27.12.2012

Afg'on fojeasi: Afg'oniston geostrategik o'yinlar qurbonimi?

Afg'oniston ohirgi 100 yillikdagi dunyodagi notinch va bu notinchlik doimiy davom etgan davlatlardan biridir. Ho'sh notinchlikning asosiy sabablari nimada degan savol tug'ilishi tabiy. Lekin bunday savollarga javob berishdan oldin shoshmaslik lozim. Chunki umumlashtirilgan javoblar bizni maqsadimizdan chetlashtirib yanglish hulosalar chiqarishga olib keladi.


Afg'onistondagi mag'lubiyatga uchragan davlatlarga karikatura. 



  Afg'onistonning hozirgi geostrategik munosabatlardagi markaziy o'rnini anglab yetish uchun uni tarixiga qisqacha nazar solish lozim. Afg'oniston Doro I ning bosqinidan beri asosan forsiy mamlakat sifatida o'ziga baho berib kelgan. Forslar imperiyasining qulaganidan so'ng bu hududga bir necha bor hujumlar uyushtiriladi. Aleksandr Makedonskiy, Parfiyaliklar, Hunlar, Skiflar shular jumlasidandir. Lekin bu bosqinlar mamlakatning hozirgi madaniy va ijtimoiy hayotida o'z aksini kamdan kam topgan. Lekin VII_asrdan XI-asrgacha bo'lgan arablar bosqini natijasida xududdagi ahvol tubdan o'zgardi. Islom asosiy dinga aylandi va shundayligicha qoldi. Undan keyingi davrda ham Afg'oniston Chingizxon, Amir Temur, Bobur va boshqa bir nechta sarkalar tomonidan bosqinga uchrab qo'ldan qo'lga o'tib turdi. O'z tarixida birinchi marta pashtunlar sulolasi tomonidan faqatgina XVII-asrga kelibgina Afg'on davlatchiligiga asos solindi. XVIII-asrga kelib esa Afg'on mustaqil qirolligi tashkil etildi. 1880-1901-yillarda Afg'oniston haqiqiy mustaqil davlat sifatida tarihida birinchi va ohirgi (hozircha) marta o'z siyosatini yurgizdi. Lekin bu holat Uzoqqa cho'zilmadi albatta. Uning Evrosiyo qit'asining qoq markazida joylashganligi va qudratli imperiyalar orasida siqilib qolgani bu mamlakatning fojeali taqdiriga sabab bo'ldi desak adashmaymiz. 


