SSSR
parchalanib ketar ekan, Markaziy Osiyoning yosh davlatlariga og`ir “meros” –
chegaralar muammosi qoldi. Oradan ikki o`n yillik o`tibdi hamki, bu muammoga
to`liq yechim topilmagan va aniqlanmagan chegaralar qardosh xalqlar o`rtasiga
nifoq solib kelmoqda. Shunday chigal hududlardan biri – Farg`ona vodiysidir.
O`zbekiston,
Qirg`iziston va Tojikiston o`rtasida bo`lingan bu vodiyda bir necha yuzlab
kilometrlarga cho`zilgan aniqlanmagan chegaralar mavjud. Bu chegaralar ustida
davlatlar va mahalliy aholi o`rtasida tez-tez ziddiyatlar sodir bo`lib turishi
odatiy holga aylanib qolgan. Shunday ziddiyatlardan biri oktyabr oyining
boshida O`zbekistonning Namangan va Qirg`izistonning Jalolobod viloyatlari
o`rtasidagi aniqlanmagan chegara hududidagi Ungur-Tog`ga o`rnatilgan
Qirg`izistonga tegishli tele-minora tufayli kelib chiqdi. Garchi ziddiyat tinch
yo`l bilan hal qilingan bo`lsada, u bizga aniqlanmagan chegara hududlar naqadar
dolzarb masala ekanligi va ular mamlakatlar hamda qardosh xalqlar o`rtasidagi
integratsiya jarayonlariga g`ov bo`layotgan asosiy sabab ekanligini yana bir
eslatdi.
Ma`lumki,
Farg`ona vodiysi Markaziy Osiyoning aholi zich yashaydigan yuragi hisoblanadi.
Mintaqaning janubiy-sharqida joylashgan vodiy ikki to`g tizmasi: Hisor-Oloy va
Tyanshanga yaqinligi, Sirdaryoning suvi tufayli yashash uchun juda qulay
hisoblanadi. Maydoni, tahminan, 22,000 kv. km.ni tashkil etadi.
Qulay iqlim, yuqori darajali qishloq xo`jaligi Farg`ona vodiysini aholi zich yashaydigan hududga aylantirdi. Markaziy Osiyo aholisining to`rtdan bir qismi,ya`ni 14 milloni mintaqi hududining atigi 5 %ini tashkil qiladigan shu hududda istiqomat qiladi. Butun Markaziy Osiyodagi bir kvadrat kilometrga nisbatan aholi zichligi o`rtacha 40,8 ni tashkil etsa, vodiyda bu ko`rsatkich 1,600 ga teng.
Qulay iqlim, yuqori darajali qishloq xo`jaligi Farg`ona vodiysini aholi zich yashaydigan hududga aylantirdi. Markaziy Osiyo aholisining to`rtdan bir qismi,ya`ni 14 milloni mintaqi hududining atigi 5 %ini tashkil qiladigan shu hududda istiqomat qiladi. Butun Markaziy Osiyodagi bir kvadrat kilometrga nisbatan aholi zichligi o`rtacha 40,8 ni tashkil etsa, vodiyda bu ko`rsatkich 1,600 ga teng.
Farg`ona
vodiysi aholisini asosan o`zbeklar, qirg`izlar va tojiklar tashkil qiladi. Mos
ravishda, yuqorida ta`kidlangandek, vodiy uch mamlakat tomonidan bo`lib
olingan. Bundan tashqari vodiyda ko`plab anklav va eksklavlar ham mavjud
(qarang).
