12.12.2012

Xitoyda qudrat almashinuvi: Xo`sh?


  Ikki yillik tahminlardan so`ng noyabr oyining so`ngida Si Jinping xech kimni hayratlantirmagan holda Xitoy Kommustik Partiyasining Raisiga aylandi. Bu saylanish ortidan shakllangan yangi Qo`mitaga ko`plab siyosiy tahlilchilar "€œkonservativ"€ deya baho berishmoqda.  Bu safar mamlakat Qo`mitasi 9 tadan 7 ta a`zoga qisqartirilgan. Qisqa qilib aytganda, bu kichik guruh mamlkat hayotini xal qiluvchi kuchga aylanadi. Ayni damda Xitoyning dolzarb muammosi ichki barqarorlikni ta`minlash va  ommaviy parokandalikni oldini olish bo`lib turibdi.




  Xitoyning aholisi 1.4 milliardlik chegarani bosib o`tarkan, odamlarning ehtiyojlari ham bir qancha normalardan o`tib ketdi.  So`ngi yillarda dunyoda kuzatilayotgan voqealardan xulosa qilinadigan bo`lsa, odamlarning ehtiyojlari qonmasligi namoyishlar "œportlashi€"ga olib keladi. Bu esa hozirda Xitoyni qo`rquvga solayotgan asosiy muammodir.  Keying o`n yillikda esa Xitoyni oltita boshqa muammolar ham kutib turibdi. Xo`sh, yangi hukumat bu muammolarni bartaraf etishni uddasidan chiqoladimi:

  1-muammo -€“ milliy tabiiy zahiralarni muhofazalash:  Xitoyning yuksalishi tabiiy zahiralarga asoslangan. Dunyo iqtisodiyotida hali ham inqiroz shamoli kezib yurganligiga qaramay Xitoyning 2013-yilda bu sohadagi o`sishi 9 %ni tashkil etishi kutilmoqda. Bu foizlar esa, albatta, tabiiy zahiralar asosiga qurilgan.
Bundan tashqari Xitoyning neftga bo`lgan talabi 2015-yilgacha 6.7 % ga o`sadi. Xalqaro Energetika Agentligining ma`lumotiga ko`ra "€œqizil ajdar"€ning joriy yildagi neftga bo`lgan talabi xalqaro talabning yarmidan ortig`ini tashkil etgan. Bu esa 2025-yilgacha 3/4 qism demakdir. Tabiiy zahiralar bilan to`la ta`minlanganlik esa doimo jamiyat va iqtisodiyot barqarorligini garovi bo`lib kelgan. 

  2-muammo - demografik siyosatni isloh qilish: 2010-yil holatiga ko`ra 60 yoshdan oshganlar soni 2000-yildagi 2.98 % dan 13.26 % ga oshgan, 14 yoshdan kichiklar esa 16 % dan 6.29 % ga kamaygan.  Bugungi kunda 60 yoshdan oshganlar soni 180 milliondan oshiqroqni tashkil etib, ularni soni 2030-yilga qadar 365 milliondan oshib ketishi tahmin qilinmoqda. Bir oilaga bir bola siyosati tufayli yillik tug`ilish soni 10 millionga qisqarib, hozirda har 6 odamdan biri pensioner bo`lib qolmoqda. 2030-yilgacha esa har ikki ishchining biri pensionerga aylanadi. Bu esa Xitoy ulkan demografik inqiroz yoqasida ekanini anglatadi.

  3-muammo - boy va kambag`al qatlam o`rtasidagi bo`shliq: Xitoyda boylik tengsizligi o`ta xavfli darajaga yetgan. 2010-yildagi Gini Index xisobotida Xitoy 0.438 bal bilan baholangan. (Gini Index boylik tengsizligini 0 dan 1 gacha bo`lgan shkala asosida baholaydi. 0.4 esa yomon ko`rsatkich hisoblanadi.) Boylar va kambag`allar orasidagi katta farq mamlakatni beqarorliklar ko`chasiga boshlashi mumkin. Sababi, iqtisodiy qiyinchiliklar davrida asosiy zarba kambag`al va o`rta qatlamga tushadi. Elitaning hayoti bilan o`zinikini solishtirib ko`rgan kambag`allar namoyishlarga chiqib ketishi xech gap emas. 