  XIX-asrga kelib Afg'oniston dunyodagi ikki eng qudratli imperiyalar o'rtasidagi raqobat qurboni bo'ldi. Buyuk Britaniya o'zining dunyo dengizlaridagi hukmronligi bilan qudratli bo'lsa, Rus imperiyasi quruqlikdagi gegemonlikka da'vogar edi. Ruslarning asosiy maqsadi issiq dengizlarga yo'l ochish bo'lsa, Buyuk Britaniyaliklar Ruslarning kuchayib ketishini oldini olishga Usmoniylar Imperiyasi bilan birgalikda tish tirnoqlari bilan harakat qilishayotgan edi. Ruslarning O'rta Osyoda mustahkam o'rnashib olishmaganidan foydalangan Buyuk britaniya Afg'onistonga birinchi qadamni qo'yadi. Lekin ko'p o'tmay mamlakatda ingilizlarga qarshi qo'zg'olon boshlanadi. Ko'pchilik tarixchilar bu qo'zg'olonni Rus imperiyasi yashirin ravishda qo'llab quvvatlaganini ta'kidlashadi. Urush 1838-1942 yillarda davom etib o'sha davrdagi dunyoning eng kuchli imperiyasi bo'lmish Buyuk Britaniyaning sharmandali mag'lubiyati bilan tugallanadi. Oradan bir nech ayillar o'tib 1878-1880 yillarda Buyuk Britaniya yana bir marta nazoratni qo'lga olishga harakat qilib ko'radi, lekin urush samarasiz yakunlanadi. Natijada Rus va Buyuk Britaniya Imperiyalari o'rtasida Afg'onistonni ikki davlat o'rtasidagi ochiq hudud sifatida qoldirish haqida shartnoma tuziladi. Lekin shunga qaramasdan ikki mamlakat bu hududda o'z ta'sirlarini kuchaytirish maqsadida yashirin hufiyalik missiyalarini davom ettirganlar. 1914-yildagi 1-jaxon urushining boshlanishi bilan, bu strategik o'yinlar ikki davlatning ham kun tartibidan olib tashlandi. Urushdan so'ng Buyuk Britaniya o'zining "Dengizlar Qiroli" mavqeini butunlay yo'qotdi, Rus imperiyasi esa inqirozga yuz tutib mamlakatni Kommunistlar o'z nazorati ostiga oladilar. Birinchi jaxon urushi va ikkinchi jaxon urushlari orasida Buyuk Britaniya urushdan ko'rgan talofatlarni qoplash va iqtisodiy depressiyadan chiqish bilan ovora bo'lib qoldi, Sovet Ittifoqida esa butun tuzimni o'zgartirish uchun reformalar bo'lib o'tdi. Xullas Afg'oniston shu davrda o'z holiga tashlab qo'yildi. Bu bir tarafdan Afg'onistonning mustaqil davlat sifatida yashab turganiga imkon yaratgan bo'lsa boshqa tarafdan Afg'onistonning dunyodan batamom uzilib qolishiga sababchi bo'ldi. Natijada Afg'on jamiyati ilgarigidan ham ko'proq konservatorlik hususiyatini o'zida jamuljam qila boshladi, afg'on diplomatiyasi esa deyarli yo'qlikka yuz tutdi.

  Ikkinchi jaxon urushidan so'ng dunyo xaritasi keskin o'zgardi. Oldingi qudratli davlatlar bo'lmish Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya xalqaro maydonda o'rinlarini AQSh va SSSRga bo'shatib berdilar. AQSh shu davrgacha o'z qobig'iga o'ralish siyosatini olib borib, xalqaro o'yinlarda deyarli qatnashmas edi, qatnashsa ham uning hududi Lotin Amerikasi va Tinch okeanidan chetga chiqmagan edi. Ikkinchi Jaxon urushidan so'ng esa SSSRning ulkan sotsialistik mamlakatlarga asos solishi uni o'zining odatiy siyosatini xalqaro imperializm doktrinasiga o'zgartirishga majbur qildi.

  1947-yilda Xindiston o'z mustaqilligini qo'lga kiritdi. Buyuk Britaniyaning va boshqa Yevropa davlatlarining osiyodagi mustamlakalarini qo'ldan berishlari SSSR uchun o'zining gegemonligini mustahkamlab olish uchun katta imkoniyatlar yaratdi. 1940-yilda Xitoyda kommunistlarning hokimyatga kelishi va Xitoyning SSSR bilan tuzgan ittifoqi, tarihdagi eng katta va davomiy (hudud jihatdan) yagona ideologiya ostida birlashgan ittifoqni yaratdi. Sharqiy Yevropadan, Shimoliy Koreyagacha, Shimoliy Muz okeanidan Vietnamgacha bo'lgan yahlit hududni egallagan kommunistlar bloki, Yevropaliklarga va Amerikaliklarga katta qo'rquv tug'dirgan edi. Sovuq urush davomida AQSh va G'arbiy Yevropa mamlakatlari bu blokning nozik joylarini ahtarishar edi. Blokka "hujum qilish" uchun sovuq urush davrida 3ta ko'rinmas frontlar belgilanadi. 1-front Sharqiy va G'arbiy Yevropada bo'lib, asosan sharqiy Yevropadagi sotsialistik mamlakatlarni ularni dini (katolik) va tarixiga urg'u bergan xolda Sovet ittifoqidan uzoqlashtirishni ko'zlagan, 2-front Sharqiy Osiyoda bo'lib, Janubiy Koreya va Yaponiyaga tayangan xolda Xitoy va Sovet Ittifoqiga ta'sir o'tkazish maqsad qilingan. 3-front eng ohirgi frontlardan biri bo'lib, ayni paytda eng nozik geopolitik manevr qilishni talab qilar edi, ya'ni SSSRning eng kam himoyalangan nozik tarafi bo'lmish O'rta Osiyoga Afg'oniston va Pokiston orqali Islomiy mafkurani kuchaytirish orqali ta'sir o'tkazish. Bu strategik doktinani amalga oshirishda Afg'oniston va Pokistondagi nozik siyosiy ahvol va separatizm G'arb davlatlari yumushlarini birmuncha yengillashtirdi.