Vodiyning hududiy va etnik murakkabligining sababi tarix bilan bog`liq. Uzoq tarix davomida bu hudud bir siyosiy boshqaruv ostida bo`lib kelgan. Antik davrlarda So`g`diyona nomi bilan Fors imperiyasi tarkibida bo`lib, Xitoy va O`rta Sharq-Yevropani bog`lagan Ipak Yo`lida katta ahamiyatga ega bo`lgan. Arablar bosqinidan so`ng Movaraunnahr tarkibida bo`lgan. 13-asrga kelib, mo`g`ullarning Chig`atoy Ulusi paytida asosan turklar yashaydigan vodiyga Islom dini keng yoyildi. 18-asrda Buxoro Amirligidan Qo`qon Xonligi ajralib chiqdi va natijada Farg`ona vodiysi yaxlit hudud ko`rinishiga keldi. 19-asrning boshida Rus Imperiyasining Markaziy Osiyoga suqulib kirishi va nihoyat bosqinidan so`ng ham vodiy bo`lib tashlanmadi. 1876-yilda Qo`qon Xonligi tugatilib,o`rniga Farg`ona regioni tashkil etildi.
Rus
Imperiyasining qulashi, o`rniga Sovet Ittifoqining tashkil etilishi Markaziy
Osiyoda, ayniqsa Farg`ona vodiysida keskin ma`muriy-hududiy o`zgarishlarga
sabab bo`ldi. Sovetlar aholisi shu paytgacha etnik birligi, yashash joyi va
diniy e`tiqodiga qarab ajratib kelingan mintaqani tarixda ilk bor milliy
birligiga ko`ra bo`lib tashlashdi. O`sha paytgacha o`zbek, qirg`iz yoki
tojiklar millat sifatida emas, balki etnik birlik sifatida ko`rib kelingan va
shu sababli aholi o`rtasida klanchilik hamda mahalliychilik avj olgan edi.
Afsuski, bu hol hozirgi kunda ham mavjud.
Sobiq
Ittifoq asrlar davomida ko`chmanchi holda yashab kelayotgan qozoq, qirg`iz va
turkmanlar; o`troq hisoblangan o`zbek va tojiklarni xech qachon mavjud
bo`lmagan chegaralar bilan ajratib tashladilar.
Vladimir
Ulyanov (Lenin) tomonidan boshlangan bo`lginchilik siyosatini Iosif Jugashvili
(Stalin) muvaffaqiyat bilan yakuniga yetkazdi. Asosiy maqsad mintaqa qardosh
xalqlarining birlashishiga yo`l qo`ymaslik, ularningbir kuch bo`lib Moskvaga
qarshi bosh ko`tarishidan saqlanish edi. Milliy davlatlar hududlarini
belgilishda na tabiiy geografik, na etnik
omillar hisobga olindi. (Ko`pchilik hollarda Markaziy Osiyo davlatlarini
oddiy chizg`ich yordamida bo`lib tashlangani eslanadi.)
Bu o`ziga
xos chegaralar Sovet davrida aytarli ahamiyatga ega emas edi. Barcha
mamlakatlar Moskvaning qattiq nazorati ostida, butun mintaqani Sovet
harbiy-sanoat kompleksi egallab olgan edi. Shu sababli chegaralar deyarli
belgilanmagan, bunga hojat ham yo`q edi. SSSR qulashi bilan barcha post-sovet
mamlakatlarida millatchilik avj oldi, ijtimoiy-iqtisodiy-siyosiy qiyinchiliklar
davlat va xalqlarni bir-biridan uzoqlashtirib tashladi. Chegaralarni
aniqlashtirishga kuchli ehtiyoj paydo bo`ldi.
Yaqin vaqt
ichida Farg`ona vodiysining aholisi keskin ko`paydi. Bundan tashqari qulay
geografik joylashuvi tufayli tashqi kuchlarning e`tiborini ham jalb qilmoqda.
Hududiy yaqinlik tufayli Xitoy, Qirg`iziston va Tojikistonda manfaatlari
borligi sababli Rossiya, “Yangi Buyuk Ipak Yo`li” loyihasining muhim qismi shu
hududdan o`tishi uchun AQSHning nigohi vodiyga qadalgan.
