XIX asrda yirik mustamlakachi davlatlar tomonidan Afrika, Osiyo, Amerika va
Okeaniya mamlakatlarini bo’lib olish uchun kurash yanada kuchayadi. Mustamlakachi
imperiyalar - Buyuk Britaniya va Rossiya davlatlari manfaatlari ulkan hududlarda:
Usmonli turklar imperiyasi, Eron, Afg’oniston, O’rta Osiyo, Tibet va
Shimoli-g’arbiy Hindistonda to’qnashdi. Ushbu hududlarni egallash orqali
imperiyalar o’zlarining siyosiy va iqtisodiy kuchini oshrish va ta’sir
doirasini yanada kengaytirishni ko’zda tutgan edilar. Shu sababli ingliz-rus
raqobati kundan-kunga kuchayib bordi va ikki o’rtadagi o’zaro raqobat “Buyuk
o’yin” jumlasi (bu atama Britaniya razvedkasi ofitseri Artur Konolli tomonidan
birinchi marta ishlatilgan, Ridyard Kipling esa bu iborani mashhur qilgan
shaxsdir) bilan atala boshlandi.
Ruslar va inglizlar bir-biridan maxfiy ravishda ushbu davlatlarga kirish, u
yerdagi hukmron sulolalar bilan til topishish yo’llarini izlardi, shu maqsadda
harbiy missiyalar yuborar edi. Bunday yurishlardan ko’zlangan maqsad bu
hududlarni o’z ta’sir doirasiga olish edi.
1791-yilda Britaniya Bosh Vaziri Uilyam Pitt Rus imperatorining Usmonli
Turklar Imperiyasiga qarashli bo’lgan strategik port shahar - Ochakovning
anneksiya qilishiga qarshi chiqdi va ruslarning o’ta qudratli davlatga aylanib
ketishidan xavfsiray boshlashdi. Bu qo’rqinch Napoleonning bosqinchilik
yurishlari nihoyasiga yetguniga qadar biroz unutilgan bo’lsa-da, 1815-yildan
yana qayta jonlana boshlandi.
Britaniyada Chor Rossiyaning Osiyoga bosqinchilik yurishlariga qarshi
chiqishiga bir necha sabablar mavjud edi. Ruslar Markaziy Osiyoni egallab
olishi natijasida: (1) Rossiyaning Yevropada eng qudratli mamlakatiga aylangani
holda kuchlar muvozanatini izdan chiqarib yuborishi; (2) Britan Hindistonining
Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi; (3) Hindistonning Britaniyaga qarshi
inqilob qilishi; (4) Osiyodagi savdo-sotiqdan Britaniya Imperiyasining quruq
qolishi; (5) Osiyo mamlakatlarining prokteksionizm (yopiq ekonomik siyosat)
siyosatiga urg’u berishi; (6) Konstantinopolning Chor Rossiyasit omonidan bosib
olinishi va boshqalar. Bular esa Britan Imperiyasining jaxondagi tutgan
mavqeini birmuncha yo’qotishiga sabab bo’lishi mumkin edi.
Hindiston
Garchi Chor Rossiyasi Hindistonga ko’z tikkan bo’lsada,
Napoleon Bonapart bilan bo’lgan urushdan so’ng Sankt Petersburgdagi rasmiylar
bu rejani jiddiy muhokama qilmay qo’ydilar. O’z navbatida Angliya Hindistonga
yaqinlashib kelayotgan Rossiyani to’xtatish uchun Sind yarimorolini to’liq
bosib oldi va ikki marotaba Afg’onistonni istilo qildi (Birinchi afg’on urushi
1838-1842-yillar va ikkinchi afg’on urushi 1878-1880-yillar). Rus qo’shini
afg’on chegarasiga yetib kelganda esa, 1885-yili rus va ingliz qo’shinlari
to’qnashishiga bir bahya qoldgandi (Afg’on inqirozi). Shunday bo’lsa-da,
to’qnashuv yuz bermadi va Hindiston tamomila ingliz imperiyasining mulki
sifatida qolaverdi.