Sovet Ittifoqi va Sotsialistik blokga a'zo va hayrihoh mamlakatlar 


  O'sha davrdagi Afg'onistonning ahvoli hozirgi ahvoldan unchalik ko'p yahshiroq emas edi. O'zining 20 millionlik aholisi ma'lum bir millatni emas, balki demografik massani ko'proq aks ettirar edi. Ular orasidagi ajralish birinchi navbatda millat va elatlarga asoslangan bo'lsa (O'zbeklar, Tojiklar, Turkmanlar, Xazorlar va Pashtunlar), boshqa ajralishning asosiy sababi din edi. 80% aholi Sunniylardan, 15% Shialardan, va qolgan 5% aholi Sixar, Hindiylar va Buddistlardan tashkil topgan edi. Garchi katta to'qnashuvlar Shia va Sunniy musulmonlar orasida yuz bergan bo'lsa ham, boshqa din vakillarining o'z e'tiqodi oqibatida qurbon bo'lishlari bu hududda ko'p kuzatilgan. Millatlar orasidagi to'qnashuvlar ham bu mamlakatni tashqi kuchlarga o'ta ta'sirchan bo'lib qolishiga sabab bo'ldi. Undan tashqari qo'shni Pokistonda istiqomat qiluvchi pashtun aholisining bosimi to'g'ridan to'g'ri Afg'onistonga va Pokistonga ta'sir qilib kelmoqda edi. Hatto pashtunlar orasida Pashtuniston davlatini tuzish rejalari ham yo'q bo'lgan emas.
Shu davrdagi Afg'onistonning xalqaro aloqalari juda murakkab bo'lib aniq bir tomonga to'laligicha og'magan edi. Bir tomonda AQSh o'zining SSSRni "biqinidan" hujum qilish uchun Afg'onistonga e'tibor qaratgan bo'lsa ham, uning uchun O'rta Osiyo va Yaqin Sharqda ta'siri kuchli bo'lgan Eron bilan munosabatlarni ushlab turish ko'proq muhim edi. Afg'oniston esa Eronga diniy mazhabning farqi tufayli dushman ko'zi bilan qarab kelgan. Pokistonning Afg'oniston bilan aloqasi uning uchun hayotiy manba edi, chunki Hindiston bilan Kashmir muammolarida Pokiston regionda yakkalanib qolgan edi, butun sotsialistik blok bilan o'rab olingan va Hindistondan bilan doimiy to'qnashuvda bo'lgan Pokiston Afg'oniston bilan aloqalar orqali o'ziga kichik bo'lsa ham panoh izlar edi. Shunday qaltis vaziyatda turgan Afg'onistonning ichki ishlari juda ham notinch bo'lib mustahkam asosga qurilmagan edi. Davlat to'ntarishlari, shoh oilasidagi taht uchun kurashlarda qurbonlar tez tez bo'lib turar edi. Lekin mamlakatda SSSRning qo'llab quvvatlashi orqali va Hind kommunistik partiyasining dalloligi bilan Kommunistik kuchlar paydo bo'lib, tezlik bilan rivojlanishni boshladi. 1953-yildan boshlab bosh vazir Dovud Sovet Ittifoqi yordamida mamlakatni modernazatsiyalashga kirishdi, lekin hukumatdagi notinchliklar bu reformalarni davomiyligiga halaqit berardi. 