  4-muammo - korrupsiya: korrupsiya jamiyatning eng og`riqli nuqtasiga aylangan. Ta`lim, sanoatdan tortib hukumatgacha korrupsiya botqog`iga botgan. Har yili, tahminan, 130,000 dan 160,000 gacha korrupsiya bilan bog`liq jinoyat sodir bo`ladi, biroq bularning faqat 6 % gagina jinoyat ishi ochiladi va shu 6 % ni yarmigina ozodlikdan mahrum etish hukmi bilan yakun topadi. Joriy yildagi Transparency Internationalning korrupsiya haqidagi xisobotiga ko`ra Xitoy 2011-yildagi 75-o`rindan 80-o`ringa tushib ketgan. Omma fikrini o`rganish natijasida ma`lum bo`ldiki, aholining katta qismi korrupsiyani avj olishda hukumatni aybdor deb biladi va hukumat korrupsiyaga qarshi kurashda biror natijaga erishishi mushkulligiga ishonadi. Bu esa hukumatni omma orasidagi imidjiga salbiy bo`yoqlar berib, unga bo`lgan ishonchni susayishiga olib keladi. 

  5-muammo - Tibet va Uyg`ur muammosi: bu ikki muammo uzoq yillardan buyon o`z yechimini topmagan. 2009-yilda ikki uyg`ur ishchisini o`limi Shinjon provinsiyasida 150 ta insonni yostig`ini quritgan namoyishlarga sabab bo`ldi. 2012-yil 31-oktyabrda 4 rohibning o`ziga o`t qo`yishi ham tibetliklarni ko`chaga olib chiqdi. Bunga o`xshash namoyishlar esa bu ikki hududda hali beri tinadiganga o`xshamayapti. Kelgusi namoyishlar esa Xitoy aholisini etnik qarama-qarshi guruhlarga bo`lib yuboradi va Xitoy yana bir ichki inqiroz bilan yuzma-yuz keladi.  

  6-muammo -€“ Sharqiy va Janubiy Xitoy dengizidagi ziddiyatlar:  resurslarga boyligi tufayli bu hududlar so`ngi vaqtlarda mintaqa davlatlarini o`ziga ohanrabodek jalb qilmoqda. Shu yilning sentyabr oyida Xitoy va Yaponiya ziddiyatidan bir necha kun o`tar-o`tmas Yaponiya hamda Tayvan ham bu bahsli hududda o`zaro zambaraklar o`qlarini almashishdi. Davlatlar orasidagi ziddiyatlar esa ularning ittifoqdoshlarini ham qiyin vaziyatga solib qo`ydi.  Bu mojaro o`z yechimini topmas ekan Xitoy barqarorligi va kelajagiga tashqi xavf doimo tahdid solib turadi.

  Dengizlar muammosi haqida gap etarkan, faqatgina u yerdagi neft yoki boshqa energetik resurslarga emas, balki baliq zahiralariga ham alohida e`tibor qilmoq lozim. Janubiy Xitoy dengizi bo`yida 300 million odam istiqomat qilib, ularning butun turmushi bu tabiiy zahira bilan chambarchas bog`liq. Baliq eng arzon oqsilga boy mahsulot bo`lib, Xitoy dengizi bo`yidagi Vyetnam va Filippin kabi davlatlar iqtisodiyotining asosiy qismini tashkil etadi. Shu sababli Sharqiy va Janubiy Xitoy dengizlari strategic jihatdan muhim hisoblanib, mintaqadagi xech bir davlat bu dengizlardagi o`z ulushini kamayishiga shunchaki qarab turolmaydi. 

  Madaniy Inqilob yakunlangandan buyon Xitoy iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda yirik yutuqlarni qo`lga kiritdi. Biroq bu yutuqlar o`zi bilan ko`plab muammolarni ham olib keldi. Xech kim Xitoy erishgan yutuqlarni rad etmaydi, lekin faqatgina global qudrat ortidan quvgan "qizil ajdar"€ oldida yechilishi shart bo`lgan bir qancha ichki va mintaqaviy muammolar ko`ndalang turib qolganligini ham inkor qilolmaydi. Yuqorida sanab o`tilgan 6 asosiy muammoga yechim topish esa yangi hukumatning yashab qolishi uchun muhim hisoblanadi. Kommunistik Partiyaning 18-Kongressida shakllantirilgan Si Jinping hukumati o`zining kelgusi o`n yillikdagi xukmronligi davomida bu muammolarni hal etishda biror xatoga yo`l qo`ygudek bo`lsa, Xitoydek qudratli davlatning nomi jahon siyosiy xaritasidan abadiy o`chib ketishi xech gap emas. Voqealarning qay yo`sinda rivojlanishini esa faqat vaqt ko`rsatadi. 


Комментариев нет:

Отправить комментарий