21.12.2012

Dunyo tarixidagi "Oxirzamonlar" ro`yxati

  182 bu raqam shu davrgacha insoniyat omon qolgan, lekin bashorat qilingan oxirzamonlar sonini bildiradi. Bu safargi Mayalar taqvimi bo'yicha ko'rsatilgan oxirzamon 183-dir. Agar siz shu maqolani o'qiyotgan bo'lsangiz, demak bu bashoratlarning xech qaysisi amalga oshmaganini tushunib yetishingiz mumkin.

Oxirzamon bitilgan Mayalar taqvimi



  «Ishontirib aytamanki, agar biz yahshilab qidirsak, insoniyat tarixida har doim Oxirzamon haqida bashoratlar mavjud bo'lgan," deydi  "Dunyodagi oxirzamonlar" kitobining muallifi Jan Noyel Lafarg.

  Qadimiy Misrdagi Aton xudosining insonlarga yuborgan ogohlantiruvchi vahiysidan tortib, Rimning Sikstin ibodatxonasidagi Mikelanjeloning "Oxirgi hukm" asarlarigacha kuzatsak shu narsa ma`lum bo'ladiki, insoniyatdagi bu qo'rquv doimiydir, uning dini va sivilizatsiyasidan qat`iy nazar.

  Demak bu afsonaning 21-dekabr 2012-yildan keyin ham yashab qolishiga shubha yo'q va bunisi Oxirzamonlar ro'yxatiga 183 chi bo'lib yozib qoldiriladi. Oxirzamonni katta ishtiyoq bilan kutayotganlar e`tiboriga shu vaqtgacha amalda o`z tasdig`ini topmagan 6 ta eng mashxur Oxirzamonlar ro'yxatini xavola etamiz.

 1. Eng birinchi bashorat avliyo Daniel tomonidan Bibliyaning eski variantida yozilgan. Bu kitob eramizdan avvalgi 167-yilda bitilgan bo'lib, undagi oxirzamon voqeasi Iuresalim (Quddus) ibodatxonasining birinchi marta vayron qilinishidan ta'sirlangan holda bashorat qilingan.

Er. avv. -305- (-64) yillarda Fors shoxi Antiox IVni taxtga kelishi bilan, Yaqin sharqdagi Iudaizmni chekintirish evaziga ellinizmni majburan yoyish siyosati olib boriladi. Hamma yahudiy bayramlari taqiqlanadi. Jumladan Yahudiylar qiladigan qurbonliklar, bolalarni kesdirish (sunnat musulmonlarda), shabbatni qiluvchilarga esa o'lim jazosi belgilangan edi.

  Bibliyada bu haqda shunday yoziladi:

"Bu esa Yahudiylarning g'azabini oshirdi va Makkaveylar oilasining qo'zg'alishiga olib keldi. Payg'ambar Daniel (Doniyor) oxirzamon kelishi va bu dunyo tugab boshqa dunyo boshlanishi, u dunyoda esa yahudiylar abadiy Xudoning boshqaruvida rohat va farog'atda umr kechirishlari to`g`risida degan vahiy kelganini aytadi"

  Uning bashoratiga ko'ra ohirzamon abadiy qurbonlikdan 1,290 kun keyin boshlanishi kerak bo'lgan. Lekin shu davrgacha bu qaysi kun ekanligiga hech kim aniqlik kirita olmagan.

 2. Nasroniylar va 1000-yil oldidagi qo'rquv. Tarixchilar orasida 1000-yil nima sababdan insoniyatda qo'rquv paydo qilganligi haqida bahsli munozaralar bor. Bu yildan qo'rqish albatta o'zining "jiyani" bo'lmish 2000-yilga nisbatan ancha kichikroq bo'lgan, tarixiy qo'lyozmalar buni tasdiqlaydi. U davrlarda taqvimlar ko'p tarqalmagan, tarixchilarga ko'ra aholining ko'pchilik qismi, hatto qaysi yilda yashayotganliklarini ham bilishmagan.

 3.  XX asr bashoratlari. XX asrda umumiy hisobda 18 marta oxirzamon haqida bashoratlar bo'lgan. Shulardan 10 tadan oshig'i 1945 va 1991-yillar orasida yuz bergan. Bu davrga kelib insonlarning Xudodan qo'rquvi asta sekinlik bilan yo'qola boshladi, lekin uni o'rnini boshqa qo'rquv - o'z o'zlaridan qo'rqish egallab oldi. 1945-yildan keyingi qilingan bashoratlar, asosan, oxirzamonni yadroviy urushlar natijasida kelib chiqishini ta'kidlaydi.