1973-yilda shoxlik monarhiyasi to'laligicha ag'darilib bosh vazir Dovud hukumatni to'laligicha qo'lga oladi, Shunga qaramasdan mamlakatda davlat to'ntarishlari kamaymaydi, bularning ohirgisi 1978-yilda Dovudning o'ldirilishi va hukumatni kommunistlarga hayrihoh kuchlar tomonidan Muhammad Tarakiy boshchiligida egallanishi bilan tugaydi. Davlat tepasiga kelishi bilanoq Tarakiy SSSR bilan do'stlik va harbiy ittifoq to'g'risida shartnoma tuzadi. Lekin uning hukumatga kelishi Afg'onistondagi qo'zg'olonlarni bostirmadi, aksincha AQSHning ittifoqchisi bo'lmish Pokistonning mahfiy hizmati tomonidan Islomiy va boshqa kuchlarga katta miqdorda yordam berilib turdi. Tarakiyning siyosatini sust deb baholagan Sovet Ittifoqi uni bosh vaziri Hafizullo Amin bilan almashtirishga qaror qiladi. Lekin Amin qo'zg'olonchilarga qarshi qonli siyosat olib borishiga qaramay u Sovetlarni qoniqtirmaydi, chunki u repressiyaning asosiy qismini Afg'on siyosiy maydonidagi o'zining raqobatchilarini yo'q qilishga qaratadi, shu jumladan ko'pchilik kommunistik faollar o'ldiriladi. Undan tashqari Amin Afg'onistondagi Musulmon qo'zg'olonchilarini o'ziga og'dirish maqsadida Quronni eng oliy asar sifatida va kommunistik tuzum ateizmga asoslanmaganini isbotlashga harakat qilganligi ma'lum bo'ladi.  Eslatib o'tamiz Amin Afg'onistonni atigi 3 oy boshqaradi, shu uch oy davomida afg'onistonda o'ldirilganlar soni 15000 kishidan oshib ketdi. Sovet Ittifoqining harbiy yordamida Hafizullo Amin butun butun qishloqlarni  yer yuzidan supurib yuborgan, bu esa mamlakatdagi norozilikni battar kuchaytirdi. Bu esa Sovet Ittifoqiga mamlakatga interventsiya uyushtirishga bahona tug'dirdi. 1979 yil 27-dekabrda SOvet Ittifoqining Shtorm-333 operatsiyasi davomida Hafizullo Amin va uning barcha tarafdorlari (shu jumladan oilasi) yo'q qilinadi. Afg'on prezidentligiga Sovet Ittifoqida siyosiy qochoqlikda bo'lgan Babrak Kamol tayinlanadi.
Sovet Ittifoqining Afg'onistonga qilgan intervensiyasi Afg'on xalqining yangi jamiyat qurilishidagi ohirgi umidini umuman yo'qqa chiqardi. Lekin SSSR uchun ham bu birinchi katta qadam edi desak mubolag'a bo'lmaydi, chunki shu davrgacha Sovetlar hech qaysi davlatning ichki tuzimini o'zgartirish uchun interventsiya uyushtirmagan edilar. Ho'sh Sovetlarning bu hududga bostirib kirishga asosan nima sabab bo'ldi?  