Tibet
XIX asrgacha xorij davlatlarining Tibetga bo’lgan
qiziqishlari sust edi. Angliyaning Shimoliy Hindistonda Himolayga qarab borishi
va Rus imperiyasi hududining O’rta Osiyo hisobiga kengayib borishi natijasida
Tibetga bo’lgan qiziqishlar orta bordi. 1903-yilda inglizlar Rossiyaning
Sharqqa bo’lgan qiziqishlariga xalaqit berish uchun o’n uchinchi Dalay-Lama
huzuriga o’z ekspeditsiyasini yubordi. Ekspeditsiyaning maqsadi Tibet bilan
aloqalarni o’rnatish, Tibet va Sikkim o’rtasidagi janjalli vaziyatga chek
qo’yish edi (aslida bu harbiy-diplomatik ekspeditsiya bo’lib, keyinchalik Tibetni
o’z ta’siriga og’dirish maqsadini ko’zlagan edi).Keyinchalik, Rossiyaning
Tibetga bo’lgan qiziqishlari yo’qligi ayon bo’ldi. 1904-yilda Britaniya va
Tibet o’rtasida Konvensiya imzolandi, unga ko’ra tibetliklar inglizlarga katta
o’lpon to’lashdi va Tibet-Sikkim chegarasini tan olishdi.
Afg’oniston
XIX asrda Afg’oniton g’arbda Eron va sharqda Sikhlar hujumi xavfi ostida qolgan edi. O’z
oldiga Hindistonni boshqa davlatlarga tobe bo’lishidan asrashga intilayotgan
Britaniya uchun Afg’oniston juda muhim hudud edi. Rossiya esa janub sari o’z
chegaralarini kengaytirmoqda edi. Eronning Afg’onistonga bo’lgan ta’sirini
kamaytirish maqsadida, Angliya Eron bilan urushga kirdi
Turkiya
O’tmishda bir vaqtning o’zida uch qit’ada o’z
mustamlakasiga ega bo’lgan buyuk imperiya – Umonli Turklar Imperiyasi XIX asrga
kelib tanazzulga yuz tutmoqda edi. Bu vaziyatdan esa Rossiya, Britaniya va
Fransiya foydalanishga urinishardi. XVIII-XIX asrlarda Rossiya asta-sekinlik
Turkiyadan Kavkazortini tortib olib, Qora dengizga ham chiqa boshladi.
Endilikda Rossiya turklarning Bolqon yarimoroliga va uning bo’g’ozlariga
e’tiborini qaratdi. Shu paytda Britaniya turklarning himoyachisiga aylandi.
Buyuk Britaniya Konstantinopol va Egey va O’rtayer dengiziga olib chiquvchi
bo’g’ozlarni ruslarning istilosidan asrab qoldi. Inglizlar yordamida Qrim
urushida turklar ruslarni mag’lub qildi va inglizlar aralashuvi asosida Berlin
Kongressidagi imzolangan shartnomalar Rossiyaning Turkiyaga qarshi olib borgan
urushlaridagi muvaffaqqiyatli natijalarini puchga chiqardi. Albatta,
inglizlarning bu yordamlari beminnat emas edi. Turklar esa, ohir-oqibat,
Turkiyadan ulush ololmagan Germaniya bilan yaqinlasha bordi.
Eron
Garchi Eron kolonizatsiyalashtirilishiga qarshi
katta kuch berib harakat qilgan bo’lsa-da, Angliya-Rossiya o’rtasidagi raqobat
forslarni ancha holdan toydirdi va o’z mamlakatining katta qismini ularga
topshirishga majbur qildi. Bunga sabab - XIX asrda Eronning Britaniya va Chor
Rossiyasi bilan bo’lib o’tgan urushlarda mag’lubiyatga uchrashidir. Ko’p
ziddiyatlarni hal qilib bergan 1907-yilgi Konvensiyaga Eron masalasi ham
kiritilgandi. Unga ko’ra, Eron uch qismga bo’lindi: shimoliy qism Rossiyaga,
janubi-sharqiy qism Angliyaga berildi, shuningdek, qolgan qismlar esa neytral ”bufer”
zona bo’lib qoldi.
