18.12.2012

Boko Haram har doimgidan ham xavfliroqmi?

  25-noyabr kuni Nigeriya shimolidagi islomiy jangari guruh bo`lmish Boko Haram Kaduna shtati Jaji shahridagi odatiy haftalik ibodat bo`layotgan cherkovga ikki hudkushlik amali bilan hujum qildi. Avtomobilga o`rnatilgan birinchi bomba cherkov yonginasida portladi, ikkinchisi esa voqea joyiga odamlar yig`ilgandan so`ng, tahminan, 10 daqiqa o`tib harakatga tushgan. Terroristik aktda 30 dan ortiq odam xalok bo`lgan. Voqea alohida e`tiborga egadir, chunki Jajida Nigeriya Qurolli Kuchlari Qo`mondonligi kolleji joylashgan va cherkovga qatnovchilarni aksariyati xarbiy offitserlardan iborat bo`lgan.
2009-yil iyuldan 2012-yilgacha bo`lgan Boko Haram xujumlari
2009-yil iyuldan 2012-yilgacha bo`lgan Boko Haram xujumlari


  Jaji voqeasidan so`ng ommaviy ahborot vositalari Boko Haram 2012-yilda har doimgidan ham ko`proq insonlarning hayotiga zomin bo`lgani haqida xabarlar tarqata boshladilar. Bu yil guruh 770 odamning yostig`ini quritgani aytilmoqda. 

  Biroq, Boko Haram kabi guruhlar amalga oshirgan bunday xunrezliklardan xulosa chiqarishdan oldin tanganing orqa tomoniga ham nazar tashlash zarur. Aslida, Boko Haram uchun 2012-yil juda omadsiz keldi, Nigeriya hukumati guruhning ta`minot qanotlarini kesib tashladi.  O`tkazilgan xarbiy operatsiyalar natijasida guruh faqatgina yuqoridagi kabi mayda hujumlargagina qodir bo`lib qoldi. Boko Haramning imkoniyatlari keskin kamaygan bo`lsa ham, bu degani mintaqaviy inqirozga sabab bo`la oladigan guruh xavfi hali to`liq bartaraf etildi degani emas.


Boko Haramning ko`tarilishi



  Hausa tilida "G`arb ta`limi gunohi-azimdir" degan ma`noni bildiruvchi Boko Haram 2002-yilda Nigeriyaning Borno shtati poytaxti Maiduguri shahrida tashkil etilgan. Shundan so`ng bir qancha shimoliy va markaziy shatatlarga ildiz otgan. Rasmiy nomi arabchada "€œJama'atu Ahlis Sunna Lidda'avati val-Jihad" bo`lib, "Muhammad ta`limoti va Jihod uchun mas`ul guruh"€ degan ma`noni anglatadi. Book Haram nisbatan yangi tashkilot bo`lishiga qaramay, Nigeriya hukumati jangari islomizm bilan bir necha o`n yilliklardan buyon kurashib keladi. Masalan, Muhammad Marva boshchiligidagi Maitatsina sektasi 1980-yillarning boshida Nigeriyaning bir qancha asosiy shaharlarida tartibsizliklarga sabab bo`lgan edi. 

  Boshlanishiga, Boko Haram dinlararo ayirmachi g`oyalarni yoyishga tutindi va xristianlarga qarshi tayoqlar, o`tkir qurollar va kichik qurollar bilan xujum uyushtira boshladi. 2010-yilgacha esa guruh o`z arsenalini Molotov kokteyllari hamda kichik xajmdagi portlovchi uskunalar bilan boyitdi. 2011-yilda Boko Haram kutilmaganda katta sakrashga qo`l urdi: guruh endi bomba o`rnatilgan katta yuk mashinalarida xudkushlik amallarini bajarishga o`tdi. Guruh a`zolari mufaqqiyatsiz chiqqan o`zlarining ilk amallarini 2011-yil poytaxt Abujada joylashgan politsiya mahkamasiga, keyinroq xuddi shu yili ko`proq natijalar bilan yana Abujadagi BMT xarbiy qarorgohiga xujumj bilan sodir etishdi. 

  Book Haramning qisqa vaqt ichida mamlakatning chekka hududlaridagi mayda bezorilikdan poytaxt shaharda nisbatan katta terroristik aktlarga qo`l urishi hukumat qo`shinini oyoqqa turishiga sabab bo`ldi. Guruhning o`sishi shundan dalolat berardiki, Boko Haram bu aktlarni sodir etish uchun tashqi ko`mak olgan. Jangarilik operatsiyalaridagi bu katta sakrash haqida bir qancha tahminlar ilgari surildi. Shulardan eng diqqatga sazavori – Boko Haram jangarilari Islom Mag`ribidagi al-Qoida lagerlarida tashkilot mutaxassislari tomonidan jangavor tayyorgarlikdan o`tkazilgani borasidagi tahmin bo`ldi.  