Asosiy sabablardan biri bu G'arbiy blok va Kommunistik blok orasidagi munosabatning keskinlashuvidir. AQSHning SALT-2 shartnomasini imzolashdan bosh tortishi va G'arbiy Yevropadagi AQSHning ballistik raketalarining o'rnatilishi Sovetlarda G'arb dunyosi bilan hech qanday kelishuvga erishib bo'lmaslik taasurotini keltirib chiqardi. Undan tashqari Erondagi Islomiy revolutsiyaning oqibatida garovga olingan AQSH fuqarolarini qutqarishni bahona qilgan holda Eronning katta miqdordagi neft zahiralarini egallash maqsadida AQSHning Eronga interventsiyasi kutilmoqda edi. Boshqa tomondan AQSH tomonidan qo'llab quvvatlanayotgan Pokiston Islomiy davlat rolini o'ynamoqda edi, Erondagi Islomiy revolyutsiya, Pokistonning Islomiylashishi va Afg'onistondagi Islomiy kuchlarning faol harakatlari SSSRning Musulmon mamlakatlaridagi Islomning radikallashishiga olib kelishi mumkin edi. Shuning uchun Sovetlar birinchi bo'lib qadam tashlashga qaror qildilar. Ularning maqsadi Afg'onistonda mustahkam kommunistik rejimni o'rnatish orqali yoprilib kelayotgan Islomizmni va AQSHning ta'sirini kamaytirish, jiddiy reformalarni tinch holatda o'tkazish edi. Shuning uchuna ham SSSR boshqa kommunistik mamlakatlardan va Varshava shartnomasi a'zolaridan hech qanday harbiy yordam so'ramadi, Xalqaro maydonda o'z obro'sini saqlab qolish maqsadida SSSR AQSHning Koreyada va Vetnamda qilgan xatolarini takrorlamaslikka harakat qildi, ya'ni Afg'onistonda tinchlikni o'rnatish uchun asosiy ma'suliyatni Afg'on armiyasiga topshirdi, garchi asosiy moddiy yordam SSSR tomonidan berilgan bo'lishiga qaramasdan Afg'on armiyasi hududdagi Sovet armiyasidan 2 barobar son jihatidan ko'proq edi. Sovetlar bu urushni SSSRda 1917-1921 yillarda bo'lib o'tgan fuqarolar urushi bilan solishtirib strategik qarorlar qabul qildirlar. Ya'ni Afg'onistondagi tarqoq kommunist kuchlarni birlashtirish orqali diniy kuchlarga qarshi kurashishni ko'zda tutdilar. Bu esa ularning bu mamlakatdagi urushda yengilishlarining asosiy sababi bo'lib qoldi. Chunki Afg'onistondagi to'qnashuvlarga sinflar orasidagi kurash yoki tengsizlik emas, balki shu hududda yashovchi turli millat va elatlarning orasidagi raqobat sabab edi. Pushtun kommunisti O'zbek kommunistidan ko'ra o'ziga Pushtun dindorini ko'proq yaqin bilar edi va shu yo'riqda ish tutar edi. Afg'onistonning shimolidagi O'zbeklar va Tojiklar Sovetlarga nisbatan hayrihoh bo'lishgan bo'lsa mamlakat janubidagi Pushtun, Baluchi va Xazoraslar ularga qarshi kurashda juda ham faol edilar. Natijada mamlakatdagi kuchlarning tarqoqligi yanada oshdi. Bir tomondan kommunistik va dindor kuchlar bo'lib ko'ringan qo'zg'olonchilar bir birlarini millat va elatlariga qarab separastik qiluvchilarga aylandilar. Bu esa Sovetlarga bu xalq ustidan nazorat o'rnatish uchun hech qanday holis tahlil yaratishga imkon bermadi.


