Bugun,
ya`ni 18-mart kuni Shvedsiyada asoslangan tahliliy markazning tarqatgan
ma`lumotlariga ko`ra Xitoy xalqaro qurol savdosi bo`yicha Buyuk Britaniyani
ortda qoldirib, dunyodagi beshinchi qurol eksport qiluvchi davlatga aylandi. Bu
Xitoyning qurol-yarog` sohasida Sovuq Urushdan keyingi eng katta yutug`i
bo`ldi.
Tahlilchilarga ko`ra esa, Xitoy qurollarning asosiy xaridori Pokiston
bo`lib qolmoqda.
Xitoyning
2008 va 2012-yillar oralig`idagi qurol eksporti nisbati 162 % ga o`sgan. Jahon
qurol savdosidagi ulushi esa 2 % dan 5 % ga ortgan, deb xabar bermoqda
Stokgolmdagi Xalqaro Tinchlikni Tadqiq Qilish Instituti (SIRPI).
Xalqaro
qurol savdosiga esa ayni vaqtda AQSH va Rossiya yetakchilik qilishmoqda.
Ularning jahon savdosidagi ulushi mos ravishda 30 % va 26 % ni tashkil qiladi.
“Xitoy
xaridor davlatlar sonini oshirish orqali shu darajaga erishdi,” deydi SIRPIning
Qurol Transferi Dasturi direktori Pol Holtom.
Dunyoning
ikkinchi iqtisodiy qudratli davlati bo`lmish Xitoyning bu darajaga chiqishida
o`sib borayotgan davlat byudjetining ham ahamiyati katta rol o`ynamoqda. Katta
byudjet bilan Xitoy zamonaviy qurol-yarog`lar, masalan, avia tashuvchi kemalar
va uchuvchisiz dronlarni ham eksport qilish imkoniyatiga ega bo`lmoqda.
O`tgan
yilning noyabrida Xitoyning Zuhai avia shousida ommaga ilk bor mamlakatning
o`zida ishlab chiqilgan vertolyotlar, raketalar, uchuvchisiz apparatlar va
xavodan mudofaa tizimlari namoyish etilgan edi.
SIRPI
1950-yilardan buyon dunyoda davom etayotgan qurol savdosini kuzatib keladi.
Uning xisobotlari har besh yilda bir marotaba e`lon qilinadi.
“Pokistonning
Xitoy qurol eksportidagi ulushi 55 % ni tashkil qiladi. Pokistonning asosiy
xaridi xarbiy samalyotlar, suvosti kemalari va frigatlar bo`lib qolmoqda,”
deyiladi SIRPIning xisobotida.
Xarbiy
diktatura boshqaruvidan so`ng nozik islohotlar o`tkazayotgan Birma o`z ichki
barqarorligini saqlab qolish uchun Xitoyning 8 % qurol-yarog`ini sotib olib,
ikkinchi xaridor bo`lib qolmoqda.
Xisobotda
uchinchi xaridor deb 7 % qurol sotib olayotgan Bangladesh ko`rsatilgan. Bundan
tashqari xaridorlar ichida Aljir, Venezuela va Marokash kabi davlatlar ham bor
bo`lib, ular Xitoydan, asosan, frigatlar, uchoqlar va zirhli transportlar sotib
olishyapti.
Rasmiy
Pekinning o`zi esa qurol savdosi bo`yicha rasmiy ma`lumotlarni e`lon qilmagan
yoda SIRPIning xisobotiga biror fikr bildirmagan.
Germaniya
va Fransiya esa qurol eksportyorlari ro`yxatida mos ravishda 3 va 4-o`rinlarni
band qilib turishibdi. Xitoyning ortidan kelayotgan Hindiston qurol-yarog`ga
egalik bo`yicha 6-o`rinni egallab kelayotgan bo`lsada, uning ichki qurol ishlab
chiqarishi keskin susaymoqda.
Keyingi
o`n yilliklardagi harbiy sohaga e`tibor va ajratilgan katta mablag`lar Xitoyni
shu darajaga olib kelgan bo`lsada, Xitoy qurollarini rus yoki G`arb qurollariga
tenglashtirib bo`lmaydi yoki Xitoy qurollarining effektivligi borasidagi
ma`lumotlar kam.
Xitoyning
ichki qurol ishlab chiqarishining o`sishiga ta`sir qilgan omillardan biri
1989-yildagi Tiyananmen Maydonida bo`lib o`tgan demokratik namoyishlarni
shafqtasizlik bilan bostirilishi ortidan G`arb tomonidan qo`yilgan qurol
importiga cheklovlar bo`ldi. Bu cheklovlar, shuningdek, Tayvan va boshqa
hududlardagi qaltislashib borayotgan vaziyatni oldini olish uchun Xitoy milliy
qurol sanoatini rivojlantirishga majbur bo`ldi.
Hozirgi
kunda Xitoy hukumati qurol ishlab chiqarish sanoatini Janubiy va Sharqiy Xitoy
dengizlaridagi Yaponiya bilan kuchaygan ziddiyatlar, hamda AQSHning Tinch
Okeani havzasiga tobora suqilib kirishi ortidan takomillashtirmoqda.
Комментариев нет:
Отправить комментарий