  Bu xujumlar va Book Haramning al- Qoida ta`siriga tushishi Afrikada mintaqaviy kuchga da`vo qila oluvchi yangi jihodiy guruh paydo bo`lganidan va bu guruh keyinchalik Yevropa hamda Qo`shma Shtatlargacha tahdid solish qudratiga ega bo`lish ehtimolidan dalolat berardi. Bu qo`rquvlar 2011-yil noyabridan rasmiy Abujani AQSH tomonidan Boko Haramga qarshi keng qamrovli xarbiy operatsiyalar boshlashga tashviq qilinishiga sabab bo`ldi. 

O`zgarishlar



  Book Haram tahdidiga qarshi kurash uchun AQSH va Yevropa davlatlaridan ko`mak ola boshlagan Nigeriya hukumati keng qamrovli xarbiy operatsiyalarni boshlab yubordi. Joriy yilning yanvaridan buyon hukumat kuchlari guruhning bir qancha liderlarini yo`q qildi yoki qo`lga oldi, ko`plab bomba tayyorlovchi yashirin korxonalarni vayron qildi. Hukumat kuchlariga qo`shimcha ravishda,asosan, nohukumat kuchlardan tashkil topgan "€œJama'atu Ansarul Muslimina Fi Biladis Sudan" yoki "Sudan yeridagi musulmonlar qo`llovchilari"€, qisqaroq Ansaru nomi bilan mashxur anti-Boko Haram jangari guruhi ham tuzildi. 

  Boko Haram jon-jahdi bilan  bu kuchlarga qarshi harakat boshladi. Iyundan avgustgacha asosan cherkovlar, politsiya mahkamalari va xarbiy qarorgohlarga qaratilgan 9 ta xudkushlik amallarini sodir etdi. Avgustdan so`ng esa qarshilik operatsiyalari tempi oyiga bitta xudkushlik amaligacha pasaydi. Aktlardan tashqari Boko Haram jangarilari cherkov va xarbiy qarorgohlar, hattoki guruhni ayblab chiqqan masjidlarga ham bir qancha qurolli xujumlar uyushtirdi. Jahondagi xavotirlarga qaramasdan, 2011-yildagi BMT qarorgohiga xujumdan so`ng guruh boshqa biror xalqaro ahamiyatga ega bino yoki kuchni nishonga olmadi.  

  Hukumatning sayi-harakatidan so`ng Boko Haramning poytaxt abujadagi harakati keskin qisqardi. 2012-yil Abujada guruh tomonidan faqat ikki terakt amalga oshirildi: aprelda mahalliy gazeta nashriyotlaridan biriga bomba o`rnatilgan mashina bilan xujum va tungi klublardan biriga yana shunday xujum. 

  Taktik jihatdan Boko Haramning xujumlari asosan mayda nishonlarga qaratilgan. U ko`pincha xodimlari patrulda bo`lib, nisbatan qarovsiz qolgan politsiya va xarbiy qarorgohlarga xujum qiladi. 

  2011-yildagi BMTga xujumdan so`ng Boko Haram hukumat binolari yoki elchixonalar kabi kuchli qo`riqlanadigan nishonlardan ko`ra nisbatan kichikroqlari: nashriyot, tungi klublar kabilarga xuruj qilishni afzal ko`rdi. Shuningdek, guruh o`z faoliyatini geografik jihatdan kengaytirishga ham tinimsiz urinmoqda. Biroq shunisi e`tiborga loyiqki, Boko Haram haligacha Nigeriyaning eng mashxur shaharlaridan biri-Lagosda yoki o`zi faoliyat yuritadigan xududlar bilan yonma-yon Niger, Chad yoki Kamerunda biror terrostik aktni amalga oshirmagan.

  Buning sababi Nigeriyada uzoq vaqtdan buyon tashqi kuchlarni siyosiy jarayonlarga aralashishidir. Misol uchun Niger hukumati o`z manfaatlari yo`lida Niger Deltasi Ozodligi Uchun Harakat kabi guruhlar, Nigeriya shimolidagi ayirmachi siyosiy kuchlar va Boko Haramdan foydalanib keladi.  Buning isboti o`laroq, Boko Haramning liderlaridan biri 2012-yilning oktyabrida Maidgurida Nigeriya senatorlaridan birining uyida xibsga olindi, bundan tashqari Borno shtatining sobiq gubernatori esa guruhning homiylaridan biri bo`lgan edi.

  Siyosiy va moliyaviy ta`minotning bu ko`rinishi esa guruhni to`la yo`q qilish hukumat uchun oson bo`lmasligini anglatadi. 2015-yilda bo`lib o`tadigan milliy saylovlar yaqinlashar ekan Nigeriya hukumati barqarorlikni saqlash va islomiy guruh tahdidini bartaraf etish uchun qo`shni davlatlar bilan ziddiyatlarga siyosiy yechim topishiga to`g`ri keladi. 

  Boko Haram haligacha odamlarga tahdid qilish qudratiga ega. Biroq hukumat guruhni siquvda ushlab turar ekan, Boko Haramning xalqaro terrostik xavfga aylanishdan ko`ra faqat Nigeriya hukumatiga tahdid sifatida qolishi ham ehtimolga yaqin. 

Комментариев нет:

Отправить комментарий