  Misol uchun 1986-yil Chernobldagi 4-reaktorni portlashi oqibatida oxirzamonning xohlagan lahzada sodir bo'lishi mumkinligi haqidagi bashoratlarni keltirib chiqardi. Xususan, kino olamida bu falokat ko'pchilik rejissyorlarga Oxirzamon haqidagi filmlarni yaratishda ilhom beruvchi manbaa bo'lib qoldi.

  XX asrdagi qo'rquvlar asosan ratsional mantiqqa asoslangan edi. Insonlar asteriodlar boshqa sayyoralarni chilparchin qilib yuborganiga o'z ko'zlari bilan guvohi bo'la boshladilar, xuddi shu tarzda bizni sayyoramizda bir paytlar butun dinozavrlar olami yo'q b'olib ketgan edi. Bu esa fan olamidagi yangi paradoksni keltirib chiqardi. Ya`ni fanning rivojlanishi insoniyat o'zini xavfsiz his qilishi uchun yetarli bo'lmadi.

 4. "Ieova shohidlari"ning bashoratlari. "Ieova shohidari" bashorat qilishni yahshi ko'radilar, shu davrgacha ular oxirzamon kelishini kamida 8 marta e'lon qilib, dunyoda amalga oshmay qolgan Oxirzamonlarni bashorat qilishda rekordni o'z qo'llarida ushlab turibdilar. "Ieova shohidlari" kitobining muallifi Bernard Blandr Ohirzamonning 1914-yilda yuz berishini shu tarzda ifodalagan edi:

"Ular barcha siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va diniy tartiblarni yo'q qilishni, shu jumladan urushlarga chek qo'yishni ko'zlagan edilar. Dunyodagi har qanday yovuzlik yo'q qilinadi, yer yuzida faqat "Ieova shohidlari" va kelgusida shu dinni qabul qilguvchilargina yashab qoladilar".

  Taqdir o'yinini qarangki, aynan 1914-yilda uning bashoratini teskarisi yuz berdi - inson tarixidagi eng katta urushlardan biri bo'lmish I Jahon Urushi boshlandi.

  Bu bashoratning amalga oshmaganiga qaramasdan, mazkur diniy yo'nalishning a'zolari shu davrda 2 barobarga ko'paygan.

 Lekin ularning 1975-yildagi Oxirzamon haqidagi qilgan bashoratlari amalga oshmagani sababli 2.179.000 a'zodan 551.000 tasi bu diniy yo'nalishni tark etishgan.

 5. "Ilmiy" qo'rquv. Ko'rinishidan "ilmiy"ga o'xshab ko'ringan bashoratlar ko'pincha aholi tomonidan juda jiddiy axborot sifatida qabul qilinadi. 1910-yil may oyida astronomlar Yerning dumli Galley kometasining trayektoriyasiga tushganligini aytadilar. Odamlarni bu axborot esankiratib qo'ydi. Uning "dumi" har hil zaharli moddalardan tashkil topganligi tufayli insoniyatni zaharlanish oqibatida yo'q bo'lib ketish qo'rquvi egallaydi. 18-maydan 19-mayga o'tar kechasi yer yuzi aholisi rostdan ham zaharlanib halok bo'lishiga ishongan edi. Shu davrdagi guvohlikdan:

"Butun dunyoda ibodatlar va baqir chaqirlar bir vaqtni o'zida amalga oshirilayotgan edi. Cherkovlarda odam liq to'la, yosh bolalar yashirinish uchun quduqlarga tushmasliklarini aytishar, ayollar uylarning deraza va eshiklarini zaharli gaz kirmasligi uchun mahkamlab yopishar edi. Londonda qaysidir general dunyoni suv va o't qoplashi haqida bashorat qilgan bo'lsa, Parijda qandaydir ayol unga dunyo aholisi o'z qoniga bo'yalib o'lishi haqida vahiy kelganini tinmay qaytarardi"

  Yana bunday ilmiy bashoratlardan biri, 2008-yildagi ilmiy taqdimotlardan biri bo'lib, unda Yer sharida o'ta kichik hajmdagi Qora Tuynukning mavjudligi haqidagi alomatlar aytiladi. Garchi buni hali hech qanday isboti yo'q bo'lgan bo'lsa ham, bu ma`lumot insoniyatga katta qo'rquv olib keldi.