Chegaralarga
bo`lgan e`tibor hali SSSR qulamasdan oldin ham boshlangan edi. Gorbachevning
“qayta qurish” va “oshkoralik” siyosati tufayli mintaqadagi millatchilik
80-yillarning o`rtalaridayoq paydo bo`lgan edi. Faqat bu millatchi va
mafkuraviy guruhlar markaziy hokimiyat tomonidan ta`qib qilib kelindi. SSSR
kuchsizlanishi va qulashi bilan Farg`ona vodiysi talo-to`plar markaziga aylanib
qolgani ham bejiz emas. Chunki bu yerda turli milliy-etnik birliklar,
mafkuraviy-g`oyaviy guruhlar qorishib ketgan edi.
Bu qaltis vaziyatga yangi iqtisodiy o`zgarishlar va siyosiy islohotlar olovga moy quygandek bo`ldi. Oldinlari jamoa xo`jaliklari mulki hisoblangan yerlar bo`lib berila boshlangandan so`ng odamlar o`rtasida yer va resurs uchun haqiqiy raqobat boshlandi. 1990-yil iyun oyida yer tufayli chiqqan nizo Farg`ona vodiysining bir qismi hisoblanmish Osh shahrida qirg`izlar va o`zbeklar o`rtasidagi qonli to`qnashuvlarga aylanib ketdi. Armiya safarbar qilinishiga qaramay, mingga yaqin odam xalok bo`ldi va undanda ko`prog`i yaralandi. Bu ziddiyat xalqlar o`rtasidagi millatchilikni kuchaytirib yubordi. Bir yil o`tib SSSRning qulashi xuddi shu millatlar o`rtasidagi nizolar avj olgan bir paytga to`g`ri kelib qoldi. Xomashyo markazi va harbiy-sanoat kompleksiga aylantirilgan mintaqa qisqa vaqt ichida iqtisodiy tushkunlikka tushib qoldi.
Qashshoqlik,
yangi hukumatlarning hali to`la shakllanmagani, armiyaning tarqab ketgani,
siyosiy boshqaruvning to`liq yo`lga qo`yilmagani, diniy ekstremizmning o`sib
borishi va millatchilik Farg`ona vodiysini xavfli bir hududga aylantirib
qo`ydi. Chegara hududlaridagi qishloq aholisi o`rtasida kichik to`qnashuvlar
sodir bo`la boshladi.
Garchi so`nggi 20 yil ichida hududdagi ko`plab chegaralar demarkatsiya qilingan bo`lsada, 2010-yilgi Osh voqealari chegaralar masalasi hanuz dolzarb ekanligini ko`rsatib berdi. Ikki davlat chegarasi yaqinida joylashgan Osh va Jalolobod voqealari Markaziy Osiyodagi millatchilik muammosi naqadar murakkab ekanligidan darak berdi.
Garchi so`nggi 20 yil ichida hududdagi ko`plab chegaralar demarkatsiya qilingan bo`lsada, 2010-yilgi Osh voqealari chegaralar masalasi hanuz dolzarb ekanligini ko`rsatib berdi. Ikki davlat chegarasi yaqinida joylashgan Osh va Jalolobod voqealari Markaziy Osiyodagi millatchilik muammosi naqadar murakkab ekanligidan darak berdi.
Intervensiya
uyushtirilmasada, o`zbek armiyasining chegaraga yaqinlashtirilishi, voqea sodir
bo`layotgan hududlardagi qardosh xalqlarning bir-biriga nisbatan nafrati
Farg`ona vodiysi tufayli mintaqada urush sodir bo`lish ehtimoli yuqoriligi
bilan kishini tashvishga soladi.
Chegaralar
va millatchilik Farg`ona vodiysidagi beqarorlikning asosiylari emas. Bu yerda
boshqa bir tendensiya ham mavjud – diniy ekstremizm. Mintaqadagi boshqa
hududlarga nisbatan vodiy aholisi tarixan o`troq yashaganligi bu yerda dinning
jamiyat ichida mustahkamlanishiga sabab bo`ldi. Natijada diniy radikallashuv
tendensiyasi yuzaga keldi. 90-yillarning boshida O`bekistonning yangi sekular
hukumatiga qarshi harakatlari bilan ma`lum O`zbekiston Islomiy Harakati ham
aynan Farg`ona vodiysida paydo bo`lgan edi (qarang). Diniy radikallashuv
Namangan shahri , Qo`qon shahri, Andijon shahri kabilarda xavotirli tus olgan.
Shuningdek, vodiyni bo`lib olgan uch davlatda ham aynan shu hudud tufayli turli beqarorliklar yuz berdi. 10 yil ichida Qirg`izistonda vodiyda joylashgan Jalolobod-Oshning Bishkek bilan raqobati sababli ikki inqilob bo`lib o`tdi. Farg`ona vodiysi tarkibiga kiruvchi Ko`lob va Xo`jandning sharqiy viloyatlar bilan hokimiyat talashuvi Tojikistonni uzoq yillik qonli fuqarolik urushiga olib kirdi. 2005-yilda Andijondagi g`alayon O`zbekistonni larzaga soldi. Bu boshboshdoqliklarning ikkisi etnik birliklar, so`nggisi esa diniy radikalizm sababli yuzaga keldi.
Shuningdek, vodiyni bo`lib olgan uch davlatda ham aynan shu hudud tufayli turli beqarorliklar yuz berdi. 10 yil ichida Qirg`izistonda vodiyda joylashgan Jalolobod-Oshning Bishkek bilan raqobati sababli ikki inqilob bo`lib o`tdi. Farg`ona vodiysi tarkibiga kiruvchi Ko`lob va Xo`jandning sharqiy viloyatlar bilan hokimiyat talashuvi Tojikistonni uzoq yillik qonli fuqarolik urushiga olib kirdi. 2005-yilda Andijondagi g`alayon O`zbekistonni larzaga soldi. Bu boshboshdoqliklarning ikkisi etnik birliklar, so`nggisi esa diniy radikalizm sababli yuzaga keldi.
Qirg`izistondagi
zaif hokimiyat, Tojikistondagi klanchilik, O`zbekistondagi diniy radikalizm
sababli vodiy mintaqa barqarorligiga rahna soluvchi hududga aylanishi mumkin.
Shuningdek, demarkatsiya mojarolari, etnik ziddiyatlar davlatlar o`rtasiga ham
nifoq solishi mumkin. Shuningdek, vodiy aholisining diniy fundamentalizmga moyilligi 2014-yil
xalqaro kuchlar Afg`onistonni tark etgandan so`ng mintaqaga suqlib kirishi
mumkin bo`lgan kuchlarga qo`l kelishi mumkin. Ayniqsa, yoshlar orasida dinga
moyillik xavotirli darajaga yetgan.
BMTning ma`lumotlariga ko`ra, Markaziy Osiyo aholisi kelayotgan o`n yil ichida 15 %ga ortishi kutilmoqda. 2050-yilga qadar bu ko`rsatkich 35-40 %ga yetadi. Tug`ilishning asosiy qismi, albatta, Farg`ona vodiysiga to`g`ri keladi. Vodiyning O`zbekiston qismida bir ayolga 2.5, Qirg`iziston qismida 3 va Tojikiston qismida 3.7 bola to`g`ri keladi. Bu demografik o`sish shundoq ham aholisi zich, resurslari tobora kamayib borayotgan va hududidagi suv zahiralari davlatlar o`rtasidagi ziddiyatlarga sabab bo`layotgan vodiy uchun ijobiy hole mas, albatta.
Yuqorida ta`kidlaganimizdek, tashqi kuchlarning vodiyga nisbatan e`tibori vaziyatni yanada qaltislashtirishi mumkin. Rossiyaning Tojikiston va Qirg`izistondagi harbiy bazalari, Xitoyning vodiy orqali Markaziy Osiyoga kirib kelishi, garchi asosiy kuchlari chiqib ketsada, ma`lum qo`shinini Afg`onistonda saqlab qolayotgan AQSH uchun vodiyning muhimligi manfaatlar to`qnashuviga sabab bo`lishi turgan gap. Qolganini faqat vaqt ko`rsatadi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий