28.01.2014

GULBIDDIN HIKMATYOR: AFG‘ONISTONDA YANA FUQAROLAR URUSHI BOSHLANISHI MUMKIN

Sobiq afg‘on bosh vaziri, mashhur dala qo‘mondonlaridan biri va Hizbi Islomiy Afg‘oniston rahnamosi Gulbiddin Hikmatyor xalqaro kuchlarning biror bir ijobiy natijasiz mamlakatdan chiqib ketishi kichik guruhlar o‘rtasidagi ihtilofning kuchayib ketishiga, buning ortidan afg‘on xalqi yana bir bor qonli fuqarolar urushi domiga tortilishiga olib kelishidan ogohlantirdi.


20.01.2014

"Buyuk O'yin" 1-qism



XIX asrda yirik mustamlakachi davlatlar tomonidan Afrika, Osiyo, Amerika va Okeaniya mamlakatlarini bo’lib olish uchun kurash yanada kuchayadi. Mustamlakachi imperiyalar - Buyuk Britaniya va Rossiya davlatlari manfaatlari ulkan hududlarda: Usmonli turklar imperiyasi, Eron, Afg’oniston, O’rta Osiyo, Tibet va Shimoli-g’arbiy Hindistonda to’qnashdi. Ushbu hududlarni egallash orqali imperiyalar o’zlarining siyosiy va iqtisodiy kuchini oshrish va ta’sir doirasini yanada kengaytirishni ko’zda tutgan edilar. Shu sababli ingliz-rus raqobati kundan-kunga kuchayib bordi va ikki o’rtadagi o’zaro raqobat “Buyuk o’yin” jumlasi (bu atama Britaniya razvedkasi ofitseri Artur Konolli tomonidan birinchi marta ishlatilgan, Ridyard Kipling esa bu iborani mashhur qilgan shaxsdir) bilan atala boshlandi.




18.12.2013

AROSATDAGI UKRAINA

O‘tgan oyning oxirgi kunlarida boshlanib ketgan Ukrainadagi namoyishlar deyarli 20 kundirki, jahon afkor ommasining e’tiborida qolmoqda. Namoyishlarning sababi, Ukrainaning Yevropa Ittifoqi va Rossiya kabi qudratli mintaqaviy kuchlar iskanjasida qolib ketgani, har kunlik namoyishlardan jonli lavhalar butun dunyo OAVida aylanmoqda. Shu sababli biz ham Ukrainadagi voqealarga tahliliy nazar tashlashga qaror qildik. Lekin, o‘z uslubimizdan chekinmagan holda, asosiy e’tiborni namoyishlarga emas, balki Ukrainaning siyosiy tarixi va inqirozning ildizlarini izlab ko‘rishga qaratamiz.

05.12.2013

PUTINDAN KEYINGI ROSSIYA: NOANIQ KELAJAK (3-QISM

Putin Rossiyasi haqidagi shu nomdagi oldingi ikki maqolada Vladimir Vladimirovichning hokimiyatga chiqib kelishi, hokimiyatdagi o’zgarishlar, Rossiya yuzlashayotgan demokrafik-iqtisodiy muammolar va Putin yaratayotgan yangi tizim haqida so’z yuritgan edik. Bugun shu tizimning istiqbollarini ko’rib chiqamiz.


27.10.2013

MUSULMONLAR BIRODARLIGI: MUXTASAR TARIX

Jahondagi siyosiy o`zgarishlarni muntazam kuzatib boruvchi o`quvchi uchun Misrda bo`layotgan voqealar ahamiyatsiz bo`lishi ilojsiz holdir. Ushbu maqolani o`qib turganlarning deyarli hammasi Misr voqealaridan xabardor bo`lsa kerak. Lekin biz ayni vaqtda asosiy muholif kuch hisoblangan Musulmonlar Birodarligi haqida bilamizmi? Birodarlar kim o`zi? Ularning maqsadi nima? Bugun biz shu savollarga tarixdan javob izlashga urinib ko`ramiz:



Hasan al-Banna - Musulmonlar Birodarligi asoschisi 

25.10.2013

TOJIKISTONNING UNUTILGAN FUQAROLAR URUSHI: TASHQI TA`SIR (3-qism)

Jahondagi har bir mintaqa xalqlari o`z siyosiy hayoti davomida ko`plab urushlarni, ziddiyatlarni, mojarolarni boshdan kechirishgan. Urushlarning ichida bir millat farzandlari bir-birini qonini to`kadigan fuqarolar urushidek daxshatlisi bo`lmasa kerak.

23.10.2013

KOREYSCHA "POROXLI" ZIDDIYAT

Ikki Koreya o'rtasida ziddiyat 1949-yildan yani Koreya yarim oroli ikkiga bo'lingandan beri mavjud. Bu qarama qarshilik 1951-1953 yillarda Koreya urushidan keyin yanada ziddiyatliroq davom etmoqda.

19.10.2013

GEOSIYOSAT QUDRATI: “ANARXIYA VA QUDRATGA INTILISH”

Aziz O`quvchi! Bugundan e`tiboran biz jahondagi kuchlar muvozanati, xalqaro tizim va tarixga o`z ta`sirini o`tkazgan geosiyosiy nazariyalar haqida ma`lumot beruvchi “Geosiyosat Qudrati” ruknini boshlashga qaror qildik. Ushbu ruknda biz alohida bir geosiyosiy nazariya haqida qisqa va umumiy ma`lumot berib, uni sharxlashga harakat qilamiz. Nazariya haqida chiqariladigan xulosa esa, faqat Sizdan.

Jon Mirshaimer