2012-yilning iyunida buddaviy ayolning o`limi ortidan boshlangan Raxine shtatidagi zo`ravonliklar hali xam davom etmoqda.
Birma hukumati osonlik bilan mavjud vaziyat ustidan nazoratni boy berdi. Vaziyat izdan chiqib ketdi. Natijada, shtatda favqulodda holat e`lon qilinib, hukumat nazoratni qo`lga olish uchun hududga xarbiylarni kiritdi. Biroq xalqaro hamjamiyat aynan shu xarbiylarni mojaroni yanada avj oldirishda ayblamoqda. Shundan so`ng BMT mavjud vaziyatni o`rganish uchun inson huquqlarini himoya qilish bo`yicha maxsus vakilini hududga jo`natdi, biroq qator adolatsizliklar va tahqirlar aniqlangan keyin Birma hukumati vakilni o`z faoliyati davomida Rohingyaga tarafkashlik qilganligini bahona qilib Raxinedan chiqarib yubordi.
Hozirgi paytda rohingyalarning ommaviy qochishi va mamlakat tashqarisidagi qochoqlar lagerlaridan boshpana topishlari ortidan zo`ravonliklar birmuncha pasaydi. Huddi shu vaziyatda Birma prezidenti Fen Seyn Rohingyani mamlakatdan butunlay haydab chiqarish istagi haqida bayonot berdi. Unga ko`ra rohingyalar ayni turgan mamlakat tashqarisidagi lagerlardan boshqa davlatlarga ketishi va umuman Birma hududiga qaytib kelmasliklari shart. Uning bu bayonotini mamlakatda katta ta`sirga ega buddaviy jamoalar katta xursandchilik bilan qarshi olishdi.
Dunyo bu rejani qattiq tanqid qildi. Fen Seyn o`z rejasiga dastak olish uchun BMTning Qochoqlar bo`yicha Agentligiga murojaat qilganda uni rad etishdi. Birma hukumatini Rohingyani o`z merosiy hududi deya da`vo qilishi qanchalik asosli ekani hali ma`lum emas va ko`chirib yuborish rejasi biror xalqaro tashkilot yoki davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanish ehtimoli ham xaqiqatdan ancha yiroqda.
Xalqaro hamjamiyat rejani dastaklamas ekan, boshqa Janubiy Osiyo davlatlari ham Birmaning bu rejasini qo`llab-quvvatlamaydi. Biroq Rohingya va buddaviylar gorizontida yarashuv haqida biror so`z yo`q ekan, Janubiy-Osiyo davlatlarida katta miqdordagi qochoqlar oqimining noqonuniy ravishda chegarani buzib o`tishiga qarshi kurash muammosi paydo bo`ladi. Bangladeshda alloqachon bunday muammo paydo yuzaga keldi. Ayni vaqtda ushbu mamlakat minglab qochoqlarga boshpana berishga majbur bo`ldi. Qochoqlar oqimini kamaytirish maqsadida rasmiy Daka o`z hududidagi qochoqlar lagerlariga insonparvarlik yordamlarini yuborishni taqiqlab qo`ydi.
Prezident Fen Seynning Rohingyani mamlakatdan haydab chiqarish haqidagi rejasi biror davlat yoki tashkilot tomonidan qo`llanmayotgan bo`lsa ham, rohingyalar Raxinega qaytishga qo`rqishmoqda. Agar Bangladeshning harakatlari qo`shni davlatlarga ham o`z ta`sirini o`tkazsa, biror davlat Rohingya jamiyati uchun o`z hududidan boshpana berishga rozi bo`lmaydi. Ayni paytda boshpanasiz qolgan rohingyalarda lagerlarda qolishdan o`zga tanlov yo`q. Ular xalqaro hamjamiyatning insonparvarlik harakatlari yoki Birma hukumatining o`z siyosatini o`zgartirishini kutishga majburdirlar.

хар доимгидек мусулмонлар унутилди узича узини бой ва куч сохиби деб билган бандалар томонидан.Аммо керекмас хам Аллох томонидан унутилмасин ишкилиб.Аллох узи мехрибон ва шавкатли. ОЛЛОХУ АКБАР
ОтветитьУдалить