23.12.2012

Kvant Mahfiyligi: Ko`rinmas Armiya xaqiqatga aylanadi



  Kelajak-fantastik tehnologiyalar yaratish bilan shug`ullanuvchi Kanadaning Hyperstealth Biotechnology Corp. kompaniyasi prezidenti Gay Kramer so`zlariga ko`ra uning "€œKvant Mahfiyligi" deya nomlanuvchi yangi tehnologiyasi yordamida endi xarbiylar dushman ko`ziga ko`rinmaslik imkoniyatiga ega bo`lishlari mumkin. 



Hyperstealth Kanadaning xarbiy maskirovkalar bilan shug`ullanuvchi kompaniyasi bo`lib, yiliga jahon bo`ylab ikki milliondan oshiq uniformalar, 3,000 xarbiy transport va xarbiy samalyotlar bu kompaniya standartlari asosida maskirovkalanadi. 

"Kvant Mahfiyligi"  nishon atrofidagi yorug`likning sinishi evaziga maksimal ko`rinmaslik imkonini beruvchi materialdir. Bu material faqatgina nishonning ko`rinishi, infraqizil va termik belgilarini emas , balki uning soyasini ham yo`qotish imkoniga ega

  Gay Kramerning o`zi yangi tehnologiyasi haqida shunday yozadi:

  AQSH va Kanada xarbiylari materialni amalda qanday ishlashini o`z ko`zlari bilan ko`rdilar, shuningdek endi ular bizning tehnologiya kameralar, battareykalar, chiroqlar yoki boshqa narsalarsiz ishlashidan ham xabardorlar. Bundan tashqari xarbiylar materialimizni infraqizil va termik kuzatuv asboblariga ham qarshi ishlashini tasdiqladilar. 

  Xavsizlik sabablari tufayli men materialni qanday ishlashini aytolmayman, lekin u qanday maqsadlarda ishlatilishini tushuntirishim mumkin:

1)      Samalyotdan desant tushiriladi,  “Kvant Mahfiyligi” asosida tayyorlangan parashut esa dushmanning ochiq maydonida ham uning ko`rinmasdan yerga tushishini ta`minlaydi. Yerga qo`ngan desantning pana joy qidirishi shart emas, u parashutini ustiga yopib oladi. Endi desant dushmanning ochiq hududida biror vizual sensorlar va inson nazaridan holi, toki dushman piyodasi yoki transporti behosdan uni bosib olmaguncha. 

2)       Kameralar va kuzatuv sensorlari dushman sohiliga o`rnatilgan. “Kvant Mahfiyligi” bilan jihozlangan razvedka guruhi sohilga yaqinlashish uchun kech bo`lishi kutib o`tirmasdan kunning o`rtasida dushman tomonga bildirmasdan suzib borishlari mumkin. Mudofaa chizig`idan sezdirmasdan o`tgan guruh o`z missiyasini bajaradi va yana kelgan yo`lidan ortga qaytadi. Kechga borib sensor va kameralarni tekshirib ko`rgan dushman quyidagilarni biladi: sensorlar xech narsani qayd qilmagan, kameralarda hatto soyalar ham yozilmagan, biror termik belgilar aniqlanmagan, faqatgina sohil qumida suv tomondan kelgan oyoq izlari mavjud, xolos.

3)      Oldinlari biror ayg`oqchi samalyot dushman hududini razvedka qilayotganda sun`iy yo`ldoshlardan qochib yurishga majbur edi. Endilikda “Kvant Mahfiyligi” bilan samalyotlar biror yo`ldosh, dronlar tomonidan xoh kun, xoh tun bo`lsin, payqalmaydi.

4)      Suv osti kemasi uchun eng xavfli vaqt-bu atrofni tekshirish uchun suv yuzasiga ko`tarilgan paytidir. Tekshirish paytida kemaning faqat yuqori qismi ko`rinadi va bu qism qanchalik maskirovkalanmasin, ko`p hollarda dushman tomonidan kema sezib qolinadi. “Kvant Mahfiyligi” tehnologiyasi bilan kemaning yuza qismi, nainki butun kemaning o`zi ham suv yuzaasida, ham suv tubida ko`rinmaydi.

5)      Asosan binolar ichida harakat qiluvchi maxsus kuchlar yoki terrorizmga qarshi guruhlarning xayoti doim xavf ostida hisoblanadi. Endi esa dushman faqatgina eshiklar yoki devorni buzilgani va qadam tovushlarinigina eshitadi. Bu esa maxsus guruhlarga gangib qolgan terrorchilarni oson va tez yo`q imkonini beradi.


“Kvant Mahfiyligi” asosida ishlab chiqilgan material.
“Kvant Mahfiyligi” asosida ishlab chiqilgan material

6)      “Kvant Mahfiyligi” bilan maskirovka qilingan tanklar guruhining qayerdaligini dushman faqatgina motor shovqini va zambarak shovqinidangina aniqlashi mumkin.  Lekin tanklarning aniq joylashuvi va oradagi masofani bilolmagan dushman javob zarbasi qaytarishda ancha qiynaladi. Shuningdek, ko`rinmas armiya dushmanni ruhiy jihatdan ham tushkunlikka tushishiga sabab bo`ladi. Vahimaga tushgan dushman esa osonlikcha o`rab olinib, yo`q qilinishi mumkin.