Yer sharidagi Qora tuynukning hosil bo'lishi (nazariya)


  Va nihoyat eng ko'zga ko'ringan ilmiy bashoratlardan biri Isaak Nyutonga tegishli bo'lib, u universal gravitatsiya qonunini cheksizlik hisobiga yoyib hisoblagan holda, Oxirzamonni 2060-yilda yuz berishini bashorat qilgan. Lekin bir narsani unutmaslik lozim: Nyuton bu xisob-kitoblarni Buyuk Karlning Rimga imperator bo'lgan kunga asoslanib, ya'ni eramizning 800-yilidan hisoblagan. Uning bu hisob kitoblarining yana bir manbasi avliyo Danielning kitobida keltirilgan ma'lumotlarga tayanadi. Nyutonga ko'ra oxirzamon 1260-yil keyin- 2060-yilda yuz berishi lozim.

 6.  1999-yil 11-avgust, mashhur tikuvchi Pako Raban tomonidan. Albatta oxirzamon haqida gap ketganda Pako Rabanni nomini eslamadan o'tmaslikni iloji yo'q. Uning 1999-yildagi "Osmondan olov" kitobida Oxirzamonning kelishi 1999-yilning 11-avgustiga to'g'ri kelishi aytiladi. U bu bashoratni xisob- kitoblar, kosmosshunoslik va Nostradamus qo'lyozmalariga tayangan holda ishlab chiqqanini ta'kidlaydi:

"11-avgust kuni dunyoda eng katta quyosh tutilishi yuz beradi, u g'alati, lekin ko'ngilni bezovta qiluvchi yulduzlar to'plami hosil bo'ladigan tunga ulanadi. Eslatib o'taman, 1999 ni teskariga o'girsak 6661 hosil bo'ladi, 666 bu balo-qazolar sonidir, 1 esa xudoga tegishli raqam: aynan shu kuni Iso va Isoga qarshi shaytoniy kuchlar o'rtasida ayovsiz to'qnashuv yuz beradi. Bu voqeaning yuz berishiga men Kosmologiya instituti izlanuvchisi bilan bo'lgan suhbatimdan so'ng aniq amin bo'ldim, uning Mir stansiyasining jo'natgan signallarining tahlili buni aniq ko'rsatib turibdi. Oxirgi shubxalarimni esa Nostradamusning qo'lyozmalari butunlay yuvib tashladi"

  Nostradamus bashoratlarini o'rgangan olimlardan biri Luk Marining fikriga ko'ra, bashoratlarning ko'pchiligi tarixga mos kelmagan, ayniqsa 1980-yildan keyingi tarixiy voqealardan xech bittasi Noostradamus kitobida keltirilmagan, garchi undan oldingilari oz muncha mos kelgan bo'lsa ham.

  Agar 2012-yil 21-dekabrdagi Oxirzamonda tirik qoluvchilar orasida shu mavzuga mukkasidan ketganlar bo'lsa, unda xotirjam bo'lavering, chunki qiyomat-qoyim haqidagi bashoratlar ro'yxati hali ancha. Shulardan eng mashhurlari, 2014-yil may oyidagi kelishi kutilayotgan "Iblisning qasosi" (yahudiylik dini bashorati, shu jumladan nasroniylarga ham tegishli) yoki bo'lmasam 2029-yilda ulkan asteroid yerga urilishining bashoratidir. Shu o'rinda avliyo Malshining bashoratini ham eslab o'tish joiz. U "Papalar bashorati" deb atalib, 112-papa saylanishi bilan Ohirzamonning boshlanishini ko'zda tutadi, eslatib o'tamiz hozirgi papa Benedikt XVI 111-papadir, undan keyingi keluvchi papa 112-bo'ladi.  

2 комментария:

  1. 2012 yil 21 dekabr oxir zamon emish degan gap kimdan chiqqandi o'zi? EY INSONLAR, KO'ZINGIZNI KATTAROQ OCHINGLAR! QIYOMAT KUN FAQATGINA OLLOH TAOLOGA AYON! KIM NIMA DESA ISHONIB KETAVERMANGLAR!

    ОтветитьУдалить