O’rta Osiyo
Yevropa va Osiyoni bog’lab turuvchi juda muhim
strategik hudud bo’lmish – Markaziy Osiyo tarixlar osha o’zing geografik o’rniga
ko’ra hamisha e’tibor markazda bo’lib keldi. Dastlab Iskandar Zulqarnayn
boshliq greklar, so’ngra arablar, mo’g’ullar va XIX asrga kelib esa inglizlar
va ruslar bu joylarga ko’z olaytirishgan edi.Buyuk Britaniyaning O’rta Osiyoga kirish va uni
egallashga intilishi chor Rossiyasini tashvishga soldi. U xonliklarga bevosita
chegaradosh bo’lganidan foydalanib, harbiy harakatlarni boshlab yubordi. 4
bosqichli bosqinchilik yurishlari asosida Chor Rossiyasi O’rta Osiyoni
uzil-kesil o’z qaramog’iga oldi.
1907-yl 31-avgustda Sankt Peterburg shahrida Rossiya Imperiyasi Bosh Vaziri
Aleksandr Izvolskiy va Britaniyaning Rossiyadagi elchisi Artur Nikolson ikki
yirik imperiya o’rtasidagi Eron, Afg’oniston va Tibetga aloqador har qanday
konfilktlarni tugatish va oldini olish bo’yicha Konvensiyaga imzo chekdilar.
Kelishuvga ko’ra, (1) Eron uch qismga
bo’lindi; (2) ikkala davlat ham Tibetning ichki ishlariga aralashmaydigan bo’lishdi;
(3) Afg’oniston Angliyaning protektoratiga aylandi.
Bir narsani esdan chiqarmasligimiz kerak – Osiyodagi voqealar Yevropa va
Uzoq Sharqdagi kuchlar muvozanati masalalari bilan uzviy bog’liq bo’lgan.
Chunki aynan shu davr dunyo globallashuvi va uzoqdagi hududlarga bilvosita ta’sir
etuvchi qudratli mamlakatlarning paydo bo’lishini boshlanishi edi. Napoleonga
qarshi kurashgan Rossiya va Angliya, undan qutulgach o’zaro dushmanga
aylandilar, Fransiya va Angliya esa Qrim urushida Turkiyani qo’llab-quvvatlab
Rossiyaga qarshi birlashdilar. Xitoyda teng raqobatchi bo’lgan Rossiya va
Britaniya aynan Xitoyning o’zi uchun bo’lgan kurashda va Birinchi Jahon
Urushida o’zaro jipslashib nemis Germaniyasiga qarshi urush olib bordilar. Geopolitika
yana bir bora davlatlar o’rtasidagi do’stik va dushmanlik munosabatlari faqat manfaatlardan
kelib chiqibgina tanlanishi mumkinligini ushbu siyosiy jarayonda yana ko’rsatib
berdi.
Keyingi maqolalarimizda Chor Rossiyasi va Buyuk Britaniyaning ”Buyuk
O’yin”i qurbonlari bo’lgan har bir mamlakatga alohida va batafsilroq to’xtalib
o’tishga harakat qilamiz.
Muallif - blog o'quvchisi: Asilbek Siddiqov
ахир бу мактаб дарслигидан олинган манбааку...?
ОтветитьУдалитьБу нарса шуни курсатадики АКШни Афгонистонга Ирокга Араб диеридаги сиесати,Россияни Грузиядан Жанубий Осетияни тортиб олиши, ва барча Илгор саноатли кудратли давлатлар шунчаки ески империализмни давомчисидур,шул екан биз хам буни англаб Россия яхщи АКШ яхши Европа яхши дейишни бас килиб вазиятни тугри тушиниш керек, агар гумрохликда давом етаверсак киморди бошкалар уйнайди биз унга тикилган буламиз,лекин шуни унутмангизки биз муминмиздур бандаларидан емас Оллохдан куркишимиз мазмунли
ОтветитьУдалить