7)      Snayper doimo shovqinsiz va ko`rinmasdan ishlashi lozim. Shunday vaziyatlar bo`ladiki, nishonni yo`q qilish uchun pana joy topilmaydi. Yangi tehnologiya snayperi esa yashirinishga joy topib o`tirishi shart emas. U xar qanday payt, xar qanday vaziyat va joyda o`z missiyasini muvaffaqiyatli bajara oladi.

  Nega bu tehnologiya ommaga oshkor qilinmoqda? Men halicha u qanday yaratilganini oshkor qilganim yo`q, oshkor qilmayman ham. Faqatgina uning amaliy xususiyatlarini sanab o`tdim xolos. Ko`pchilik odamlar Amerika fantastik filmlaridagi qurollar xaqiqatdan uzoq emasligi va bu qurollar AQSH olimlari yaratayotgan maxfiy qurollardan ilhom olinib, kinolarda suratga olinishiga ishonadilar. Va yana ular olimlar o`zlari yaratgan qurollarni reklama qilish uchun kinolarda ixtirolaridan foydalanishga ruhsat berishadi deb ham hisoblaydilar. Albatta, o`zing yaratgan ixtiroga doim ham xomiy yoki haridor topishing oson bo`lmaydi. Ixtiroingni maxfiy laboratoriyalarda xarbiylarga yoki qurol bilan shug`ullanuvchi kompaniyalarga ko`rsatasan, lekin bunday reklama hamma vaqt ixtirochi uchun ko`ngilli tugamaydi, qilgan mehnatingga yarasha baho, qilgan xarajatingga yarasha xaq olomaysan. O`z qobiliyatingni ko`rsatishing uchun boshqalarni e`tiborini o`zinga jalb qila olishing zarur. Xuddi shu tufayli, men o`z tehnologiyamga boshqalarni e`tiborini tortish uchun maxfiy yerto`lalarni emas, ommaviy axborotni tanladim.  

  Men senator Jon Uorner yordamchisi bo`lib ishlagan vaqtim, 2004-2008-yillarda AQSH bilan yangi tehnologiyalar bo`yicha hamkorlik qilganman. 2008-yil senator iste`foga chiqqandan so`ng men “Kvant Mahfiyligi” loyihasi ustida ishlay boshladim. 

  2010-yil oktyabrida Brusselda bo`lib o`tgan maskirovkalar bo`yicha xalqaro simpoziumda o`rmon, yer va sahro ranglariga o`zgara oluvchi “Smartcamo” materialini namoyish etdim. O`sha paytda men AQSH allaqachon bunday tehnologiyaga ega deb o`ylardim. Lekin namoyishimni tugatishim bilan AQSH xarbiy kuchlaridan bo`lgan agent men bilan aloqaga chiqib, ular uzoq vaqtdan beri ustida ishlayotgan tehnologiyani yaratganimni ma`lum qildi. 

 “Smartcamo”- "aqlli" mato. Atrof-muhitga qarab o`z rangini o`zgartira oladi

  “Aqlli” matolar maskirovkaning yangi avlodi bo`lib, o`z rangini atrof-muhitga qarab o`zgartira oladi. Ular nanotehnologiya yoki metamaterializm yordamida tayyorlanadi. Biroq harchand urinmaylik biz “Smartcamo”dagi bir qancha kamchiliklarni bartaraf etolmadik. Eng katta muammo-bu uning narxidir, mato moliyaviy jihatdan juda qimmatga tushib ketadi. Yana harakatlanish, foydalanish vaqti bilan ham muammolar mavjud. Shu sababli, men undanda yaxshiroq imkoniyatlarga ega “Kvant Mahfiyligi” tehnologiyasini ishlab chiqdim. 

  Bir qancha maqolalar “Kvant Mahfiyligi” qanday yaratilganligini izohlamagan holda dunyo yuzinini ko`rdi. Men tehnologiyaning amalda qo`llanilayotgani tasvirlangan ba`zi suratlarni ommaga xavola etdi, biroq ko`pchilik haligacha bu tehnologiyaga shubha bilan qaramoqda. 

  Mediadagi xabarlardan so`ng AQSH Xarbiy Qo`mondonligi nihoyat materialning xaqiqiy-xaqiqiymasligiga ishonch xosil qilish uchun uni tekshirib ko`rishga qiziqish bildirdi va amalda tekshirdi ham. 

  Biror kim mening ishimdan yashirincha nusxa olish xavfi mavjudmi? Albatta, lekin men allaqachon buning choralarini ko`rib qo`yganman, mobodo “Kvant Mahfiyligi”ga muqobil biror tehnologiya yaratilar ekan, men u haqida zum o`tmay xabar topib, mualliflik xuquqimni talab qilaman.  

  “Kvant Mahfiyligi” omma uchun ochiq bo`ladimi? Yo`q, yaqin kelajak ichida xarbiy maqsadlardan boshqa maqsadlarda undan foydalanish mumkinligiga umid qilmayman. 



Комментариев нет:

Отправить комментарий