Sovetlarning Afg'onistonga intervensiyasi


Bu voqealarni chetdan kuzatayotgan AQSH to'qnashuvlarga to'g'ridan to'g'ri arlasha olmas edi, AQSH tarixidagi eng katta yo'qotishlardan biri bo'lmish Vetnam urushining xotiralari hali Amerika xalqining xotirasidan o'chmagan edi, undan keyingi Eron bilan bo'lgan siyosiy krizislar esa uning Xalqaro siyosiy maydonda bundan buyon faqat "ko'rinmas" holda harakatlanishni talab qilar edi. Jimmiy Karter prezidentligi davrida bosh maslahatchi bo'lib faoliyat yurgizgan Zbigniev Brzezinskiy Kommunistik blokni butunlay mag'lub qilish uchun yangi dastur ishlab chiqadi. Bu dasturga ko'ra asosiy ideologik hujum sifatida Inson huquqlari va Demokratik tamoyillar olingan bo'lib, SSSRdagi fundamental erkinliklarning cheklanganligi uning zaif tomoni bo'lib hizmat qilishini ta'kidlaydi, shu jumladan din erkinligi. Sovet Ittifoqi Marksizm-Leninizm mafkuralari ustiga qurilgan bo'lib unga ko'ra dinning jamiyatdagi roli faqat buzg'unchilik va sinflar orasidagi notengsizlikni ushlab turuvchi institut sifatida qaralib, dinga qarshi keskin kurash yo'lga qo'yilgan edi. Lekin SSSR bu kurashni bir maromda olib bora olmadi, chunki 1917-1922 yillardagi Fuqarolar urushida va 2- Jaxon urushi davomida aholining urushda Sovetlar tarafdori bo'lishiga ehtiyoj sezgan hukumat diniy repressiyalarni to'htatibgina qolmay, taniqli diniy ulamolarga hayrihohlik bildirib aholini urushga jo'natish uchun ulardan keng miqyosda foydalanadi. Shuning uchun SSSRda mafkuraviy jihatdan dinga qarshi kurash mavjud bo'lishiga qaramasdan amalda bu kurash juda sust edi. Lekin Sovetlarning Islom diniga qarshi kurashi boshqa dinlarga qarshi kurashdan keskin farq qilar edi. Musulmonlar nafaqat kommunizm dushmanlari balki Rus xalqining va Provaslav cherkovining ham tarixiy dushmanlari hisoblanar edi.O'rta Osiyodagi musulmon davlatlaridagi bosmachilik, jadidchilik va shunga o'hshash harakatlar esa bu davlatlarga Sovet hukumatini ehtiyotkorlik bilan yondashishiga olib keldi. Afg'onistondagi Islomiy kuchlarning kuchayishi esa bu ehtiyotkorlikni yanada kuchaytirdi. Gorbachevning hukumatga kelishi va "Perestroyka" reformasini amalga oshirilishi Musulmon xalqlariga berilgan kuchli zarba bo'ldi. "Glasnost" siyosati orqali "Paxta ishi" va millatchilik hamda traditsionalizmga qarshi kurashda eng ko'p jabr ko'rganlar O'rta Osiyoning Musulmon aholisi bo'ldi. Bunday diskriminatsiya O'rta Osiyoda juda yomon ruhda qabul qilindi. Brzezinskiy ana shu SSSRning nozik tomonini o'sha davrda ko'ra bilgan edi va SSSRning zaif biqini bo'lmish O'rta Osiyoga Islomizmni rivojlantirish bilan zarba berishni mo'ljalladi, uning bu rejasi qisman amalda ish berdi. SSSRning afg'onistonga yurishi boshlanishi bilanoq AQSHning SRU hizmati bilan Pokiston mahfiy hizmatlari Afg'onistondagi jangarilarga harbiy materiallar va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazishni yo'lga qo'ydilar. Butun Arab mamlakatlari va Musulmon mamlakatlaridan Afg'onistondagi "muqaddas urushga" ko'ngilli askarlar yollandilar. Misr, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlarda o'rta va yengil jazoga mahkum qilingan jinoyatchilarga Afg'onistonda Sovetlarga qarshi jihod qilish takliflari kiritildi. Ushbu davlatlardagi Jihodchilarning yig'ilishida ikki faktor katta rol o'ynadi. 1-ushbu mamlakatlarda hukumatga qarshi asosiy kuchlar bu Islomiy kuchlar edi, masalan Misrda va boshqa yaqin sharq mamlakatlarida "Musulmon birodarlar" yoki Saudiya Arabistonidagi Saud qirollik oilasiga qarshi kurashuvchi islomiy kuchlar. Bu mamlakatlar bir vaqtning o'zida AQSHning ittifoqchisi sifatida Afg'onistondagi sovetlarga qarshi askar yetkazib berar, bir vaqtning o'zida esa o'z mamlakatlaridagi hukumatga qarshi radikal kuchlardan qutulishga harakat qilar edilar. Barcha Mag'rib davlatlaridan keluvchi Samolyetlar dastlab Makkaga qo'nib u Kabani ziyorat qilib undan keyin Peshovarga uchishardi. O'z navbatida CIA Bzrezinskiyning dasturi bo'yicha harbiy kuchlarning Afg'onlar qo'liga emas (Afg'onlar juda ham tarqoq holatda edi) balki Islomizmni kuchaytiruvchi shayxlarning qo'liga topshirar edilar, shulardan eng mashxuri Usama Ben Ladendir. Uning hech qanday Afg'onistonga aloqadorlik joyi bo'lmasligiga qaramasdan Afg'onistondagi birinchi yahshi tayyorgarlik ko'rgan harbiy kuchlar va tayyorgarlik poligonlari uni qo'lida to'plangan edi. Bu jangarilar zamonaviy qurol aslahalar bilan qurollangan bo'lib, ayniqsa havo kuchlariga qarshi yengil qurol bo'lmish AQSHning Stinger nomli bazukasi Sovet aviatsiyasiga ko'zga ko'rinarli zarar yetkazdi. Shunday qilib Afg'onistondagi boshqaruv butunlay Afg'onlar nazoratidan chiqib ketdi, Sovetlarga qarshi milliy ruhda kurashoyatgan Mujohiddinlar Islomiy kuchlar ta'siri ostida yo'q bo'lib ketdi. Lekin shunga qaramasda Afg'onistondagi jangarilar tarqoqligicha qoldi.
1989-yilda Sovet Armiyasi Afg'onistonni tark etdi. 10 yillik urush davomida Afg'oniston deyarli butunlay vayron qilindi, mamlakat tashqi kuchlarning ta'siriga to'laligicha tushib qoldi. Sovetlarning urushi Afg'onistonni Islomiy radikallashgan kuchlarning markaziga aylantirdi, ayniqsa bu hududda giyohvandlikni rivojlanishiga olib keldi. Sovetlar o'rnatgan hukumat ular mamlakatni tark etgandan so'ng 4 yil davomida nazoratni ushlab turgan bo'lishiga qaramasdan bu urush Sovetlar uchun katta mag'lubiyat bo'ldi. Uning oqibatlari hatto hozirgi kunda ham sobiq Sovet mamlakatlarida kuzatilmoqda. O'sha urushda qatnashgan ayrim sovet soldatlari uylariga radikallashgan Islomist sifatida qaytdilar, Juma Namangoniy, Tohir Yo'ldosh, Sayid Abdullo Nuri Afg'on Mujohiddinlaridan ta'sirlanib O'rta Osiyoda Islom respublikasini tashkil qilishni maqsad qilib olgan shaxslardan edilar. Afg'onistondagi bunday notinchlik va ahvolning murakkabligi uning joylashgan o'rni bilan bog'liqdir. 1980-yillarda bu hudud G'arb va SSSR o'rtasidagi raqobat maydoni bo'lsa, Sovet Ittifoqi parchalangandan so'ng bu hudud Islom dinining turli mahzablari orasidagi raqobatning va Afg'onistondagi millatlar orasidagi kurashning qurboni bo'ldi.
XXI-asrga kelib esa bu xudud to'laligicha Geostrategik o'yinlar maydoniga aylandi. Bu haqda biz keyingi maqolamizda kengroq to'htalamiz. Bugun esa bir savolga javob berishga harakat qildik. Demak ha, Afg'oniston Geostrategik o'yinlar qurboni.

Комментариев нет:

Отправить комментарий