Sobiq afg‘on bosh vaziri, mashhur dala qo‘mondonlaridan
biri va Hizbi Islomiy Afg‘oniston rahnamosi Gulbiddin Hikmatyor xalqaro
kuchlarning biror bir ijobiy natijasiz mamlakatdan chiqib ketishi kichik
guruhlar o‘rtasidagi ihtilofning kuchayib ketishiga, buning ortidan afg‘on
xalqi yana bir bor qonli fuqarolar urushi domiga tortilishiga olib kelishidan
ogohlantirdi.
AQSh va uning ittifoqdoshlari 12 yil davom
etgan urush mobaynida Tolibon va boshqa qarshilik guruhlari bilan tinchlik
o‘rnatolmaganini ta’kidlar ekan, Hikmatyor, shuningdek, The Express Tribune’ga
bergan intervyusida quyidagi so‘zlarni aytib o‘tgan:
“Agar
NATO Mujohiddin bilan biror tinchlik bitimiga erishmay turib mamlakatni tark
etsa, u holda, Sovet qo‘shinlari chekinishi ortidan yuzaga kelgan qonli
urushning takrorlanish ehtimoli yanada ortadi.”
Ma’lumki,
Sovet qo‘shinlarining biror natijasiz Afg‘onistonni tark etishi minglab
insonning yostig‘ini quritgan va hisobsiz zarar keltirgan fuqarolar urushiga
sabab bo‘lgan, buning ortidan Tolibon harakati paydo bo‘lib, ular 2001-yilgacha
mamlakatni qat’iy rejim ostida boshqargan edi.
“AQSh
rahbarlari tarqatayotgan bayonotlarga ko‘ra, ular 2014-yildan keyin ham
o‘zlarining to‘qqiz harbiy bazalari bilan Afg‘onistonda qolishmoqchi. Bu “mustamlaka”
ma’nosini anglatib, faqatgina urushning davom etishiga sabab bo‘ladi,” deb qayd
etgan Hikmatyor.
U,
shuningdek, Afg‘onistonning qo‘shnilari , ayniqsa Pokiston, AQShga ko‘mak
berganligidan afsusda ekanligini ham aytib o‘tgan:
“Asuski, bizning qo‘shnilarimiz AQShni
qo‘llab-quvvatlashdi. Pokiston va Eronning bu boradagi harakatlarini oqlab
bo‘lmaydi. Agar amerikaliklar ulardan yordam olmaganlarida na Afg‘onistonni
osonlik bilan egallab olishar, na hozirga qadar mamlakatdagi o‘z
mavjudiyatlarini saqlay olishardi. Eron va Pokiston o‘z tarixiy xatolari uchun
tovon to‘lashlari lozim. Ular o‘z hududlarida xorijiy qo‘shin harakatlanishiga
toqat qilishmaydi, modomiki, bizning ham mamlakatimizdagi bosqinchilarga
qarshilik ko‘rsatish huquqimizni tan olishlari zarur.”
Bundan tashqari
Gulbiddin Hikmatyor Tolibonning Qatar, Germaniya, Dubay va Pokistondagi
amerikaliklar hamda boshqa G‘arb davlatlari bilan ochiq-yashirin,
bevosita-bilvosita muzokaralari yuzasidan ham o‘z fikrini bildirib o‘tgan:
“Oq Uy 2014-yildan so‘ng ham Afg‘onistonda
ma’lum sonlik qo‘shin saqlab qolishi to‘g‘risida bayonot tarqatganiga qaramay o‘tkazilgan
Tolibonning muzokaralarida biror mantiq ko‘rmayapmiz.”
Hikmatyor
Qatarni AQShning yirik strategik harbiy bazalaridan biri sifatida baholab,
shunday hududda “siyosiy qarorgoh”ini tashkil qilgan Tolibonni tanqid qilgan.
Hizbi Islomiy Afg‘oniston mamlakatda Amerika harbiy
bazalari saqlanib qolishi yuzasidan tashkil qilingan tinchlik muzokaralarida
qatnashishdan bosh tortib keladi. Shuningdek, Himatyor, Tolibon bilan o‘z guruhi
o‘rtasida tinchlik o‘rnatishga erishish ehtimoli mavjud emasligini ham
ta’kidlab o‘tgan. U Maydoni Vordug‘ provinsiyasida xalok bo‘lgan o‘z
odamlarining o‘limida Tolibinni ayblagan.
Hikmatyor yaqinlashayotgan saylovlardagi imkoniyatni
qo‘ldan boy bermasligini aytgan. Unga ko‘ra, 5-aprel kuni o‘tkaziladigan
hududiy saylovlarda guruhi a’zolari faol ishtirok etadi. Biroq mamlakatda
xorijliklar saqlanib qolarkan, prezidentlik saylovlari adolatli o‘tishiga
ishonch yo‘qligi, shu sababli saylov kampaniyasi davomida xorijliklarga qarshi
aholi o‘rtasida xorijliklarga qarshi targ‘ibot ishlari avj oldirishini
ta’kidlab o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Hizbi Islomiy Afg‘oniston mamlakatda Tolibon
harakatidan keying eng katta guruh hisoblanadi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий