsad esa islomiy radikallar tashkil etmoqchi bo`layotgan Farg`ona Halifaligini qarshi turishdir. Bundan tashqari 201-xarbiy qism uchun Janubiy Sibirdan Tojikistonga xarbiy ta`minotni yetkazadigan hamda O`zbekiston hududini aylanib o`tuvchi ishonchli ranzit yo`lini tashkil etish ham Rossiyaning asosiy maqsadlari sirasiga kiradi. Aytish mumkinki, xarbiy ko`maklardan yana asosiy ko`zlangan maqsadlardan biri Xitoyning mintaqadagi oshib borayotgan siyosiy, iqtisodiy va xarbiy ta`sirlarini cheklab qo`yishdir.
Shuningdek, Bishkek va Moskva narkotraffikka qarshi kelishuvni ham imzoloshgan. Rossiya Afg`onistondan Qirg`istonga kirib keluvchi narkotraffik yo`llarini yopib tashlashga urinmoqda.
Yuqoridagilar Rossiyaning Markaziy Osiyodagi ta`siri oshib borayotganiga ishora qilsada, Rossiya va AQSH manfaatlari o`rtasidagi ziddiyatni inkor qilib bo`lmaydi. Rossiya o`zini va ittifoqdoshlarini tashqi tahdidlardan himoyalash haqida qayg`urayotgan bir paytda, Qirg`iston hali ham amerikaliklar uchun butun regionni boshqarish va Xitoyga ta`sir o`tkazishga imkon beruvchi platforma (Manasdagi xarbiy baza) sifatida qolmoqda.
Bishkek va Dushanbe oldinroq Afg`onistondan chiqarilayotgan AQSH qurol-yarog`larine sotib olishga qiziqish bildirishgan edi. Qurollar bilan birga AQSH xarbiy muhandislari, tehniklari va boshqa mutaxassislar ham Qirg`izistonga kelishi inkor qilinmaydi. Bu esa shak-shubxasiz regiondagi AQSH ta`sirining ortishiga sabab bo`ladi.
2013-yilda muddati tugaydigan 5.5 mln dollarlik AQSH-Tojik kelishuviga ko`ra 58 ta militsiya boshqarmasi, xuquqni himoya qilish hamda xavfsizlik tarmoqlaridagi aloqa tizimi yangilanishi ko`zda tutilgan.
Qizig`i shundaki, Markaziy Osiyoda geosiyosiy nuqtayi-nazardan kelib chiqib, o`z ta`sirini oshirishga urinayotgan Moskva tomonidan ajratilgan mablag`ning deyarli barchasi ikki yordam olayotgan davlat hududidagi rus harbiy bazalari va sanoat komplekslarini rivojlantirish yoki ta`mirlashga yo`naltiriladi. Bu nimani anglatadi?...
Комментариев нет:
Отправить комментарий